Авторы

  • Go‘zal Karimova
    Toshkent shahar Shayxontohur tumani 102-sonli umumta’lim maktab boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi, Perfect universtieti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.75553

Ключевые слова:

kompetensiya kompetentlik boshlang‘ich ta’lim kompetensiyaviy yondashuv.

Аннотация

Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

169

KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH

TA’LIM MUTAXASSISLARINI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASH USULLARI

Karimova Go‘zal Ibragimovna

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

102-sonli umumta’lim maktab boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi,

Perfect universtieti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123393

Annotatsiya:

Ushbu tezisda kompetensiya va kompetentlik tushunchalarining nazariy

asoslari, hamda bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim pedagoglarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda
kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

kompetensiya, kompetentlik, boshlang‘ich ta’lim, kompetensiyaviy

yondashuv.

Jamiyatda har qanday kasb boʻlmasin, avvalambor, uning darajsi mavqeyi bilim bilan

oʻlchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan shakllanadi. Aynan, pedagog kasbining sub’ekti
boshqa shaxslardir. Shu bois , unda bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi.
Xoʻsh, pedagog kasbiy kompetentligi va uni ta’lim jarayonini boshqarishdagi oʻrni qay
darajada ahamiyat kasb etadi? Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni
qanday kechadi kabi savollar tugʻiladi. Shu nuqtai nazardan “kompetentlik” va
“kompetensiya” tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Kasbiy ta’lim
ustalarining oʻziga xos xususiyati shundaki, ularning asosiy faoliyat mazmuni shaxs bilan
bogʻliq, ular bola faoliyatini, ularning yosh xususiyatlarini boshqarish jarayaonida “generator”
vazifasini bajaradi. Shu bois, ular kasb doirasida bilim, malaka va koʻnikmaga ega boʻlishi talab
qilinadi.

Azaldan sharq xalqlari pedagoglik kasbiga juda katta hurmat bilan qarashgan. Chunki

ular boshqa kasb egalaridan farqli oʻlaroq inson kamoloti bilan shugʻullanadi. Ularning ma’nan
yetuk, barkamol shakllanishida eng asosiy ustun vazifasini bajaradi. Pedagog tarbiya haqidagi
fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, tushuntirishni, uning qonuniyatlarini ochib
berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta’sir qilish va uni
boshqarishni nazarda tutadi. Oʻqituvchilik kasbi dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir.
Uning ijtimoiy ahamiyati va qadri hech qachon kamaymaydi, soʻnmaydi. Jumladan, gʻazal
mulkining sultoni mir Alisher Navoiy ijodida muallimlarga munosib alohida e’tibor berilgan.
Uning fikricha, har bir inson oʻziga ta’lim va tarbiya bergan ustozini umrbod eslashi va hurmat
qilishi kerak. Tarbiyachi mehnatini har qanday xazina bilan oʻlchab boʻlmaydi, aslida.

Ularning fikricha, yosh avlod tarbiyasini har kimga ham topshirib boʻlmasligini aytib

oʻqituvchiga juda koʻp talablarni qoʻyadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning
qobiliyatini oʻstirish uchun nihoyatda savodli oʻqituvchi va mahoratli tarbiyachi boʻlish kerak
.Sababi ,ular jarayonda faqat dars beruvchi,ilm beruvchi emas, balki mahoratli tarbiyachi
boʻlishi lozim, deydi. Mana shu fikrlarning oʻziyoq qadimdanoq ota-bobolarimiz pedagog
kompetentligini oʻz tillari bilan izohlab ketganlar. Shu bois ,oʻqituvchilik bir qator muhim
talablarga,mezonlarga javob berishi kerak. Pedagogik mahorati, bilimi darajasi asosan
oʻqituvchining faoliyatida namoyon boʻladi. Oʻqituvchi oʻz faoliyatida pedagogik mahoratga
erishish uchun oʻz faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

170

koʻnikmalarga ega boʻlishi talab qilinadi. Soʻngi yillarda yurtimis boʻylab o`zining fidokorona
mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan
ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Pedagogik mahoratni egallash uchun
oʻqituvchi doimo oʻz ishini tahlil qila bilishi, oʻziga oʻquvchilar nazari bilan qaray olishi va
kamchiliklarni tuzatish uchun tinimsiz izlanishi zarur. Bugun davr yoshlari juda talabchan,
zukko, sezuvchan. Ular atrofidagi nuqsonlarni juda tez anglaydilar. Ularga ta’lim-tabiya
berayotgan pedagog esa har tomonlama yuksak bilim va malakaga ega boʻlmogʻi shart va
muhim. Ularda pedagog kasbiga oid kompetentlik boʻlmas ekan, yaxshi pedagog ham
kutulayotgan natijani ham qoʻlga kirita olmaydilar. Shu oʻrinda, kasbiy kompetentlik oʻzi nima
va u nima uchun pedagog shaxsi uchun bu qadar ahamiyatli, deyilgan savolga javob bersak.
Har qanday oʻqituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u “kompetensiya” dan
nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. “Kompetentlik” tushunchasi pedagogning ma’lumoti,
koʻnikmasi, qobiliyati va tajribasini oʻz ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma’lum bir ish
turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama oʻxshashdir. Kompetensiya
bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu
bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim oʻquvchilarda mustaqillik, faol

fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda
kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarini shakllantiradi.
Demak, bu tushuncha pedagog uchun aynan bugungi zamonaviy davr bolalarni tarbiya
qilayotgan onda juda kerak boʻlgan atama. Shu oʻrinda shuni aytishim kerakki, pedagogik
faoliyat - bu insoniyat tomonidan toʻplangan madaniyat va tajribani keksa ajdodlardan
oʻtkazish va yosh avlod tomonidan oʻzlashtirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi
boʻlib, ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatda muayyan rollarni bajarishga tayyorlanishidir.
Pedagogik faoliyat nafaqat oʻqituvchilar, balki ota-onalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy
axborot vositalari va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, birinchi holda, bu faoliyat
kasbiy, ikkinchidan, umumiy pedagogik faoliyat boʻlib, u ixtiyoriy yoki yoʻq, har bir kishi oʻz-
oʻzini tarbiyalash va oʻz-oʻzini tarbiyalash bilan shugʻullanib, boshqa odamlarga va oʻziga
nisbatan amalga oshiradi. Bu talablarning barchasi, albatta, pedagogning tinimsiz oʻz ustida
ishlashi orqali erishiladi. Jumladan, kasbiy kompetentlik borasida bir qancha ilmiy ishlar va
izlanishlar olib borilgan boʻlib bular orasida B. Nazarovaning olib borgan izlanishlari juda
ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uning pedagogning oʻz ustida ishlashi bir necha
bosqichda kechishini tushuntirgan.

Ular quyidagilarni oʻz ichiga qamrab oladi.
1. Tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash.
2. Yutuqlarini boyitish, kamchiliklarni yoʻqotish haqida aniq qarorga kelish.
3. Qarorga koʻra amaliy harakatlarni izchil tashkil etish yoʻllarini izlash.
4. Qarorning izchil bajarilishini doimiy nazoraq qilib borish.
Pedagogning oʻz ustida ishlash modeli pedagogning kasbiy kompetentlikka ega

boʻlishida oʻzini oʻzi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. Chunki oʻz-oʻzini tahlil qila
olmagan shaxs oʻzgalar shaxsini ham toʻgʻri baholay olmasliklari mumkin. Shu oʻrinda
pedagog uchun eng muhim boʻlgan kommunikativ kompetentlik haqida toʻxtalib oʻtish joiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

171

Chunki oʻzaro munosbatlar, ularning muloqot jarayonida ustuvor oʻrin tutuvchi tilini
oʻzlashtirish guruhlarda ishlash koʻnikmalari, jamoada turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni
tshkil qilish va oʻtkazishni bilish juda muhim hisoblanadi. Chunki mana shu jarayonlarda
pedagag oʻzida bor mavjud bilimlrini mahorat bilan ishga sololmasa, jarayonni boshqarishni
qoʻldan boy bersa,naazorat izdan chiqadi. Natijada ta’lim jarayonida boshqaruv strukturasi
buziladi. Pedagogning bu kompetentligi ushbu holatlarda yuzaga chiqadi. Munozarali
holatlarning oldini olish va ularga yechim topish, oʻquvchilarning ota-onalari tomonidan
amalga oshiriladigan salbiy munosabatlarga oqillik bilan yondashishi, shaxslararo oʻzaro
munosabatlar jarayonida boʻladigan muloqot yuzasidan hamkorlarni tushunish va hisobga
olish qobiliyatini koʻrsata olishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, kommunikativ
kompetentlik ishontirish yoʻllarini va argumentatsiya vositasida oʻquvchilarni ijtimoiy
ahamiyatga ega boʻlgan natijalarga erishishlarini tashkil eta olishni ham talab qiladi. Boisi,
ta’lim jarayonida kompetentli pedagog jarayonning yetakchisi hisoblanadi, u bolalarni
boshqarish bilan birga ularga yangi gʻoyalar yaratish, ijodkorlik qilish orqali yangilikka
intilish, kelajakka umid bilan qarash, vatanparvarlik, sadoqatlilik, mardlik kabi ijobiy
goyalarni shakllantirishi muhimdir. Bundan tashqari pedagog agar kompetentli boʻlsa ,kasbiy
faoliyatini oshkora namoyon qila oladi. Uning baracha tamoyillari talab darajasida boʻlmogi
lozim.

Xulosa oʻrnida shuni aytamanki, barcha xalqlarda har qanday davrda pedagog kasbi juda

jiddiy yondashuvni talab qiladigan kasbdir. Bazi bir kimsalarning nazarida arzimas, deb
qaralgan nuqtalar ham kompetentlik oʻqituvchi tomonidan nazarga olinmogʻi lozim. Bu kasb
oʻz egasidan faoliyatining yakiniga qadar oʻrganishni, bilim olishni uni takomillashtirishni,
hayoti davomida tajriba almashishni uni amaliyotga joriy qilish orqali malakarga ega boʻlishni,
ayniqsa, zamon oʻquvchisiga mos va xos boʻlishni talab qiladi. Zero, pedagog qanchalik ilmli,
tajribali, malakalarga ega,zamon talablariga javob bera oladigan inson boʻlsa, oʻz kasbini
sevsa, unga sidqidildan yondoshsa, u koʻzlagan maqsadiga erishadi. Albatta, bu borada unga
katta kuch, matonat, sabr-toqat juda muhim hisoblanadi, Chunki mana shu bosqichlardan
mardona oʻta olgan pedagog kompetentlik borasidagi barcha talablarga mos va xos boʻladi va
natijada yuksak malakali va ilmli pedagog sifadia oʻz oʻquvchilari, tinglovchilari,
jamoadoshlari orasida har qanday jarayonda oz’nafosatini yoʻqotmaydi, aksincha, jilolanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Xodjamqulov U.N. Pedagogіk ta’lіm іnnovatsіon klasterіnіng іlmіy-nazarіy asoslarі:

Ped.fanl. d-rі … Dіs. – Chіrchіq, 2020. – 270 b.
2.

Botіrova Sh.A. Adabіy ta’lіm klasterіnіng іlmіy pedagogіk asoslarі: Ped. fanl. d-rі … Dіs. –

Chіrchіq, 2021. – 265 b.
3.

Xoliqov А. Pedagogik mahorat. – T.: Iqtisod-moliyа, 2010.

4.

R. Ishmuxamedov. M.Yuldashev.Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik

texnologiyalar. (Ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar, oʻqituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar
uchun oʻquv qoʻllanma) -T.: 2013. -278 b.

Библиографические ссылки

Xodjamqulov U.N. Pedagogіk ta’lіm іnnovatsіon klasterіnіng іlmіy-nazarіy asoslarі: Ped.fanl. d-rі … Dіs. – Chіrchіq, 2020. – 270 b.

Botіrova Sh.A. Adabіy ta’lіm klasterіnіng іlmіy pedagogіk asoslarі: Ped. fanl. d-rі … Dіs. – Chіrchіq, 2021. – 265 b.

Xoliqov А. Pedagogik mahorat. – T.: Iqtisod-moliyа, 2010.

R. Ishmuxamedov. M.Yuldashev.Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. (Ta’lim tizimi xodimlari, metodistlar, oʻqituvchilar, tarbiyachi va murabbiylar uchun oʻquv qoʻllanma) -T.: 2013. -278 b.