ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
QISHLOQ XO‘JALIGI AGREGATLARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
Ahmadjonova Mahfuza Rustamjonovna
Bag'dod agrotexnologiyalar texnikumi maxsus fan oʻqituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14638766
Annotatsiya
: Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 886,9 mln. gektar maydonlarda tuproqqa
ishlov beriladi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi. Uning 43,8 foiz qismida yangi
rusurstejamkor, minimal va nol texnologiyalari hamda ularni amalga oshiradigan texnika
vositalari joriy etilgan. Ushbu zamonaviy texnologiyalar 118 mln. gektar maydonlarda
tuproqning unumdorligini saqlash bilan bir vaqtda etishtirilayotgan mahsulot tannarxini
o‘rtacha 25 foizga kamaytirish imkonini beradi.
Abstract:
Today, 886.9 million hectares of land are cultivated and agricultural products
are grown worldwide. New resource-saving, minimal and zero-input technologies and technical
means for their implementation have been introduced on 43.8 percent of them. These modern
technologies allow maintaining soil fertility on 118 million hectares of land and simultaneously
reducing the cost of cultivated products by an average of 25 percent.
Kalit so‘zlar
:Mashina-traktor, agregat, foydalanish, zamonaviy usullar,ishlab chiqarish.
Keywords
: Tractor, aggregate, use, modern methods, production.
Texnikalardan foydalanishda avvalo ularning foydalanish ko‘rsatgichlarini yaxshilash
hisobiga ish unumini oshirishning eng zamonaviy usullardan foydalanish hamda bajariladigan
ishlarning tashkil etishning yangi tartib va qoidalarini ishlab chiqarishga joriy qilinishi talab
etiladi. Mashina-traktor agregatlaridan foydalanishning o‘ziga hos sharoiti va xususiyatlari
mavjud. Shunga ko‘ra qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishi sharoiti sanoat ishlab
chiqarishidan farq qiladi. Qishloq xo‘jaligi ishlarini mexanizatsiyalash samarali bo‘ladi,
qachonki mashina o‘zining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan berilgan texnologik
jarayonda foydalanish sharoitiga to‘la javob bera olsa. Mashina-traktor agregatlari bilan
bajariladigan texnologik jarayonlar turli operatsiyalarning majmuini o‘z ichiga olgan bo‘lib,
tugallangan yakunga ega bo‘lishi kerak. Qishloq xo‘jaligidagi exanizatsiyalashtirilgan
dala ishlarini bajarishda qishloq xo‘jalikagregatlari (QXA) asosiy ishlab chiqarish vositalari
hisoblanadi. Energiya manbai, ish mashinalari hamda ularni energiya manbaiga ulash va
energiya uzatish uchun xizmat qiladigan yordamchi qurilmalar birgalikda qishloq xo„jalik
agregati deb ataladi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda energiya
manbai sifatida traktor, o‘ziyurar shassi, ichki yonuv va elektr dvigatellari xizmat qilishi
mumkin. Har bir ishni bajarish uchun alohida qishloq ho‘jalik mashinalari, qurollari va
mexanizmlaridan foydalaniladi. Yordamchi qurilmalar sifatida tirkagich, o‘rnatgich va boshqa
qurilmalar ishlatiladi. Mexanik va elektr energiyasi manbai bilan jihozlangan qishloq
xo’jalik agregatiga mashina-traktor agregati deb aytiladi. SHuning uchun qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishini to‘liq mexanizatsiyalashtirishda etishtiriladigan ekin turlari, dehqonchilik
usullari (sug‘oriladigan yoki lalmi), ekin maydonlarining o‘lchamlari (yuzasi, uzunligi),
tuproq (qumloq, soz, toshli) va iqlim sharoitiga mos keladigan traktorlar va qishloq xo‘jaligi
mashinalarini ishlatish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish talab etiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
Ishlab chiqarish ishlarini bajarishda turli xildagi va ko‘rinishdagi qishloq xo‘jalik agregatlari
qo‘llaniladi. Ular foydalanish xususiyatlariga qarab quyidagicha tasniflanadi:
1.
Ishni bajarish usuliga qarab -Harakatlanadigan, muqim va muqim-ko‘chma holatda
ishlaydigan;
2.
Energiya manbai turiga qarab –issiqlik va elektr dvigatelli;
3.
Ish mashinasini energiya manbaiga ulash usuliga qarab –tirkama, osma va yarim osma;
4.
Agregatdagi mashinalar soniga qarab –bir va ko‘p mashinali;
5.
Bir paytda bajariladigan ish turiga qarab –oddiy va murakkab;
6.
Bajariladigan ishlarning turiga qarab –er haydash, ekish va h.;
7.
Ish mashinasiga Harakat uzatish usuliga qarab –traktorning quvvat olish validan,
mashina g‘ildiragidan va alohida o‘rnatilgan dvigateldan harakat uzatiladigan;
8.
Ish mashinasini traktorga nisbatan o‘rnatilishiga qarab –traktor oldiga, yoniga, orqasiga
va aralash o‘rnatilgan;
9.
Ishchi mashinalarni agregatning bo‘yiga nisbatan o‘rnatilishiga qarab –simmetrik va
asimmetrik o‘rnatilgan;
10.
Material yig‘iladigan sig‘imi mavjutligiga qarab –sig‘imi bor va sig‘imi yo‘q
agregatlarga bo‘linadi. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda
qo‘llaniladigan agregatlarni tuzishda quyidagi talablarni bajarilishiga alohida e‘tibor berilishi
lozim.
References:
1.
Ageev L.E., Osnovi rascheta optimalnix i dopuskaemix rejimov raboti
mashinnotraktornix agregatov. 1978, Leningrad, Kolos, 296 b.
2.
Guskov V.V. Optimalnie parametri selskoxozyaystvennix traktorov. 1966, Moskva,
Mashinostroenie, 195 b.
3.
Skrobach V.F., Obosnovanie optimalnixparametrov i rejimov raboti paxotnogo agregata
dlya usloviy severo-zapadnoy zoni. Avtoreferat dis. kand. texn. nauk. 1971, Leningrad, 20 b
4.
Yakovenko A, Doroshenko L. Optimizatsiya rejimov raboti mashinno-traktornix
agregatov. Sb. Tr. Odesskiy Gosudrstvienniy Agrarniy Universytet, 2016, Ukraina, 282-286 b
