MAMLAKAT TOʻLOV BALANSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Аннотация

To’lov balansi-ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil h.k) bir mamalakat va undan ro’yhatga o’tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy aperatsiyalarni o’zida aks ettiruvchi statistik hujjatdir. XVF to’lov balansini statistik hujjat deb hisoblaydi va shuningdek to’lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o’rnini ko’rsatadi. To’lov balansida ikki yo’nalishdagi valyuta oqimi o’z ifodasini topadi:

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
49-51
46

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Axmadaliyeva, N., & Matqurbonov, S. . (2025). MAMLAKAT TOʻLOV BALANSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. Наука и инновация, 3(1), 49–51. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/61875
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

To’lov balansi-ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil h.k) bir mamalakat va undan ro’yhatga o’tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan barcha iqtisodiy aperatsiyalarni o’zida aks ettiruvchi statistik hujjatdir. XVF to’lov balansini statistik hujjat deb hisoblaydi va shuningdek to’lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar harakatidagi o’rnini ko’rsatadi. To’lov balansida ikki yo’nalishdagi valyuta oqimi o’z ifodasini topadi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

49

MAMLAKAT TOʻLOV BALANSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Axmadaliyeva Nihalaxon

TDIU katta o’qituvchisi, PHD

Matqurbonov Siroj Zafarbek o’g’li

TDUI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14636281

To’lov balansi-ma’lum bir vaqt mobaynida (chorak, yarim yil, bir yil h.k) bir mamalakat

va undan ro’yhatga o’tgan korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralarining boshqa
mamlakatlardagi korxonalar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari bilan amalga oshirgan
barcha iqtisodiy aperatsiyalarni o’zida aks ettiruvchi statistik hujjatdir. XVF to’lov balansini
statistik hujjat deb hisoblaydi va shuningdek to’lov balansi mamlakatning tashqi iqtisodiy
munosabatlarining rivojlanish darajasini, jahon savdosidagi, xalqaro kapitallar va kreditlar
harakatidagi o’rnini ko’rsatadi. To’lov balansida ikki yo’nalishdagi valyuta oqimi o’z ifodasini
topadi:

1. Xorijiy valyutalardagi tushumlar
2. Xorijiy valyutalardagi to’lovlar

To’lov balansining tarkibi:

1. Joriy operatsiyalar balansi
2. Transfertlar balansi
3. Kapitallar va kreditlarning harakati balansi
4. Oltin-valyuta zahiralarining harakati balansi

Joriy operatsiyalar balansining o’zi ikki qismga bo’linadi:

1. Savdo balansi
2. Xizmatlar va notijorat mazmunidagi to’lovlar balansi
Savdo balansida eksport bo’yicha tushumlar va import bo’yicha to’lovlarning haqiqatdagi

summasi aks etadi. Savdo balansining passiv bo’lish, ya’ni import bo’yicha to’lovlarning
eksportdan olingan tushumlar summasidan katta bo’lishi mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro
mavqeining sustlashayotganidan dalolat beradi.

Markaziy bankning 2024-yil 1 yarim yillik hisobotiga ko’ra, mazkur davrda joriy

operatsiyalar hisobi taqchilligi

o’tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga qisqarib, 2,4 mlrd

yoki YAIMga nisbatan 5,4 foizni tashkil qildi. Shunigdek asosiy hamkor savdo mamlakatlarda
iqtisodiy faollikning kutilmalar doirasida shakllanishi, xalqaro bozorlarda xomashyo
narxlarining o’zgarishi, shuningdek norezidentlarga xalqaro xizmatlar ko’rsatish (turizm,
transport, va axborot texnologiyalari) ko’lamining ortishi natijasida, eksport

hajmi o’tgan

yilning 1 yarmiga nisbatan 4,1 foizga o’sib, 12,7mlrd dollarni tashkil etgan.

Joriy yilning 1 yarmida ishbilarmonlik faoliyati va ichki iste’mol talabi yuqori darajada

saqlanib qolishi natijasida xorijdan energoresurslar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat
mahsulotlari keltirilishi, shuningdek o’tgan yilning mos davrida ayrim turdagi transport
vositalari importi hisobiga shakllangan yuqori baza fonida import hajmi 3,4foizga ko’paayib,
20,6 mlrd dollar teng bo’ldi. Bundan ko’rinib turibdiki mamlakat to’lov balansi 7,9 mlrd dollar
defitsit bn chiqmoqda.

1-jadval.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

Joriy operatsiyalar hisobi komponenti (YaIMga nisbatan foizda)

Jadvaldan ko’rish mumkin, mamlakat joriy operatsiyalar balansi 2020-yildan buyon

defitsit bilan chiqmoda, bu esa mamlakat iqtisodiyotiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatadi va
bevosita milliy valyutaning naminal almashuv kursiga, ishlab chiqarishga, iste’molga, aholi
bandligi va inflatsiya darajasiga va shuningdek mamlakat oltin-valyuta zaxiralari kamayishiga
olib keladi.

To’lov balansining defitsiti va uni qoplash usullari.

To’lov balansining defitsiti-bu joriy operatsiyalar balansi va kapital va kreditlarning

harakati balansi bo’yicha to’lovlarning tushumlardan katta bo’lishiga aytiladi.

To’lov balansi defitsitining qoplashning ikki usuli mavjud.

1.Vaqtinchalik usul:
-Xalqaro kreditlarni jalb etish
-Xorijiy investitsiyalarni jalb etish
-Oltinni garovga qoyish orqali xalqaro kreditlarni jalb qilish
2.So’ngi usul:
-Oltinni sotish
-valyuta zaxiralarini ishlatish
Hozirgi kunda mamlakatimiz to’lov balansini muvozanatlashtirishda xorijiy

investitsiyalar va xalqaro kreditlarni jalb qilish usulidan keng foydalanmoqda. Ayniqsa
to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga katta e’tibor qaratmoqda. 2017-yilda
O’zbekiston iqtisodiyotida asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarni moliyalashtirish
manbalarining 26,9 foizi

xorijiy investitsiyalar va xalqaro kreditlar hissasiga to’g’ri keladi.

Hozirda mamlakatning tashqi qarzi oshib bormoqda va tashqi qarz YAIMga nisbatan 36,4

foizni tashkil etdi, bu esa mamlakatning tashqi qarz olish imkoniyati sustlashayotganidan darak
beradi. Xalqaro standartlarga asosan davlat tashqi qarzi YAIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligi
lozim. Agarda mamlakatni tashqi qarz olishiga imkoniyati yetmasa, unda mamlakat to’lov
balansini so’ngi usul ya’ni oltin valyuta zahirasini ishlatishiga to’g’ri keladi va bu o’z navbatida
mamlakatda moliyaviy inqiroz boshlanishiga sabab bo’ladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

Shuningdek to’lov balansi defitsitini kamaytirishda Fiskal va Monetar siyosatidan keng

foydalanish lozim. Budjet-soliq siyosati doirasida, odatda quyidagi chora-tadbirlar to’lov
balansining defitsitini kamaytirish maqsadida qo’llaniladi:

Eksportyorlarga budjet subsidiyalari berish;

Import qilinadigan tovarlarga nisbatan belgilangan boj solig’i stavkalarini oshirish;

Investorlarning qimmatli qog’ozlardan olinadigan foizli daromadlarini soliqqa tortmaslik.
Pul-kredit siyosati doirasida Markaziy bankning hisob stavkasini oshirish yo’li bilan

xorijiy valyutadagi mablag’larni mamlakatga kirib kelish hajmini oshirish usulidan keng
foydalaniladi.

Markaziy bankning hisob stavkasini oshirilishi tijorat banklari depozitlari va

kreditlarining foiz stavkalarini oshishiga olib keladi. Bu esa, xorijiy kapitalni yuqori daromad
olish maqsadida mamlakatga kirib kelishiga turtki beradi. Markaziy bankning hisob stavkasi
o’zgarmagan mamlakatlar to’lov balansida, to’lovlar keskin ortadi.

To’lov balansi defitsitini qoplashni yana bir usullaridan biri bu DXSH

(Davlat xususiy

sherikchilik). Yani bunda oldin MB eng ko’p import qilinayotgan mahsulot va tovarlarni
aniqlashi hamda shularni ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan zavod va fabrikalarni mamlakat
hududida DXSH asosida ishga tushirishi lozim.

References:

1.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to’lov balansi, xalqaro investitsiya mavqei

va tashqi qarzi 2024-yil 1 yarim yillik hisobot ma’lumotlari.
2.

https://cbu.uz/uz/

3.

T.I.Bobakulov, U.A.Abdullayev

: “

Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” kitobi.

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to’lov balansi, xalqaro investitsiya mavqei va tashqi qarzi 2024-yil 1 yarim yillik hisobot ma’lumotlari.

https://cbu.uz/uz/

T.I.Bobakulov, U.A.Abdullayev: “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari” kitobi.