MALAKLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish holatlari kuzatildi. O‘zaro taxlil davomida sportchilar tayyorgarligini oshirish va yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
146-149
23

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Polatov , S. . (2025). MALAKLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARINI SAMARADORLIGINI ANIQLASH. Наука и инновация, 3(1), 146–149. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/63508
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish holatlari kuzatildi. O‘zaro taxlil davomida sportchilar tayyorgarligini oshirish va yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

146

MALAKLI BOKSCHILARNING JISMONIY TAYYORGARLIK

KO‘RSATKICHLARINI SAMARADORLIGINI ANIQLASH

Polatov Saken Djetibayevich

O‘zbekiston boks federatsiyasi

O‘zbekiston, Toshkent

E-mail: boxinguzbekistan@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14710861

Annotatsiya:

Mazkur tadqiqot ishimizdan olingan natijalar o‘zaro tadqiq etilganda

bokschilarning jismoniy tayyorgarlik jarayonida yuzaga kelayotgan fungsional toliqish
holatlari kuzatildi. O‘zaro taxlil davomida sportchilar tayyorgarligini oshirish va yuzaga
kelgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

Kalit so‘zlar:

Jismoniy sifat, kuch, chidamkorlik, tezkorlik, vosita, jismoniy yuklamalar,

jismoniy tayyorgarlik, ommaviy razryadli bokschilar.

Kirish:

Hozirgi kunda sportchilarimizning, xususan, ommaviy razryadli bokschilarning

jismoniy tayyorgarligini samarali takomillashtirish zarurati dolzarblik kasb etmoqda. Ushbu
sohada yuqori natijadorlikka erishish uchun umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodlarni jismoniy tayyorgarlik tamoyillariga asoslangan
holda ilmiy tadqiq qilish muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, sport fani va fiziologiya
sohasidagi zamonaviy yondashuvlarga mos dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish talab
etiladi.

Birinchidan, sportchilar organizmining mushak va nerv tizimlari sport turiga xos bo‘lgan

jismoniy yuklamalarga yuqori moslashuvchanlik ko‘rsatadi. Bu moslashuvchanlik sportchi
yoshlarimizning harakatlarga tezkor reaksiyalar berishi, mushaklarning turli funksional
sharoitlarga moslashuvchanligini oshiradi, shuningdek, fiziologik resurslarni samarali
foydalanishga imkon beradi. Ushbu xususiyat sport turiga mos yuklamalarni to‘g‘ri taqsimlash
va rejalashtirish orqali sport natijalarini optimallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchidan, chidamlilik va egiluvchanlik kabi jismoniy qobiliyatlar bokschilarning

tayyorgarlik darajasini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Ushbu qobiliyatlar sportchilarga
yuqori tezlik va kuch ko‘rsatkichlariga erishish imkoniyatini beradi. Chidamlilikka asoslangan
mashqlarning optimal yuklama bilan bajarilishi va egiluvchanlik mashqlarining kuchga
yo‘naltirilgan usullari sport natijalarini sezilarli darajada oshiradi.

Ushbu chora-tadbirlar ommaviy razryadli sportchilarning jismoniy va psixologik

imkoniyatlarini oshirishga, ularni yuqori malakali sportchilar safiga qo‘shilishiga xizmat
qiladi.

Tadqiqot maqsadi:

Malakali bokschilarning amaliy mashg‘ulotlari davomida

qo‘llaniladigan vositalar samaradorligini aniqlash hamda ularning jismoniy ko‘rsatkichlari va
jismoniy sifat darajalarining rivojlanib borayotganligiga holisona baho berishdan iborat.

Tadqiqot vazifasi:

Bokschilarning mashg‘ulot jarayonlarini tahlil qilish orqali ulardagi

xato va kamchiliklarni aniqlash, jismoniy sifat ko‘rsatkichlarini takomillashrirish uchun
maxsus usullar majmuasifan foydalanish.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi:

Yurtimizda malakali sportchilar salmog‘ini

oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini yanada yashilash maqsadida sportning boks turi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

147

bilan mashg‘ulot olib borayotgan ko‘plab sportchilarning jismonbiy tayyorgarlik darajalarini,
jismobiy sifat ko‘rsatkichlarini, fungsional holatini aniqlash hamda ularning sport formasiga
kirishlari va yuqori natijalarni qayd etishlari uchun nazorat sinovlari tashkil etildi.

Tadqiqot ishizmizda yuqori malakli bokschilarning 8-40 sekund davomida jismoniy

tayyorgarlik darajalarini aniqlash nazorat sinovi natijalarida quidagi ko‘rsatkichlar qayd
etildi. Dastlab sport ustasi E.Jo‘raboev tomonidan kuzatilgan natijalarda portlovchan
chidamlilik koefisenti 3.96 ni tashkil etgan bo‘lsa portlovchan chidamlilik indeksi 18.98 ga
teng bo‘ldi. Sportchimizning kreotinfosfat ishlash indeksi 550.47 ga, tezkor chidamlilik
koefisenti 0.99 ga va tezkor chidamlilik indeksi 2.71 ga teng ekanligi aniqlandi.

F.Do‘smatov natijalarida esa portlovchan chidamlilik koefisenti 1.97 ni, portlovchan

chidamlilik indeksi 15.97 ni, kreotinfosfad ishlash indeksi 550.47 ga teng ekanligi aniqlandi.
Sportchining tezkor chidamlilik koefisenti 0.99 ga va tezkor chidamlilik indeksi 2.71 ga teng
bo‘ldi. Mazkur natijalar sport formasiga kirish jarayonida kuzatilishi mutahasislar tomonidan
takidlab o‘tilgan.

Sport ustasi A.Muhiddinov qayd etgan natijalarda esa kreotinfosfad ishlash indeksi

495.22 ni, glekolitik chidamlilik indeksi 42.56 ni, integral ish kuchi indeksi 18.32 ni va tezkor -
kuch tayyorligining integral indeksi esa 537.78 ga teng ekanligi tadqiqot davomida o‘z isbotini
topdi (2-jadvalga qarang).

Yuqori malakali sportchilar orasida xalqaro toifadagi sport ustasi A.Mo‘ydinxojaevning

8-40 sekund davomida maxsus qopga zarba berish natijalari portlovchan chidamlilik
koefisentida 3.90 ga, portlovchan chidamlilik indeksi 26.52 ga teng bo‘ldi.
A.Mo‘ydinxo‘jaevning tezkor chidamlilik koefisenti 0.83 ga, tezkor chidamlilik indeksi esa 1.92
ga teng deb topildi. Glekolitik chidamlilik indeksi 45.27 ga va tezkor - kuch tayorligining
integral indeksi 840.91 ni tashkil etdi.

Navbatdagi xalqaro toifadagi sport ustasi A.Abdullaev bo‘lib uning natijalari

quidagilardan iborat bo‘ldi. Kreotinfosfad ishlash indeksi 343.06 ni, glekolitik chidamlilik
indeksi 67.36 ni hamda integral ish kuchi indeksi 14.18 ga teng deb topildi.

Ushbu sport toifasidagi sportchimiz A.Xalakov qayd etgan natijalarga ko‘ra portlovchan

chidamlilik koefisenti 1.15 ga, portlovchan chidamlilik indeksi 10.32 ga, kreotinfosfad ishlash
indeksi 371.46 ga, tezkor chidamlilik koefisenti 0.72 ga, tezkor chidamlilik indeksi 1.50 ga,
glekolitik chidamlilik indeksi 26.59 ga, integral ish kuchi indeksi 11.82 ga va tezkor - kuch
tayorligining integral indeksi 398.05 ga teng bo‘lgani mazkur tadqiqot davomida o‘z isbotini
topdi (2-jadvalga qarang).

Xalqaro toifadagi sport uslalari orasida G‘.Toxirov mazkur nazorat sinovida o‘z natijalari

bilan jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari qay darajada ekanligini aniqlash imkoniyatini bizga
taqdim etdi. Uning qayd etgan natijalari portlovchan chidamlilik koefisentida 1.63 ga hamda
portlovchan chidamlilik indeksida 9.30 ga teng ekanligi aniqlandi. Sportchining glekolitik
chidamlilik indeksi 27.84 ga va integral ish kuchi indeksi 10.72 ga teng deb topildi va ushbu
nazorat sinovini yakunladi.

Shu o‘rinda takidlab o‘tishimiz joizki boks sporti yuqori darajadagi jismoniy va aqliy

tayyorgarlikni talab qiladigan sport turlaridan biridir. Bokschining jismoniy holati ringdagi
muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri bo‘lib, bu tayyorgarlik quyidagi muhim
komponentlarga asoslanadi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

148

1. Chidamlilik (Endurance)
Chidamlilik bokschining uzoq davom etadigan janglarda yuqori darajada harakat qilish

va zarba berish qobiliyatini belgilaydi. Bokschilar uchun ikki turdagi chidamlilik muhim:

Aerobik chidamlilik: Bu yurak-qon tomir tizimining uzoq davom etadigan yuklamalarga

moslashuvchanligini oshiradi. Masalan, yugurish, velosipedda uchish va suzish mashg‘ulotlari
orqali rivojlantiriladi.

Anaerobik chidamlilik: Qisqa, intensiv jarayonlarda, masalan, kuchli zarbalar seriyasida

zarur bo‘lgan energiya ishlab chiqarishni ta'minlaydi. Interval mashg‘ulotlari anaerobik
chidamlilikni oshirishda muhim o‘rin tutadi.

2. Kuch va Quvvat (Strength and Power)
Bokschilar zarbalarining kuchi va harakatlarining samaradorligi mushak kuchi va

quvvatiga bog‘liq. Buni rivojlantirish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:

Og‘irlik bilan mashq qilish: Mushak guruhlarini rivojlantirish va zarbalarni kuchaytirish

uchun og‘irlik ko‘tarish mashqlari bajariladi.

Eksploziv harakatlar: Plyometrik mashg‘ulotlar, masalan, sakrash va tezkor harakatlar,

bokschining quvvatini oshirishga yordam beradi.

3. Tezkorlik va Reflekslar (Speed and Reflexes)
Tezkorlik ringda raqibning harakatlariga javob berish va zarba berishda asosiy rol

o‘ynaydi. Reflekslar va tezlikni yaxshilash uchun:

Taymer bilan ishlash: Zarba berish mashg‘ulotlarini aniq vaqt doirasida bajarish.
Sparring va ko‘zguli mashg‘ulotlar: Raqib bilan bo‘ladigan real jang sharoitlarini

takrorlash.

Qo‘l-oyoqlarning muvofiqligi: Mashqlar reflekslar va muvozanatni rivojlantiradi.
Yuqori malakali bokschining muvaffaqiyati uning jismoniy, texnik va ruhiy tayyorgarligi

uyg‘unligiga bog‘liq. Bokschilar har bir komponent ustida muntazam ishlash orqali ringda
ustunlikka ega bo‘lishadi. Shuning uchun individual yondashuv, puxta rejalashtirilgan
mashg‘ulotlar va sog‘lom turmush tarziga amal qilish bokschilarning asosiy tamoyillaridan
biridir.

XULOSA

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, malakali sportchilar o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik

ko‘rsatkichlari hamda funksional imkoniyatlar darajasida sezilarli farqlar mavjudligi
aniqlangan. Xususan, portlovchan chidamlilik koeffitsienti va indeksi, shuningdek, tezkorlik va
kreotinfosfat ishlash ko‘rsatkichlari yuqori malakali sportchilarda ancha yuqori ekanligi qayd
etilgan. Bu esa yuqori malakali sportchilar tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladigan metodik
yondashuvlarning samaradorligini aks ettiradi.

Malakli sportchilar tayyorgarlik jarayonini takomillashtirish uchun quyidagi chora-

tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:
1.

Individual yondashuvni kuchaytirish: Har bir sportchining jismoniy va funksional

imkoniyatlarini tahlil qilish asosida individual dasturlar ishlab chiqish zarur. Bu usul
sportchilarning kuchli tomonlarini yanada rivojlantirish va zaif tomonlarini bartaraf etishda
muhim omil bo‘ladi.
2.

Maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari: Portlovchan chidamlilik va tezkorlikni

rivojlantirishga qaratilgan maxsus mashg‘ulotlar sportchilarning umumiy natijalarini


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

149

oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda individual ehtiyoj va imkoniyatlarga
moslashtirilgan mashqlar qo‘llanilishi lozim.
3.

Funksional tayyorgarlikni optimallashtirish: Sportchilarning kreotinfosfat ishlash

imkoniyatlarini oshirish uchun jismoniy yuklamalarni doimiy nazorat qilish va turli
funksional ko‘rsatkichlarni tizimli ravishda tahlil qilish talab etiladi.
4.

Ilg‘or metodikalarni joriy etish: malakali sportchilarning tayyorgarlik jarayonida

qo‘llanilayotgan zamonaviy metodlarni ommaviy razryadli sportchilarga moslashtirish hamda
ular asosida mashg‘ulot jarayonlarini tashkil qilish tavsiya etiladi.

Shunday qilib, malakli sportchilarni xalqaro darajaga yetkazishda individual

yondashuvni amalga oshirish va tayyorgarlik jarayonini kompleks tarzda takomillashtirish
sportchilarning jismoniy imkoniyatlarini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli

“Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni

yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3.

R.D.Xalmuxamedov - Boks (o‘quv qo‘llanma). Toshkent 2008. 207-209 b.

4.

R.D.Xalmuxamedov, V.N.Shin, F.K.Turdiev, S.S.Tajibaev – Boks nazariyasi va uslubiyati

(darslik) – Toshkent 2016. 272-273, 294-302 b.
5.

S.S.Tajibaev, R.N.Abduhamidov, F.F.Nadjimov

-

Boks bo‘yicha ta’lim muassasalarida

sport to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv dasturi va metodik tavsiyalar.
Toshkent 2017. 168-195 b.
6.

M.M.Ibragimov - Bokschilarni bo‘lajak musobaqalarga umumiy va maxsus jismoniy

tayyorgarligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlar. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023
yil № 11) 132-134 b.
7.

R.Majidov – Bokschining irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash (Ijodkor

o‘qituvchi jurnali. 5 may / 2024 yil / 39 –son) 103-105 b.
8.

Хожиев, Ш. . (2023). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ТЕХНИЧЕСКОЙ

ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ХОККЕИСТОВ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5
Part 2), 70–72. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejti/article/view/15259
9.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). XOKKEYCHINING ASOSIY TURISH HOLATI TEXNIK

HARAKATLARI BIOMEXANIK TAHLILI KO‘RSATKICHLARI. Scientific Bulletin of Namangan
State University, 819-827.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2021 yildagi PQ-5099-sonli “Boksni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

R.D.Xalmuxamedov - Boks (o‘quv qo‘llanma). Toshkent 2008. 207-209 b.

R.D.Xalmuxamedov, V.N.Shin, F.K.Turdiev, S.S.Tajibaev – Boks nazariyasi va uslubiyati (darslik) – Toshkent 2016. 272-273, 294-302 b.

S.S.Tajibaev, R.N.Abduhamidov, F.F.Nadjimov - Boks bo‘yicha ta’lim muassasalarida sport to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv dasturi va metodik tavsiyalar. Toshkent 2017. 168-195 b.

M.M.Ibragimov - Bokschilarni bo‘lajak musobaqalarga umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlar. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar (2023 yil № 11) 132-134 b.

R.Majidov – Bokschining irodaviy sifatlarini rivojlanganlik darajasini aniqlash (Ijodkor o‘qituvchi jurnali. 5 may / 2024 yil / 39 –son) 103-105 b.

Хожиев, Ш. . (2023). СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И СРЕДСТВА ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ХОККЕИСТОВ. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5 Part 2), 70–72. извлечено от https://inacademy.uz/index.php/ejti/article/view/15259

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). XOKKEYCHINING ASOSIY TURISH HOLATI TEXNIK HARAKATLARI BIOMEXANIK TAHLILI KO‘RSATKICHLARI. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.