ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
EIHLARDAGI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING SAMARALI FAOLIYATIGA
TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Nazarov N.
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar
instituti doktoranti, PhD.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15222338
Annotatsiya.
Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan erkin
iqtisodiy hududlar (EIH) doirasidagi tadbirkorlik subyektlarining samarali ishlashiga ta’sir
qiluvchi asosiy ichki va tashqi omillar chuqur tahlil qilinadi. Davlat tomonidan yaratilgan qulay
huquqiy va institutsional muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, zamonaviy infratuzilmaga ega
bo‘lgan maxsus zonalarning tashkil etilishi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir choralar,
shuningdek, kadrlar salohiyati va marketing strategiyalari – bularning barchasi ushbu
subyektlarning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlillar asosida EIHlarda
tadbirkorlikni rivojlantirishda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar
ham beriladi.
Kalit so‘zlar:
erkin iqtisodiy hudud, tadbirkorlik subyekti, iqtisodiy samaradorlik,
rag‘batlantirish, infratuzilma.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va uning
raqobatbardoshligini oshirishda erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) o‘rni beqiyosdir. Bu
boradagi islohotlar 2017-yil 26-oktabrda qabul qilingan PF-5281-sonli O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida yangi bosqichga
ko‘tarildi
[1]
. Mazkur farmon bilan EIHlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga
qator soliq, bojxona va moliyaviy imtiyozlar berilib, ularning investitsion muhitini yaxshilashga
alohida e’tibor qaratildi.
Farmon asosida Navoiy, Jizzax, Angren kabi yirik EIHlar faoliyati kengaytirildi, u yerda
zamonaviy infratuzilma ob’ektlari qurildi, xorijiy va mahalliy investorlar uchun “yashil yo‘lak”
tizimi joriy etildi. Shu bilan birga, EIHlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining
samarali ishlashi faqatgina davlat qo‘llab-quvvatloviga emas, balki qator boshqa omillarga ham
bog‘liqdir. Ushbu omillarni chuqur tahlil qilish, kelgusida EIHlar samaradorligini yanada
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida EIHlardagi tadbirkorlik subyektlari
samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan:
1. Huquqiy va institutsional omillar
Tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy aniqlik, huquqiy
kafolatlar va adolatli tartibotlar muhim hisoblanadi. EIHlarda tadbirkorlik qilishga oid tartib va
me’yorlar aniq belgilangan bo‘lib, ularning asosiy manbai bo‘lib PF-5281-sonli Farmon, “Erkin
iqtisodiy hududlar to‘g‘risida”gi Qonun, Soliq va Bojxona kodekslari xizmat qiladi. Davlat
tomonidan yaratilgan “yagona darcha” tizimi orqali EIHlarda ro‘yxatdan o‘tish, litsenziya olish
va soliq hisobotlarini topshirish soddalashtirilgan. Bundan tashqari, EIHlarda faoliyat
yurituvchi korxonalar mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bevosita
manfaatdor subyektlaridan biri hisoblanadi
[2]
.
2. Soliq va bojxona imtiyozlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
EIH rezidentlariga 3 yildan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarda quyidagi imtiyozlar taqdim
etiladi
[3]
:
Yagona soliq to‘lovi yoki soliqdan ozod qilish (korxona foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk
solig‘i);
Import bojxona to‘lovlaridan ozod etish;
Asosiy vositalarni olib kirishda QQSdan ozod etish;
Foyda solig‘i bo‘yicha pasaytirilgan stavkalar joriy qilinishi.
Bu imtiyozlar korxonalarga dastlabki yillarda xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish
liniyalarini tezda ishga tushirish va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.
3. Infratuzilmaning rivojlanganligi
EIHlar tashkil etilayotgan hududlarda zamonaviy infratuzilmaning mavjudligi yoki uni
jadal rivojlantirish davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport-logistika infratuzilmasi va tayyor ishlab
chiqarish binolari mavjudligi korxonalar faoliyati uchun muhim resursdir. Masalan, Angren
EIHda temiryo‘l terminallari, xalqaro avtomobil yo‘llari va bojxona terminallari mavjudligi
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tezkor eksport qilish imkonini bermoqda.
4. Investitsion muhit va innovatsiyalar
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda EIHlarning roli beqiyosdir. Chet el investorlari uchun
moliyaviy xavflarni kamaytirish, mulk huquqining kafolatlanishi, erkin valyuta ayirboshlash va
dividendlarni chet elga olib chiqish imkoniyatlari EIHlarning jozibadorligini oshirmoqda. Shu
bilan birga, ko‘plab xorijiy investorlar o‘zlarining ilg‘or texnologiyalari va boshqaruv tajribasini
olib kelmoqda. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun ham innovatsion o‘zgarishlarga
turtki bo‘lib xizmat qiladi
[4]
.
5. Mehnat resurslari va kadrlar salohiyati
Samarali faoliyat yurituvchi korxonalar uchun malakali mehnat resurslari muhim
ahamiyatga ega. EIHlarga yaqin joylarda joylashgan kasb-hunar maktablari, texnikum va
universitetlar orqali zarur kadrlar tayyorlanmoqda. Lekin ba’zi hollarda yuqori malakali
muhandislar va texnologlar yetishmasligi sababli xorijdan mutaxassislar jalb qilinmoqda. Bu
borada mahalliy kadrlar tayyorlash tizimini EIH ehtiyojlariga moslashtirish zarur
[5]
.
6. Marketing strategiyalari va tashqi bozorlar bilan aloqalar
Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligi ularning ishlab chiqarayotgan
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish qobiliyatiga ham bog‘liq. EIHlarda eksportbop
mahsulot ishlab chiqarish va uni xorijiy bozorga olib chiqish bo‘yicha marketing strategiyalari
muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro
ko‘rgazmalarda ishtirok etish, brendlashtirish, logistika zanjirlarini optimallashtirish kabi
yo‘nalishlarda davlat yordamining ahamiyati katta.
Xulosa qilib aytganda, erkin iqtisodiy hududlardagi tadbirkorlik subyektlarining samarali
faoliyati ko‘plab kompleks omillar bilan belgilanadi. Jumladan, davlat tomonidan yaratilgan
huquqiy va institutsional muhit, soliq va bojxona imtiyozlari, rivojlangan infratuzilma, xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va malakali kadrlar
tayyorlash tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, EIHlar faoliyatini yanada samarali
tashkil etish uchun quyidagi tavsiyalarni ilgari surish mumkin:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
18
EIHlar faoliyatini monitoring qilish va baholash mexanizmlarini takomillashtirish;
Innovatsion klasterlar tashkil etish orqali korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani
kuchaytirish;
Tadbirkorlar uchun eksport bozorlariga chiqishda marketing va maslahat xizmatlarini
kengaytirish;
Mahalliy xom-ashyoga asoslangan yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish.
Shu tarzda, EIHlar nafaqat ichki, balki tashqi bozorlarda ham raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqaradigan markazlarga aylanishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Mirziyoyev Sh. M. “O‘zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5281-sonli , 2017-yil 26-oktabr.
2.
NAZAROV, NAZAR. "Analysis of business entities with the development of innovative and
investment activities of entrepreneurship in free economic zones."
THEORETICAL & APPLIED
SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука
10 (2021): 719-727.
3.
Shomurodova S. G., Nazarov N. G. NATURAL GEOGRAPHICAL LOCATION AND TOURISTIC
POTENTIAL OF PISKENT DISTRICT //Journal of Geography and Natural Resources. – 2024. – Т.
4. – №. 01. – С. 17-22
4.
Nazar, Nazarov. "Increasing Export Potential with Special Economic Zones in Uzbekistan."
5.
Nazarov, N. G. (2024). STATE SUPPORT MEASURES FOR SMALL BUSINESS IN
UZBEKISTAN.
The American Journal of Management and Economics Innovations
,
6
(06), 30-36.