ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
25
BO‘LAJAK TABIIY FANLAR O‘QITUVCHILARINING AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHLASH MEDIA KO‘NIKMASINI
RIVOJLANTIRISH METODIKASINING XORIJIY VA MAHALLIY
TAJRIBALARINING TAHLILI
Karimova Go‘zal Ibragimovna
Toshkent shahar Shayxontohur tumani
102-sonli umumta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi,
PERFECT universiteti o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14554041
Annotatsiya:
Ushbu tezisda bo‘lajak tabiiy fan o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari
bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirishda mediasavodxonlik ma’lumotlarining xorijiy va
mahalliy tajribalari tahlili keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
davlat, ta’lim, tabiiy fanlar, media, mutaxassislik.
Davlat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqi ko‘p jihatdan uning intelektual potensiyali bilan
belgilanadi. Chunki ilmiy potensiyali yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda
doimo ilg‘or bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatimizda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish davlat
ahamiyatiga molik bo‘lgan ustuvor vazifa sifatida yondashilib, katta e’tibor qaratilyapti.
Yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta`lim jarayonini tashkil
qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablari mavjud. Birinchidan, o‘quvchi talabalarning
kasbiy bilimlarini o‘zlashtirish darajasi davlat ta`lim standartlari talablariga mosligini
ta`minlash bilan bog‘liq. Ikkinchidan, o‘quvchi talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat
ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini to‘liq qamrab olishga
erishish. Jamiyatning bu tarzda jadal rivojlanishi, yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji
o‘qituvchidan intelektual qobiliyatlarini namoyon qilgan holda, ijtimoiy talablarni qondirishni
taqozo etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston-2030” stategeyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-6079 sonli Farmoniga asosan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol
rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta`lim, sog‘liqni
saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy kommunikatsion texnologiyalarini keng joriy etish
bo‘yicha kompleks chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining
raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Xarakatlar strategiyasini “Ilm, ma`rifat va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan
vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vaziligi, Maktabgacha va makab ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi
bilan birgalikda 2020 yil yakuniga qadar 13 ta na’munaviy tumanlarda IT infratuzilmasini
yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlanishni nazarda tutgan holda maktabgacha va
umumta`lim maktablari hamda sog‘liqni saqlash muassasalaini raqamlashtirishni yakunlash
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
bo‘yicha choralar ko‘rish, shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va mas’ul xodimlarni
o‘qitishni tashkil etsin, deb ta’kidlanadi.
Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining o‘z mutaxassislik fanini o‘qitishda metodik
tayyorgarligini takomillashtirishda taʼlim jarayonini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishda,
bu jarayonning maqsadi, vazifalarini yaxshi tushunishlarida, innovatsion taʼlim, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini va raqamli texnologiyalarni har tomonlama chuqur
o‘zlashtirishlari zarur bo‘ladi. Zamonaviy axborot jamiyatida media ta’lim, ta’lim jarayonida
mediadan foydalanish, zamonaviy o‘qituvchining ommaviy axborot vositalari bilan ishlash
ko‘nikmasini shakllanishda, ommaviy axborot vositalari yordamida ta’lim mohiyatini, ochib
berish, pedagogik salohiyatining oshishi va turli ommaviy axborot vositalaridan foydalanish
shartlarini tushunishiga, ta’lim jarayonida (axborot texnologiyalari, Internet, ijtimoiy
tarmoqlar, ekran san’ati, televizor, reklama, interaktiv o‘yinlar, kompyuter animatsiyasi va
boshqalar), pedagogik modellar va ulardan foydalanishga tayyorligini shakllantirish vositasi
sifatida qaraladi. Shuning uchun bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot
texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish orqali ularning mediakompetentligini
rivojlantirish masalasi ilm oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bunda
zamonaviy ilmiy texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda, bo‘lajak tabiiy fanlar
o‘qituvchilarining media borasidagi bilimlarini takomillashtirish orqali mediakompetentligini
rivojlantirish metodikasini takomillshtirish pedagogik yo‘nalishdagi tadqiqotlar ichida muhim
ahamiyatga ega.
MDH davlatrlarining mediapedagog olimi Fedorov A.V. “Pedagogik oliy ta`lim
muassasalari talabalarining mediakompetentligi va tanqidiy tafakkurini rivojlantirish” nomli
monografiyasida, pedagogik oliy ta`lim muassasalari talabalarining mediakompetentligi va
tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalalari (“Mediata`lim” mutaxassisligi, davlat ro‘yhat
raqami № 03.13.30 doirasida) mediata’lim va mediasavodxonlikning umumiy muammolari
kontekstida o‘rganilgan.
Mezentseva D.A. o‘z ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy ommaviy axborot vositasi orqali
wiki veb-sayti foydalanuvchilari birgalikda, veb-sahifalar guruhini yaratish, ma'lumotlarni
saqlash, tahrirlash, muhokama qilish uchun umumiy ish joyini tashkil etish zarurligini
ta’kidlaydi.
Ya. Mamatova, S. Sulaymanovalar tomonidan “O‘zbekiston mediata`lim taraqqiyoti
yo‘lida” o‘quv qo‘llanma yaratildi. Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagog jurnalistlar o‘rtasida
muhokama qilish orqali takomillashtiriladigan loyiha sifatida taklif etildi. Qo‘llanma yangicha
ommaviy kommunikatsiyalar sharoitida talaba-jurnalistlarga media va axborot savodxonligi
asoslarini o‘rgatish orqali ularning kasbiy moslashuvini hosil qilishda ilk urinish sifatida
baholanishi zarurligi qayd etildi. Shundagina bo‘lg‘usi mutaxassis turli mediamaxsulotlaridagi
uyg‘unlikni, undagi ko‘rsatmalarni, dalil va voqealarning qanday taqdim etilishini anglab
yetishi va buni idrok etgan holda o‘zi yaratayotgan mediakontent vositasida global axborot
makoniga millatning, xalqining muayyan qadriyatlari va dunyoqarashini olib kirishi
o‘rganilgan. Ya’ni, global media va axborot makonida O‘zbekiston xalqlari ovozi, iftixori va
shuurini bemalol targ‘ib qila olishligi haqida yozilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-
2030” stategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6079- sonli Farmoni. - https://lex.uz/ru/docs/-5030957
2.
Шариков А.В. Концепция медиаобразования во второй ступени средней
образовательной школы. - М.: Академия педагогических наук СССР, 1991. 23 с.
3.
Мясникова Т.И. Развитие медиакомпетентности студентов университета.
Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата педагогических
наук. - Оренбур 2011.
4.
Федоров А.В. Развите медиакомпетенности и критического мышление студентов
педагогического ВУЗа. МОО ВПП ЮНЕСКО Информация для всех. 2007. - С. 616.