Авторы

  • Marg'uba Axmadjonova
    Biologiya yo'nalishi 1-bosqich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61321

Ключевые слова:

Jadid ma’rifat usuli jadid matbuot Muxtoriyat “Behbudiya” “To’ron” ibratxona “Munozara”.

Аннотация

Ushbu maqolada XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-ma’rifiy tiklanish jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’lganligi, Turkiston jadidlari xalqni ozod etish,sharoit tamoyillarini isloh qilish,xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muhtoriyatga erishish g’oyasini ilgari surganligi hamda  Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo’llarini izlaganlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

JADID MA'RIFATPARVARLARINING O'LKA IJTIMOIY-MA'NAVIY HAYOTIDA

TUTGAN O'RNI

THE PLACE OF THE NEW ENLIGHTENERS IN THE SOCIO-SPIRITUAL LIFE OF

THE COUNTRY

Axmadjonova Marg'uba Avazbek qizi

Biologiya yo'nalishi 1-bosqich

Email: @axmadjonova71@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14514088

Annotatsiya.

Ushbu maqolada XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi

hisoblangan O’rta Osiyo, Kavkaz, O’rta Sibir xalqlari orasida boshlangan milliy, madaniy-
ma’rifiy tiklanish jadidchilik harakati sifatida namoyon bo’lganligi, Turkiston jadidlari xalqni
ozod etish,sharoit tamoyillarini isloh qilish,xalqqa ma’rifat tarqatish va milliy muhtoriyatga
erishish g’oyasini ilgari surganligi hamda Jadidlar milliy birlik, ma’naviy-ma’rifiy islohotlar
bilan jamiyatni yangilash, yuksaltirish yo’llarini izlaganlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Jadid, ma’rifat, usuli jadid, matbuot, Muxtoriyat, “Behbudiya”, “To’ron”,

ibratxona, “Munozara”.

Аннотация:

В данной статье национально-культурное и просветительское

возрождение, начавшееся среди народов Средней Азии, Кавказа и Средней Сибири,
считавшихся в конце XIX - начале XX века российскими колониями, проявилось как
Движение джадидизма, туркестанский джадидизм основывался на принципах
освобождения народа, условиях, что он выдвинул идею реформирования,
распространения просвещения народа и достижения национальной автономии, а
также то, что джадиды принесли национальное единство, духовное и реформы
образования в обществе предоставлена информация о тех, кто ищет способы
обновления и модернизации.

Ключевые слова:

Джадид, просвещение, метод Джадид, печать, автономия,

национальная идея, «Бехбудия», «Торан», семинария, «Дискуссия».

Abstract:

This article presents information about the national, cultural and educational

revival that began among the peoples of Central Asia, the Caucasus, and Central Siberia, which
were considered a Russian colony in the late 19th and early 20th centuries, manifested itself
as the Jadid movement, the Jadids of Turkestan put forward the idea of liberating the people,
reforming the principles of the situation, spreading enlightenment to the people, and
achieving national autonomy, and the Jadids sought ways to renew and elevate society
through national unity and spiritual and educational reforms.

Key words:

New, enlightenment, new method, national uplift, press, autonomy, national

idea, "Behbudiya", "Turan", teaching house, "Debate".

Kirish.

Jadidchilik ma’rifatparvarlik harakati XIX asrda vujudga kelgan ommaviy

ma’rafiy harakat hisoblanadi. Jadid so’zi arabcha “yangi” degan ma’noni anglatadi. Jadidchilik
harakatining bosh g’oyasi xalqni ma’rifatli qilish orqali mustamlaka zulmidan ozod qilishga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

qaratilgan ma’rifatparvarlik harakatidir.Bu harakatning yorqin namoyondalari Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Isoqxon Ibrat, Sadriddiy Ayniy,
Abdurauf Fitrat va boshqa bir qator ziyolilar hisoblanadi. Jadidlar o’z milliy dasturlarida
tarbiya masalalariga keng o’rin beradi. O’zlari ochgan yangi usul jadid maktablarida ham
o’quvchilar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishgan. Jadidlar maktabni tarbiya maskani deb
hisoblashgan. Tarbiya inson dunyoga kelgan kunidan to umrining oxirigacha davom etadiga
uzluksiz jarayondir. Jadidlar tom ma’noda ma’naviy, ma’rifiy tarbiya g’oyasining
targ’ibotchilaridir. Ularning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy
ma’naviyatimizning rivojlanishida qimmatli manbalar sanaladi. Jadidlar asarlari bugungi kun
yoshlari uchun ibrat maktabi desak adashmaymiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ /

LITERATURE REVIEW)

Taniqli jadid marifatparvari, birinchi o’zbek pedagogi Abdulla Avloniyning tarbiyaga

bergan ta’rifi jadidchilik faoliyatida tarbiya masalalari nechog’liq yuksak o’rin tutganidan
dalolat beradi “ Alhosil tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot,yo najot yo halokat, yo saodat yo
falokat masalasidir”. Tarbiya masalasi bugungi kunda ham dolzarb masala hisoblanadi.
Jadidchilar orasida A.Avloniy o’z faoliyati davomida tarbiya masalariga juda keng o’rin
ajratadi. Avloniy o’zi yaratgan asarlarda ta’lim bilan bir qatorda tarbiyaga ham alohida e’tibor
qaratish lozimligini ta’kidlaydi. Uning “ Turkiy guliston yoxud Axloq” asari aynan tarbiya
masalalariga bag’ishlangan. A. Avloniy tarbiya doirasini keng ma’noda tushunadi, uni faqat
axloq bilan chegaralab qo’ymaydi, balki tarbiya vatanga sadoqat, el-yurtga hurmat kabi
insoniy fazilatni ham o’zida mujassamlashtiradi, degan g’oyani ilgari suradi. Avloniy bola
tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo’limga ajratadi:

1. Tarbiyaning zamoni;
2. Badan tarbiyasi;
3. Fikr tarbiyasi;
4. Axloq tarbiyasi va uning ahamiyati haqida so’z yuritadi.
“Tarbiyaning zamoni” bo’limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga

hammani, ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
Avloniy bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va
atofidagi kishilar muhim omil bo’lib xizmat qilishini aytib o’tadi. Shuningdek, Avloniy tarbiya
masalasida so’z yuritib, “ Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib
o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerda turib yulduzlarga qo’l uzatmak kabidir” ,-
deydi. “ Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy, ta’limiy va tarbiyaviy asardir. Avloniyning
fikricha, “Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi,
davlatlarning qudratli bo’lishi avlodlar tarbiyasiga ko’p jihatdan bog’liq”. Jadidlarning yana bir
yorqin vakili Abdurauf Fitrat xalqni ma’rifatli qilishda ta’lim-tarbiya masalari juda muhim deb
hisoblagan. Fitrat o’z asarlarida Buxorodagi barcha maktablarni keltirib o’tadi, ammo ta’lim-
tarbiya berish axloqiy sifatlarni shakllantirishda hech qanday ahamiyati qolmaganini aytib
o’tgan . Fitrat maktabni tarbiya o’chog’i deb hisoblagan, maktabni jamiyat hayotini rivojini
ta’minlovchi asosiy manbalardan biri ekanligini ta’kidlagan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA (РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ / RESULTS AND

DISCUSSION


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

Maktab bolalarga tarbiya berib, jamiyatdagi buzuqliklar, o’g’irlik, razolatni yo’qotishi

lozim deb biladi. Fitrat darsliklarida ko’plab hikoyalar keltiradi, bu hikoyalarda axloqiy
tarbiya berishga va turli axloqiy xislatlarni singdirishga harakat qiladi. Fitrat inson shaxsini
tarbiyalash uchun kurashgan mohir pedagogdir. U millatparvarlik va vatanparvarlik haqidagi
qadriyatlarga tayanib, shunday ta’limot yaratdiki, bu ta’limot bugungi kunimizda
vatanparvarlik mafkurasini yaratish va yoshlarni vatanni, millatni sevishga o’rgatishda
muhim qo’llanma bo’la oladi. Fitrat vatan, vatanparvarlik va insonparvarlikni eng yuksak
axloqiy xislat deb bilib, kishilarni uni asrashga, unga sidqidildan xizmat qilishga chaqiradi.
Fitrat ijodiyotidagi eng muhim masalalardan biri uning islom dini g’oyalarini har taraflama
chuqur o’rganib, tahlil etib, ulardan komil insonni imon- e’tiqod va insofli qilib tarbiyalashda
foydalanishni targ’ib qilganligidir. Fitrat barkamol inson tarbiyasida axloqiy tarbiyaning o’rni
juda katta deb biladi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyaning vazifasi insonni axloqiy barkamol,
barchaga foydali inson qilib tarbiyalashdan iborat. U hikmat, iffat, shijoat va adolatni asosiy
axloqiy sifatlar deb hisoblaydi.Fitrat oila tarbiyasi va jamiyatda ayollarning o’rni ,
masalalariga ham alohida to’xtaladi. Bola tarbiyasida onaning o’rni juda kattaligini ko’rsatadi.
Shu bilan birga tarbiyada oila, maktab va davlat hamkorligining zarurligini asoslaydi.
Fitratning “Rahbari najot”asari to’la ravishda ta’lim va tarbiya masalariga bag’ishlangan.
Ushbu asarning “Bola tarbiyasi masalalari” bobida “Oila vazifalaridan biri avlodni
tarbiyalashdan iboratdur”,- deya ta’kidlaydi. Bundan tashqari, u bola tarbiyasi faqat
oiladangina olib borilmasdan bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug’ullanishi kerak
ekanligini, chunki davlatning kelajagi ana shunday yoshlar qo’lida bo’lishini aytib o’tadi.Fitrat
bolalar tarbiyani o’zi yashayotga atrof-muhit va atrofidagi bolalardan olishlarini ta’kidlaydi. U
ijtimoiy muhitning bola tarbiyasiga katta ta’sir o’tkazishini isbotlab beradi. Fitrat o’zining
asarida: “Dunyoda izzat va saodat tolibi bo’lmagan birorta qavm yo’q. Har bir millatning
saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik
esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi”,- deya yozadi Fitrat inson kamolotga yetishishi
uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doim oldiga maqsadlar qo’yishi va unga
erishish uchun kurashishi kerakligini uqtiradi.

Fitrat axloqi buzuq kishilarni maktabda muallimlik vazifasidagina emas, balki maktab

qorovulligiga ham yaqinlashtirmaslikni juda to’g’ri harakat deb biladi.U o’z asarlarida
vatanparvarlik, insonparvarlik, ozodlik, mehnatsevarlik, maqsad sari intilish, insonlarga
mehrshafqatli bo’lish, o’z manfaatidan xalq manfaatini ustun qo’yish g’oyalarini ulug’laydi.
Abdurauf Fitrat o’zining butun hayoti davomida milliy mustaqillikka erishish va
mustamlakachilikka qarshi kurash, Yevropa davlatlari ilmi, texnikasi madaniyatidan o’rganish
muammolarini tinimsiz targ’ib qilgan siymolardan biri sifatida barchaga, eng avvalo yoshlarga
katta ibratdir. Mahmudxoja Behbudiy Turkiston jadidlari otasi , jadidchilikning yana bir
yorqin vakilidir. Jadidshunos Begali Qosimovning ta’kidlashicha: “Mahmudxo’ja Behbudiy XX
asr bo’sag’asidagi Turkiston orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o’z davrining
ijtimoiy-siyosiy harakatlarda faol qatnashgan yirik namoyondasi, yangi zamon o’zbek
madaniyatining asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi. Mustaqil
jumhuriyat g’oyasining yalovbardori, yangi maktab g’oyasining nashriyotchisi va
amalyotchisi, o’zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir,
jurnalist edi.” Behbudiy yangicha ta’lim tarbiyani afzalliklarini isbotlashda ko’proq o’zi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

erishgan yutuqlarga, o’zi amaliyotga tatbiq qilgan yangi tartiblarga tayanadi. Behbudiy axloq
va tarbiyaning asosi- maktab, barcha ilmlarning boshimaktab, saodatning, fozil insonning
ma’naviy chashmasi-maktab degan aqidaga qat’iy amal qilgan.

XULOSA:

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Mahmudxo’ja Behbudiy uchun milliy g’oya-

millatni taraqqiyotga olib chiqish g’oyasi edi. Bugunda ma’rifarparvar jadidlarning bebaho
asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g’oyalari o’zbek
xalqining ma’naviy ma’rifatini, milliy tarbiya, milliy qadriyatlar va milliy ongni yuksaltirish
yo’lida xizmat qilib, yoshlar qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini tarbiyalab
kelmoqda. Mustaqillik tufayli ma’rifatpar jadidlarning nomlari tiklanib, tavvallud kunlari
tantanali nishonlandi, ularning pok nomi oqlandi, asarlari qayta-qayta chop etildi. Ularning
dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning madaniy-ma’naviy
qadriyatlar sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda.

References:

1.

Abdurauf

Fitrat

“Tanlangan

asarlar”

“Oila

yoki

oila

boshqarish

tartiblari”.Toshkent.“Ma’naviyat” nashriyoti. 2009 yil.
2.

K. Hoshimov, S.Nishoinova “Pedagogika Tarixi” Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston

Milliy kutubxonasi nashriyoti.Toshkent. 2005-yil.
3.

B.Qosimov Karvonboshi-Mahmudxo’ja Behbudiy “Tanlangan asarlar”. Toshkent.

“Ma’naviyat” nashriyoti 2006-yil.
4.

A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent yoshlar nashriyoti. 2019-yil.

5.

Yusupova, S. N., & Karimov, X. U. (2024). TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON

MADANIYATI RIVOJIDAGI O ‘RNI. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 95-98.
6.

Abdug‘aniev O. TA’LIM JARAYONIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA

IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology
and Science Education. – 2022. – T. 1. – №. 5. – S. 161-168
7.

http://www.ziyonet.uz

8.

http://www.wikipedia.ru

9.

http://www.guldu.ru u

Библиографические ссылки

Abdurauf Fitrat “Tanlangan asarlar” “Oila yoki oila boshqarish tartiblari”.Toshkent.“Ma’naviyat” nashriyoti. 2009 yil.

K. Hoshimov, S.Nishoinova “Pedagogika Tarixi” Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.Toshkent. 2005-yil.

B.Qosimov Karvonboshi-Mahmudxo’ja Behbudiy “Tanlangan asarlar”. Toshkent. “Ma’naviyat” nashriyoti 2006-yil.

A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” Toshkent yoshlar nashriyoti. 2019-yil.

Yusupova, S. N., & Karimov, X. U. (2024). TEMURIYLAR RENESSANSI VA UNING JAHON MADANIYATI RIVOJIDAGI O ‘RNI. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 95-98.

Abdug‘aniev O. TA’LIM JARAYONIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology and Science Education. – 2022. – T. 1. – №. 5. – S. 161-168