Авторы

  • Abduxamid Bektemirov
    Samarqand davlat universiteti dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori
  • Farruh Xolboyev
    Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61441

Ключевые слова:

“yashil” iqtisodiyot tadbirkorlik atrof-muhitni himoya qilish ekologiya energiya samaradorligi qayta ishlash texnologiyalari “yashil” tadbirlar innovatsiyalar ijtimoiy mas’uliyat barqaror taraqqiyot.

Аннотация

Mazkur maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari va ularning yechimlari xususida fikr-mulohazalar bayon qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

68

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI

RIVOJLANISH MASALALARI

Abduxamid Bektemirov

Samarqand davlat universiteti dotsenti,

iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori

Farruh Xolboyev

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14584139

Annotatsiya.

Mazkur maqolada

yashil iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirish masalalari va ularning yechimlari xususida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so‘zlar:

“yashil” iqtisodiyot, tadbirkorlik, atrof-muhitni himoya qilish, ekologiya,

energiya samaradorligi, qayta ishlash texnologiyalari, “yashil” tadbirlar, innovatsiyalar, ijtimoiy
mas’uliyat, barqaror taraqqiyot.


Bugungi kunda jahon hamjamiyati global iqtisodiyotni rivojlantir jarayonida “yashil”

konsepsiyalarni joriy etishni asosiy masalalardan biri sifatida e’tirof etib kelmoqda. Negaki,
so‘ngi asrlarda iqtisodiy sohalar hamda tarmoqlarni rivojlantirishda atrof-muhitni himoya
qilishga yetarlicha e’tibor berilmagani va mavjud resurslardan keng miqyosda foydalanish
holatlari global iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltirdi. Bu esa hozirda insonlarning hayotiga,
salomatligiga va ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga bevosita ta’sir etib kelmoqda. Shu nuqtai
nazardan, iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda “yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi muhim
ahamiyat kasb etadi. “Yashil” iqtisodiyot tamoyillari, atrof-muhitni saqlash, iqlim
o‘zgarishlarining oldini olish, resurslardan yanada samarali foydalanish va innovatsiya asosida
biznesni rivojlantirishning muhim qismlari hisoblanadi. “Yashil” iqtisodiyot sharoitida
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda quyidagi omillar muhim ahamiyat kasb etadi.

Atrof-muhitni himoya qilish va energiya samaradorligi.

“Yashil” iqtisodiyotda

bizneslarning muhim vazifalari atrof-muhitni saqlash va energiya samaradorligini oshirishdir.
Shu jihatdan, tadbirkorlik faoliyatida atrof-muhitga zarar keltirmaydigan texnologiyalar va
usullardan foydalanish, resurslarni samarali ishlatish va qayta ishlash jarayonini yo‘lga qo‘yish,
shuningdek, energiya samaradorligini oshirish muhim jihat hisoblanadi.

Innovatsiya va yaratuvchilik.

“Yashil” iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik faoliyatini

rivojlantirishda innovatsiya va yaratuvchilik muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy “yashil”
texnologiyalar va usullarni ishlatish, yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish, atrof-muhitga
zarar keltirmaydigan innovatsion yondashuvlar qo‘llash “yashil” iqtisodiyotda asoslidir.

Xalqaro savdo va branding.

“Yashil” iqtisodiyotda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish

xalqaro savdo va branding muhim ahamiyatga ega. “Yashil” mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha
branding tadbirkorni yashil iqtisodiyotning qadriyatiga mos kelgan sifatli mahsulotlar va
xizmatlarni taklif etishda yordam beradi.

Ijtimoiy mas’uliyat va hamkorliklar.

Tadbirkorlikning “yashil” iqtisodiyot sharoitida

rivojlantirishida ijtimoiy mas’uliyat va hamkorliklar ham muhim o‘rin egallaydi. Shaxsiy foyda
olishdan jamiyatga foyda keltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ekologik masalalarga diqqat
qaratish tadbirkorlikni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

“Yashil” iqtisodiyot konsepsiyasi asosida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bugungi

kunning obyektiv zaruriyati hisoblanadi. Lekin, bunga faqat tadbirkorlik subyektlarining
harakatlari bilan erishib bo‘lmaydi. Chunki, bu jarayon davlat institutlari va tadbirkorlik
subyektlari o‘rtasida samarali va konstruktiv hamkorliklarni talab qiladi.

Birinchidan

, tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatlarini rivojlantirishda “yashil”

innovatsiyalarni ilgari surishi va amalga oshirish kerak. Bu, xizmatlar yoki mahsulotlarni
“yashil” tadbirlar orqali yanada yaxshilash, yangi bozorlarga chiqish, mahsulotlarning iste’mol
qilish jarayonlarini optimallashtirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ikkinchidan

, davlat tashkilotlari “yashil” tadbirlarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga

qo‘shimcha yordam va imtiyozlar berish orqali qo‘llab-quvvatlashi kerak. Bu, “yashil”
innovatsiyalar natijasida tadbirkorlik subyektlarida yuzaga kelayotgan risklarni salbiy ta’sirini
yumshatishga va tadbirkorlarni yangi bozorlarga kirishga ilhomlantiradi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, “yashil” iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik

faoliyatini rivojlantirish masalalari jamiyat, iqtisodiyot va atrof-muhit uchun katta ahamiyatga
ega. Atrof-muhitni saqlash, energiya samaradorligini oshirish, “yashil” tadbirlarni qo‘llash,
innovatsiya va yaratuvchilik, branding va ijtimoiy mas’uliyatga e’tibor qilish tadbirkorlikni
“yashil” iqtisodiyotning maqsadlariga mos kelgan shaklda rivojlantirishga yordam beradi. Bu
yondashuvlar tadbirkorlikni barqaror va mustahkam qilishda katta o‘rin egallaydi va “yashil”
iqtisodiyotning rivojini oshiradi. Bularni amalga oshirish orqali, “yashil” iqtisodiyot sharoitida
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni yuqori darajada ta’minlash mumkin.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)