ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
87
MARKAZLASHTIRILGAN INVESTITSIYALARGA XARAJATLAR
РАСХОДЫ НА ЦЕНТРАЛИЗОВАННЫЕ ИНВЕСТИЦИИ
EXPENDITURE ON CENTRALIZED INVESTMENTS
Umarov Islom Murod o'g'li
O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat
Milliy banki. Kredit bo'limi boshlig'i
https://doi.org/10.5281/zenodo.14666505
Annotatsiya
: Maqolada budjet tizimida moliyalashtirish jarayoni yoritilgan. Budjet
xarajatlarining umumiy tasnifi, xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash, yuritish kabi budjet
jarayoni tahlil qilingan. Markazlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi tahlil
qilingan. Markazlashtirilgan investitsiyalarga xarajatlarning hajmini oshirish, ushbu
moliyalashtirish yo‘nalishining samaradorligini oshirish uchun takliflar va xulosalar berildi.
Kalit so‘zlar:
budjet, xarajatlar smetasi, budjet yili, daromadlar, investitsion jozibadorlik.
В статье описывается процесс финансирования в бюджетной системе.
Анализируются общая классификация бюджетных расходов, бюджетный процесс, такой
как подготовка, утверждение и управление сметой расходов. Анализируется
экономическая эффективность централизованных инвестиций. Даны предложения и
выводы по увеличению объема расходов на централизованные инвестиции,
повышению эффективности данного направления финансирования.
Ключевые слова:
бюджет, смета расходов, бюджетный год, доход,
инвестиционная привлекательность.
The article describes the process of financing in the budget system. The general
classification of budget expenses, the budget process, such as preparation, approval, and
management of cost estimates, are analyzed. Economic efficiency of centralized investments is
analyzed. Proposals and conclusions were given to increase the volume of expenditures on
centralized investments, to increase the efficiency of this financing direction.
Key words:
budget, cost estimate, budget year, income, investment attractiveness.
Kirish
Mavzuning dolzarbliligi shundan iboratki, mamlakatning investitsion muhiti barqarorligi
iqtisodiyotning eng asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanib, uni davlat budjeti orqali
moliyalashtirish qismi iqtisodiy muhitning asosiy institutlari hisoblanadi. Markazlashgan
investitsiyalarga davlat budjeti xarajatlari davlatdagi ijtimoiy sohalarni, iqtisodiy
infratuzilmalarni, muhandislik-komunikatsiya sohalarini tashkil qilish, mavjudlarini ta’mirlash
va modernizatsiyalash salohiyatini tahkil qiladi. Ushbu sohalarning barqarorligini, iqtisodiy
nafliligini oshirish uchun budjetdan moliyalshtirishning rentabilligini oshirish kerak. Mazkur
sohalarning respublika bo‘ylab ko‘lamini kengaytirilmasa, xalqaro standartlarga mos ravishda
modernizatsiyalashtirilmasa iqtisodiyotda jiddiy to‘siqlar, muammolar yuzaga keladi.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Mavzuga oid adabiyotlarni tahlil etish natijasida budjet daromadlari, xarajatlari,
budjetdan moliyalashtirish usullari, tamoyillari va shakllari bo‘yicha bir qator olimlar va
mutaxassislar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar
B.Mamatov, D.Xujamkulov, O.Nurbekovlarning “Investitsiyalarni tashkil etish va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
88
moliyalashtirish” nomli darsligida investitsiyalar va investitsion faoliyatning iqtisodiy
mazmuni, investitsiya faoliyatini rivojlantirishga investitsiya siyosati va investitsya turlari
yoritib berilgan.[1]
Shuningdek, R.X.Karlibayevaning “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalshtirish” nomli
darsligida investitsiyalarning iqtisodiyotda tutgan o‘rni, investitsion faoliyatning
moliyalashtirish manbalari, investitsion bozor tarkibi va uning bo‘g‘inlari, investitsiyalarning
samaradorligini baholash mezonlari, portfelli investitsiyalar va ularning daromadliligini
aniqlash, investitsion faoliyatdagi mavjud risklari kabi masalalar tahlil qilingan.[2]
Z.I.Ruziyev, O.G‘.Abdullayevlarning ilmiy tadqiqot ishida budjet taqsimotida ta’lim
xarajatlarining ulushi, moliyaviy munosabatlar, budjet tizimi haqida ma’lumotlar berilgan.[3]
X.Y.Majidov Z.J.Murtazaevlarning ilmiy tadqiqot ishida budjet tashkilotlari xarajatlarini
smeta asosida rejalashtirishtirishning ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.[4]
Tahlil va natijalar
Davlatning investitsiya faoliyati, davlat o‘z funksiyalarini bajarish jarayonida vujudga
keladi, ya’ni, iqtisodiy, mudofaa, huquqni himoya qilish, islohotchilik, ekologik, ijtimoy va
boshqalar. Investitsiya faoliyati orqali davlat iqtisodiyotining tarkibiy qayta qurilishiga real
ta’sir ko‘rsatadi. Xalq xo‘jaligi samaradorligining o‘sishini, alohida tarmoq va hududlarni
rivojlantirishdagi to‘siqlarni yo‘q qilishni ta’minlaydi.
1
Davlat budjeti mablag‘i hisobidan moliyalashtiriladigan davlatning markazlashgan
kapital qo‘yilmalari faqat quyidagilarga ajratiladi:
-
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha investitsiya
loyihalarini davlat maqsadli dasturlarni va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
-
egasining nomi ko‘rsatilgan uy-joy obligatsiyalari bo‘yicha uy-joy qurilishiga;
-
aholi yashaydigan joylar, birinchi navbatda, yakka tartibda qurilgan uy-joy mavzelarining
muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga;
-
yangi yerlarni o‘zlashtirish va sug‘oriladigan yerlarni tiklashga, suv xo‘jaligi qurilishi va
kichik gidroenergetikani rivojlantirishga;
-
maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari
ob’yektlar qurilishiga;
-
davlat boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat ilmiy
muassasalarining ilmiy texnika bazasini rivojlantirishga va mustahkamlashga;
-
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan
himoya qilish inshootlarni qurishga.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining “Tiklanish va taraqqiyot” jamg‘armasining
davlat investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga sarflayotgan
mablag‘larining hajmi ortib borishini, ularning markazlashgan investitsiya mablag‘lari hamda
jami kapital qo‘yilmalardagi ulushi tushib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Buning asosiy
sababi investitsiyaga yo‘naltirilayotgan kapital qo‘yilmalarning hajmini ortishi hamda ularning
tarkibida markazlashmagan mablag‘larning ulushini oshishi bo‘lmoqda.
1
R.X.Karlibayeva - “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalshtirish” nomli darslik, Toshkent, 2011, 124 bet
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
Davlat rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladigan xarajatlar:
2022-yil uchun davlat budjeti loyihasida markazlashgan kapital qo‘yilmalar uchun 23,2
mlrd so‘m yoki YAIM ga nisbatan 2,8 foiz miqdorida ko‘zda tutilgan.
1-rasm. 2022- yilda YaIM tarkibidagi markazlashgan kapital qo‘yilmalari ulushi
2
Budjetnomada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
Investitsiya xarajatlari doirasida quyidagilar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:
2
https://www.gazeta.uz/oz/2021/11/11/budget-project/
Markazlashgan kapital qo'yilmalarning
YaIM dagi ulushi
Markazlashgan kapital
qo'yilmalar
YaIM
Mablag 'lardan foydalanish yo'nalishlari
Ijtimoiy sohalar
Muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlari
Ma'muriy-muhandislik,
hududiy infratuzilma
ob'ektlarni qurish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
2-rasm. 2022-yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiya xarajatlari doirasida
ulushi
3
Xulosa qilib shuni takidlash lozimki, davlat budjetining xarajatlari yildan yilga o‘smoqda.
Shunga mos ravishda davlat budjetidan markazlashgan investitsiya loyihalarini
moliyalashtirish xarajatlari ham o‘smoqda. Lekin davlat budjetidan markazlashgan investitsiya
loyihalarini moliyalashtirish xarajatlarini davlat budjetining umumiy xarajatlaridagi ulushi
kam foizni tashkil qiladi. Davlatning moliyalashtirish salohiyatini rivojlantirish natijasida
markazlashgan investitsiya mablag‘lari orqali moliyalshtiriladigan yo‘nalishlarni hajmini
ko‘paytirishga, provardida iqtisodiy muhit barqarorligini oshirishga erishamiz.
References:
1.
B.Mamatov, D.Xujamkulov, O.Nurbekov - “Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish”
nomli
darslik,
Toshkent,
2014,
610
bet
2.
R.X.Karlibayeva - “Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalshtirish” nomli darslik,
Toshkent,
2011,
124
bet
http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/23-y-
Invistitsiyalarni-tashkil-etish-va-moliyalashtirish.-Oquv-qollanma.-R.X.-Karlibayev.-T-2011-
.pdf
3.
Z.I.Ruziyev, O.G‘.Abdullayev – “Budjet taqsimotida ta’lim xarajatlarining ulushi” ilmiy
maqola,
International
scientific-online
conference,
2022,
5
bet
https://doi.org/10.5281/zenodo.6111969
4.
X.Y.Majidov Z.J.Murtazayev – “Budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida
rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari” nomli ilmiy maqola, “Science and Education”
ilmiy jurnal, 2022, 12 bet file:///C:/Users/user/Downloads/byudjet-tashkilotlari-
xarajatlarini-smeta-asosida-rejalashtirishtirishning-o-ziga-xos-xususiyatlari.pdf
5.
Sh.Latipov
–
“2022-
yilda
budjet
xarajatlari”,
2021https://www.gazeta.uz/oz/2021/11/11/budget-project/
3
Sh.Latipov – “2022- yilda budjet xarajatlari”, 2021
https://www.gazeta.uz/oz/2021/11/11/budget-project/
