ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
75
HUJAYRA VA HUJAYRA ORGANOIDLARINI O’RGANISHDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH
BARNOXON DEXQONOVA ABDUMO’MINOVNA
BAG’DOD AGROTEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI
biologiya fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14649625
Annotatsiya
: Ushbu maqola 10-11- o’quvchilariga hujayraning membranali va
membranasiz organoidlari haqida umumiy ma’lumot berish bilan birgalikda interfaol metodlar
va zamonaviy ped texnologiyalardan samarali foydalanish usullari ko’rsatib o’tilgan.
Hujayradagi membranali organoidlar — bu hujayraning turli vazifalarini bajarish uchun
membrana bilan o'ralgan tuzilmalar bo'lib, ular hujayra ichidagi materiallar va energiyaning
to'g'ri oqimini ta'minlashda, metabolik jarayonlar va tashqi muhitga javob berishda muhim rol
o'ynaydi. Mana shunday ma’lumotlarni didaktik o’yinlar va interfaol metodlar yordamida
o’quvchilarni fanga qiziqtira olish usullari keltirildi.
Kalit so’zlar
: Zamonaviy ta’lim texnologiyalar, didaktik o’yinlar, interfoal metodlar, yangi
o'quv tizimlari, onlayn ta'lim platformalari, hujayra membranasi, membranali organoid,
membranasiz organoid, sitoplazma, golji majmuasi, endoplazmatik tor, ribosoma,
mitoxondriya, plastidalar.
Annotation
. This article provides 10-11th grade students with general information about
membrane and non-membrane cell organoids, along with interactive methods and effective use
of modern pad technologies. Membrane organelles in the cell are structures surrounded by a
membrane to perform various functions of the cell, they play an important role in ensuring the
correct flow of materials and energy inside the cell, metabolic processes and response to the
external environment. Here are the methods of making students interested in science with the
help of didactic games and interactive methods.
Keywords:
Modern educational technologies, didactic games, interactive methods, new
educational systems, online educational platforms, cell membrane, organoid with a membrane,
organoid without a membrane, cytoplasm, Golgi complex, endoplasmic reticulum, ribosome,
mitochondria, plastids
.
Аннотация.
В данной статье учащимся 10-11-х классов представлены общие
сведения о мембранных и немембранных органоидах клеток, а также интерактивные
методы и эффективное использование современных тампонных технологий.
Мембранные органеллы в клетке – это структуры, окруженные мембраной,
выполняющие различные функции клетки, они играют важную роль в обеспечении
правильного потока веществ и энергии внутри клетки, обменных процессов и реакции
на внешнюю среду. Здесь представлены способы заинтересовать учащихся наукой с
помощью дидактических игр и интерактивных методов.
Ключевые слова:
Современные образовательные технологии, дидактические
игры, интерактивные методы, новые образовательные системы, образовательные
онлайнплатформы, клеточная мембрана, органоид с мембраной, органоид без
мембраны, цитоплазма, комплекс Гольджи, эндоплазматическая сеть, рибосома,
митохондрии, пластиды.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
76
KIRISH.
Biologiya fani, ayniqsa hujayra tuzilishini o'rgatishda, interfaol metodlar va zamonaviy
ta'lim texnologiyalarini qo'llash juda muhimdir.Innterfaol metodlar o’quvchilarni darsga
bo’lgan qiziqishini yanada oshiradi. Bu metodlar o'quvchilarning mavzuni yaxshiroq
tushunishini ta'minlashga, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi.
O’quvchilarni faollashtiradigan metodlar va texnologiyalar, biologiya darslarida o’quvchilarni
o’z bilimlarini mustahkamlashga, yangi ma’lumotlarni o’zlashtirishga va fikrlash ko’nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar yordamida o’quvchilar o’zaro fikr
almashishadi, guruhlarda ishlashadi va o’zlarining bilimlarini amalda qo’llashga o’rganishadi.
O’qitishda interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati:
O’quvchilarni faollashtiradigan metodlar va texnologiyalar, biologiya darslarida o’quvchilarni
o’z bilimlarini mustahkamlashga, yangi ma’lumotlarni o’zlashtirishga va fikrlash ko’nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar yordamida o’quvchilar o’zaro fikr
almashishadi, guruhlarda ishlashadi va o’zlarining bilimlarini amalda qo’llashga o’rganishadi.
Hujayra membranasi — bu hujayraning tashqi chegarasini tashkil etadigan va uni atrof-
muhitdan ajratib turadigan tuzilmadir. U hujayraning ichki muhitini tashqi muhitdan ajratib
turish, moddalar almashinuvi, signal uzatish va hujayra faoliyatini nazorat qilishda muhim rol
o'ynaydi. Hujayra membranasi asosiy tuzilmalardan biri bo'lib, barcha hujayralarda mavjud:
prokariotlar, eukariotlar va ayrim viruslarda. Hujayra organoidlari umumiy va xususiy
organoidlarga bo’linadi.
Umumiy organoidlar
organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. Umumiy
organoidlar organizm tarkibidagi barcha hujayralarda uchraydi. Ularga mitoxondriya, hujayra
markazi, Golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to‘r, lizosoma, plastidalar misol bo‘ladi.
Xususiy organoidlar
ayrim hujayralardagina uchraydi. Ularga misol qilib
infuzoriyalardagi kiprikchalar, evglena va spermatozoiddagi xivchinlar, epiteliy hujayralaridagi
tonofibrillalar, nerv hujayralaridagi neyrofibrillalar va muskul hujayralaridagi miofibrillalarni
olish mumkin . Dars jarayonida foydalaniladigan interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalari:
1. Tadqiqot usuli
-
O’quvchilarga mavzuga oid savollar berish orqali darsni boshlash. Masalan: "Hujayra
sitoplazmasi nima va uning vazifalari qanday?", Endoplazmatik to’r nechta turga bo’linadi” yoki
"Endoplazmatik to‘r qanday vazifalarni bajaradi?"
- O’quvchilar bu savollarga javoblarni guruhlar bo’lib izlab, tajriba yoki internet
manbalaridan foydalanishadi. Bu usul o’quvchilarni faol izlanish, o’zoro inoqlik va muammoni
hal qilishga undaydi.
2. Guruhlarda ishlash
- O’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lish va har bir guruhga biror bir organoidni masalan,
ribosomalar, endoplazmatik to‘r yoki Golji majmuasiga xos ma’lumotlarni to’plash. Guruh
o’quvchilari bu organoidni o’rganib, uning vazifalari va tuzilishi haqida qisqacha ma’lumot
tayyorlaydi va dars oxirida sinfga taqdimot qiladi.
- Bu usul o’quvchilarning jamoaviy ish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
3. Mikrofon yoki interfaol doskada ishlash:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
77
- O’qituvchi darsni boshlashdan oldin mavzu bilan bog’liq diagrammalarni yoki
grafikalarni interfaol doskada ko’rsatadi. Masalan, sitoplazmaning membranali va
membranasiz organoidlari tasvirlarini chizish.
- O’quvchilarni tasvirlar orqali o’rgatish, visual yondashuv yordamida mavzuni yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.
4. Virtual laboratoriyalar:
- Hujayra tuzilishining o’rganilishi uchun virtual laboratoriyalar yoki simulyatsiyalarni
qo’llash mumkin. O’quvchilar, masalan, hujayra membranasining qanday ishlashini yoki
endoplazmatik to‘rning ribosomalar bilan qanday bog’lanishini ko’rishlari mumkin.
- Virtual laboratoriyalar yordamida o’quvchilar ilmiy tajribalarni xavfsiz va samarali
tarzda o’rganishadi.
5. Rasm va video materiallar:
- Video va rasm materiallar yordamida hujayra organoidlari haqida ko’rgazmali
materiallar taqdim etish. Masalan, sitoplazma va organoidlar haqidagi qisqacha animatsiyalarni
ko’rsatish yoki slayd, mavzuga oid video rolliklar.
- O’quvchilar vizual materiallar orqali mavzuni osonroq o’zlashtiradilar, chunki ular rasm
va animatsiyalarni ko’rib, mazmunni yaxshiroq tushunishadi.
6. "Teskari o’qish" metodi:
- Darsdan oldin o’quvchilarga mavzu bo’yicha qisqacha video yoki matnlimateriallarni
taqdim etish. Darsda esa bu materiallarni muhokama qilish, guruhlarda ishlash va interfaol
mashg'ulotlar o’tkazish. - Bu metod o’quvchilarga dars materialini o’qish va tushunishga vaqt
ajratishga, darsda esa faollashishga imkon beradi.
7. Kritik fikrlash va muammoli vazifalar:
- O’quvchilarga hujayra tuzilishi va organoidlar haqida muammolarni yechish vazifalarini
berish. Masalan, "Agar hujayrada ribosomalar yetishmasa, qanday oqibatlarga olib keladi?"
- Bu usul o’quvchilarning mantiqiy fikrlash va tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Interfoal metodlarda o’qituvchining roli:
- Motivatsiya: O’qituvchi darsni qiziqarli va izchil tashkil etish orqali o’quvchilarni
o’zlashtirishga undaydi.
- Yo’naltirish: O’qituvchi o’quvchilarga kerakli resurslar, materiallar va izlanish
yo’nalishlarini taqdim etadi.
- Koordinatsiya: Dars davomida guruhlar orasidagi muvofiqlikni ta’minlaydi, har bir
guruhning ishlashini nazorat qiladi.
- Tahlil qilish: O’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini tahlil qilib, ular bilan muhokama olib
boradi va to’g’ri yo’l ko’rsatadi.
- Faol ishtirok: Interfaol metodlar orqali o’quvchilar darsda faol ishtirok etadilar, bu esa
ularning bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
- Yangi bilimlarni mustahkamlash: O’quvchilar mavzu bo’yicha bilimlarini
mustahkamlashadi va o’zlashtiradilar.
- Kreativ fikrlash: O’quvchilar yangi bilimlarni o’zlashtirayotganda ijodiy va analitik
fikrlashga o’rganadilar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
78
- Jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish: Guruhlarda ishlash orqali o’quvchilar
jamoada ishlash ko’nikmalarini rivojlantiradilar.
Bu metodlar o'quvchilarning mavzuni yaxshiroq tushunishini ta'minlashga,
ularninmustaqil fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi. Quyida "Sitoplazma va uning
organoidlari" mavzusini o'qitishda foydalanish mumkin bo'lgan ta'lim texnologiyalari haqida
to'liqroq ma'lumot berib o’tildi:
1.
Interfaol metodlar
.
Interfaol metodlar o'quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi va ularni o'rgatish
jarayoniga jalb qiladi. Bu metodlar orqali o'quvchilar faqat ma'lumotni eshitish bilan cheklanib
qolmay, balki uni amaliyotda qo'llash, tahlil qilish, muhokama qilish va yechimlar ishlab chiqish
imkoniyatiga ega bo'ladilar.
a) Guruhlarga bo‘lish va muhokama.
Mavzuni kichik guruhlarda muhokama qilish o'quvchilarga hujayra organoidlari, ularning
funktsiyalari va strukturalari haqida chuqurroq tushuncha beradi. Har bir guruhga biron bir
organoidni o'rganish va uning hujayradagi rolini tahlil qilish topshirig'i berilishi mumkin.
Masalan, bir guruhga endoplazmatik to'r, boshqasiga ribosomalar yoki golji majmuasi haqida
izlanishlar qilish va natijalarni taqdim etish topshiriladi.
b) "Maqsadga yo'naltirilgan o'yinlar."
O'quvchilarga mavzu bo'yicha viktorinalar, krossvordlar, yoki o'yin tarzidagi testlar
o'tkazish mumkin. Masalan, hujayra organoidlari va ularning vazifalariga oid bir necha
savollarni o'z ichiga olgan interfaol o'yin tashkil etish, o'quvchilarning qiziqishini oshiradi va
bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
c) "Kognitiv karta" yoki "Mind Mapping".
Hujayra organoidlarini o'rganish jarayonida "kognitiv karta" usulidan foydalanish
mumkin. Bu usul o'quvchilarga bir-biriga bog'liq tushunchalarni vizual tarzda tasvirlashga
yordam beradi. Masalan, o'quvchilar endoplazmatik to'r, ribosomalar va golji majmuasi
o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ko'rsatib, mavzu bo'yicha tizimli tasavvurga ega bo'lishadi.
d) Singan tuxum metodi.
Bu metodda tuxum shaklidagi qog’oz yarmiga savol yarmiga javobi yoziladi va ular
ajratilib, o’quvchilarga taqdim qilinadi. O’quvchilar esa tuxumlarni birlashtirishlari lozim
bo’ladi. Bu metod o’quvchilarni mavzuni yanada mustahkamlashlari va qiziqarli tarzda
o’quvchilarning diqqatini jamlash uchun samarador metod hisoblanadi.
2. Ta'lim texnologiyalaridan foydalanish
.
Zamonaviy texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarning tushunishini yanada samarali qiladi.
Quyidagi ta'lim texnologiyalari bu jarayonda foydali bo'lishi mumkin:
a)
Multimedia taqdimotlari
PowerPoint yoki boshqa taqdimot dasturlari yordamida mavzuni taqdim etish
o'quvchilarga vizual tasvirlar va animatsiyalar orqali hujayra tuzilishini tushunishga yordam
beradi. Masalan, endoplazmatik to'r va ribosomalar qanday ishlashini va ularning hujayra
ichidagi rolini ko'rsatish uchun animatsiyalarni qo'llash mumkin.
b)
3D modellar va simulyatsiyalar
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
Bugungi kunda 3D modellar va simulyatsiyalar hujayra strukturalarini o'rgatishda juda
foydalidir. Dasturlar yordamida hujayra organoidlarining uch o'lchovli modellarini ko'rish
o'quvchilarga ularning joylashuvi va funktsiyalarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Masalan, "CellCraft" yoki "BioDigital Human" kabi ilovalar orqali hujayra strukturasining
interfaol modellarini ko'rsatish mumkin.
c)
Virtual laboratoriyalar
Virtual laboratoriyalar yordamida o'quvchilar endoplazmatik to'r va golji majmuasi kabi
organoidlarning amaliyotda qanday ishlashini o'rganishlari mumkin. Bu, ayniqsa, laboratoriya
ishlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘lmagan holatlarda foydalidir. O'quvchilar turli
simulyatsiyalardan foydalanib, hujayraning ichki tuzilishini sinab ko'rishlari mumkin.
d)
Onlayn testlar va viktorinalar
O'quvchilarning bilimlarini tekshirish va mustahkamlash uchun onlayn testlar, quizlar va
viktorinalardan foydalanish mumkin. Masalan, Google Forms yoki Kahoot platformalarida
o'quvchilar mavzu bo'yicha savollarga javob berib, natijalarni real vaqtda ko'rishlari mumkin.
e)
QR-kodlar orqali qo‘shimcha ma’lumotlar
Mavzu bo'yicha o'quvchilarga qo'shimcha resurslar taqdim etish uchun QRkodlardan
foydalanish mumkin. Har bir organoid yoki hujayra funksiyasi bo'yicha ma'lumotlar havolalari
va video ko'rsatmalarini QR-kod yordamida taqdim etish mumkin. Bu texnologiya
o'quvchilarga mavzuni o'rganishda qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
3. Ta'lim jarayonini interfaol qilish uchun samarali strategiyalar
a) Darsga tayyorlanish: Darsdan oldin o'quvchilarga hujayra organoidlarining tuzilishi va
funksiyalari haqida qisqacha ma'lumot beruvchi video yoki maqola yuborish. Bu
o'quvchilarning darsga tayyor holda kelishini ta'minlaydi.
b) Interfaol muhokamalar: Dars davomida o'quvchilarni faol jalb qilish uchun ochiq
savollar berish, guruhlarda munozara va fikr almashish imkoniyatlarini yaratish.
c) Ko‘rgazmali taqdimotlar: Hujayra organoidlarini yanada yaxshi tushunish uchun
ko‘rgazmalar, chizmalar yoki diagrammalarni ishlatish.
4. Natijalar va baholash
Dars oxirida o'quvchilarning bilimini baholash uchun testlar, mustaqil ishlanmalar, yoki
kichik loyihalar tuzish mumkin. Natijalar o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini ko'rsatib
beradi va keyingi darslarda qanday yo'nalishlarda ishlash kerakligini aniqlashga yordam
beradi.
Xulosa
"Sitoplazma va hujayra organoidlari" mavzusini o'rgatishda interfaol metodlar va ta'lim
texnologiyalaridan foydalanish, o'quvchilarning mavzuni chuqurroq tushunishiga, qiziqish va
motivatsiyasini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar va metodlar yordamida
biologiya darslari yanada samarali va qiziqarli bo'ladi. Umumta’lim maktablari va
texnikumlarda biologiya darslarida “Sitoplazma, hujayraning membranasiz va membranali
organoidlari” mavzusini o’qitishda interfaol metodlar va ta’lim texnologiyalarini qo’llash
o’quvchilarning bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning darsga bo’lgan qiziqishini oshiradi va
fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Interfaol metodlar va texnologiyalar yordamida
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
o’quvchilar nafaqat mavzuni yaxshiroq o’rganishadi, balki jamoaviy ish, tahlil qilish, va kreatif
fikrlash ko’nikmalarini ham rivojlantiradilar.
References:
1.
A.T.G’ofurov. Biologiyani o’qitishning umumiy metodikasi. 2005 yil.
2.
Biologiya 10 sinf darsligi. Toshkent – 2022.
3.
Biologiya o’qitish metodikasi o’quv dasturi. Majmua. Chirchiq – 2024.
4.
I.A.Badalxo’jayev. Sitologiya. 2014 yil.
5.
J.O.Tolipova, A.T.G’ofurov. Biologiyani o’qitish metodikasi
