Авторы

  • Amina Umarova
    “Texnologik ta’lim” yo’nalishi 3-kurs talabasi
  • D.I. Kamalova
    Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof. Navoiy davlat pedagogika insitituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.51789

Аннотация

Bizga ma’lumki, texnologiya fani maktabgacha ta’limdanoq bolalarni aqliy rivojlantirish hamda ularning qo’l harakatlari metodikasi, fikrlashlarini teranlashtirish maqsadida qo’llanilib kelinadi. Boshlang’ich ta’limda ham ularga qog’oz, kley, qaychi, polimerlar, gerbariylar, turli xildagi rangli qumlar bilan ishlash orqali mehnat qilishga o’rgatiladi. Bu esa kelajak avlodga o’z navbatida buyuk haykaltaroshlar, tabiatshunos olimlar, botaniklar, texnologlar kabi kasb egalari yetishib chiqishlari uchun poydevor vazifasini o’taydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARDAN TADBIRKORLIKDA FOYDALANISH

Umarova Amina Norqul qizi

“Texnologik ta’lim” yo’nalishi 3-kurs talabasi

D.I.Kamalova

Ilmiy rahbar: t.f.d. (DSc), prof.

Navoiy davlat pedagogika insitituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195600

Bizga ma’lumki, texnologiya fani maktabgacha ta’limdanoq bolalarni aqliy rivojlantirish

hamda ularning qo’l harakatlari metodikasi, fikrlashlarini teranlashtirish maqsadida
qo’llanilib kelinadi. Boshlang’ich ta’limda ham ularga qog’oz, kley, qaychi, polimerlar,
gerbariylar, turli xildagi rangli qumlar bilan ishlash orqali mehnat qilishga o’rgatiladi. Bu esa
kelajak avlodga o’z navbatida buyuk haykaltaroshlar, tabiatshunos olimlar, botaniklar,
texnologlar kabi kasb egalari yetishib chiqishlari uchun poydevor vazifasini o’taydi.

Texnologiya fani va kasbga tayyorlash vazifalari boshlang’ich maktabda butun ta‘lim-

tarbiya tizimi hamda barcha o’quv prеdmеtlari yordamida hal еtiladi. Bu oliy ta’lim tizimida
o’qitiladigan texnologiya va uni o’qitish metodikasi fani oldida muhim maqsad va vazifalarni
qo’yadi. Jumladan, mazkur fanni o’qitishdan asosiy maqsad: talabalarni boshlang’ich sinflarda
texnologiya fanining mazmuni va vazifalari, o’qitish usullari, ta’limiy vositalar bilan
tanishtirish va ularni darslarda, shuningdek, sinfdan tashqari texnologiya fanini o’qitish
jarayonida nazariy hamda amaliy tatbiq etish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini
shakllantiradi.

Texnika – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish

maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar
majmui. Asosiy vazifasi — inson mehnatini yengillashtirish va mehnat unumdorligini oshirish.
U tabiat resurslaridan samarali foydalanishga, Yer qaʼrini, Dunyo okeanini, kosmik fazoni
oʻzlashtirishga imkon beradi.

Texnologiya — termini fanga birinchi marta 1872-yili kiritilgan bo‘lib, u grekcha

“texnos” — san’at yoki hunar va “logos” — fan so‘zlaridan tarkib topgan. Shunday qilib, bu
so'zning to’iiq ma’nosi “hunar fani” demakdir. Bu fan xom ashyolardan keng miqyosda xalq
iste’mol buyumlari va mahsulotlariga hamda ishlab chiqarish vositalariga aylantirish
jarayonlarini o‘rgatadi.

Yangi qonunchiligimizda tadbirkorlik istagidagi yoshlarimiz uchun davlatimiz

tomonidan keng ko’lamli dastur rejalari yo’lga qo’yilgan, ushbu nizomga ko’ra, Qonunning
asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan
manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik
faolligini oshirishdan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Texnika va texnologiyalar bor ekan, ulardan to’g’ri va samarali foydalana olsakkina

tadbirkorlik rivojlanadi. Tadbirkorlik yaxshi rivojlansa davlatimiz boy bo’ladi. Bundan
tashqari, texnologiya va tadbirkorlik haqida gap ketar ekan, har bir qiz bor uydan tadbirkorlik
bilan shug’ullanish uchun turli xil zamonaviy texnologiyalar joy olgan. Jajji qizlarimiz oila
bag’ridanoq hunar o’rganishib o’qishlari davomida bilimlarni mustahkamlab bir ro’zg’orni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

64

obod qiladigan, keng ko’lamli ishlab chiqarishni rivojlantirishda o’z hissalarini qo’shadigan
(kashtado’zlar, do’ppido’zlar, zargarlar, hunarmandlar, tikuvchilar, rassomlar, hisobchilar,
haykaltaroshlar,) kabi ilmli, bilimli ilg’or kadrlar bo’lib yetishib chiqmoqda.

Hunarmandchilik azaliy odat

Biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim, harakatda

barokat deb bejiz aytilmagan. Ilm-fan va kasb-hunar o’rganishning integratsiyasi natijasini
fanni yanada mukammal o’ragnish mumkin, ekanligini yoshlarga uqtirish biz pedagoglarning
vazifasi hisoblanadi.

References:

1.

Kamalova D.I. “Технология интерактивного обучения”. Navoiy davlat pedagogika

instituti Kengashining 9-sonli yig‘ilishi qarori. Uslubiy qo‘llanma. Aprel. 2021.
2.

Safarov Z.N., Kamalova D.I. “XXI asr texnologiyalari”. Navoiy davlat pedagogika instituti

Kengashining 3-sonli yig‘ilishi qarori. Ilmiy-uslubiy risola. Oktabr. 2021.

Библиографические ссылки

Kamalova D.I. “Технология интерактивного обучения”. Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 9-sonli yig‘ilishi qarori. Uslubiy qo‘llanma. Aprel. 2021.

Safarov Z.N., Kamalova D.I. “XXI asr texnologiyalari”. Navoiy davlat pedagogika instituti Kengashining 3-sonli yig‘ilishi qarori. Ilmiy-uslubiy risola. Oktabr. 2021.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)