ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
133
TALABALARDA KREATIVLIKNING NAMOYON BO’LISHI, MAZMUN VA
MOHIYATI
Abduraimova Sohiba Karimkul qizi
Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti
ORCID: https://orcid.org/0009-0000-4695-764X
e-mail: abduraimova.sohiba1@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14699815
Annotatsiya:
Ushbu maqolada hozirgi zamon pedagogikasining talabalar va
pedagoglarga qo’yayayotgan talablari, pedagog va talabalar kreativligining mazmun va
mohiyati, kreativlikning namoyon bo’lish shakllari, kreativlikning kasbiy rivojlanishdagi
ahamiyati borasida atroflicha fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif tomonidan kreativlikning
muhim elementlari, tarkibiy komponentlari haqida to’xtalib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Kreativlik konsepsiyasi, talaba, pedagog, malaka, kasbiy rivojlanish.
Hozirgi zamon pedagogikasi yuqori malakali pedagogik kadrlarga talabni oshirganligi
sababli, o’qituvchilardan nafaqat yuqori malaka, balki kasbiy rivojlanishda kreativ yondashuv
ham kutilmoqda. Pedagogning kreativligi o’z ishiga ijodiy yondashish, yangi g’oyalar yaratish
va mavjud tizimni takomillashtirish orqali rivojlanadi.
Kreativlik tushunchasi (ing. “create”-yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) ingliz
tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o’ziga xos)
yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog’liqliklarni yaratishdir.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar
solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga
asoslanib bo’lajak o’qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi,
alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin.
O’qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan
sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish layoqatidir
1
.
Kreativlikning muhim elementlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik masalalarning ko’p xilligini tushunish va ularni hal etishning turli usullarini
topish.
O’z mahorati darajasini aniqlay olish va uni rivojlantirish imkoniyatlarini tushunish.
Yangi yechimlarning zarurligini anglash va bu yechimlarni amaliyotga tatbiq etishga
psixik tayyorgarlik.
Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish asosida kreativlikning quyidagi asosiy tarkibiy
komponentlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Intellektual (aqliy) – ijodiy fikrlash va yangi g’oyalarni shakllantirish qobiliyati.
Axloqiy (o’z-o’zini boshqarish) – o’zini intizomli boshqarish va ijodiy maqsadlarga
sodiqlik.
Motivatsion (maqsadli) – ijodiy faoliyatga undovchi va yo’naltiruvchi ichki motivlar.
1
Oliy o’quv yurti talabalarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi.O’rinova N.M.,
Yo’ldosheva D.A./ Monografiya / “Classic” nashriyoti-2021. 96 b.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
134
Emotsional (his-tuyg’ular) – ijodiy faoliyatda emotsional hayajonni boshqarish va uni
samarali yo’naltirish qobiliyati.
Talabalarning kreativ layoqati quyidagi bir-biriga bog’liq tarkibiy qismlardan tashkil
topadi:
a)
Kreativ maqsad – ijodiy faoliyatga yo’naltirilgan aniq maqsadlarni belgilash.
b)
Ijodiy intilish – yangi g’oyalar va usullarni yaratishga doimiy qiziqish va tayyorlik.
c)
Kreativ (ustanovka) qurish – ijodiy jarayonni boshlash va davom ettirish uchun ichki
psixologik holatni shakllantirish.
d)
Kreativ yo’nalish – ijodiy faoliyatda maqsadli yo’naltirilganlik.
e)
Kreativ ifodali akt – ijodiy fikrlarni amaliyotga tatbiq etish qobiliyati.
f)
Kreativ o’z-o’zini boshqarish – ijodiy jarayonni mustaqil ravishda boshqarish.
g)
Kreativ faollik – ijodiy faoliyatda faol qatnashish.
h)
Kreativ intilishlar darajasi– ijodiy faoliyatga bo’lgan intilish va motivlarning kuchi.
Talabaning kreativligi uning ijodiy faoliyati davomida shakllanadi va rivojlanadi. Bu
jarayonda ijodiy intilishlar, qobiliyatlar, maqsadlar va yo’nalishlar muhim rol o’ynaydi. Shu
bilan birga, kreativlik talabaning o’zini boshqara olish qobiliyati va shaxsiy faolligi bilan ham
chambarchas bog’liq.
Kreativ talaba — bu ijodiy yondashuv va o’ziga xoslikni amaliyotda qo’llay oluvchi, o’z
faoliyatini ijodiy boshqarishga va yangi usullar yaratishga qodir bo’lgan shaxsdir. U nafaqat
bilim va tajribalarga tayansa, balki ulardan samarali foydalanib, o’sayotgan va rivojlanayotgan
shaxs sifatida namoyon bo’ladi.
Kreativ kompetentlik pedagogning umumiy kasbiy sifatlaridan biri bo’lib, bu sifat uning
ijodiy faoliyatga tayyorligini va o’zini o’zi namoyon qilish layoqatini aks ettiradi. Ushbu sifat
shaxsning tabiiy va ijtimoiy qobiliyatlarining bir butun holda namoyon bo’lishi bilan uzviy
bog’liqdir.
Kreativlik bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog’liq bo’lib,
an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi:
Tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi – turli vaziyatlarga moslashish va tezkor fikr
yuritish.
Yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati – muammolarni yangicha yondashuv bilan hal qilish.
Bir qolipda fikrlamaslik– an’anaviy stereotiplardan chiqib ketish.
O’ziga xoslik– o’z fikr va qarashlarining original va noyobligi.
Tashabbuskorlik – faol g’oya va yechimlarni taklif qilish.
Noaniqlikka toqat qilish – noaniq vaziyatlarda ham konstruktiv yechimlarni izlash
qobiliyati.
Pedagogning kasbiy faoliyatida kreativ kompetentlikni rivojlantirish uchun quyidagi
jihatlara e’tibor qaratish zarur:
o
Ijodiy yondashuvni shakllantirish – kasbiy masalalarni kreativlik bilan hal qilishga
o’rganish.
o
Yangi g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish – o’qitish jarayonida yangi va samarali
usullarni qo’llash.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
135
o
Ilg’or pedagogik yutuqlarni o’rganish – zamonaviy ta’lim yondashuvlari va
texnologiyalarini mustaqil tahlil qilish.
o
Hamkasblar bilan fikr almashish – o’zaro tajriba almashish orqali bilim va qobiliyatlarni
boyitish.
Demak, talaba va pedagogning o’zini o’zi rivojlantirishi va namoyon eta olishi ularning
kreativlik darajasi bilan uzviy bog’liq. Kreativlikni rivojlantirish esa ta’lim jarayonining
ajralmas qismi hisoblanadi.
References:
1.
Abduraimova, S. (2024). THE ROLE AND IMPORTANCE OF MATHEMATICAL
CREATIVITY IN EDUCATION. Modern Science and Research, 3(11), 575-579.
2.
Abduraimova, S. K. (2024). BOSHLANG’ICH TA’LIMDA KREATIVLIK TUSHUNCHASINING
TERMINOLOGIK TAHLILI. Inter education & global study, (10), 65-75.
3.
Abduraimova, S. (2024). THE ESSENCE OF DEVELOPING CREATIVITY SKILLS IN
FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS: A PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL
ANALYSIS. Science and innovation, 3(B5), 298-301.
4.
Maxsudova, S. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ILG’OR XORIJIY
TAJRIBALARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. Models and methods in modern
science, 2(5), 50-53.
5.
Maxsudova, S., & Omonqulova, F. (2023). BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA
DARSLARIDA O’QUVCHILARNING IQTIDORINI OSHIRISH UCHUN HARAKATLI O’YINLARDAN
FOYDALANISH. Академические исследования в современной науке, 2(12), 69-73.
6.
Maxsudova, S. (2023). THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF DEVELOPING
THE CREATIVITY OF FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS. Science and innovation, 2(B11),
540-543.
7.
Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf darslarida xorijiy tajribalardan foydalanishning
ahamiyati va samaradorligi (Darsliklar misolida). In INTERNATIONAL SCIENTIFIC FORUM.
Scienceweb-National database of scientific research of Uzbekistan.
8.
Maxsudova, S. (2023). Priority directions for the formation of the effectiveness of the use
of foreign experience in primary grades. BioGecko" A Journal for New Zealand Herpetology.
9.
Maxsudova, S. (2023). Boshlang’ich sinf o’quvchilarining iqtidorini erta aniqlash va
rivojlantirish uchun" Zukko bolajon" kurslari. SIFATLI TA’LIM VA INTERDISSIPLINAR
YONDASHUV: MUAMMOLAR, YECHIMLAR VA HAMKORLIK” xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari.
10.
Oliy o’quv yurti talabalarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning pedagogik
mexanizmi.O’rinova N.M., Yo’ldosheva D.A./ Monografiya / “Classic” nashriyoti-2021. 96 b.
11.
Qizi, A. S. K. (2024). TA’LIM TIZIMIDA KREATIVLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHGA
OID YONDOSHUVLAR. Science and innovation, 3(Special Issue 16), 370-372.
12.
Taniberdiyev, A., & Abduraimova, S. (2024). DEVELOPING CREATIVITY IN THE
MATHEMATICS TEACHING PROCESS: CONTENT AND ESSENCE. Modern Science and
Research, 3(11), 278-281.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
136
13.
Taniberdiyev, A., & Maxsudova, S. (2023). CONCEPTUAL FOUNDATIONS OF THE
FORMATION OF CREATIVITY IN FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS. Modern Science and
Research, 2(12), 466-472.