ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
137
FARG`ONA VODIYSI JADIDCHI MA`RIFATPARVARLARINING MILLIY –
MA`NAVIY, PEDAGOGIK - IJTIMOIY OMILLARI
Abdurazzaqova Feruzaxon
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti
Todjiddinova Sevara Ikromjon qizi
Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14535332
Annotatsiya:
Maqolada, Farg‘ona vodiysi jadidchi ma’rifatparvarlarning, xalqimiz, milliy-
ma’naviyatinini rivojlantirishning pedagogik –ijtimoiy omillarini birma-bir ochib bergan.Yangi-
usul maktablarining Turkiston o‘lkasida,Farg‘ona vodiysi dagi Andijon,Namangan,Fargona
uyezdida ochilishi haqida bayon etilgan.
Kalit so‘lar:
Fargona vodiy, jadid, ma’rifat, ijtimoiy – omil, Turkiston muxtoriyati, usul,
Qiroat kitobi.
Kirish
Yaqin o`tmishda xukmron bo`lgan mafkura ma`naviyatni, uni o`rganishni, tadqiq etishni
nokerak, noo`rin va umuman zararli ish deb qaragan. Chunki, har bir millatning o`z
ma`naviyatini aniqlashi, bilishi va o`z aql farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi
millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr qimmatini boyitadi.
Ma`naviyat sohasida mustaqil O`zbekiston oldida murakkab vazifalar turibdi. Ulardan
asosiysi ma`naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Shu bois mamlakitimiz birinchi
Prezidenti I.A.Karimov o`zining
“Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch”
asarida quyidagilarni
takidlaydi,... ‘‘
biz o`z tariximizni holisona va xaqqoniy baholab, ma`naviy merosimizni
boyitish va rivojlantirishga o`z xissamizni qo`shishimiz, shu asosda bugungi jahon ilmu-
fani va madaniyatining yuksak cho`qqilarini egallashdek buyuk vazifaga har tomonlama
munosib va qodir bo`lishimizdandir.”
O`z vaqtida o`ziga hos milliy ma`naviyatimizni
shakllantirish va yuksaltirishning quyidagi omillarini aniq ko`rsatib berdilar:
Birinchi omil- “Oila”. Pedagogik va psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda haqiqatan
ham insonning eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda
oila bag`rida shakllanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan
ma`naviy mezon va qarashlar yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibati, or-nomus va
andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir.
Shuning uchu ham oila muhitida bo`ladigan ota – onaga hurmat, ularning oldidagi
ulug`vor qarzdorlik burchini chuqur anglash har qaysi insonga xos bo`lgan odamiylik fazilatlari
va oilaviy munosabatlarning negizini, oilaning ma`naviy olamini tashkil etadi.
Ko`p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, inson o`z umri davomida
oladigan barcha axboratni 70 foizini 5 yoshgacha bo`lgan davrda olar ekan bolaning ongi asosan
5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo`lsak, aynan ana shu davrdayoq qalbida oiladagi
muhit ta`sirida ma`naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo`la boshlaydi. Xalqimizning “Qush
uyasida ko`rganini qiladi”, degan dono maqolida azaliy haqiqat o`z ifodasini topgan. Farg`ona
vodiysi jadidlar harakatining yirik namoyondalaridan biri Hamza Hakimzoda Niyoziy o`zining
“Qiroat’’
kitobiga kiritilgan bir rivoyatda, ya`ni
“Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
138
onaning jazosi”
she`rida bunday deb yozadi hamda, boshida yaxshi tarbiya qilgan bo`lsalar
tilimizni yolg`ondan, qulog`imizni isnotdan, turli rejalardan mumkin qadar ehtiyot qilib,
o`zimizni yoshlik, yolgizlikdan qiladigan erinchoqlarimizga iltifot qilmay, urushib, so`kib,
maktab topshirib ilm otliq saodatga…jahonga yetadigan bir rahnomoiy, haqiqatga tanish va
oshno qilgan bo`lur edilar. Biz butun shum yomon bo`mas va o`zlari bu qadar…minglarcha
pushaymon bo`lmasdilar” deydi.
1
Shunday qilib, odamzod uchun bir umr zarur bo`ladigan tabiiy ko`nikma va xususiyatlar,
masalan, har bir bolaning o`ziga xos va o`ziga mos qobiliyati, atrofdagi odamlar bilan
muomalasi, tengdoshlari orasida o`zini qanday his qilishi, yetakchilik hislatlariga ega bo`lishi
yoki ega bo`lmasligi, kerak bo`lsa, dunyoqarashi- bularning barchasi avvalo uning tug`ma
tabiati, shu bilan birga, oilada oladigan tarbiyasi bilan uzviy bog`liq ekanini hayot tajribasi ko`p
misollarda tasdiqlab beradi.
Aynan mana shu davrda bola hamma yaxshi yomon- narsani tushunib, anglay boshlaydi,
uning beg`ubor ongi bamisoli bosma qog`oz singari oiladagi, yon atrofdagi barcha voqea-
hodisalarni, ularning zamiridagi taassurotlarni o`ziga shimib singdirib oladi. Uning ota-onasiga,
bobo va momolariga mexri va hurmati, o`zini o`rab turgan muhitga nisbatan munosabati
kundan-kunga takomillashib boradi.
Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa- daraxt va o`simlik bo`ladimi, turli
o`yinchoqlar bo`ladimi, uy hayvonlari bo`ladimi- bularning barchasi bolaning ko`ziga go`yoki
olamning beqiyos mo`jizasi sifatida ko`rinadi va shu tariqa yorug` dunyoni o`zi uchun kashf
qiladi.
Taassufki, - deb yozadi birinchi Prezidenti I.A. Karimov asarda, ba`zi ota –onalar o`z
farzandlarining ana shunday qiziqishi va intilishlariga, uning ongi tafakkurida har kuni bir
o`zgarish ro`y berib, ko`zida yangi-yangi savollar paydo bo`layotganiga ahamiyat bermaydi. Ota
oilada o`zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida farzandlariga o`rnak bo`lish o`rniga qo`pol
muomala qiladigan bo`lsa, bu holat, tabiiyki, bola ma`naviy olamining shakllanishiga salbiy
ta`sir ko`rsatadi, vaqti soati kelib , uning xarakterida inson degan nomga noloyiq hunuk bir
holat odam sifatida namoyon bo`ladi.
Yoki, oilada qo`ni–qo`shnilarni ko`rolmaslik, fisqu-fasod, ig`vo-tuhmati hukmron bo`lsa,
hech shubhasiz, bularning barchasi bolaning xotirasida tuzatib bo`lmaydigan og`ir asorat
qoldiradi. Umuman, oiladagi ma`naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo mexribon va raxmdil,
yoki hudbin va bag`ritosh bo`lib voyaga yetishini tushunish qiyin emas.
Biz o`z farzandlarimizning baxtu- saodatini, iqbolu- kamolini ko`rishni istar ekanmiz,
nafaqat oiladagi, balki mahalla-ko`ydagi odamlarning hatti – harakati va bolaning shakllanib
borayotgan sof qalbi va ongiga qanday ta`sir ko`rsatishi haqida doimo o`ylashimiz, bu borada
zimmamizda qanday ulkan mas`uliyat borligini unutmasligimiz kerak.
Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo`l qo`ymaslik uchun avvalo har qanday honadondagi
ma`naviy iqlimni, o`zaro hurmat, ahloq-odob, insoniy munosabatlar asosida qurish ayni
muddao bo`lur edi. Bu haqda gapirganda, mumtoz yozuvchimiz
Abdulla Qodiriyning “O`tgan
1. “Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi. Asarlar, ikki tomlik, I tom G`.G`ulom nomli Badiiy
adabiyot nashriyoti, 1969, 111-112- betlar.
2. O`zbek pedagogika tarixi. Professor Asqar Zunnunovning umumiy tahriri ostida.T.,O`qituvchi. 1997-yil.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
139
kunlar” asaridagi qahramonlarning o`zaro muomala va muloqotlari, ularning hatto
kichik farzandlarining ham”siz” lab gapirishi misolida ota-bobolarimizning oila, oila
ma`naviyatiga qanchalik katta e`tibor berganiga ishonch hosil qilamiz.
Mamlakatimiz prezidenti
M.SH.Mirziyoyev 2017-yil 3-4-mayda Namangan viloyati
To’raqo’rgon tumaniga tashrifida, Isoqxon Ibrat hayoti va ijodi,ulkan madaniy merosini
yoshlarga singdirish va o’rgatish bo`lib, aholining turli qatlamlari bilan uchrashuvlar
chog`ida ushbu masalaga alohida urg`u berdilar va oilaviy tarbiya sohasida olib
borilayotgan ishlardan mamnunliklarini bildirdilar.To’raqo’rgonda IBRAT MAKTABINI,
IBRAT BOGINI ta’htanali ochib berdi.
Ikkinchi omil – mahallaning ro’li va ta`siri.
Ma`lumki, o`zbek mahallalari chinakkam
milliy qadriyatlar maskani bo`lib keladi. O`zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, ehtiyojmand,
yordamga muhtoj kimsalar holidan habar olish, yetim-yesirlarning boshini silash, to`y-
tomoshalar, hashar va ma`rakalarni ko`pchilik bilan bamaslahat o`tkazish, yaxshi kunda ham,
yomon kunda ham birga bo`lish kabi xalqimizga xos urf-odatlar va an`analar avvalambor
mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Ona yurt ramzi bo`lgan mahalla haqida fikr
yuritar ekanmiz, “Mahalla-ham ota, ham ona”, “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” degan hikmatli
naqllar bejiz aytilmaganining guvohi bo`lamiz.
Ma`naviyatni shakllantirishga bevosita ta`sir qiladigan yana bir uchinchi omil – bu ta`lim-
tarbiya tizimidir. Ma`lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo`lmish ilmu-ma`rifat,
ta`lim-tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb
bilgan.Albatta, ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham
belgilaydigan, ya`ni xalq ma`naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Bu
umummilliy masaladir. Farzandlarimizni bugungi kun uchungina emas, balki ertangi kun-
buyuk kelajak uchun ham tarbiyalashimiz, ta`lim bilan uzviy aloqada bu jarayonni tizimli olib
borishimiz zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqib, farzandlarimizni mustaqil va keng
fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish-
ta`lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi hamda har qaysi ota-ona, ustoz-
murabbiyning muqaddas burchidir. Ta`limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta`limdan ajratib
bo`lmaydi- bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir.Bu haqda fikr yuritganda, men
Abdulla Avloniyning “tarbiya yo hayot- yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo
falokat masalasidir”
degan chuqur ma`noli so`zlarini eslayman,- deb yozadi I.Karimov- buyuk
ma`rifatparvar bobomizning bu so`zlari o`tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim
va dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko`ra
muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi
2
.
References:
1.
I.A.Karimov.Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch . T,’’MA’NAVIYAT ’’2010Y.
2.
I.A.Karimov.Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.O’zbekiston tarixi.-1999, 1jb,3-14.
3.
Pedagogika tarixi.-T,o’qituvchi nashri.
4.
“Bolaning yomon bo`lmog`iga sabab bo`lgan onaning jazosi. Asarlar, ikki tomlik, I tom
G`.G`ulom nomli Badiiy adabiyot nashriyoti, 1969, 111-112- betlar
2
I.Karimov. Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch. T.,”Ma`naviyat” T.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
140
5.
O`zbek pedagogika tarixi. Professor Asqar Zunnunovning umumiy tahriri
ostida.T.,O`qituvchi. 1997-yil
