ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
19
INFOGRAFIKA YARATISH DASTURLARI VA ONLAYN SERVERLAR BILAN
ISHLASH
Yormatova Farangiz Abdumalik qizi
Shahrisabz Davlat pedagogika instituti matematika
va informatika yoʻnalishi 2- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15075663
Annotatsiya:
Ushbu maqolada infografika yaratish dasturlari va onlayn serverlar bilan
ishlashning asosiy va bir qancha masalalari ko‘rib chiqiladi. Infografika vizual ma’lumot
yetkazish vositasi hisoblanadi u ma’lumotlarni grafik shaklda ifodalash orqali oson
tushunilishini ta’minlaydi. Hozirgi kunda Visme, Canva,Piktochart, Infogram dasturlar
infografika yaratishda keng qo‘llaniladi.Onlayn serverlar bilan ishlash mavzusi ham muhim
ahamiyatga egaligini bilamiz. Bulutli texnologiyalar asosida Google Drive, Dropbox, OneDrive,
AWS, Google Cloud kabi xizmatlar ma’lumotlarni saqlash va ulashish imkonini beradi. Ushbu
texnologiyalar axborotni xavfsiz saqlash va jamoaviy ishlash samaradorligini oshirishga
yordam beradi.Ushbu ishda infografika yaratish va onlayn serverlardan foydalanish
imkoniyatlari, ularning afzalliklari va asosiy funksiyalarini yoritib beramiz.
Kalit soʻzlar.
Canva, Visme, Piktochart, infografika, bulutli texnologiyalar, onlayn
serverlar, Google Drive, Google Cloud.
Аннотация:
В данной работе рассматриваются вопросы создания инфографики и
работы с онлайн-серверами. Инфографика является средством визуальной передачи
информации, обеспечивающим её лёгкое восприятие за счёт графического
представления данных. В настоящее время для создания инфографики широко
используются такие программы, как Canva, Piktochart, Visme, Infogram.Кроме того,
важное значение имеет работа с онлайн-серверами. Облачные технологии,
представленные сервисами GoogleDrive, Dropbox, OneDrive, AWS, GoogleCloud,
позволяют хранить и обмениваться данными. Эти технологии способствуют
безопасному хранению информации и повышению эффективности коллективной
работы. В данной работе рассматриваются возможности использования инфографики
и онлайн-серверов, их преимущества и основные функции.
Ключевые слова:
Инфографика, Дизайнерские программы, Canva, Piktochart,
Visme, Infogram, Графическая визуализация, Онлайн-серверы, Облачные технологии,
GoogleDrive, Dropbox, OneDrive, AWS, GoogleCloud
Annotation:
This article examines the main aspects and several issues related to
infographic creation software and working with online servers. Infographics serve as a means
of visual information delivery, ensuring easy comprehension by representing data in a
graphical format. Today, Visme, Canva, Piktochart, and Infogram are widely used for creating
infographics.We also recognize the significance of working with online servers. Cloud-based
technologies such as Google Drive, Dropbox, OneDrive, AWS, and Google Cloud provide
opportunities for data storage and sharing. These technologies help ensure data security and
enhance the efficiency of collaborative work.In this study, we explore the possibilities of
infographic creation and theuse of online servers, highlighting their advantages and key
functionalities.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
20
Keywords:
Canva, Visme, Piktochart, infographic, cloud technologies, online servers,
Google Drive, Google Cloud.
Infografika yaratish dasturlari – bu ma’lumot va statistikalarni vizual shaklda taqdim
etish uchun mo‘ljallangan grafik dizayn vositalari hisoblanadi. Ushbu dasturlar yordamida
grafiklar, diagrammalar, piktogrammalar va boshqa vizual elementlar bilan ma’lumotlarni
oson
tushunarli
ko‘rinishda
ifodalash
mumkin.Mashhur
infografika
yaratish
dasturlari:Canvada – sodda va intuitiv interfeysga ega, tayyor shablonlar mavjud.Vismeda –
interaktiv infografikalar va taqdimotlar yaratish uchun qulay hisoblanadi.Piktochartda –
ma’lumotlar asosida grafik dizayn yaratishda foydali deb topilgan.Infogramda – avtomatik
grafik va diagrammalar tayyorlashga moslashgan deb hisoblaymiz.Bu dasturlar ko‘pincha
biznes, ta’lim va boshqa koʻpgina marketing sohalarida ishlatiladi.
Infografika – bu ma’lumotlarni grafik shaklda ifodalash orqali ularni tushunishni
osonlashtiradigan vizual vosita boʻladi. Infografikalar jadvallar, diagrammalar, rasmlar,
grafiklar va matnlarni uyg‘unlashtirib, murakkab ma’lumotlarni sodda va jozibali tarzda
yetkazib beradi.
Infografika yaratish dasturlarining afzalliklari shundan iboratki ular quyidagilardan
iborat: Vizual ta’sirchanlik bu – auditoriya e’tiborini jalb qilish va ma’lumotni tezroq
tushunishga yordam beradi.Soddalik va tezlik bu – tayyor shablonlar orqali tez va oson
infografika yaratish imkonini beradi.Jamoaviy ishlash bu – ba’zi dasturlar jamoaviy tahrirlash
imkoniyatini taqdim etadi.Ko‘p formatda yuklab olish bu – PNG, PDF, SVG yoki PPT
formatlarida eksport qilish mumkin.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili
:Infografika yaratish dasturlari va onlayn serverlar
bilan ishlash mavzusi bo‘yicha turli ilmiy adabiyotlar, maqolalar va internet manbalari
mavjudligini bilamiz. Quyida ushbu mavzuni chuqurroq o‘rganishimiz uchun asosiy
adabiyotlarning tahlili keltirilgan.
Tufte, E. (2001). The Visual Display of Quantitative Information – Ushbu kitob
infografika, grafik dizayn va vizual kommunikatsiyaning ilmiy asoslarini tahlil
qiladi.Smiciklas, M. (2012). The Power of Infographics: Using Pictures to Communicate and
Connect with Your Audiences – Infografikalar orqali auditoriya bilan samarali muloqot qilish
usullari haqida tushuncha beradi.McCandless, D. (2010). The Visual Miscellaneum –
Infografika yordamida murakkab ma’lumotlarni qanday vizualizatsiya qilish mumkinligini
ko‘rsatadi.Ammo hozirgi kunda ham infografika yaratishning boshqa bir dasturlari ham
mavjud. Ular uzing dizayni bilan farqlanib turadi.Lupton, E. (2014). Thinking with Type –
Infografikada tipografiyaning o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi.Jones, R. (2015). Infographic
Design: Visual Storytelling for Content Marketing – Marketing va biznesda infografikadan
foydalanish bo‘yicha qo‘llanma.Canva, Visme, Piktochart va Infogram bloglari – infografika
yaratish bo‘yicha amaliy maslahatlar va dolzarb tendensiyalarni taqdim etadi.
Onlayn serverlar va bulutli texnologiyalar ma’lumotlarni saqlash, uzatish va
himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi
.
Miller, M. (2013). Cloud Computing: Web-Based Applications That Change the Way You
Work and Collaborate Online – Bulutli texnologiyalarning biznes va ta’limda qo‘llanilishi
haqida batafsil ma’lumot beradi.Velte, A., Velte, T., & Elsenpeter, R. (2009). Cloud Computing:
A Practical Approach – Bulutli texnologiyalar arxitekturasi va amaliy qo‘llanilishi haqida.Erl,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
21
T. (2013). Cloud Computing: Concepts, Technology & Architecture – Onlayn serverlarning
ishlash tamoyillari va ularning dasturiy ta’minot bilan integratsiyasini tahlil qiladi.Google
Scholar, ResearchGate, IEEE Xplore – Infografika va bulutli texnologiyalar bo‘yicha ilmiy
maqolalarni topish mumkin.TechCrunch, Wired, Forbes maqolalari – Bulutli texnologiyalar va
grafik dizaynning so‘nggi tendensiyalari haqida ma’lumot beradi.Canva, Visme, Piktochart
bloglari – Infografika yaratish bo‘yicha amaliy maslahatlar va yangiliklar taqdim etadi.
Natijalar va muhokamalar:
Ushbu tadqiqot natijalari infografika yaratish dasturlari va
onlayn serverlardan foydalanish samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan. Quyida olingan
natijalar va ularning muhokamasi keltirilgan.
1. Infografika yaratish dasturlarining samaradorligi haqida:
Canva, Visme,
Piktochart va Infogram kabi dasturlar infografika yaratish jarayonini soddalashtiradi va uni
har qanday foydalanuvchi uchun qulay qiladi. Ularning afzalliklari quyidagicha:Oson interfeys
– Dizayn bilimiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar ham bemalol foydalanishlari
mumkin.Shablonlarning ko‘pligi – Tayyor dizaynlarni ishlatish orqali vaqt tejash
mumkin.Hamda chiroyli shablonlar hosil qilish mumkun.Jamoaviy ishlash imkoniyati – Bir
nechta foydalanuvchi birgalikda ishlashi mumkin. Nafaqat bir nechta koʻplab foydalanuvchi
birgalikda ishlashi mumkin.Ko‘p formatli eksport – JPG, PNG, PDF yoki veb-sayt formatida
yuklab olish mumkin.
Muhokama:
Infografika yaratish dasturlari asosan ta’lim, marketing ,biznes va boshqa
sohalarida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, vizual ma’lumotlarni tez va tushunarli yetkazish kerak
bo‘lgan holatlarda ushbu dasturlar samarali vosita hisoblanadi.
2. Onlayn serverlarning afzalliklari va kamchiliklar.
Google Drive, OneDrive, Google
Cloud kabi xizmatlar tahlil qilinadi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, bulutli texnologiyalar
quyidagi afzalliklarga ega:Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash – Fayllar yo‘qolish xavfidan
himoyalangan. Masofadan ishlash imkoniyati – Har qanday joydan hujjatlarga kirish
mumkin.Jamoaviy ishlash – Bir fayl ustida bir nechta foydalanuvchi bir vaqtning o‘zida ishlay
oladi.Avtomatik zaxiralash – Ma’lumotlar o‘zgarishlar kiritilganda avtomatik ravishda
saqlanadi.
Muhokama:
Onlayn serverlardan foydalanish ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va jamoaviy
ishlash samaradorligini oshiradi. Ayniqsa, masofaviy ish va ta’lim jarayonlarida bu xizmatlar
juda foydali. Biroq, internetga bog‘liqlik va ba’zi xizmatlarning pulli bo‘lishi muammolarni
yuzaga keltirishi mumkin.
3. Infografika va onlayn serverlardan foydalanish samaradorligi haqida gap
yuritish.
Ushbu tadqiqot natijalariga ko‘ra, infografika yaratish dasturlari va onlayn
serverlardan foydalanish samaradorligi quyidagi jihatlar bo‘yicha baholandi:Ma’lumotlarni
taqdim etish sifati – Infografika yordamida taqdim etilgan ma’lumotlar aniq va tushunarli
bo‘ldi. Ishlash tezligi – Bulutli texnologiyalar jamoaviy ishlash jarayonini tezlashtirdi.
Foydalanuvchilarning qoniqish darajasi – Ko‘pchilik foydalanuvchilar infografika yaratish va
onlayn serverlardan foydalanishni qulay deb baholadilar.
Muhokama shundan iborat:
Infografika va onlayn serverlar bugungi kunda biznes,
ta’lim va marketing sohalarida samarali qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanilishi ma’lumotlarni
tushunarli yetkazish va samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
22
Xulosa va takliflar:
Xulosa: Infografika yaratish dasturlari va onlayn serverlardan
foydalanish bo‘yicha yozilgan maqolalar va tahlillar quyidagi xulosalarga olib keldi:
Infografika samarali vizual vosita hisoblanadi – Ma’lumotlarni grafik shaklda ifodalash
ularning tez va oson tushunilishini ta’minlaydi. Canva, Visme, Piktochart va Infogram kabi
dasturlar infografika yaratishda eng qulay vositalardan hisoblanadi. Biz buni maqolamizda
bayon etdik.Onlayn serverlar ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va ulashish imkonini beradi –
Google Drive, Dropbox, OneDrive, AWS, Google Cloud kabi xizmatlar foydalanuvchilarga
masofaviy hamkorlik va avtomatik zaxiralash imkoniyatini taqdim etadi.Texnologiyalarni
to‘g‘ri qo‘llash samaradorlikni oshiradi – Infografika va bulutli texnologiyalarni birgalikda
ishlatish biznes, ta’lim va marketing sohalarida axborotni samarali yetkazish va boshqarishga
yordam beradi.Biroq, internetga bog‘liqlik, ba’zi xizmatlarning pulli bo‘lishi va
texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo‘lmaslik ayrim
foydalanuvchilar uchun muammolar tug‘dirishi mumkin. Bu muammolar nafaqat enternet
balkim boshqa narsalar buyicha ham boʻladi.
Takliflar shundan iboratki: Mavzuni chuqur o‘rganish kerak va infografika hamda onlayn
serverlardan samarali foydalanish uchun quyidagicha takliflarni beramz:
Dasturiy ta’minotdan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish –
Infografika yaratish va bulutli texnologiyalar bo‘yicha maxsus kurslar orqali
foydalanuvchilarni o‘qitish kerak.Mahalliy tadbirkorlar va ta’lim muassasalari uchun bulutli
texnologiyalarni joriy etish zarurligi deganda shuni tushunamizki– Ma’lumotlarni saqlash va
ulashish uchun xavfsiz tizimlar ishlab chiqish muhim.Ochiq manbali alternativalarni kengroq
targ‘ib qilish deganda shuni tushunamizki– Foydalanuvchilar uchun bepul va qulay
xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish lozim.Internet infratuzilmasini rivojlantirish
deganda shuni tushunamizki – Onlayn serverlar va bulutli texnologiyalardan keng foydalanish
uchun internet tezligini oshirish va xizmatlarni arzonlashtirish muhim.Ushbu takliflarni
amalga oshirish infografika va bulutli texnologiyalarni yanada ommalashtirishga hamda
ularning samaradorligini oshirishga yordam beradi deb oʻylaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Esanovna, D. B. "ELECTRONIC TEXTBOOK AS A BASIS FOR INNOVATIVE TEACHING."
MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN: 660.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
4.
Bozorova, I. J., et al. "COMPUTER VISION AND PATTERN RECOGNITION."
СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ (2020): 23.
5.
Bozorova, I. J. "Methods of processing and analysis of bio signals in
electrocardiography." проблемы современных интеграционных процессов и поиск
инновационных решений (2020): 97-99.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
23
6.
Бозорова, Ирина. "Сущность, содержание и значение категории “цифровая
экономика”." YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT 2.9 (2024).
7.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
8.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫЕ
ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ЭКОНОМИКИ В УСЛОВИЯХ
ИНФОРМАЦИОННОГО ОБЩЕСТВА." Indexing 1.1 (2024).
9.
Daminova, B. E., et al. "METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE USE OF INTERACTIVE
DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE." Экономика и социум 5-1
(120) (2024): 237-240.
10.
Irina Bozorova. "ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCE AS A MODERN DIDACTIC
LEARNING TOOL". Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук.
2022/4/5. ст 26-30
11.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux, and Bozorova Irina Jumanazarovna. "METHODS OF
DISPLAYING MAIN MEMORY ON CACHE." Ответственный редактор (2020): 6.
12.
Bozorova, I. J., Mirzayeva F. Sh, and M. A. Rustamov. "NEURAL NETWORKS. NEURAL
NETWORKS: TYPES, PRINCIPLE OF OPERATION AND FIELDS OF APPLICATION." РОЛЬ
ИННОВАЦИЙ В ТРАНСФОРМАЦИИ И УСТОЙЧИВОМ РАЗВИТИИ СОВРЕМЕННОЙ (2020):
130.
13.
Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "СОЗДАНИЕ И
ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И РЕСУРСОВ
ЭЛЕКТРОННОГО ОБУЧЕНИЯ В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ." Инновации в
технологиях и образовании. 2019.
14.
Маматмурадова, М. У., И. Ж. Бозорова, and Ф. Э. Кодиров. "Проблемы современных
программных и компьютерно-инженерных технологий и современные технологии
создания программного обеспечения." Инновации в технологиях и образовании. 2019.
15.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Создание программного обеспечения
электронной библиотечной системы на основе QR-кодовой технологии." Теория и
практика современной науки. 2020.
16.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна. "Принцип работы электрокардиографа и его
роль в современной медицине." научные достижения студентов и учащихся. 2020.
17.
Бозорова, Ирина Жуманазаровна, УМОТ ЗАПАСОВ, and INNOVATSION
IQTISODIYOTNI
SHAKLLANTIRISHDA
AXBOROT
KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINING. "TUTGAN O'RNI.-2023."14. Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova
Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR (FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING
RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
3.11 (2024): 33-37
18.
18. Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O‘ZBEKISTONDA AXBOROT
HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 45-57.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
24
19.
Shamsiddinov Gʼiyosjon and Raxmatova Gulandom " MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
(FINTECH) VA BANK XIZMATLARINING RAQAMLASHTIRILISHI " Прикладные науки в
современном мире: проблемы и решения 3.11 (2024): 33-37