ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
176
O’ZBEKISTON MAMLAKAT VA FRONTNI OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ
XOʼJALIGI MAHSULOTLARI BILAN TAʼMINLANISHI MUAMMOLARI
Sharipova Dilrabo Ramazonovna
Alfraganus universiteti,
Xalqaro munosabatlar va tarix kafedrasi o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14547609
Oʼzbekiston Markaziy Komiteti va Oʼzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti partiya, sovet,
komsomol tashkilotlarining, barcha qishloq mehnatchilarining faoliyatini paxta tayyorlash va
uni davlatga topshirish planini muddatidan oldin bajarishga yullab turdi. Аvj olib ketgan
sotsialistik musobaqada tez orada juda kup ilgʼorlar mehnat unumdorligining yuksak
namunalarini kursatayotgan terimchilar yetishib chiqdi. Birinchi urush yilining hosili
muddatidan oldin yigib-terib olindi. 1941 yilning dekabriga qadar respublika kolxozlari
davlatga 1657,2 ming tonna yoki 1940 yildagiga qaraganda 200 ming tonna koʼp paxta
topshirdilar. Respublika kolxozlari gektar boshiga oʼrta hisobda 29,7 sentnerdan hosil olib,
davlatga paxta topshirish planini 106 protsent bajardilar. 1-va Z-“Dalvarzin”, 1- v a 2-“Boyovut”
singari sovxozlar gektar boshiga 35-53,7 sentner paxta yetishtirib, hosildorlikni rekord
darajaga koʼtardilar.
1944 yil dekabrda surxondaryoliklar 347 ming so‘m pul, 636 bosh koramol, 230 bosh ot,
minglab qo‘y-echki, 5595 s g‘alla, 100 minglab kiyim-kechak, bir necha 100 ming so‘mlik
texnika vositalarini Rostov-Don viloyatiga yordam sifatida jo‘natdilar.
1
Urushning faqat uch oyi mobaynida Uzbekiston Kompartiyasi Marka- ziy Komitetinjng
mas'ul xodimlarinyang 20 protsenta frontga ketdi: Fashizm garb imperialistlarining kUllab-
kuvvatlashi va yordami natijasida boshlagan ikkinchi jaxon urushi iisoniyat boshiga son-sanok-
siz kulfatlar keltirdi. Bu urush girdobiga I milliard 700 million axo- lisi bulgan 61 daьlat
tortchlgan ediki, bu butun yer yuzidagi axo- o lining 80 protsentani tashkil kilar eda
2
.
Urushga tortilgan davlatlar qo’shinlarining soni 80 million kishini tashkil etib, birinchi
jaxon urushiga qatnashgan armiyaning soniga nisbatan 40 million kishi ko’p edi.
3
Ikkinchi jaxon urushi yillarida AKSh, Angliya va Germaniya xamda Ulug’ Vatan urushi
yillarida Sovet Ittifokini birga qo’shib xisoblaganda 653 ming samolyot, 287 ming tank, I
milliondan ortiq artilleriya to’pi, 4,8 milliondan ortik plemyot (Germaniyasiz),53 million
vintovka karao bin va avtomatlar ishlab chikarishdi.
Fashistlar aybi bilan boshlangan bu urush izsoniyat yaratgan 4 trillyon dollarlik boylikni
kul kilib kukka sovurdi. Ushbu urush 50 million kishining yostigini kuritdi. Bu birinchi jaxon
urushiga nisbatan 5 marta kupdir. Millionlab kishilar mayib, malrux, yetim bo’lib koldilar.
4
Fashistlarga qarshi shiddatli janglarning asosiy og’irligi sovet xalqi zimmasiga tushdi.
Sovet kishilaridan 20 milliondan ko’prog’i janglarda xalok bo’ldi.Bu ikkinchi’ jaxon urushiga
xalok bo’lganlarning 40foyizini tashkil etadi. Fashist gazandalari mamlakatimizning bosib
olingan hududlarida milliondan ko’proq begunox tinch aholi va 4milliondan ortiq xarbiy
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
177
xizmatchilar qiynoqqa solib o’ldirib yuborildi. Fashistlar 4 milliondan ko’proq sovet kishilarini
Germaniyaga olib ketdilar va ularni beshafqat ekspluatatsiya qildilar.Fashistlar Avstraliya,
Polsha, Germaniya va boshqa mamlakatlardagi konslagerlarda millionlab sovet kishilarini
taxqirladilar va vaxshiylarcha azoblab o’ldirib yubordilar.
Urush bir xalq va bir mamlakatning boshiga tushgan ofat boʼlmay, umumjahon hayoti va
kelajagini barbod etuvchi dahshatli hodisa edi. Shu munosabat bilan Oʼzbekistonning bu
urushdagi ishtiroki qanday boʼlgan, degan savol tugʼilishi tabiiydir.
Ikkinchi jahon urushi xalqimiz boshiga ham qora kunlarni soldi. Hamyurtlarimiz
insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli urushda mardlarcha jang qildi, qanchadan-
qanchasi olovli janggohlarda halok boʼldi, qanchasi yurtimizga yarador, nogiron boʼlib qaytdi.
Koʼplab bolalar yetim qoldi. Yurtimiz aholisi ocharchilik, yoʼqchilikdan qattiq azob chekdi.
5
Biroq shunday qiyin damlarda ham xalqimizning qaddi bukilmadi. Qiyinchilikka bardosh
berdi.
Oʼzbekiston mudofaaning moddiy ehtiyojini taʼminlashda oldingi saflarda turib, nimaiki
zarur boʼlsa, barchasini ayamay sarfladi. Chunonchi, urush yillarida aholi tomonidan mudofaa
jamgʼarmasiga 649,9 milyon soʼm naqd pul, 4 milliard 226 milyon soʼm zayom puli, 52,9 kilo
oltin va kumush topshirildi. Аrmiyaga 7 518 800 gimnastyorka, 2 636 700 paxtalik, 2 221 200
etik va qoʼnjli botinka yuborildi. Yengil sanoat vazirligi korxonalari tomonidan frontga 246 918
700 soʼmlik mahsulot joʼnatilgan.
Kiyim-bosh va oziq-ovqat mahsulotlarini Samarqand, Namangan, Xorazm va boshqa
viloyatlar ham frontga joʼnatib turganlar. Shuningdek, hukumat vakillari tomonidan vagonlarda
katta miqdorda sovgʼalar olib ketilganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Masalan, 1942 yili
respublikaning bir guruh vakillari Leningradga 600 vagon un va goʼsht, 100 vagon guruch, 60
vagon quruq meva olib borganlar.
Urushning toʼrt yili davomida Oʼzbekiston davlatga 4 806 000 tonna paxta, 54067 tonna
pilla, 1 066 000 tonna gʼalla, 195 000 tonna sholi, 108 000 tonna kartoshka, 374 000 tonna
sabzavot va hoʼl meva, 35289 tonna quruq meva, 57444 tonna uzum, 1 593 000 tonna goʼsht, 5
286 000 dona teri topshirgani maʼlum. Ular ham mudofaa ehtiyojlariga sarflangan, albatta.
Bundan tashqari, urush yillarida Oʼzbekiston aholisi mudofaa jamgʼarmasiga jami 649 900 000
soʼm naqd pul oʼtkazib bergan.
Oʼzbek xalqi harbiy xizmatchilarning oilalariga ham katta yordam bergan. Chunonchi,
1943 yili ularga 13 858 500 soʼm pul, 1 308 400 kilo oziq-ovqat, 20 750 kiyim-bosh, 40 000
kubometr yoqilgʼi, 73 500 pud gʼalla, 10 000 bosh qoʼy, 2000 bosh qoramol topshirilgan, 350 uy
qurib berilgan.
6
Shuningdek, oʼzbek xalqi Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya va boshqa joylardan
koʼchirib keltirilgan oʼn minglab kishilarga boshpana berib, mehribonlik va gʼamxoʼrlik
namunalarini koʼrsatdi. Jang boʼlayotgan hududlardan koʼchirilgan bir milyon erkagu xotin va
bola boshpana, kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlandi. 200 ming yetim bolaning talay
qismini oʼzbek oilalari oʼz qaramogʼlariga oldilar, farzandlaridan kam koʼrmay tarbiyaladilar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
178
Oʼzbek xalqi jangga ketgan turli millat vakillarining oilalaridan ham moddiy yordamini
ayamadi.
Minglab bolalar Bolalar uylariga joylashtirildi. Davlat tomonidan berilgan yordam yetarli
boʼlmagani uchun oʼzbek xalqi ularni iqtisodiy jihatdan qoʼllab-quvvatlab turdi. Oʼzbekiston 113
harbiy kasalxona — gospitalni ham otaliqqa oldi.
1943 yilning oʼzida harbiy xizmatchilarning oilalariga 24 million soʼm naqd pul, 300 ming
kiyim-kechak, 50 ming bosh qoramol, 40 ming sentner gʼalla, 20 ming sentnerdan oshiq
sabzavot berildi.
Urush oʼzbekistonliklarni ogʼir muhtojlikka duchor etdi. Hamma narsaning frontga
safarbar etilishi natijasida oziq-ovqat tanqisligi vujudga keldi. Shaharlarda oziq-ovqatlarni,
sanoat mollarini kartochka asosida taqsimlash joriy etildi. Ishchi va xizmatchilarga kuniga 400–
500 grammdan, oila aʼzolariga esa 300 grammdan non berish belgilandi. Аmalda esa aholi
belgilangan meʼyorlardan ham kam non olardi. Goʼsht, yogʼ, baliq, makaron, yormalar ham
meʼyorlangan tartibda taqsimlanar, koʼp hollarda kartochkada koʼrsatilgan miqdorda
berilmasdi. Qishloq aholisining turmushi yanada ogʼirlashdi. Oziq-ovqat va sanoat
mahsulotlarini meʼyorlangan tarzda taqsimlash qishloq aholisiga joriy etilmadi. Ular ishlagan
mehnat kunlari uchun deyarli haq ololmasdi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari matlubot
kooperatsiyasi doʼkonlarida davlatga topshirilgan qishloq xoʼjalik mahsulotlariga qarab qatʼiy
meʼyorlangan miqdorda berilardi. Аholini oziq-ovqatlar bilan taʼminlashni yaxshilash
maqsadida sanoat korxonalari qoshida yordamchi xoʼjaliklar tashkil etishga ruxsat berildi.
Ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi. Ishchi va xizmatchilar
tomonidan yakka tartibda polizchilik ishlari bilan shugʼullanish keng tarqaldi.
Oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul tobora qadrsizlanib bordi, chayqovchilik avj oldi.
Muhtojliklarga qaramay sanoat va qishloq xoʼjalik xodimlari gʼalaba uchun, frontga ketgan
farzandlari va erlari uchun fidokorona mehnat qildilar. Qiyinchiliklarga qaramay frontga
ketgan jangchilarning oilalariga har tomonlama gʼamxoʼrlik qilindi, bolalari yasli va
bogʼchalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar jangchilarning oilalariga oziq-ovqat, ekin ekish
uchun yer ajratib berardi.
References:
1.
"Tashkent xaqiqati", 1975 yil, II aprel.
2.
Tashkent xaqiqati", 1975 yil, III aprel.
3.
KPSS -organizator zaщite sotsialisticheskogo otechestva. M. , 1974,str.29’
4.
Sovetskiy Soyuz v god Velikoy Otechestvennoy voyn. I94I-I945
5.
'L!YS Organizator’ zaщitы sotsialisticheskogo otechestva.1974 .
6.
1974, Ў1Р МДА. 90-жимгармй, 7-рўйхат. 6117-йиғма жилд, 3.