Авторы

  • Sunnatullo Otamurotov
    O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.65716

Ключевые слова:

Jismoniy tayyorgarlik texnik tayyorgarlik taktik tayyorgarlik metodika mashg'ulot jarayoni.

Аннотация

Mazkur tezisda yosh bokschilarning tezlik-kuch sifatini takomillashtirish bo‘yicha tashkil etilgan tadqiqot ma’lumotlari doirasida ilmiy faolilat natijalari tahlil qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

YOSH BOKSCHILARNING TEZLIK-KUCH TAYYORGARLIKNI RIVOJLANTIRISH

SAMARASI

Otamurotov Sunnatullo Sho‘xratovich

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Boks nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tyutori.

Email: sunnatullootamurotov@gmail.com

Tel:+998881150097

https://doi.org/10.5281/zenodo.14836502

Аnnоtаtsiyа

: Mazkur tezisda yosh bokschilarning tezlik-kuch sifatini takomillashtirish

bo‘yicha tashkil etilgan tadqiqot ma’lumotlari doirasida ilmiy faolilat natijalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar:

Jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorgarlik, metodika,

mashg'ulot jarayoni.

Kirish.

Bokschi jismoniy sifatini shakllanishining ilk bosqichidagi umumiy jismoniy

tayyorgarlik shunday poydevor hisoblanadiki, u bokschiga o'z mahoratini takomillashtirishda
zarur bo'lgan harakat malakalari va jismoniy sifalarning har xil turlarini hosil qilishga imkon
yaratadi. Harakat faoliyatining yosh sportchilar usish jarayonlariga ta'sirini urganish shuni
ko'rsatdiki, u jadal biologik rivojlanishi, moslashishda jismoniy rivojlanish mexanizmlarini
takomillashtirish omili hisoblanadi. Mashg'ulotlar jaryonida turli xil mashqlarni muntazam
ravishda ko'p marta bajarish muskullar, suyak tuqimalari, ichki organlarni morfofunktsional
o'zgarishlarga, xarakat, vegetativ va energiya bilan ta'milovchi funktsiyalar orasidagi o'zaro
aloqalarning optimallashuviga olib keladi.

Tadqiqot natijalari taxlili.

Yosh bokschilar yuqori darajadagi tayyorgarlikka erishish

maqsadida mashqlanganlikning rivojlanishini boshqarish jarayoni mashg'ulotning
tayyorgarlik davridan boshlanadi. Yuqori malakali bokschi lar uchun tayyorgarlik davrining
davomiyligi va mazmuni hozirgi paytda yil davomida musobaqa-larning ko'pligi sababli ancha
o'zgargan. Tayyorgarlik davri, avvalgiga qaraganda ancha qisqa va ixtisoslashtirilgan bo'ldi:
yuqori malakali bokschi birinchi janglarini mashg'ulotning o'tish davri tugagandan so'ng 1,5-2
oydan keyin o'tkazadi. Shuning uchun xususan tayyorgarlik davri 2 oy atrofida davom etadi.
Uning birinchi yarmini umumiy tayyorgarlik bosqichi (uning davomida bokschi ko'proq
jismoniy tayyorgarlik bilan shug'ullanadi), shuningdek, maxsus tayyorgarlik (tezkor-kuch va
tezkorlik) mashqlaridan foydalanadi; ikkinchi yarmini maxsus tayyorgarlik bosqichi tashkil
etadi, uning davomida asosan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik sherik bilan
bajariladigan maxsus mashqlarda texnik-taktik jihatdan takomillashuv bilan birga o'tkaziladi.
Aytib o'tilgan vositalardan foydalanish umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining
oshishiga olib keladi hamda asosiy (musobaqa) davrida maxsus mashqlangan-likning yuqori
darajasiga erishish uchun asos yaratadi.Shunday qilib, sportchi asosiy davrda oraliq musoba-
qalar seriyalari va ularga tayyorgarlik mikrobosqichlari: o'tish, umumiy tayyorgarlik va
maxsus tayyorgarlik bosqichlari orqali asosiy musobaqalarga yetkazib kelinadi. Asosiy
musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish davrida mazkur musobaqa paytiga va oraliq
musobaqalarda qatnashish vazifalariga qarab mashqlanganlik darajasining qonuniy tebranishi
sodir bo'ladi. Asosiy davrdagi o'tish mikro bosqichlarining (faol dam olishning) mazmuni
mashg'ulotning o'tish davri mazmuniga mos keladi. Asosiy davrdagi umumiy tayyorgarlik


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

mikrobosqichining mazmuni tayyorgarlik davrining maxsus tayyorgarlik bosqichiga mos
keladi (farqlanish faqat yuklamalar va dam olishni me'yorlashda, mashqlar ketma-ketligi,
sonida bo'lishi mumkin). Xotin-qizlar boksining rivojlanishining hozirgi bosqichida
bokschilarni tayyorlash jarayonining xususiyatlari va asosiy parametrlarini aniqlash, ularning
sportdagi musobaqa faoliyati samaradorligiga ta'sirini aniqlash zarur. Malakali bokschilarni
sportga tayyorlashning ma'lumotlariga asoslangan individual rejalarini takomillashtirishni
hisobga olish zarur. Zamonaviy lar boksida yuqori malakali sportchilarni jismoniy, texnik,
taktik, psixologik sifatlarni doimiy ravishda takomillashtirishga asoslangan maqsadli uzoq
muddatli tayyorgarlikni talab qiladi. Sportchilarning mashg'ulot jarayonini rejalashtirish
ko'plab tarkibiy qismlarni ularning asosiy mashg'ulotning mazmuni va tuzilishidir o'z ichiga
oladi. Yuqori malakali bokschilarni tayyorlash jarayonini optimallashtirish uchun boksining
rivojlanishining ushbu bosqichida tayyorgarlik jarayonining yuklamalarning miqdoriy
ko'rsatkichlarini aniqlash kerak. Tayyorgarlikni rejalashtirish, yuklamalarni tanlash va
taqsimlash musobaqa rejasi va tayyorgarlik bosqichlariga bog'liq. bokschilar yiliga 5–7 ta
musobaqada qatnashadilar, bu ko'rsatkichlar bo'yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarda tavsiya
etilgan tayyorlash davrlari va bosqichlaridan foydalanish imkoniyatini istisno qiladi.Bu holatda
umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) va maxsus jismoniy tayyorgarliklar (MJT) tarkibini
rejalashtirish va amalga oshirish mashg'ulotlar (MJT) va qisqa vaqt ichida texnik va taktik
ko'nikmalarni oshirish vositalari tayyorgarlikning vaqt bosqichlarida takomillashadi.
bokschilarni tayyorlashda UJT va MJT hajmlari nisbatini to'g'ri rejalashtirish juda muhim. V.V
Lisitsin tadqiqotlarida UJT nisbati MJT sport mashg'ulotlarining asosiy mezotsiklida mos
ravishda 45,8 va 54,2 % ni tashkil qiladi. Ko'pgina murabbiylar bokschilarning mashg'ulot
jarayonini natijalarga tezda erishish va shu bilan birga sport mashg'ulotlarini samaradorligini
oshirishga e'tibor qaratishadi.Bu sportchilarning "zahirasini" tezda tugatib, intensivlik
pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bokschilarning mashg'ulotlar boks bo'yicha respublika
lar terma jamoasining xalqaro musobaqadagi chiqishlari arenalar jarayonini o'rganish o'quv
jarayonini takomillashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.Ko'pgina
murabbiylar bokschilarning mashg'ulot jarayoniga e'tibor qaratishadi. Sport natijalarga tezda
erishish va shu bilan sport mashg'ulotlarini rivojlantirish ham ahamiyatga ega. Bu
sportchilarning "zahirasini" tezda tugatishi va rivojlanishni sekinlashtiradi. Shuning uchun
bokschilarning mashg'ulotlar jarayonini o'rganish muhim bo'lib,mashg'ulot jarayonini
takomillashtirish va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Tadqiqotda 16-20 yoshdagi
22 nafar yuqori malakali bokschi qizlar ishtirok etdi, ulardan 8 nafari xalqaro toifadagi sport
ustasi (XTSU), 14 nafari sport ustasi (SU) so'rovnoma usulidan foydalanildi.Ishlab chiqilgan
so‘rovnoma savollarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning javoblarida mashg‘ulot jarayonining
miqdoriy tavsifini olish, aniqlash imkonini beradi.UJT, MJT hajmlari, shuningdek, musoboqa
faoliyat samaradorligiga ta'sir qiluvchi boshqa omillarning ahamiyatini aniqlanadi.

Xulosa

Yosh bokschilarning yillik mikrosikl va musobaqaoldi mashg'ulot yuklamalarida tezlik-

kuch tayyorgarligini o‘rganish va tezlik-kuch sifatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlash
uchun ushbu ilmiy tadqiqot ishida quyidagi testlardan foydalanish rejalashtirildi:
1)

qo'l silkitib, bir joydan yuqoriga sakrash;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

2)

turgan holda uzunlikka sakrash;

3)

kichkina to'pni ung qo'l bilan bir joydan uzoqqa uloqtirish;

4)

to'ldirilgan to'pni (1 kg) bosh orqasidan oldinga tashlash:

5)

kuchga chidamlilikni aniqlashda. Yotgan xolatda qo'llarning bukish va kengaytirish

mashqlari;
6)

9 soniya ichida to'g'ridan-to'g'ri qo'lning zarbalar soni;

7)

og‘irlik kutarish bilan bajariladigan mashqlar to'plami.

References:

1.

Boks nazariyasi va uslubiyati.R.D.Xalmuhammedov ,V.N.Shin, F.K.Turdiyev, S.S.Tajibayev.

2.

Karimov M.A, Xalmuxamedov R.D., Shamsematov I.Yu., Tajibaev S.S. Bokschilarning sport-

pedagogik mahoratini oshirish.
3.

Погадаев М. А. Построение предсоревнователного этапа подготовки боксеров-

юниоров косновним соревнованиям Й. Галимов, В. А. Вестник Бурятского
государственного университета.
4.

Ахматгатин А.А. Оптимизатсия тренировочного протсесса боксеров високой

квалификатсии на этапе непосредственной подготовки соревнованиям Современние
наукоемкие технологии.
5.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). Xokkeychining asosiy turish holati texnik harakatlari

biomexanik tahlili ko‘rsatkichlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.
6.

Khojiev Shokhrukh. (2023). BIOMECHANICAL CHARACTERISTICS OF HOCKEY PLAYERS.

ACADEMIC

RESEARCH

IN

MODERN

SCIENCE,

2(10),

67–71.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7793923

7.

Soyibjon Tajibaev, Khojiev Shokhrukh. (2023). DEVELOPMENT OF A TECHNOLOGY FOR

DETECTING AND ELIMINATING BIOKINEMATIC AND BIODYNAMIC ERRORS IN ATHLETES
INVOLVED IN ICE HOCKEY. SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND
ECONOMY, 2(4), 119–123.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7793919

Библиографические ссылки

Boks nazariyasi va uslubiyati.R.D.Xalmuhammedov ,V.N.Shin, F.K.Turdiyev, S.S.Tajibayev.

Karimov M.A, Xalmuxamedov R.D., Shamsematov I.Yu., Tajibaev S.S. Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish.

Погадаев М. А. Построение предсоревнователного этапа подготовки боксеров-юниоров косновним соревнованиям Й. Галимов, В. А. Вестник Бурятского государственного университета.

Ахматгатин А.А. Оптимизатсия тренировочного протсесса боксеров високой квалификатсии на этапе непосредственной подготовки соревнованиям Современние наукоемкие технологии.

Tajibaev, S., Xojiyev S. (2023). Xokkeychining asosiy turish holati texnik harakatlari biomexanik tahlili ko‘rsatkichlari. Scientific Bulletin of Namangan State University, 819-827.

Khojiev Shokhrukh. (2023). BIOMECHANICAL CHARACTERISTICS OF HOCKEY PLAYERS. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE, 2(10), 67–71. https://doi.org/10.5281/zenodo.7793923

Soyibjon Tajibaev, Khojiev Shokhrukh. (2023). DEVELOPMENT OF A TECHNOLOGY FOR DETECTING AND ELIMINATING BIOKINEMATIC AND BIODYNAMIC ERRORS IN ATHLETES INVOLVED IN ICE HOCKEY. SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY, 2(4), 119–123. https://doi.org/10.5281/zenodo.7793919

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)