ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
25
KORXONALARDA BOSHQARUVNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI
OSHIRISH YO'LLARI
Ilmiy rahbar:
Ibragimov G'anijon G'ayratovich
Qayumov Abbosbek Pirmuhammad O’g’li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Management fakulteti
MNP-61 guruh talabasi
Elektron pochta manzili: abbos.qayumov1115@icloud.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14625719
Annotatsiya.
Ushbu maqolada zamonaviy dunyoda korxonalarning raqobatbardoshliligi
va iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun boshqaruvning roli to'g'risida. Boshqaruvning
iqtisodiy samaradorligini oshirish, korxona faoliyatini optimallashtirish, xarajatlarni
kamaytirish, daromadlarni oshirish va rentabillikni yaxshilashga yordam berishi haqida
malumot beriladi.
Kalit so'zlar
: Strategik rejalashtirish, moliyaviy boshqaruv ishlab chiqarish boshqaruv,
marketing va sotuvlar, inson resurslari boshqaruvi, doimiy yaxshilanish.
KIRISH
Boshqaruvning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llari.
1.
Strategik rejalashtirish.
2.
Moliyaviy boshqaruv.
3.
Ishlab chiqarish boshqaruv.
4.
Marketing va sotuvlar boshqaruvi.
5.
Inson resurslari boshqaruvi.
Strategik rejalashtirish bu korxona kelajagini shakillantirish va muvoffaqiyatga erishish
uchun zarur bo’lgan jarayon. U korxonaning maqsadlari va vazifalarini aniqlash, ularga
erishish uchun aniq strategialar ishlab chiqish va ushbu strategiyalarni amalga oshirish uchun
aniq rejalarni yaratishni o’z ichiga oladi . Strategik rejalash. Strategik rejalashtirish
jarayonining eng muhim qisimlaridan biri bu vaziatni tahlil qilish. Ichki tahlil: korxonaning
kuchli va zaif tomomlarini aniqlash. Tashqi tahlil: bozorning imkoniyatlari va tahdlarni
aniqlash. SWOT tahlil: korxonaning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlarini
birlashtirib tahlil qilish. So’ngra maqsadlarni belgilab olish. Korxonaning uzoq muddatli
maqsadlari va vazifalarini aniqlash ko’zda tutilgan. Maqsadlarni o’lchovli, erishiladigan,
dolzarb, real va muddatli qilib belgilash. (SMART) .Ushbu rejalashning afzalliklari .
korxonaning kelajagini aniqlash va yo’naltirish, raqobatbardoshlilikni oshirish, resurslarni
samarali ishlatish, xavflarni kamaytirish, korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlash
shular jumlasidandir. Moliyaviy boshqaruv . Ushbu boshqaruv tizimi korxonaning moliyaviy
ahvolini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish, daromadlarni oshirish va rentabellikni
yaxshilashga qaratilgan. Bunda korxonaning moliyaviy resurslarini taqsimlash va xarajatlarni
nazorat qilish uchun budjetlarni yaratish. Daromadlarni boshqarish, moliyaviy tahlil ya’ni
korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilish, samaradorlikni baholash yo’llarini aniqlashga
hizmat qiladi.
ASOSIY QISIM
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
Boshqaruv (menejmenti)ning mohiyati va tizimi. Umumiy ko’rinishda boshqaruv ikkta
obyetning maqsadiga qaratilgan o’zaro hamkorlikdan iborat bo’lib, bunda ulardan biri
boshqaruv subyekti o’rnida, boshqasi esa boshqaruv obekti o’rnida bo’ladi. Bu o’zaro
hamkorlik quyidagilar xosdir.
Boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta’sir ko’rsatish (boshqaruv buyruqlari) ya’ni
impulslar jo’natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega
bo’ldilar.
Boshqaruv obyekti ushbu impulslar ya’ni (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat
qiladi. Shu o’rinda ko’zga ko’ringan tadqiqotchi P.Druker (AQSH) hisoblaydiki, boshqaruv bu
tashkil qilinmagan to’dani samarali maqsadga yo’naltiruvchi va ishlab chiqarish guruhiga
aylantiruvchi faoliyatning asosiy turidir. Amerikalik olim K.Killen boshqaruvni “ishni
boshqalarning qo’li bilan bajarish” sifatida belgilagan.
Agar boshqaruv maqsadlari subyektning boshqaruv faoliyati jarayonida ko’zlangan
maqsadiga mos kelsa u samarali boshqaruvga qaratilgan bo’ladi. Boshqaruv subyektining
boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan tashkiliy-texnik jihatlar bilan
xodimlarga aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli kanallari, boshqaruvning talab
qilishidagi texnikasi va h.k mavjudligi bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida boshqaruv
obyektiga ta’sir ko’rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi
dastaklarning mavjudligi bilan, ya’ni boshqaruv obyektning boshqaruv buyruqlarini
bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi.
Moliyaviy boshqaruv strategiyasi bu ma’lum bir natijaga erishish uchun obyektga ta’sir
etishning maqsadli uslublari va yo’llari yig’indisidir. Boshqaruv jarayoni inson faoliyatining
barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham taalluqlidir. Boshqarish,
insonlarning ongli ravishdagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyati sifatida, jamiyat
rivojlanishining obyektiv qonuniyatlarini bilishga asoslanadi. Shu bilan birgalikda,
boshqarishga davlat tegishli boshqarish tuzulmalari orqali katta ta’sir o’tkazadi. Boshqarish
obyekti – turli shakldagi moliyaviy munosabatlar (korxona moliyasi, sug’urta, davlat moliyasi)
turidir. Boshqarish subyekti – moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi tashkiliy tuzilmalar,
institutlar, korxonalarning moliya xizmati, davlatning moliya organlari va davlat soliq
xizmati hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruv faoliyatining muhim sohasi moliyani boshqarish
hisoblanadi. Uni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda turli rag’batlantirish va jazo
(sanksiya)larga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi. Boshqaruv faoliyati – oldinga
qo’yilgan masalalarni tezroq hal qilish maqsadida mavjud usullar orasidan eng samaraligini
tanlash yoki qo’llanilayotgan usullardan oqilona foydalanish uchun shart – sharoitlar
yaratishdan iboratdir. Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo’lgani kabi, moliyani
boshqarishda ham obyektlar va subyektlar mavjud bo’ladi. Moliyani boshqarishning obyekti
bo’lib turli moliyaviy munosabatlar hisoblanadi; subyektlari esa, boshqarishni amalga
oshiruvchi tashkiliy tuzulmalar hisoblanadi. Moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi barcha
tashkiliy tuzulmalar yig’indisi moliyaviy apparat deyiladi.
Bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish sharoitida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida
qilingan o’zgarishlar, olib borilayotgan islohotlarning tub mazmunmohiyatiga nazar
tashlaydigan bo’lsak, bajarayotgan barcha sa‘y-harakatlar respublikamiz obodligi,
iqtisodiyotni yuqori darajaga olib chiqish va xalqimiz turmush sharoitining yanada
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
yaxshilanishiga, inson manfaatlariga qaratilganligini yaqqol his etamiz. Chunki,
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida izchil o’zgarishlar yuz bermoqda. 2017-2021 yillarda
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar
strategiyasini amalga oshirish doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy
obroʻsini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi oʻrnini xolis va
haqqoniy baholashni taʼminlash boʻyicha aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar amalga oshirildi.
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb
e‘lon qilingan 2018- yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga
zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Qabul qilingan 2018- yilgi Davlat dasturini ro’yobga chiqarish doirasida 21 trillion so’m
va 1 milliard AQSH dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 400 da ortiq va mahallalarda
munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3
trillion so’m mablag` yo’naltirilgan.
“Har bir oila- tadbirkor” va “Yoshlar- kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion so’mga
yaqin mablag` ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi. Ijtimoiy
sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq to’lash
tizimini yanada takomillashtirishga alohida etibor qaratildi hamda bu aholining real
daromadlarini 2017- yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini beradi.
O’zbekistonning ko’plab universitetlarida talabalar uchun ishlab chiqarish va bozor
iqtisodiyoti buyicha urgatishning maqsadi kuchli raqobat sharoitida ishlab chiqarish
korxonalari boshkaruv tizimini samarali boshkarish orkali harajatlarni minimallashtirish va
foydani maksimallashtirishga erishish, doimiy ravishda iste‘molchilar talabiga
yo’naltirilganlikka, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashuvi va mahsulotning yukori sifati
hamda xizmat ko’rsatishga erishishdir.
Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda
boshqarish shakli. (inglizchada: market- „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat „marketing“)
“marketing” atamasi isteʼmolga XIX-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan.
Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX-asr
boshlarida AQSHda ilk bor qoʻllandi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada
toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin
raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa
chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan
firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat
tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida
bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa
vazifalari bilan shugʻullanadigan "marketing" boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda
Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika marketing milliy uyushmasi tuzildi. XX-
asrning 50-60-yillarida xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing
boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing
tashkilotlari tuzildi.Marketing zamonaviy kasblardan biri deyiladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini
bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir.
Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish;
mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni
shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining
mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar:
rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot
haridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; marketing
faoliyatini moliyalash; xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Bugungi kunda korxonalar amaliyotida marketing dasturlarini samarali qo’llash
ahamiyati ortib bormoqda. Bu ularning vakolatini kengayishi hamda o‘zlarining iqtisodiy
ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy
boshqaruvning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beradi. Shu sababdan korxonalarga
eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hozirgi davrdagi ustuvor vazifalardan
biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini,
strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarur. Har qanday korxonaning uzoq muddatli
yutuqlari ishlab chiqilgan strategiya va dasturlarga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxonaning
marketing dasturi bo‘lmasa, u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol
korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallashi uchun imkon bermaydi.
Korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash uchun rivojlanish tendensiyasini (trendini)
ifodalovchi kompleks integral ko‘rsatkich ishlatiladi; chuqurroq tahlil qilish va zaxiralarni
aniqlash uchun ko‘rsatkichlarning kengaytirilgan tizimidan foydalaniladi. Shunday qilib,
korxonaning kelajakdagi barqarorligini baholash - korxona faoliyatining turli tomonlarini
baholashni nazarda tutadi, buning ustiga, bunday baholash dinamiklikda va makonda amalga
oshiriladi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasida ham “tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar
raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish” kabi ustuvor vazifalar
belgilangan1 edi. Ushbu vazifalarning samarali ijrosi ishlab chiqarish korxonalari innovasion
faoliyatini zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish va samaradorligini
oshirishni taqazo etadi
Hayotimizningbarcha sohalarida inson resurslarini boshqarishda, yangicha fikrlaydigan,
qiyindamlarda mas'uliyatnio‘z zimmasigaola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga
qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirish
hamda ular tomonidanxodimlarni boshqarishda zamonoviyusullardan foydalanishni eng
dolzarb masalalaridan biridir. Ayni paytda mamlakatimizdaolib borilayotgan ijtimoiy
muammolarni echa oladigan, avvalo, uni teran anglaydigan, islohotlar jarayonida aruv
bo‘g‘inlariga ko‘proq jalb etish asosiy va bosh masala hisoblanadi.Ko‘rsatilgan
muammolarni hal etish uchun “Inson resurslarini boshqarish” fanini o‘qish va o‘rganish
maqsadga muvofiqdir.
Personalni boshqarish Bu- konsepsiya 1930 yillarda azariyasi hisoblanadi. Bunda inson
rasmiy rol mansab orqali ko‘rib chiqilib, boshqarish ma’muriy mexanizmlar (tamoyillar,
usullar, vakolatlar, funksiyalar) orqali amalga oshiriladi. Insonresurslarini boshqarishInson
mansab sifatida emas (struktura elementi sifatida emas) to‘ldirilmaydigan resurs –uchta
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
asosiy komponentdan (mehnat funksiyasi, ijtimoiy munosabatlar, ishchining ahvoli) iborat
tashkilotning ijtimoiy elementi sifatida ko‘riladi. Ushbu konsepsiyaning asoschisi bo‘lib
Yaponiyaning yetakchiolimlari hisoblanadi.
Xulosa:
Boshqaruv tizimi, boshqaruv subyektining boshqaruv obyekti bilan o'zaro
aloqasiga asoslanadi. Samarali boshqaruv, aniq maqsadga yo'naltirilgan va tizimli faoliyat
orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy boshqaruv strategiyasi resurslarni maqsadli boshqarish va
iqtisodiy
rivojlanishni
ta'minlashga
qaratilgan.
Marketing
korxonalarning
raqobatbardoshligini oshirish va mahsulotlarni samarali boshqarishni ta'minlaydi. Inson
resurslarini boshqarish esa yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, tashkilotning
samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Shunday qilib, boshqaruv tizimining
samaradorligi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta'minlashga xizmat qiladi.
References:
1.
2.
M.G`. UMARXODJAYEVA, I.K. YAXYAYEVA (ISHLAB CHIQARISH MЕNЕJMЕNTI)
3.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
7- fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zR Qonunchilik hujjatlari to‘plami. 2017 yil. 6-son, 70-
modda.
4.
