ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
KOMPOZITSION MATERIALLARNING HOLATI, TUZILISHI VA XOM ASHYOSI
Amurillayeva Munira Utkirjonovna
Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.
D.I.Kamalova
Navoiy davlat pedagogika instituti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12514407
Kompozitsion materiallarning bir butunligini ta’minlovchi komponent tashkil etuvchiga
bog‘lovchi komponent (matritsa, interfeys) deb ataladi. Boshqa komponentlar (armirovka,
mustahkamlashtirish, tо‘ldiruvchi va hokazo) ning shu matritsada joylashishi ma’lum
geometrik qonuniyatga bо‘ysunishi yoki bо‘ysinmasligi ham mumkin. Matritsa qо‘shimchalar
orasida maxsus yupqa qatlam bо‘lib, u ajralish yuzasini belgilaydi. Kompozitsion materiallarni
sinflarga ajratishda matritsa yoki armatura va qо‘shimchalarning turiga, mikrotuzilishi
xususiyatlari va materialni olish usuliga ham e’tibor beriladi.
Matritsa materialining turiga qarab, kompozitsion materiallar quyidagi turlarga bо‘linishi
mumkin: “metall matritsali”, organik bo’lmagan (organik bо‘lmagan polimerlar, minerallar,
uglerodli, keramik), organik matritsali va kо‘p matritsali aralash kompozitsion materiallar.
Bog‘lovchi materialning vazifasi mahsulotga ma’lum geometrik shakl berib qolmasdan, balki u
kuchlanishlarni hajm bо‘yicha bir xil taqsimlanishini ham ta’minlaydi va ma’lum mexanik
xossani shakllantiradi hamda armatura yoki qо‘shimchalarni tashqi muhitdan asraydi.
Kompozitsion materialning issiq va korroziyaga bardoshlilik, elektr va issiqlikni saqlash
qobiliyati, qayta ishlash texnologiyasi kabi muhim xossalari bog‘lovchining xususiyatlariga
bog‘liq. Lekin, armirovka (mustahkamlashtirish) va qо‘shimcha elementlarning turiga qarab
hamda ularning matritsada joylashishi va geometrik о‘lchamlariga qarab, kompozitsion
materiallarning xossalari о‘zgaradi.
Masalan, kompozitsion materialga qо‘shimchalar, ya’ni armatura elementlari (odatda, 10%
dan kо‘proq miqdorda qо‘shiladi) asosan, mexanik xossalarni yahshilash uchun qо‘shiladi.
Bunda mustahkamlik, zichlik, plastiklik ortib, materialning zichligi, elektr xossalari, issiqlik
о‘tkazuvchanligi va boshqa xususiyatlar ma’lum yо‘nalishda yoki faqat alohidaolingan
joylardagina о‘zgaradi.
Kompozitsion materiallarning eng muxim xususiyatlari deformatsiyaga mustahkamligidir.
Tо‘ldiruvchi hom ashyolar sifatida qо‘llaniladigan elementlar odatda mayda kukun yoki kalta
tola holatda bо‘ladi. Bunday qо‘shimchalar asosan materialning tannarxini kamaytiradi. Lekin,
ular kompozitsion materialning (armatura) qо‘shimchalar materialning mustahkamligini 2-10
barobarga oshiradi.
Kompozitsion materiallarda tо‘ldiruvchi va qо‘shimcha (armatura) materiallar birgalikda
qatnashishi hamda ularning о‘lchamlari va joylashishi har xil bо‘lishi mumkin. O’lchami uch
yо‘nalishda kichik bо‘lgan qо‘shimchalarga qum, mayda (kukun) donachalarga ega bо‘lgan
metallar, fosfatlar, shisha va loysimon mikrosfera shakldagi materiallar kiradi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdak, matritsada tо‘ldiruvchilar tartibsiz joylashishi mumkin, lekin
kо‘pincha ularning tartibli joylashishiga erishishga harakat qilinadi. Har xil о‘lchamga ega
bо‘lgan tо‘ldiruvchi va armaturalar birgalikda qatnashganda ularning о‘zaro tartibli joylashish
imkoniyatlari kо‘p bo’ladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
Tog‘ chang‘isi konstruksiyasida qо‘llanilgan kompozitlar turlari
Kompozitsion materiallarning xossalari hamma yо‘nalishda bir xil bo’lsa, bunday material
xossalari izotrop bо‘ladi. Bunday materiallarga kukun holidagi qо‘shimchalari xaotik
joylashgan kompozitsiyalar kiradi. Materiallarning turli yо‘nalishlardagi xossalari farq qilsa,
bunday kompozitsiyalar anizatrop xossalarga ega deyiladi. Bunday kompozitsiyalarda
armatura sifatida tolalar, plastinkalar, matolar, tо‘rlar ma’lum yо‘nalishda joylashtirilgan
bо‘ladi.
References:
1.
Мамадалимов А.Т., Рашидова С.Ш., Холмуминов А.А. Полимер толалар физикаси.
Тошкент. Университет. 2009.
2.
Камалова Д.И., Негматов С.С. Электронно-микроскопическое и ИК, ЭПР
спектроскопическое исследование структуры системы ПВДФ+сажа (0,02). Universum:
технические науки. 2017. №11(44).
3.
Камалова Д.И., Негматов С.С., Умаров А.В., Абед Н.С. ЭПР спектроскопическое
исследование структуры композитов на основе полистирола и каолина. Universum:
технические науки. 2018. №5(50). С.56-58.
4.
Kamalova Dilnavoz, Umarov Abdusalom, Negmatov Soyibjon, Abed Nodira, Negmatova
Komila. Thermal conductivity of soot filled compositions based on polystyrene. IJARSET.
International journal advanced research in science, engineering and technology. India. 2018.
Vol.5. Issue 9. P.6963-6968.
5.
Kamalova Dilnavoz, Umarov Abdusalom, Negmatov Soyibjon. EPR – spectroscopic
research of structure of soot filled polystyrene. IJARSET. International journal advanced
research in science, engineering and technology. India. 2019. Vol.6. Issue 5. P.9364-9369.
6.
Kamalova D.I., Umarov A.V. Study of the characteristic features of the strongest
broadening of the EPR signal in polystyrene-based polymer compositions. Journal of
Chemistry. Vol.5. Issue 1. February. 2020. Р.1-11. SCOPUS.
7.
Камалова Д.И., Сайфуллаева Г.И., Негматов С.С., Абед Н.С., Негматова К.С.
Исследование электропроводящих композиционных термореактивных полимерных
материалов и покрытий на их основе для триботехнического назначения. «Universum:
технические науки». Декабрь. 2020. №12(81).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
8.
Kamalova Dilnavoz, Umarov Abdusalom. Investigation of ultrafine expansion in epr
studies of a polymer composition based on polsytrene. Applied physics letters. AIP Conference
Proceedings. 2308. 030019. 2020. SCOPUS.
9.
Камалова Д.И., Умаров А.В., Негматов С.С. ЭПР спектроскопическое исследование
композиционных полимерных материалов. «Universum: технические науки». Россия.
Январь. 2021. №1(82).
10.
Kamalova Dilnavoz. Study of characteristic features of the EPR signal of composites
based on composite polymer materials. IJIEMR. International Journal for Innovative
Engineering and management research. India. Volume 10, Issue 03. February. 2021. Р.154-
157.
11.
Kamalova Dilnavoz. Study of the structure of unfilled polyvinylidenefluoride by
spectroscopic methods. International multidisciplinary scientific conference on the
“Engineering&technology Egypt 2021”. Egypt. May-June. 2021. SCOPUS.
12.
Камалова Д.И. и др. Исследования влиянии внешних воздействий на
композиционных полимерных материалах. “Science and innovation” International
scientific journal. Volume 1. Issue 6. October. 2022.
13.
Камалова Д.И. и др. ЭПР спектроскопическое исследование структуры
поливинилиденфторидовой композиции наполненной сажи. “Science and innovation”
International scientific journal. Volume 1. Issue 8. December. 2022. 937-939 бет.
14.
Kamalova Dilnavoz. Study of electron paramagnetic resonance and frequency
dependence of conductivity and soot filled polystyrene. “International Journal of Early
Childhood Special Education”. (INT-JECSE). DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.264 ISSN: 1308-
5581 Vol 14, Issue 06 2022. pp. 2127-2130. Web of Science.