ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
O’ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIGA OID DAVLAT
SIYOSATINING YO‘NALISHLARI (Jizzax viloyati misolida)
Jurayev A.
Qarshi Davlat Universiteti Mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15281894
Annotatsiya:
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar
salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo
mintaqasida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sarasiga kirib, aholining katta
qismini bolalar tashkil etdi. Bu esa ayollar salomatligini saqlash orqali sog’lom avlod tug’ilishini
muhofaza qilish ishiga alohida e’tibor talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bu sohadagi moddiy-
texnik bazani mustahkamlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston, Jizzax viloyati, Reproduktiv salomatlik, Xotin-qizlar, Sog‘lom
avlod, onalik va bolalik, Xalqaro xayriya jamg‘armasi, Perinatal Markaz, «Sog‘lom ayol»,
rekonstruksiya.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimi uchun
zarur bo‘lgan huquqiy asoslar va uni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Mazkur sohada
bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlarning xuquqiy asoslari shakllantirildi va yaxlit
tizimga ega bo‘lgan huquqiy maydonda olib borildi. Bunda birinchi navbatda tizim uchun zarur
bo‘lgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” va shu asosda “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh
qilish davlat dasturi to‘g‘risida” va shunga o‘xshash qonun va farmonlarda sohani rivojlantirish
strategiyasi va yo‘nalishlari o‘z aksini topdi.
Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar tibbiyotning
amaliyot bilan birligiga, sog‘liqni saqlash tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtirishga,
fuqarolarning sohaga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlashga
xizmat qilmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Barcha uchun sifatli va malakali tibbiyot tizimini yaratish – Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishi”dir.
2003 yil 26 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini
yanada isloh qilish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini ta’minlash davrini
islohotlarning uchinchi bosqichi ya’ni, «Tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichi» (2003-
2007 yillar) deb atash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida
xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, unda belgilab
berilgan vazifalar ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida aholiga tibbiy
xizmat ko‘rsatishda xususiy sektor ulushi oshdi.
Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan qator imtiyozlar xususiy tibbiyot muassasalari
sonining ortishiga, jadal rivojlanishiga imkon beribgina qolmay, davlat va nodavlat tibbiyot
muassasalari o‘rtasida raqobat muhiti vujudga kelishiga, tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lamining
ortishiga olib keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi "O‘zbekiston
Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-sonli Farmonida sohada amalga oshirilayotgan islohot va uning
ijobiy natijalari bo‘yicha fikrlar bildiriladi. Xususan, 2019–2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-
tadbirlari dasturini tasdiqlashga doir qimmatli mulohazalar bayon etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2019 y. 838-sonli "Jizzax
viloyatining G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi. Bu kabi qarorlar ham O‘zbekiston qishloqlari tibbiy xizmat
sifatining yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 18-oktabrda
sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini
oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi
islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha,
O‘zbekistonning turli viloyatlarida 793 qishloq vrachlik punkti asosida qishloq oilaviy
poliklinikalari, 441 tez tibbiy yordam shoxobchalari tuzildi. Tugatilgan 658 Qishloq Vrachlik
Punkti binolari xizmat uyi sifatida shifokorlarga berildi. Qishloq oilaviy poliklinikalarida 5
turdagi tor soha mutaxassislari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv
yurtlarining bakalavr bosqichini bitirgan 3 ming 197 nafar yosh mutaxassisning 79 foizi
birlamchi tizimda ishga qo‘yildi.
Respublika bo‘yicha 2013-yilda 2012-yilga nisbatan yuqumli kasalliklar bilan kasallanish
ko‘rsatkichining (o‘tkir ichak infeksiyasi va virusli gepatitdan tashqari) kamayishi kuzatildi.
Masalan, dizenteriya (ichburug‘) -0,4 ga, gepatit “V” - 0,3 ga, koklyush (ko‘k yo‘tal) -0,1 ga va
skarlatina-0,3 ga kamaygan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, A, V, S paratifi, difteriya (bo‘g‘ma),
qizamiq, meningitov infeksiyasi va o‘tkir poliomiyelit kasalliklari umuman qayd etilmadi.
Qiyosiy tahlillarga ko‘ra, yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichining
Respublika bo‘yicha pasayishiga qaramay, qorin tifining Navoiy viloyatida 0 dan 0,2 ga,
Samarqand viloyatida 0,1 dan 1,6 ga; dizenteriyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida 17,4
dan 19,6 ga, Navoiy viloyatida 16,9 dan 17,7 ga; gepatit “V” bilan kasallanish Jizzax viloyatida
0,7 dan 2,4 ga, Navoiy viloyatida 2,5 dan 2,7 ga, Sirdaryo viloyatida 1.5 dan 22 ga, virusli
gepatitlar bilan kasallanish Navoiy viloyatida 126,0 dan 235,6 ga Sirdaryo viloyati 107.7 dan
233,4 ga, Toshkent shahrida 84,4 dan 157,6 ga. Jizzax viloyatida 81,5 dan 155,4 ga ortganligi
qayd etiladi. Raqamlardan ko‘rinib turibdiki, yuqorida qayd etilgan hududlarda epidemiologik
barqarorlikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi talab etildi.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda ham sil
kasalligi jahon miqyosida muammo bo‘lib qoldi, shuningdek, bu kasallik nogironlik va o‘lim
bo‘yicha ham yetakchi o‘rinda turdi. Keyingi yillarda bu kasallikni kamaytirish va uni oldini
olish uchun O‘zbekistonda bir necha qaror va dasturlar ishlab chiqildi.
Tibbiyotda olib borilayotgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kasalliklarni davolashdan
ko‘ra, oldini olish davlat uchun ham, oila uchun ham samaralidir. Shu jihatlar e’tiborga olinib,
keyingi yillarda O‘zbekistonda profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga e’tibor tobora
kuchaytirildi. Bu yo‘nalishda 2020 yili 1793 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalari,
jumladan, 817 ta qishloq vrachlik punktlari, 798 ta qishloq oilaviy poliklinikalar xizmat
ko‘rsatdi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
2020 yil 12 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiy profilaktika ishlari
samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlashga oid qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4891-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror ijrosi sog’liqni
saqlash borasidagi muhim islohotlarning asosi bo’lib xizmat qildi.
Qishloq joylaridagi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish xizmatini yanada yaxshilash, birinchi
tibbiy yordam ko‘rsatish uchastkalari, feldsherlik-akusherlik punktlari ish faoliyatlarini
takomillashtirish, ularni zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan qayta jihozlash masalasiga
jiddiy e’tibor qaratilgan bir sharoitda davolash muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash
masalasi kun tartibidagi dolzarb muammo sifatida saqlanib qoldi.
Jizzax viloyati hududlarida oliy ma’lumotli vrachlar soni yildan-yilga ma’lum darajada
o‘sib borgan bo‘lsa-da, mutaxassislarning ishlashi va yashashi uchun yetarli darajada
imkoniyatlar kamligi, moddiy manfaatdorlikning yo‘qligi bu sohada jiddiy izlanishlar qilishni
talab etdi. Ayniqsa, yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash ishlarining o‘z
holiga tashlab qo‘yilishi natijasida ularning ishga bo‘lgan qiziqishi susayib qoldi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mirziyoyev Sh. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To‘ldirilgan ikkinchi nashri. –
Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti, 2022. – B. 211.
2.
Allamurodov A, Har bir inson e’tiborda // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, 2018 yil 30
noyabr
3.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat Arxivi, 37-fond, 1-ro‘yxat (davomi), 5374-ish,
51-varaq.
4.
Tolipov N, Tibbiyot islohotlaridan odamlar rozimi? // O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash,
2018 yil 13 iyun
5.
Nafaqat shifokor, har bir fuqaro oldidagi doimiy mas’uliyat // O‘zbekistonda sog‘liqni
saqlash, 2018 yil 21 sentabr
6.
Asilbek, Khojayorov. "History of Sufism in Nasaf Oasis." Intersections of Faith and Culture:
American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599) 1.6 (2023): 15-19.
7.
Ходжаёров, Асилбек Отабек угли. "СОМОНИЙЛАР ДАВРИДА НАСАФ ШАҲРИНИНГ
ИЖТИМОИЙ, ИҚТИСОДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТИ." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 6.1 (2023).
8.
Хўжаёров, Асилбек Отабек ўғли. "ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ АЛЛОМАЛАРИ ИЛМИЙ
МЕРОСИНИНГ АҲАМИЯТИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 21. 2022.
9.
Хўжаёров, Асилбек. "ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ."
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
2.7 (2023): 41-43.
10.
Бўриев, Очил, Шерзод Искандаров, and Асилбек Хўжаёров. "Абу Райҳон
Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида." Academic research in
educational sciences 3 (2022): 399-411.
11.
Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the
middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
12.
Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX–XII CENTURIES).
Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-
191.
13.
Хўжаёров, А. О. (2024). МИРЗО УЛУҒБЕКНИНГ АСТРОНОМИЯ ИЛМИ РИВОЖИГА
ҚЎШГАН ҲИССАСИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 332-336.
14.
Бўриев, О., & Хўжаёров, А. О. (2024). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ РЕНЕССАНСИ–УЙҒОНИШ
ДАВРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 115-123.