Авторы

  • Sunnatullo Otamurotov
    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65715

Ключевые слова:

Maxsus jismoniy tayyorgarlik umumiy jismoniy tayyorgarlik harakatlar kordinatsiyasi integral tayyorgarlik.

Аннотация

Ushbu tezisda yosh bokschilarning mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan turli kattalikdagi yuklamalalar tasirida tezlik-kuch sifatini rivojlantirish jarayonlari aks ettirilgan va qiyosiy tahlil olib borilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

YOSH BOKSCHILARNING TEZLIK-KUCHLILIK MASHG'ULOT YUKLAMALARNI

RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Otamurotov Sunnatullo Sho‘xratovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori.

Email: sunnatullootamurotov@gmail.com

Tel:+998881150097

https://doi.org/10.5281/zenodo.14836521

Аnnоtаtsiyа

: Ushbu tezisda yosh bokschilarning mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan

turli kattalikdagi yuklamalalar tasirida tezlik-kuch sifatini rivojlantirish jarayonlari aks
ettirilgan va qiyosiy tahlil olib borilgan.

Kalit so’zlar:

Maxsus jismoniy tayyorgarlik, umumiy jismoniy tayyorgarlik, harakatlar

kordinatsiyasi, integral tayyorgarlik.

Kirish.

Yosh bokschilarda mashg'ulot yuklamalarini tuzilishi nazariyasi yetarlicha ishlab

chiqilmagan. Bunday ortda qolishning sabablari bir nechta omillarni qayd etish mumkin.

Birinchidan, yakkakurashlarda mashg'ulot jarayonini tuzishning nazariy asoslarini ishlab

chiqish obyektiv jihatdan qiyin, chunki sportning ushbu turlaridagi sport natijalari, misol uchun
sportning siklik turlaridagiga nisbatan turli omillarga bog'liq.

Ikkinchidan, O'zbekistonlik yosh bokschilar xalqaro arenalarga chiqishi oldidan ularni

jahonning yetakchi bokschilaridan texnik-taktik jihatdan ancha darajada ortda qolganliklari
kuzatildi. Mutaxassislar uzoq muddat asosiy e'tiborini tayyorgarlikning ushbu bo'limiga
qaratishgan.

Uchinchidan, boksda an'analar kuchli va malakali sportchilarni tayyorlash masalalarida

ma'lum bir konservatizm kuzatiladi.

Tadqiqot natijalari va tahlili.

Sportning har xil turlarida musobaqa oldi tayyorgarlikni

tuzishga qo'yiladigan talablar konkret ixtisoslashuvning spetsifik xususiyatlari bilan bog'liq
holda o'zgarib turadi. Ushbu bosqichni ancha optimal tashkil qilish uchun tayyorgarlikni
musobaqa faoliyatini spetsifikasini hisobga olgan holda tuzish zarur va bunda musobaqa
faoliyatini tahlil qilishga asoslanish kerak.

M.A.Karimov, R.D.Xalmuxamedov, I.YU.Shamsematov, S.S.Tajibaev quyidagi ta'rifni

berishgan: “Boks – atsiklik tezkor-kuch xarakteridagi faoliyatning murakkab
koordinatsiyalangan turi bo'lib, unda raqiblarning harakatlari qattiq chegaralangan vaqt
davomida, variativ-konfliktli holatlarda o'tadi va sportchilardan bellashuvning bir lahzada
o'zgaradigan sharoitlariga katta darajada moslashuvini talab qiladi”. Mazkur ta'riflashdan kelib
chiqqan holda, boksdagi musobaqa faoliyati sportchilarning jismoniy sifatlariga, funktsional
imkoniyatlariga, koordinatsion qobiliyatlariga va irodaviy sifatlariga katta talablarni qo'yadi,
degan xulosa chiqarish mumkin. Shuning uchun, musobaqaoldi bosqichida bokschilarning
trenirovka qilishini boshqarish jarayoni eng murakkab va nafis bo'lib qolmoqda, chunki aynan
shu yerda, sportchilar o'z sport formasining cho'qqisiga erishishlari zarur. Trenirovkaning har
xil vositalari va usullarini uyg'unlashtirgan holda, uning ko'pchilik vazifalarini xal qilishni
ta'minlash zarur. Ushbu bosqichning vazifalari – musobaqalarga tayyorgarlikni ta'minlash,
texnik-taktik harakat amallarini takomillashtirish va yakuniy maromiga yetkazish, umumiy va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

46

maxsus jismoniy sifatlarni optimal rivojlanishi darajasiga erishish, sportchilarni psixologik
jihatdan ta'minlash hisoblanadi.

Boksning spetsifik xususiyati – sportchi har bir musobaqaga juda puxta tayyorgarlik

ko'rishi hisoblanadi, chunki bellashuv vaqtida kuchli zarbani o'tkazib yuborish, boksda
“o'tuvchi” musobaqalarni amalda yo'qqa chiqaradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, malakali bokschilarning grafigidagi musobaqalar sonining

ko'pligi tufayli, tayyorgarlik bosqichi qisqarishi alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Shundan kelib
chiqadigan musobaqaoldi bosqichini o'rtacha 3-4 hafta davom etishi, bokschilarning trenirovka
qilishini boshqarishga o'zining murakkabliklarini kiritadi. Maxsus tayyorgarlik bosqichining
umumiy sharti – maxsus yo'nalgan vositalarni (maxsus jismoniy tayyorgarlikni) umumiy
jismoniy tayyorgarlik vositalari ustidan ancha darajada ustunligi hisoblanadi va bu ushbu
bosqichning nomini belgilaydi

Boksda musobaqaoldi tayyorgarligini, ushbu jihatdan kelib chiqqan holda tuzish,

bokschilarning integral tayyorgarligiga ko'maklashuvchi eng ixtisoslashtirilgan mashqlari
(erkin janglar, sparringlar), o'zining katta psixik kuchlanganligi tufayli katta hajmlarda
qo'llanilishi mumkin bo'lmasligi bilan murakkablashadi

A.V.Rodionov o'z ishida, “Boks – sportning murakkab turi bo'lib, harakatlar

koordinatsiyasiga, maxsus va umumiy jismoniy tayyorgarlikka, ishchanlik qobiliyatiga, oddiy
va murakkab reaktsiyaga yuqori talablarni qo'yadi.

Xulosa

Adabiyotlarni tahlil qilish ushbu mavzuning dolzarbligini tasdiqlovchi ba'zi xulosalar

chiqarishga imkon beradi. Xususan, yosh bokschilar tezlik-kuch qobiliyatlari o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. Yosh bokschilar tezlik-kuch tayyorgarligini rivojlantirish sportchining
tayyorgarligining turli jihatlariga, yoshiga, tayyorgarlik bosqichiga, jismoniy tayyorgarlik
darajasiga, mashg'ulot jarayonining tuzilishi va mazmuniga, bokschi mahoratining o'sish
qonuniyatlariga, tayyorlashni individuallashtirish, mashg'ulotlarning noan'anaviy usullarining
mavjudligi va boshqalarga ham bog'liq.

Bokschilar tayyorlash bosqichini takomillashtirish va tezlik-kuch sifat darajalarini

oshirish uchun quyidagi muammolarni o'rganish kerak.
1.

yosh bokschilarda tezlik-kuch sifatlari darajasini o'rganish;

2.

yosh bokschilarning tezlik-kuch sifatlarini takomillashtirishda mashqlar to'plamidan

foydalanish variantlarini asoslash;
3.

tezlik-kuch ko'rsatkichlarini statistik siljishlarni aniqlash-davomida yuqori malakali

bokschilarning jismoniy sifatlari rivojlantirishga tayyorlash kabi masalalar bugungi kunda
dolzarb hisoblanadi.

References:

1.

Халмухамедов Р.Д. Технология подготовки единобортсев на этапах годичного

сикла.
2.

Шин В.Н. Технология планирования подготовки боксеров. Учебное пособие.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

47

3.

Погадаев М. А. Построение предсоревнователного этапа подготовки боксеров-

юниоров косновним соревнованиям Й. Галимов, В. А. Вестник Бурятского
государственного университета.
4.

Ахматгатин А.А. Оптимизатсия тренировочного протсесса боксеров високой

квалификатсии на этапе непосредственной подготовки соревнованиям Современние
наукоемкие технологии.
5.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). Xokkeychining asosiy turish holati texnik harakatlari

biomexanik tahlili ko‘rsatkichlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.
6.

Khojiev Shokhrukh. (2023). BIOMECHANICAL CHARACTERISTICS OF HOCKEY PLAYERS.

ACADEMIC

RESEARCH

IN

MODERN

SCIENCE,

2(10),

67–71.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7793923
7.

Soyibjon Tajibaev, Khojiev Shokhrukh. (2023). DEVELOPMENT OF A TECHNOLOGY FOR

DETECTING AND ELIMINATING BIOKINEMATIC AND BIODYNAMIC ERRORS IN ATHLETES
INVOLVED IN ICE HOCKEY. SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND
ECONOMY, 2(4), 119–123. https://doi.org/10.5281/zenodo.7793919

Библиографические ссылки

Халмухамедов Р.Д. Технология подготовки единобортсев на этапах годичного сикла.

Шин В.Н. Технология планирования подготовки боксеров. Учебное пособие.

Погадаев М. А. Построение предсоревнователного этапа подготовки боксеров-юниоров косновним соревнованиям Й. Галимов, В. А. Вестник Бурятского государственного университета.

Ахматгатин А.А. Оптимизатсия тренировочного протсесса боксеров високой квалификатсии на этапе непосредственной подготовки соревнованиям Современние наукоемкие технологии.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). Xokkeychining asosiy turish holati texnik harakatlari biomexanik tahlili ko‘rsatkichlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.

Khojiev Shokhrukh. (2023). BIOMECHANICAL CHARACTERISTICS OF HOCKEY PLAYERS. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, 2(10), 67–71. https://doi.org/10.5281/zenodo.7793923

Soyibjon Tajibaev, Khojiev Shokhrukh. (2023). DEVELOPMENT OF A TECHNOLOGY FOR DETECTING AND ELIMINATING BIOKINEMATIC AND BIODYNAMIC ERRORS IN ATHLETES INVOLVED IN ICE HOCKEY. SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY, 2(4), 119–123. https://doi.org/10.5281/zenodo.7793919

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)