ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
21
ZUHD MAQOMI MOHIYATI VA ZOHID OBRAZIDAGI KOMILLIK SIRI
Omanboyeva Aziza Doniyor qizi
Ma’mun universiteti
“Tillar va adabiyot” kafedrasi o’qituvchisi
+99890 184-30-99
https://doi.org/10.5281/zenodo.14619573
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Sharq mumtoz adabiyotining ajralmas bir qismi
hisoblangan tasavvuf adabiyotida zuhd maqomining o’rni, ahamiyati, ta’limotning yuzaga
kelishi sabablari yoritiladi.
Kalit so’zlar:
Zuhd, zuhhod, ubbod.
Abstract.
In this article, the place, importance of ascetic status and the reasons for the
emergence of the doctrine are explained in Sufism literature, which is an integral part of
Eastern classical literature.
Keywords:
Zuhd, zuhhod, ubbod.
Аннотация
. В данной статье раскрываются роль и значение аскетического
статуса, а также причины возникновения этого учения в суфийской литературе,
которая является неотъемлемой частью восточной классической литературы.
Ключевые слова:
Аскетизм, аскет, духовенство.
Nafsga qarshi mujohadaning ko’p chuqur usullarini qamrab olgan zuhd hayoti dastlabki
paytlarda inson ruhini kamolga yetkazuvchi eng ishonchli yo’llardan bo’lgan. …Nafsni qiynash,
riyozatni zavq darajasiga yetkazish avomning azob-u jafosiga bardoshli bo’lish sabr-qanoatni
boshiga toj aylash – bular tasavvufdan oldin zuhd sinovidan o’tgan holat va tajribalar edi.
[1.13] Ilohiy amrlar va hayotiy tajribalar asnosida dunyoga kelgan zuhd ta’limoti bugun ham
o‘z qimmati va foydasini yo‘qotmagan. Dunyoning foniyligini anglagan oxiratning boqiyligini
tushunadi. Baqoga bo‘lgan ishonch, fanoga bo‘lgan qullikdan ozod qiladi. Natijada, istig‘no
maqomiga ko‘tarilgan inson o‘zining ehtiyoji faqat Yaratganda ekanligini fahmlaydi.
Bandalikni tan olish bilan hurlik boshlanadi. Zuhdda ozodlik bor, zohid haqiqiy hurdir.
Tasavvuf tarixida zuhd davrining muhim ahamiyati, shubhasiz, badiiy adabiyotda ham o‘z
aksini topdi. Zuhd davridan oriflik davriga o‘tgan tasavvuf, zuhdiy qarashlaridan voz kechgani
yo‘q. Zuhd pillapoyasini bosib, keyingi martabaga yuksaldi xolos. Zuhdiy amallarni ado etib,
oshiqona muroqaba, orifona mushohadaga erishildi. Zohidona tarkni amalga oshirgachgina
xoslar tarkiga yetildi. Adabiyotda ham ma’rifiy maslak mohiyati zuhdiy g‘oyalar bilan
uyg‘unlikda ochib berildi. Oshiq, yor, orif, rind, soqiy, qalandar, darvesh, raqib kabi bosh
obrazlarning xarakter xususiyati, estetik asoslari zohid obrazi bilan parallellikda yoxud
qarshilantirishda teranroq yoritib berildi.
Ammo haqiqiy zohidlik oxirat masalasida ham zohidlik qilishni talab qiladi. Zohid jannat
ne’matlari va darajalariga qiziqmasligi kerak. Zero, oxirat ham maxluqdir. Yaratguvchi bor
ekan, maxluq bilan muomala qilish bema’nilik. Boyazid Bistomiy o‘z tajribasini quyidagi
iboralar bilan ifodalaydi: “Uch kun zohidlikda qoldim, to‘rtinchi kuni chiqdim: Birinchi kuni
dunyoga, dunyoda bo‘layotgan voqealarga qarshi zohid (befarq, qadrsiz, istaksiz) bo‘ldim.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
Ikkinchi kuni oxirat va undagi narsalarga qarshi zohid bo‘ldim. Uchinchi kuni Allohdan boshqa
narsaga zohid bo‘ldim. To‘rtinchi kuni Allohdan boshqa hech narsa qolmadi. Ilohiy sevgi meni
hayratda qoldirdi. Zohidlik oxiratga qaratilgan bo‘lsa-da, oxiratga qarshilik qilish istagida
emas, balki oxiratni kamsitishdan uzoqda, uni Alloh taoloni mushohada qilish maqomi deb
bildilar. Inson o‘z zuhdiga qarshi ham zohid bo‘lishi kerak. Dunyoga yoqmaslik, dunyoni
yoqlamaslik holati zohidlik deyiladi. Zohidlar nazdida, dunyoning borligi va yo‘qligi bir ҳамда
tengdir.
Oshiq qullar bu dunyoni ko‘zga ilmas,
Dunyo ayshin zohid qullar tilga olmas,
Kecha-kunduz mastu hayron, o‘zga kelmas,
Diydor tilab, ko‘ksin teshib, nolon qilur.
Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Qul Ubaydiy kabi hollari Allohga bo‘lgan qullik
bo‘lgan so‘fiy ijodkorlar hikmatlari ham zohid obrazini adabiyotda gavdalantirdi. Lirik
qahramonlar orasida zohidning o‘ziga xos o‘rni bor. Jumladan, zohid obrazi boshqa obrazlar
orasida o‘z mavqe martabasiga ega bo‘lib, hol va tuyg‘ularni ifodlashda ba’zi obrazlar
mohiyatini to‘ldirdi, ba’zilari bilan mohiyatda qarama-qarshi qo‘yildi. Alloh taologa yuzlanish
uchun dunyo va barcha narsa mosuvolik muhimligiga e’tibor qaratgan Yahyo ibn Muoz dunyo
bezangan yangi kelinga o‘xshaydi, dunyoga rag‘bat etganlar uning atrofida aylanishga
tushishadi, zohidlar esa uning yuzini ko‘mir bilan qoraytirib, sochini yulib, ko‘ylagini yirtib
tashlashlarini, oriflar esa Alloh taolo bilan mashg‘ul bo‘lganliklaridan ham bu yangi kelinga
iltifot qilmasligini aytadi. [10] Qalbini Allohdan boshqa barcha havoyi nafslardan bo‘shatgan
va tark qilinmagan zaruriy narsalardan boshqa har narsadan qalbini poklagan kishining ya’ni
zohidning vara’siz (parhezsiz) zohid bo‘lishi mumkin emasligini, odam, avvalo, o‘ziga tegishli
bo‘lmagan narsaga qarshi vara’da bo‘lishi kerakligini, so‘ngra unga tegishli bo‘lgan narsada
zohidlik ko‘rsatishi mumkinligini aytadi. Zohidlar har doim o‘z-o‘zini yaxshilash bilan band
bo‘lib, o‘z xohish-istaklarini cheklashga va o‘z-o‘zini nafsini kutishdan qochishga harakat
qilishadi. Suryon Saqatiy zohidning o‘z nafsini tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘lishi, orifning esa
Robbisi bilan mashg‘ul bo‘lishi ma’nosida shunday deydi: "Zohid o‘z nafsi bilan mashg‘ul
bo‘lmasa, uning hayoti yoqimli bo‘lmaydi, aksincha, orif ruhi bilan band bo‘lmasa, uningda
hayoti yoqimli bo‘lmaydi” deydi. Ilk so‘fiylardan bo‘lmish Ibn Nurning “Zuhdning alomati,
biror narsa yo‘qolganda taskin topishdir” degan ifodasidan ham tushunish mumkinki, zuhd
borlikdan shodlanmaslik, yo‘qlikdan g‘am chekmaslikdir. Bu zuhdning alomatidir. Quruq,
tantanali, rasmiyatchilik va qattiq dindorlik sifatida qabul qilina boshlagan zohidlik
munosabatlariga qarshi Bishr ibn Horis Hofiy “Odamlar uni bilishini istagan kishi oxirat
mazasini topa olmaydi” degan bo‘lsa, Suryon Saqatiy ham: “ Zuhdga amal qilib, xohlagan
darajaga yetdim. Biroq, xalqqa zohid bo‘lish bundan mustasno. Chunki men bu darajaga yeta
olmadim, bunga toqat qila olmadim”- deya ta’kidlaydi. So‘fiylar bu kabi so‘zlar bilan
zohidlikdagi ixlos va Alloh uchun tarkning ahamiyatiga e’tibor qaratadilar. Zuhd, asosan,
toatdan bahramand bo‘lish va Alloh bilan aloqada bo‘lishdir. Alloh bilan aloqada bo‘lgan kishi
boshqa hech kim bilan emas, faqat U bilan band bo‘ladi. Bu tushunchaning talabi sifatida Abu
Sulaymon Doroniy: “Jun to‘n kiyish zuhdning alomatlaridandir. U holda qalbida besh
dirhamlik kiyim kiyishni orzu qilgan zohid uch dirhamlik chopon kiymasin” (Aks holda,
ichkariga ham, tashqarisiga ham sig‘maydi), Sufyon Sarviy: “To‘g‘riga zohid bo‘lish, dunyo
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
qanoatga ega bo‘lmoq (kasri amal). Quruq non yeb, chopon kiyish zuhd emas”. Zero, g‘alla
bilan xirmonni birga ko‘rish, foyda va ziyon, maqtov va izzat, g‘am va inoyatni birga ko‘rish
zohidlik yo‘lining qadamlaridir. Birinchi davr so‘fiylari tomonidan qabul qilingan zuhd hayoti:
Tasavvuf va tasavvuf so‘zlari Qur’on va hadislarda zikr qilinmagan, sahobalar va tobienlar
davrida ham ma’lum tushunchalar emas. Payg‘ambarimiz s.a.v. davrida tarbiyalangan. Uni
ko‘rishdan zavqlanganlar esa "sahobiy" deb atalganlari uchun o‘sha davrda zohidlik va taqvo
bilan ajralib turadigan shaxslarga boshqa nom berish shart emas edi. Sahobalar bilan birga
o‘sgan ikkinchi avlod "tobiin" deb atalganligi sababli, bu ism bilan atalishi ularga sharaf edi.
“Taba-i tabiyin” davrida kengayib borayotgan Islom olamida farovonlik darajasi oshgani
sayin, ibodat va zohidlik mavzulariga murojaat qilganlarga yangi nomlar berila boshlandi.
So‘fiylar faqrlikda yashashni sharaf deb bilishgan. Mulk Allohnikidir, degan fikrga asoslanib,
ular Allohdan boshqa hammaga nisbatan mustaqil harakat qilganliklari uchun fuqaro deb
atalgan. Ba’zilar ilohiy huzurga erishish uchun o‘zlarining moddiy ustunliklarini saltanatgacha
yiqitishni baxtning eng oliysi deb bildilar. IX asrning ikkinchi yarmida zohidlar orasidan
paydo bo‘lgan ayrim shaxslar dunyoni tashlab, o‘zlaridan voz kechish nuqtayi nazaridan o‘z
zamondoshlaridan farqli hayot kechira boshladilar. “Ularga maxsus bir nom berish muqarrar
edi. Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, jundan va dag‘al to‘qilgan kiyimlarni hisobga olib, "so‘fiy"
yoki "sufiye" deb atalgan. Ularning so‘fiyligi biroz mubolag‘a va zohidlik kasbining kengayishi
va ilk asrlardagi zohidlik tushunchasidan iborat edi”. [11.56] Abu Nasr as-Sarroj Tusiy
asarining yettinchidan o‘n uchinchi fasligacha sahobalardan jami 114 zohid, ahli baytdan
imomlar, ahli suffa zohidlari, tоbiin va ansorlar, taba tobiin zohidlari, pirlar, ko‘zga ko‘ringan
so‘fiylar, va turli shaharlardagi so‘fiylar tarjimayi holi kiritilgan bo’lib ularni davriy ketma-
ketlikda beradi
1
. Bugun zohidlar shaxsiyati yoki badiiy adabiyotdagi zohid obrazini tahlil va
talqin qilar ekanmiz, albatta, mana shu zohid deya tan olingan shaxslarni kimligi haqidaagi
tasavvurimiz tiniq hamda chuqur bo‘lmog‘i zarur. Shundagina ilmda aniqlik, irfoniiy
asarlarning g‘oya hamda badiiyati tahlilida to‘g‘rilik bo‘ladi. Hazrat Alisher Navoiyning
“Nasoyim ul- muhabbat” asarida ham tariqatda o‘z maqom va holiga ega, toat-ibodatda muqim
bo‘lgan, mashaqqat, riyozat bosqichlaridan o‘tib ilmi hol maqollariga yuksalgan zotlar haqida
hurmat va alohida e’tibor bilan yozadi [12] ushbu zotlar ro‘yhati Navoiyning Ustozi
Fariduddin Attorning “Tazkirat ul- avliyo” asarida ham keltiriladi. Fariduddin Attorning
1
Prof. Dr. Ethem Cebecioğlu, Keşfu’l-Mahcûb’un Muhtevası ve kaynakları, Istanbul, 2008. s. 126.
Hazrat
Abu Bakr, Umar ibn Xattob, Usmon ibn Affon, Ali ibn Abu Tolib, Hasan ibn Ali, Husayn ibn Ali, Zaynibalidin,
Muhammad Boqir, Jafar Sodiq, Uvays Qaraniy, Horim ibn Hayyon, Hasan Basriy, Said ibn Musayyib, Habib Ajami,
Molik ibn Dinor, Abu Hotim Roy, Abu Hozim Madaniy, Muhammad ibn Vasiy, Abu Hanifa, Abdulloh ibn Muborak,
Fuzayl ibn Ayoz, Zunnun Misriy, Ibrohim ibn Adham, Bishr Hofiy, Boyazid Bistomiy, Xoris Muhasibiy, Dovud Tayi,
Suriyon Saqatiy, Shayx Balxiy, Abu Sulaymon Daroniy, Ma’ruf Kahriy, Xotam Isom, Imom Shofeiy, Ahmad ibn
Hanbal, Ahmad ibn Abu Xavariy, Ahmad ibn Hadraviy, Abu Turob Nahshabiy, Yahyo ibn Muoz Roziy, Hamdun
Qassor, Mansur ibn Ammor, Ahmad ibn Osim Antakiy, Abdulloh ibn Xubayd , Junayd Bag‘dodiy, Abu Husayn Nuriy,
Abu Usmon Xiriy, Ibn Jalla, Ruvaym, Yusuf ibn Husayn Roziy, Samnun Muhib, Shoh Shuja Kirmoniy, Amr ibn
Usmon Makkiy, Sahl ibn Abdulloh Tustariy, Abu Abdulloh Balhiy, Hakim Termiziy, Abu Bakr Varrak, Abu Said
Harroz, Ali ibn Sahl Isfahoniy, Hayrun Nassaj, Abu Hamza Xurosoniy, Ibn Masruk, Abu Abdulloh Mag‘ribiy, Abu
Hasan ibn Ali Juzjoniy, Abu Muhammad Jaririy, Abu Abbos Ahmad ibn Sahl Adamiy, Mansur Halloj, Ibrohim ibn
Ahmad Havvos, Abu Hamza Bag‘dodiy, Abu Bakr Vositiy, Shibliy, Jafar ibn Nusayr al-Huldiy, Ruzbariy, Abu Abbos
Sayyoriy, Ibn Nur, Abu Usmon Said ibn Salom, Nasraboziy, Husriy, Ahmad ibn Muhammad Qassob, Abu Ali Dakkak,
Haraqoniy, Dabistoniy, Abu Said Mihaniy, Hutli, Kushayriy, Abu Abbos Shakkoniy, Abu Qosim Jurjoniy, Muzaffar
ibn Ahmad ibn Hamdam
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
ijodida va tasavvuf namoyondalari to‘g‘risidagi kitoblari ichida alohida o‘rin tutadigan asari
shubhasiz, “Tazkirat ul- avliyo”dir. Asarning birinchi tahririda yetmish ikkita, ikkinchi
mukammal tahririda esa to‘qson besh nafar eng yirik tasavvuf allomalarining qisqacha hayoti
va faoliyati, asosan, turli masalalarga oid fikr-mulohazalari bayon etilgan. [13.6] Asar XIII asr
boshlarida yaratilgan bo‘lib, unda o‘zigacha bo‘lgan yaqin besh asrda yashab o‘tgan aziz avliyo
zotlar haqida ma’lumotlar mavjud va ushbu nomlari zikr etilgan insonlarning ko‘pchiligi
zuhhodlardan bo‘lgani hech mubolag‘a emas. Albatta, zuhd maslagi va zohid obrazining badiiy
adabiyotdagi hayoti asarning g‘oya va janr xususiyatlari bilan, davr bilan, shoir shaxsiyati
bilan ham chambarchas bog‘liq. Payg‘ambarlar qissasi, tazkira, manoqiblarda zuhd va zohidlik
insoniyat kamolatidagi bosh talablardan sanaladi. Epik turdagi asarlarda, xususan,
dostonlarda qahramonlar erlik yo‘lida ma’lum ma’noda zuhd bosqichini bosib o‘tishadi yoki
tarkidunyo qilib, zohidona hayotni ixtiyor etgan ma’naviy bobolardan madad olishadi.
Ko‘ngilning hududsiz hisu ehtiroslarini ifodalagan lirikada goh zuhdiy hayot sog‘inchi, goh
zuhdiy amallarga isyon tasvirlari beriladi.
References:
1.
I.Haqqul. Meros va mohiyat, –Т.: “Маънавият”, 2008. 3-b
2.
Ҳаққул И. Тасаввуф ва шеърият. – Т: Адабиёт ва санъат, 1991.
3.
Ҳаққул И. Ирфон ва идрок. –Т.: “Маънавият”, 1998
4.
Раҳмонова З. Ишқ, ирфон ва иршод. – Тошкент: Тафаккур томчилари, 2021.
5.
Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. – Тошкент: 1999. – Б. 23
6.
Ҳаққул И. Навоийга қайтиш (3-китоб). –Т.: Тафаккур, 2016. B-99
7.
Mehmet Doğan, Büyük Türkçe Sözlük, İstanbul, 1996, s. 1168
8.
Cebecioğlu E. Tasavvuf terimleri ve deyimleri sözlüğü. – Ankara: Rahber yayınları, 1997.
260-b
9.
Рабғузий. Қисаси Рабғузий. 1-китоб. – Тошкент: Ёзувчи, 1990. – Б.
10.
Kadir Özköse . Zühd ve sûfîlerin zühde yükledikleri anlam. Tasavvufta Dünyevileşmeye
Tepkisel Yaklaşım. 2010
11.
EBÛ NASR ES-SERRÂC ET-TÛSÎ, Istanbul, 2002, s.56
12.
Алишер Навоий. Насойим ул-мухаббат. МАТ. 17-том. – Тошкент: Фан, 1998.
13.
Madrimov A. Tazkirat ul- avliyo. Muqaddima, Toshkent, G’. G’ulom nashriyoti. 6-bet.
