ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
58
QORIN YOPIQ SHIKASTLARIDA ULTRATOVUSH TEKSHIRUVINING ROLI VA
O‘RNI
Umarkulov Zabur Zafarjonovich
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti assistenti
Boʻriboyev Alimardon Abdurashid oʻgʻli
Eshmuminov Bahrombek Bahodir oʻgʻli
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti klinik ordinatori
https://doi.org/10.5281/zenodo.12294472
Qorin bo‘shlig'i shikastlanishlari diagnostikasi tez va aniq bo‘lishi kerak, chunki vaqt omili hal
qiluvchi aҳamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Erta tashxis qo‘yish va davolash o‘limni 50% gacha
kamaytirishi mumkin [12; 20-b.]. Xatolar yoki kechiktirilgan tashxis jabrlanuvchining qon
ketish yoki sepsisdan o‘limiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda, jarroҳlik yo‘li bilan
davolashga qaratilgan agressor taktika ko‘plab beҳuda laparotomiyalarga olib keladi, uning
ulushi turli klinikalarda 1,7 dan 38% gacha bo‘lib, bu o‘z navbatida asoratlar ko‘payishi,
kasalxonada yotish davomiyligini uzayishi va davolanish xarajatlarini oshishiga olib keladi [29;
15-b.]. Bugungi kunda nurli diagnostika usullari qorin shikastlanlanishlarini tashxislashda
yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Birinchi marta T.Tiling va uning ҳamkasbi 1990 yilda 808
nafar bemorlarda o‘tkazgan tadqiqoti natijalariga ko‘ra qorin bo‘shliғida erkin suyuqlikni
aniqlashda ulьtratovushning sezgirligi yuqoriligi to‘ғrisida ma’lumot bergan. Ular birinchi
bo‘lib qisqa muddatli o‘quv mashғulotlaridan so‘ng qorin bo‘shliғida erkin suyuqlikni atigi 2-3
daqiqalik tekshiruvda yuqori aniqlik bilan tashxislay oladigan jarroҳlarni tayyorlash
samarasini namoyish etishdi. Ko‘plab ғarb mamlakatlari shoshilinch tibbiyotida ulьtratovush
diagnostikasidan foydalanish uzoq vaqtdan beri ajralmas va muntazam amaliyot bo‘lib kelgan
[6; 107- b.]. Bugungi kunda, kritik ҳolatlarda yordam ko‘rsatish joyida ulьtratovushli
diagnostika (Point Of Care Ultrasound – POCUS) tez tibbiy yordam shifokorlarining bazaviy
amaliy ko‘nikmasi ҳisoblanadi [37; 16-163-b. ]. AQShda bunday o‘quv dasturi oilaviy tibbiyot,
ichki kasalliklar, ҳarbiy terapiya, shoshilinch tibbiy yordam va intensiv terapiya
mutaxassisliklari bo‘yicha shifokorlarning majburiy, bazaviy ko‘nikmalari qatoriga kiritilgan
[10; 901-b.]. 1996 yilda ulьtratovush diagnostika usullarining diagnostika imkoniyatlarini
ҳisobga olgan ҳolda Rozycki va boshq “Focused assessment with sonography in trauma” (FAST)
atamasini joriy etishdi [12; 492-b.]. Bugungi kunda travmada sonografiya yordamida
yo‘naltirilgan baҳolash (Focused assessment with sonography in trauma – FAST) "bemor
yotoғida" o‘tkaziladigan dastlabki standart ulьtratovush skrining tekshiruvi ҳisoblanadi. U
qorin, plevra va perikard bo‘shliqlarida erkin suyuqlikni tezda topishga qaratilgan tekshiruv
uslubi, shuningdek, pnevmotoraksda ҳam qo‘llaniladi. [4; 2-b. 5; 193-b.]. FAST-tekshiruvi
gemodinamikasi beqaror bo‘lgan bemorlarni tez saralashning muҳim vositasi ҳisoblanib,
shikastlangan bemorni olib borish taktikasini soniyalar ichida aniqlashga yordam beradi.
Bugungi kunda FAST-protokol oғir shikastlanishi bo‘lgan bemorlarni majburiy dastlabki
diagnostik tekshiruvi sifatida ATLS (Advanced Trauma Life Support) klinik bayonnomalari
tarkibiga kiritilgan. Ko‘pgina nashrlar shuni ko‘rsatadiki, FAST-protokoldan foydalanish
operatsiya oldi tashxis qo‘yish vaqtini 64-76% ga qisqartiradi, shoshilinch jarroҳlik amaliyotini
asoslash uchun kompьyuter tomografiyasiga (KT) eҳtiyoj qoldirmasdan ob’ektiv ma’lumotlarni
olish, asoratlar miqdorini kamaytirish va statsionar davolanish muddatini qisqartirish
imkonini beradi [12; 277-b.]. Plevra va perikard bo‘shliғida erkin suyuqlikni aniqlashda FAST-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
59
tekshiruvning spesifikligi 98 dan 100% gacha [11; 19-196-b.], usulning umumiy aniqligi 98-
99% ni tashkil etadi [10; 59-b.]. FAST-protokol noinvaziv usul bo‘lgani uchun, kontrast
moddani yuborish shart emasligi, bemor ҳamda tibbiyot xodimlari uchun nurlanish xavfining
yo‘qligi tufayli, ҳatto bolalar va ҳomilador ayollarda ҳam takroriy foydalanish mumkin bo‘lgan
xavfsiz usul ҳisoblanadi. Bu esa ichki a’zolar shikastlanish belgilarini diagnostika qilish vaqtini
sezilarli darajada qisqartirish, oғir yotgan bemorlarni bevosita yotoғida tekshirishga imkon
beradi. Ushbu uslubdan foydalanish ko‘krak va qorin bo‘shliғi a’zolari jaroҳatlarining
shoshilinch jarroҳlik amaliyotlarida keng ommalashgan. Shu bilan birga, yuqoridagi barcha
afzalliklarga qaramay, FAST-protokolda ayrim kamchiliklar mavjud, jumladan
gemoperitoneumni assitlardan differensial diagnostikasining murakkabligi, qorinparda orti
gematomalarini, ichki a’zolarning, xususan parenximatoz va kovak a’zo shikastlanishini
vizualizatsiya qilishda axborotlilik darajasi pastligi, tekshiruv natijalarining tekshiruvchi-
operatorga boғliqligi, semizlikda, teri osti emfizemasi va ichak pnevmatozi bo‘lgan
jabrlanuvchilarda tekshirish o‘tkazishda ma’lum qiyinchiliklarga duch kelinadi. [8; 397-398-b.].
Yengles S. va boshq. [5; 194-b.], sonografiyaning yuqori spesifikligini tasdiqlagani ҳolda, faqat
ijobiy FAST-natija asosida shoshilinch diagnostik laparotomiya/laparoskopiya qilingan barcha
bemorlarda qorin bo‘shliғida ko‘p miqdorda qon va parenximatoz a’zolarning shikastlanishi
ҳar doim topilganligini qayd etishgan (ҳaqiqiy ijobiy natija). Biroq, ulьtratovush tekshiruvi
gemoperitoneum belgilarini aniqlamagan ҳollarda, ko‘pincha noto‘ғri salbiy natija ko‘rsatilgan.
Mualliflarning ta’kidlashicha, noto‘ғri salbiy FAST-natijalarning asosiy sababi ulьtratovush
tekshiruvini siydik pufagini kateterizatsiyasi va bo‘shatilishidan keyin o‘tkazilishi bo‘lib, bu
kichik chanoq bo‘shliғining vizualligini kamaytiradi, aksariyat ҳollarda esa erkin suyuqlik shu
yerda to‘planadi. Soxta salbiy sonografiya natijalarining xuddi shunday sababini McGaҳan va
boshq. ҳam ko‘rsatishgan, ular FAST-natijalarni MSKT bilan taqqoslaganda 14 ҳolatda soxta
salbiy UTT natijasini kuzatishgan, shu jumladan 6 ҳolatda esa MSKT da kichik chanoq
bo‘shliғida erkin suyuqlik aniqlangan, bunda erkin suyuqlik siydik yo‘qligi sababli FAST
jarayonida aniqlanmagan. Shuning uchun, ba’zi mualliflar FAST tekshiruvni siydik pufagi to‘la
ҳolatida o‘tkazish zarurligini ta’kidlaydilar [10; 793-b.]. Qorin yopiq shikastlanishida qorin
bo‘shliғida erkin suyuqlikni aniqlashda UTT sezuvchanligi 67-69,8%, spesifikligi – 92,1–99%
ni tashkil qiladi [5; 195-b. 11; 705- 706-b.]. Natarajan B. S. va boshq. [10; 696-697-b.]
tekshiruvida FAST spesifikligi 99%, ijobiy natijani bashoratlash qiymati - 95%, salbiy natijaniki
- 94% edi, lekin usulning sezgirligi 43% dan oshmagan. Fleming S. va boshq. [62 470-b.] ҳam
taxminan bir xil FAST protokol sezgirligi pastligini (46,2%) ko‘rsatishgan. Xuddi shu
ma’lumotda, sonografiyaning spesifikligi 94,7%, ijobiy va salbiy natijalarning bashoratlash
qiymati esa bir-biridan sezilarli darajada farq qilishi ko‘rsatilgan, mos ravishda 96% va 39% ni
tashkil qilgan. Kumar va boshq. [8; 397-b.] o‘z tadqiqotlarida qorin bo‘shliғida erkin suyuqlik
aniqlashda UTT umumiy sezgirligi (80,4%), spesifikligi (75%) va aniqligi (80%) jiҳatidan
sezilarli darajada past ko‘rsatkichlarni olishgan. McGahan J.P. va Richards J.R. tadqiqotlarida bu
ko‘rsatkichlar mos ravishda 60%, 98% va 80% ni tashkil qildi [10; 900-b.]. Kokranovskiy tizimli
tekshiruvi ma’lumotlariga ko‘ra, jaroҳatlar paytida qorin bo‘shliғida erkin suyuqlikni
aniqlashda UTT sezgirligi 85-95% ni tashkil qiladi [13; 6-b.]. Ba’zi tadqiqotchilar
ulьtratovushning informativligi bemorning gemodinamik ko‘rsatkichlari bilan bevosita
boғliqligini aniqladilar. Jumladan, Engles S. va boshq. [5; 193-b.] past qon bosimi bo‘lgan
shikastlanganlarda sezgirlik, spesifiklik, ijobiy va salbiy natijalarning bashoratlash qiymati va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
60
tekshiruv usulining umumiy aniqligi mos ravishda 64,2%, 85%, 85,7%, 62,9% va 72,9% ni
tashkil etishini aniqlashdi. Taxminan bir xil natijalarni Lee B.C. va boshq. [8; 420-b.] ҳam
olishgan, ular 6 yil davomida qorin jaroҳatlari bo‘lgan 4029 nafar shikastlanganlarda UTT
o‘tkazishgan, shundan 122 (3,0%) nafar bemorlar klinikaga qabul qilinganda gipotenziv
ҳolatda bo‘lgan va ularda UTT sezgirligi 85%, spesifikligi 60% va umumiy aniqligi 77% bo‘lgan.
Qon bosimi past va normada bo‘lgan bemorlarda sonografiyaning informativligini qiyosiy taҳlil
qilish shuni ko‘rsatdiki, qon bosimi me’yorida bo‘lgan bemorlar guruҳida UTT ning axborotliligi
yuqori bo‘lgan. Boshqa mualliflarning fikriga ko‘ra, me’yoriy qon bosimi ko‘rsatkichlari fonida
UTT sezgirligi 72-85%, spesifikligi 93,5-96%, ijobiy va salbiy natijalarning bashoratlash
qiymati mos ravishda 90% va 80,5%, umumiy aniqlik 83,9-96% ni tashkil qiladi [5; 195-b. 101;
901-b.]. Bundan tashqari, qorin bo‘shliғining parenximatoz a’zolari, oshqozon osti bezi,
retroperitoneum va diafragmaning shikastlanishini aniqlashda UTT past sezuvchanlikka ega,
41% dan oshmaydi. Kovak a’zolarning yorilishini aniqlashda usulning diagnostika
imkoniyatlari juda past[2; 426-428 b. 12; 496-b. ].
References:
1.
Abdurakhmanovich, K. O., & ugli, G. S. O. (2022). Ultrasonic Diagnosis Methods for
Choledocholithiasis. Central Asian Journal Of Medical And Natural Sciences, 3(2), 43-47.
2.
Abdurakhmanovich, K. O., & ugli, G. S. O. (2022). Ultrasound Diagnosis of the Norm and
Diseases of the Cervix. Central Asian Journal Of Medical And Natural Sciences, 3(2), 58-63.
3.
Akbarov S. et al. VALUE OF US AND DOPPLEROMETRY IN CHRONIC PYELONEPHRITIS OF
PREGNANT WOMEN //Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С.
26-29.
4.
Akhmedov YA, Ataeva SKh, Ametova AS, Bazarova SA, Isakov HKh THE HISTORY OF THE
DEVELOPMENT OF RADIATION DIAGNOSTICS. Web of scientist: International scientific
research journal. 2021;2:34-42.
5.
Akhmedov YA, Rustamov UKh, Shodieva NE, Alieva UZ, Bobomurodov BM Modern
Application of Computer Tomography in Urology. Central Asian journal of medical end natural
sciences. 2021;2(4):121-125.
6.
Alimdjanovich, R.J., Obid , K., Javlanovich, Y.D. and ugli, G.S.O. 2022. Advantages of
Ultrasound Diagnosis of Pulmonary Pathology in COVID-19 Compared to Computed
Tomography. Central Asian Journal of Medical and Natural Science. 3, 5 (Oct. 2022), 531-546.
7.
Amandullaevich A. Y., Abdurakhmanovich K. O. Organization of Modern Examination
Methods of Mammary Gland Diseases //Central Asian Journal of Medical and Natural Science.
– 2022. – Т. 3. – №. 5. – С. 560-569.
8.
Ataeva SKh, Ravshanov ZKh, Ametova AS, Yakubov DZh Radiation visualization of chronic
joint diseases. Central Asian journal of medical end natural sciences. 2021;2(2):12-17
9.
Hamidov OA, Diagnostics of injuries of the soft tissue structures of the knee joint and their
complications. European research. Moscow. 2020;1(37):33-36.
10.
Kadirov J. F. et al. NEUROLOGICAL COMPLICATIONS OF AIDS //Journal of new century
innovations. – 2022. – Т. 10. – №. 5. – С. 174-180.
11.
Khamidov OA, Akhmedov YA, Ataeva SKh, Ametova AS, Karshiev BO Role of Kidney
Ultrasound in the Choice of Tactics for Treatment of Acute Renal Failure. Central Asian journal
of medical end natural sciences. 2021;2(4):132-134
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
12.
Khamidov OA, Akhmedov YA, Yakubov DZh, Shodieva NE, Tukhtaev TI DIAGNOSTIC
POSSIBILITIES OF USES IN POLYKYSTOSIS OFKIDNEYS. Web of scientist: International
scientific research journal. 2021;2(8):27-33
13.
Khamidov OA, Ataeva SKh, Ametova AS, Yakubov DZh, Khaydarov SS A Case of Ultrasound
Diagnosis of Necrotizing Papillitis. Central Asian journal of medical end natural sciences.
2021;2(4):103-107
14.
Khamidov OA, Ataeva SKh, Yakubov DZh, Ametova AS, Saytkulova ShR ULTRASOUND
EXAMINATION IN THE DIAGNOSIS OF FETAL MACROSOMIA. Web of scientist: International
scientific research journal. 2021;2(8):49-54
15.
Khamidov OA, Khodzhanov IYu, Mamasoliev BM, Mansurov DSh, Davronov AA, Rakhimov
AM The Role of Vascular Pathology in the Development and Progression of Deforming
Osteoarthritis of the Joints of the Lower Extremities (Literature Review). Annals of the
Romanian Society for Cell Biology, Romania. 2021;1(25):214 – 225
16.
Khamidov OA, Mirzakulov MM, Ametova AS, Alieva UZ Multispiral computed tomography
for prostate diseases. Central Asian journal of medical end natural sciences. 2021;2(2):9-11
17.
Khamidov OA, Normamatov AF, Yakubov DZh, Bazarova SA Respiratory computed
tomography. Central Asian journal of medical end natural sciences. 2021;2(2):1-8
18.
Khamidov OA, Urozov UB, Shodieva NE, Akhmedov YA Ultrasound diagnosis of
urolithiasis. Central Asian journal of medical end natural sciences. 2021;2(2):18-24
19.
Khamidov OA, Yakubov DZh, Alieva UZ, Bazarova SA, Mamaruziev ShR Possibilities of
Sonography in Differential Diagnostics of Hematuria. Central Asian journal of medical end
natural sciences. 2021;2(4):126-131
20.
Khamidov OA, Yakubov DZh, Ametova AS, Bazarova SA, Mamatova ShT Application of the
Ultrasound Research Method in Otorhinolaryngology and Diseases of the Head and Neck
Organs. International Journal of Development and Public Policy. 2021;1(3):33-37