Том 3 № 12 (2025)

Том 3 № 12 (2025)
Опубликован: 25-04-2025

Статьи

4-7 44 21

TIBBIYOT TEXNIKUMLARIDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNNG O‘RNI

Anvar Jamolov

Maqolada O‘zbekiston tibbiyot texnikumlarida innovatsion yondashuvlar va kompetensiyalarni shakllantirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, simulyatorlar, ishlab chiqarish amaliyoti va zamonaviy baholash tizimlari orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligi va innovatsion fikrlashi rivojlantirilayotgani yoritiladi.

8-11 42 20

СУРХОНДАРЁ ВИЛОЯТИ ДАЛАЧОЙНИНГ ЗАРАРКУНАНДАЛАРИ ВА УЛАРГА ҚАРШИ КУРАШ ЧОРАЛАРИ

А.Н. Акбўтаев , Ashurboy Otayev

Maqolada O‘zbekistonning janubiy mintaqasida (Surxondaryo viloyati Uzun tumani, Qiziriq viloyati Boysun tumanidagi Bobotog‘ o‘rmon xo‘jaligi) dalachoy o‘simligining shifobaxsh xususiyatlari va ularga qarshi kurashish chora-tadbirlari bayon etilgan.

12-14 61 27

SAIDBEK HASANOVNING MATNSHUNOSLIK YONDASHUVI: TIL, USLUB VA JANR XUSUSIYATLARI TAHLILI

Islomxon Musayev

Ushbu tezisda matnga yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri — matnshunoslik yondashuvi asosida badiiy asarlarning til, uslub va janr xususiyatlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida tarixiy-badiiy asarlarning matnshunoslik jihatdan o‘rganilishi, matnni nafaqat mazmun, balki strukturaviy va estetik birlik sifatida ko‘rish tamoyillari ochib berilgan. Shuningdek, bu yondashuvning amaliy misollari, xususan “Boburnoma” asari misolida tahlil qilinadi.

15-17 58 65

OQSAROY MAJMUASI: AMIR TEMUR DAVRINING ARXITEKTURA INSHOOTI

Gavhar Fayziyeva

Oqsaroy majmuasi Amir Temur tomonidan 14-asrda Shahrisabzda qurilgan muhim arxitektura ob'ektidir. Ushbu maqolada Oqsaroyning tarixiy ahamiyati, me'moriy xususiyatlari, san'at va madaniyatga ta'siri, zamonaviy ahamiyati, shuningdek, arxitektura uslublarining rivojlanishi tahlil qilinadi. Oqsaroy, Amir Temur davrining qudratini va madaniyatini ifodalovchi ramz sifatida, bugungi kunda ham sayyohlar va tadqiqotchilar uchun qiziqarli manzil bo'lib qolmoqda.

18-23 56 31

ВЫЯВЛЕНИЕ СЛУЧАЕВ НЕЗАКОННОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ СЕТЕЙ ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЙ

Жасурбек Матмуратова

Данная статья исследует актуальные темы и вызовы в области кибербезопасности. В ней рассматриваются проблемы незаконного использования телекоммуникационных сетей, что представляет собой серьезную угрозу для информационной безопасности. Особое внимание уделяется методам выявления таких случаев, включая анализ сетевого трафика, использование систем обнаружения вторжений и машинного обучения. Также обсуждаются профилактические меры и роль законодательства в предотвращении подобных нарушений.

24-26 48 25

TABIATNING OʻZINI TIKLASH QOBILIYATIGA INSON ARALASHUVINI O‘RNI

Indiraxon Ayubova, Gulchiroy Mamarasulova

Bu maqolada tabiiy tiklanish jarayonlari, inson aralashuvining foydalari va salbiy oqibatlari, shuningdek, qachon va qanday sharoitlarda inson yordamiga murojaat qilish lozimligi muhokama qilinadi.

27-29 49 38

MILLIY KURASHNING O’ZBEKISTONDAGI O’RNI VA YOSHLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Hasanboy Yunusaliyev

Qadimiy qadriyatlarimiz xususan, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan - kurashni ommalashtirish rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda  kurash sportining boy an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuzuldi.

30-33 168 268

OMONIM VA POLISEMANTIK SO‘ZLAR

Zubayda Nurmatova

Polisemantik so'zlar va omonimlar o'zbek tilida ham muhim leksik hodisalar hisoblanadi. Polisemantik so'zlar bir so'zning turli, ammo o'zaro bog'liq ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, "bosh" so'zi insonning bosh qismini, shuningdek rahbar yoki yetakchi ma'nolarini anglatishi mumkin. Bu ma'nolar o'rtasida mantiqiy bog'liqlik mavjud. Omonimlar esa bir xil talaffuz va yozilishga ega bo'lgan, ammo ma'nolari o'rtasida bog'liqlik bo'lmagan so'zlardir. Misol uchun, "ot" so'zi hayvonni ham, fe'l turkumidagi so'zni ham anglatishi mumkin. O'zbek tilshunosligida bu ikki hodisa o'rtasidagi farqlarni aniqlash va ularning til tizimidagi o'rnini belgilash muhim tadqiqot yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu hodisalar tilning lug'at boyligini oshirish va ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi.

34-36 58 97

SELIAKIYA KASALLIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA SUYAK TO‘QIMASI MINERAL ZICHLIGI VA UNING BUZILISHLARINI O‘RGANISH

Pokiza Ubaydullayeva

Ushbu maqolada seliakiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda suyak to‘qimasi mineral zichligining o‘zgarishi, buzilish darajasi va ularning asosiy sabablarini tahlil qilishga qaratilgan ilmiy ma’lumotlar bayon etiladi. Kasallik natijasida yuzaga keladigan ozuqa moddalarining so‘rilishidagi buzilishlar suyaklarning zaiflashuvi va osteoporoz xavfini oshiradi. Tadqiqot natijalari seliakiya bilan kasallangan bemorlarning suyak salomatligini kuzatish va samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

37-40 64 22

O’ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIGA OID DAVLAT SIYOSATINING YO‘NALISHLARI (Jizzax viloyati misolida)

A. Jurayev

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sarasiga kirib, aholining  katta  qismini bolalar tashkil etdi. Bu esa ayollar salomatligini saqlash orqali sog’lom avlod tug’ilishini muhofaza qilish ishiga alohida e’tibor talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bu sohadagi moddiy-texnik bazani mustahkamlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

41-45 60 26

QASHQADARYO VILOYATIDA MADANIY-MA’RIFIY SOHADAGI YANGILANISHLAR

Sohibjon Nomozov

O’zbеkiston Rеspublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma'naviy mеrosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yеtkazish borasida kеng ko’lamda faoliyat olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov “Xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olayotgani-bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik bеrganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz” deya ta’kidlagan edi. 


 

46-48 69 20

MADANIYATLARARO NIZOLAR VA ULARNING SIYOSIY OQIBATLARI

Nozima Yaxshiboyeva

Ushbu maqolada madaniyatlararo nizolar va ularning siyosiy oqibatlari tahlil qilinadi. Globalizatsiya jarayonida madaniyatlararo ziddiyatlar tobora jiddiy muammo sifatida paydo bo'lib, ijtimoiy va siyosiy tizimlarga ta'sir qiladi. Madaniyatlararo nizolarning sabablari etnik, diniy, ijtimoiy va iqtisodiy farqlarga asoslanadi va bu nizolar ko'pincha davlatlar o'rtasidagi diplomatik munosabatlarga, ichki siyosatga va global xavfsizlikka jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Maqolada madaniyatlararo ziddiyatlarning siyosiy oqibatlari, shu jumladan ekstremizm, terrorizm va xalqaro xavfsizlikka tahdidlar haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, madaniyatlararo nizolarni bartaraf etish uchun xalqaro hamkorlik va muloqotga asoslangan siyosatning zarurligi ta'kidlanadi.

49-50 56 26

“POKLIK” LEKSEMASINING SINONIMLIK QATORI

Maftuna Djo‘raqulova

Ushbu maqolada “poklik” leksemasining sinonimik munosabati haqida fikrlar bildirilgan va bugungi kunda mazkur leksema “ma’naviyat” maydoniga oid ekanligi, uning semantik strukturasi, sinonimlar orasidagi uslubiy farqlar kuzatilishi misollar va jadvallar bilan dalillangan.

51-53 44 21

“NAFS”UMUMIY MA’NOLI ATOV BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Mohinur Vafoyeva , F.H. Yuldoshev

Ushbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan.

54-56 44 15

IMZONI TANIB OLISHDA QO‘LLANILADIGAN ASOSIY ALGORITMLAR: KLASSIK VA ZAMONAVIY METODLARNING SOLISHTIRILGAN TAHLILI

Umrbek Otanazarov

Tadqiqotda imzoni avtomatik tanib olish jarayonida qo‘llaniladigan algoritmlarning turlari va ularning samaradorlik darajasi tahlil qilinadi. Klassik yondashuvlar — Template Matching, Euclidean Distance, Dynamic Time Warping (DTW) — va zamonaviy metodlar — Support Vector Machine (SVM), Convolutional Neural Networks (CNN), Long Short-Term Memory (LSTM) — funksional va texnologik mezonlar asosida solishtirildi. Tadqiqot natijalari klassik metodlar oddiy strukturali tizimlarda samarali bo‘lsa-da, zamonaviy chuqur o‘rganish modellarining aniqlik darajasi, barqarorlik va moslashuvchanlikda ustunligini ko‘rsatdi.

57-59 41 103

XALQARO MOLIYAVIY INSTITUTLARNING GLOBAL IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI

Shahbozbek Odilbekov, Biloliddin Nurzodbekov

Moliyaviy institutlar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim vositachilar sifatida xizmat qiladi. Ular kredit va kapitalni taqsimlash, risklarni boshqarish, shuningdek, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish orqali iqtisodiy tizimning barqarorligini ta’minlaydilar. Ushbu maqolada moliyaviy institutlarning iqtisodiy o‘sishga qo‘shgan hissasi, risklarni kamaytirish va kapitalni samarali taqsimlashdagi roli tahlil etiladi.

60-66 44 44

ZAMONAVIY TURIZMNING VUJUDGA KELISHI JARAYONLARI VA BOSQICHLARI

Mizrob Tashov

Turizmni, ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyasini ro‘yobga chiqarish XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu jarayon sanoatning rivojlanishi va ishlab chiqarishning takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Muallif maqolada  zamonaviy turizmning vujudga kelishi  jarayonlari va bosqichlarini  ilmiy isbotlab bergan.

67-71 101 70

TURIZMNING O`ZBEKISTON IQTISODIYOTIDAGI O`RNI

Ilyos Aspandiyorov, Abdumalik Yo`ldoshev

Ushbu maqolada turizmning O‘zbekiston iqtisodiyotidagi o‘rni va uning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilingan. Turizm sohasining xizmatlar sektoridagi o‘sishi, bandlikni oshirishdagi roli, hududiy infratuzilmani rivojlantirishdagi hissasi batafsil ko‘rib chiqildi. Maqolada mavjud adabiyotlar va statistik ma’lumotlar asosida turizmning milliy iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissasi yoritildi. Natijalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, turizm O‘zbekiston uchun barqaror iqtisodiy o‘sish va xalqaro imijni mustahkamlashning muhim omillaridan biri sifatida shakllanmoqda.

72-74 116 35

PROBIOTIKLAR VA ULARNING ORGANIZMDAGI BIOLOGIK FAOLLIGI

Zulayho Doniyorova

Probiotiklar – inson organizmida yashovchi, sog’lom kibrobiotning muvozanatini saqlash va rag’batlantirish orqali turli fiziologik jarayonlarni qo’llab – quvvatlaydigan jonli mikroorganizmlardir. Ularning biologik faolligi bir qancha mexanizmlar orqali namoyon bo’ladi: Ichak epitelining himoya to’sig’ini mustahkamlash, bakteriosin va organik kislotalar sintezi orqali patogen mikrofloraning o’sishini bostirish, immun tizimini modulyatsiya qilish va psixobiotik effektlar    orqali markaziy asab tizimiga ta’sir ko’rsatadi. Asosiy probiotik mikroorganizmlarga laktobakteriyalar (Lactobavillus), bifidobakteriyalar (Bifidobakteriyalar), propion kislotasi bakteriyalar (Propionibacterium) Streptococcus thermophilus bakteriyasi kiradi. Ko’p probiotiklar (lekin hammasi emas) sut kislotasi bakteriyalari guruhiga kiradi .  Probiotiklar sifatida ko’pincha Lactobacillus va Bifidobacterium avlodining turlari qo’llaniladi, lekin ba’zi spora hosil qiluvchi bakteriyalar, xususan, Bacillus turi, E.coli va xamirturush Clostridum butyricum (Yevropa Ittifoqida oziq – ovqat mahsuloti sifatida ro’yxatga olingan. 2011 -yil holatiga ko’ra, probiotiklarni qabul qilishda kasallikning oldini olish yoki sog’lig’ini yaxshilash uchun hech qanday ilmiy dallil mavjud emas .Bakteriyalarni o’z ichiga olgan og’iz orqali yuboriladigan preparatlar so’lak, me’da xlorid kislotasi, safro , oshqozon osti bezi va ichak sharbatlari tomonidan salbiy ta’sir ko’rsatadi .

75-77 94 49

AUTIZM SPEKTRIDAGI BOLALARNI QO'LLAB-QUVVATLOVCHI TA'LIM STRATEGIYALARI

Guljan Klishbaeva

Ushbu maqolada autizm spektridagi (ASB) bolalarning o'ziga xos ta'limiy tahlil strategiyasi va ularni samarali qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ta'limlari yoritiladi. Individual ishlab chiqarish, vizual yordamlar, strukturaviy muhit, ijtimoiy ko'rinishni rivojlantirish va sensorni ta'minlash kabilar asosida investitsiyalarni ishlab chiqish yo'llari ko'rib chiqiladi.

78-81 47 23

TALABA-YOSHLARNI YETUKLIKKA YO‘NALTIRISHDA SO‘FI OLLOYOR TALQININING XUSUSIYATLARI

Rustamxon Kotibov

Ushbu maqolada talaba-yoshlarni har tomonlama yetuklikka yo‘naltirishda So‘fi Olloyorning ijodiy merosi va uning dunyoqarashi qanday xususiyatlarga ega ekani tahlil etiladi. Maqolada bir tomondan So‘fi Olloyorning she’rlari va pand-nasihatlaridagi ma’naviy-axloqiy g‘oyalar yoritilsa, ikkinchi tomondan ularni zamonaviy talaba-yoshlar tarbiyasiga tadbiq etish imkoniyatlariga e’tibor qaratiladi. Shoir asarlarining xalqchil uslubda yozilgani, tarbiyaviy mazmuni chuqurligi hamda yoshlarni yetuk shaxs sifatida shakllantirishda taklif qilgan ta’limiy yondashuvi talqin qilinadi. Bunda So‘fi Olloyorning xoksorlik, adolat, halollik, ilm-ma’rifatga intilish kabi fazilatlarni targ‘ib etishi, zamonaviy ma’naviy-ma’rifiy jarayonda ayniqsa dolzarb ekani ilmiy dalillar bilan asoslab beriladi.

82-86 66 46

NUTQIY AKTLARDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISH METODIKASI

Nilufar Mustafayeva

Ushbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistika va pragmatikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlovchining intension (maqsad) va kontekstga mos ravishda qanday til birliklari, uslublar, ifodalar tanlashi hamda suhbatdoshga qanday ta’sir o‘tkazishi o‘rganiladi. Biroq odatda grammatik va leksik omillarga e’tibor kuchliroq bo‘lganligi bois, nutqiy aktlarning chuqur ma’no jihatidan tahlili hamisha ham dars jarayonida keng o‘rin olavermaydi. Blum taksonomiyasi esa bosqichma-bosqich kognitiv rivojlanishni inobatga olib, o‘quvchilarning “eslash”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”, “yaratish” bosqichlarida nutqiy aktlardagi ma’noni anglash, nutq strategiyasini tanlash va ijodiy ifodalash ko‘nikmalarini sistemali shakllantirish imkonini beradi. Mazkur maqolada ushbu yondashuvning nazariy asoslari, metodik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llash yo‘llari yoritilib, nutqiy aktlarni tahlil qilish, baholash va ijodiy yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich strategiyalar taklif etiladi.

87-93 48 18

AVTOMOBIL YO‘L QURILISHI TADBIRKORLIK KORXONASI RESURSLARINING INNOVATSION SALOHIYAT TARKIBI VA UNGA NATIJAVIYLIK BO‘YICHA YONDASHUV

Baxora Sadinova

Innovatsion faoliyatini  taraqqiyotning asosiy omili sifatida qarash, ilm-fan, ishlab chiqarish, ta’lim va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni tashkil etish avtomobil yo‘l qurilishi korxonalarning iqtisodiy va innovatsion rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Innovatsiyalarning ahamiyatidan kelib chiqqan holda muallif maqolada avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorlik  korxonasi resurslarining  innovatsion salohiyat tarkibini ishlab chiqqan va unga  natijaviylik  bo‘yicha yondashuvlarni izohini keltirgan .

94-101 55 27

AVTOMOBIL YO‘L QURILISHI TADBIRKORLIGI KORXONASINING INNOVATSION SALOHIYATI TARKIBIY QISMLARINI ANIQLASHGA BO‘LGAN YONDASHUV

Baxora Sadinova

O‘zbekistonda avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonalari iqtisodiy salohiyatini boshqarishda innovatsion salohiyatni oshirish masalasi xo‘jalik yurituvchi korxonalar oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir, chunki qurilish sanoat korxonalarining iqtisodiy rivojlanishida  innovatsion salohityaning beqiyosdir. Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va komplekslari o‘sishining drayveri bo‘lgan korxonaning innovatsion rivojlanishi, innovatsion strategiyani amalga oshirishga qaratilgan jarayonni nazarda tutadi, bu esa barqaror raqobatdosh ustunlikni shakllantirishga yordam beradi. Maqolad avtomobil yo‘l qurilishi tadbirkorligi korxonasining innovatsion salohiyati tarkibiy qismlarini aniqlashga bo‘lgan yondashuv bayon etilgan.

102-104 58 34

SHAHRISABZ GUZARLARI

D. Abdurashidov, Farhod Qayumov

Ushbu maqolada Shahrisabz guzarlari va mavzelari haqida so’z yuritiladi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Shahrisabz guzarlari qanday nomlargani va qaysi kasb egalari yashagani haqida malumorlar keltiriladi.

105-106 51 14

“OLIY TA’LIMDA TALABALARNING IJODIY FAOLLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI VA INNOVATSION YONDASHUVLAR”

Barnogul Rahmatova

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim metodlari orqali talabalarda ijodiy fikrlash va izlanuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Talabalarni faollikka undash va ularni mustaqil izlanishga o‘rgatishning samarali usullari haqida amaliy fikrlar berilgan.

107-110 35 10

HYSSOPUS OFFICINALIS СУТКАЛИК ВА МАВСУМИЙ ГУЛЛАШ ДИНАМИКАСИ

Д.К. Фахриддинова, Д.Т. Хамраева

Тошкент ботаника боғи шароитида интродукция қилинган Hyssopus officinalis нинг 2021 йилда кунлик ва мавсумий гуллаш динамикаси ўрганилди. Ўсимликнинг гуллаш даврининг давомийлигига, кунлик ва мавсумий гуллаш динамикасининг ўзгаришига экологик омилларнинг таъсир кўрсатиши аниқланди.

111-116 49 21

A BROAD PERSPECTIVE ON PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF LANGUAGE TEACHERS AND COVERING VARIOUS STRATEGIES

Qunduzxon Xomidova

This study explores the multifaceted approaches to professional development (PD) for language teachers, grounded in the work of Richards and Farrell (2005). The evolving demands of language education require educators to continuously adapt and refine their teaching practices. This research synthesizes theoretical frameworks, including constructivism and reflective practice, with practical PD strategies such as workshops, peer collaboration, mentoring, and action research. A mixed-methods approach was employed, incorporating surveys and interviews with practicing language teachers, complemented by institutional case studies. Results reveal that while formal education remains foundational, ongoing support through mentorship, collaboration, and reflective practice significantly enhances teaching efficacy. The study underscores the importance of accessible, context-sensitive, and teacher-led PD initiatives, advocating for policy and institutional support to embed lifelong learning into teaching careers.

117-119 30 27

FANTASTIKA BO'YICHA SEMANTIK VA LINGVISTIK XUSUSIYATLAR

Hilola Qurbonova

Ushbu maqola fantastikadagi professional ismlarning semantik va lingvistik xususiyatlarini o'rganadi. Professional nomlar xarakterli rivojlanishda muhim rol o'ynaydi va xarakterning kasbi, shaxsiyat va fonida tushuncha berishi mumkin. Badiiy nomlar lingvistik shakllari va semantik assotsiatlarini tahlil qilib, ushbu tadqiqot, qanday qilib boy va murakkab belgilar yaratish uchun anjumanlarni nomlash uchun anjumanlarni nomlashdan foydalanishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, ushbu tadqiqotda fantastika ishining umumiy qissasi va tematik elementlariga qanday hissa qo'shganligi to'g'risida ko'rib chiqiladi. Ushbu qog'oz miqdoriy tahlil va sifatli talqinning kombinatsiyasi orqali ushbu qog'oz professional ismlar va adabiyotdagi hikoyalar o'rtasidagi murakkab munosabatlarga yoritadi.

120-122 29 15

KOSMOSNING CHEKI BORMI? KOINOT DOIM BIR JOYDA TURADIMI?

Ilyosbek Ismonjonov , Sarvinoz Ismatullayeva , Mohlaroy Zokirova, Kumushoy Sultonbekova

Ushbu maqolada koinotning statik emasligi, ya'ni vaqt o'tishi bilan uning shakli va o'lchamlari o'zgarib borishi haqida so‘z yuritiladi. Tarixiy nuqtayi nazardan, koinotning o‘zgarmas va abadiy deb qaralgan eski tasavvurlarga qarshi ilmiy kashfiyotlar — ayniqsa, Edvin Xabblning koinot kengayishini isbotlagan kuzatuvlari — tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy astrofizik tadqiqotlar asosida koinotning doimiy kengayib borayotgani va bu jarayon koinot kelajagiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi muhokama etiladi. Maqola o‘quvchilarga koinot dinamikasi haqidagi fundamental bilimlarni aniq va sodda tarzda yetkazishni maqsad qiladi.

123-126 34 12

БОЛА ТАРБИЯСИНИНГ ЭТНОЛОКАЛ ХУСУСИЯТЛАРИ

Х. Очилова

Ўзбек халқи ижтимоий ҳаётида бола тарбиясини жамоанинг ўрнисиз асло тасаввур қилиб бўлмайдн. Жамоавий анъаналар ўзбеклар миллий менталитетига хос бўлиб, жамиятда одамлар ўртасидаги ўзаро ижтимоий ва маънавий муносабатларни белгиловчи муҳим омил ҳисобланган.

127-129 82 13

O‘ZBEKISTONDA BOJXONA TIZIMI HUQUQIY ASOSLARINING MUSTAHKAMLANISHI

Gulida Olimjonova

Jamiyatda mavjud har bir sohaning o‘z tarixi bor. Xususan, jahon bojxona sohasi ham uzoq tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan. Qadimgi davlatlarning paydo bo‘lish davrida, bir hududdan ikkinchi davlat hududiga o‘tish jarayonida boj o‘ndirish ham yuzaga kelgan. Ya’ni qabilalar va davlatlar o‘rtasidagi tovar aylanishida boj to‘lanishi talab etilgan. Boj atamasi turkiy tillardagi “tamg‘a” so‘zidan olingan bo‘lib, O‘rta Osiyoning ko‘chmanchi xalqlari orasida odatda mulk belgisi sifatida turli buyumlarga qo‘yiladigan belgi maʼnosini bildiradi. Ko‘pincha qabilalar o‘z mollariga tamg‘a qo‘yganlar va shu belgi bilan bir biridan ajratganlar.


 

130-134 1025 661

O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O'ZGARISHLAR MAZMUNI VA MOHIYATI

Adhamjon Azimov , Niyozbek Hasanboyev

Mazkur maqola O'zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o'zgarishlar mazmuni va mohiyatiga bag'ishlangan. Mamlakat mustaqillikka erishganidan so'ng, ijtimoiy sohada olib borilgan islohotlar aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va jamiyatning har bir qatlamini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan. Maqolada, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ijtimoiy sohadagi farmonlari va qarorlari, xususan, ta'lim, sog'liqni saqlash, gender tengligi, mehnat bozori va ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar yoritilgan. Shuningdek, ushbu islohotlarning mamlakatda jamiyat barqarorligini ta'minlashdagi o'rni, fuqarolar uchun yangi imkoniyatlar yaratishdagi ahamiyati hamda kelajakdagi istiqbollari tahlil qilinadi. Maqola ijtimoiy sohadagi o'zgarishlarning umumiy ko'rinishini va ularning O'zbekistonning rivojlanishiga qo'shgan hissasini ifodalaydi.

135-138 77 643

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Adhamjon Azimov , Inoyatulloh Rasulov

Amir Temur, yoki Tamerlan, O'rta Osiyo va dunyo tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi. Uning hayoti va faoliyati nafaqat o'z davrida, balki keyingi asrlarda ham keng muhokama qilinib, yuksak baho olgan. Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi roli, harbiy strategiyasi, siyosiy ko'rik va madaniyatga qo'shgan hissasi tarixi davomida katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, uning siyosiy islohotlari, harbiy yurishlari va madaniyatga qo'shgan hissalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Temurning tashkil etgan imperiyasining tarixi va uning bugungi kunda davom etayotgan merosi haqida so'z yuritiladi.

139-142 29 27

AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI SIFATIDAGI O‘RGANISHLAR

Adhamjon Azimov, Husanboy Nosirov

Mazkur maqola Amir Temur faoliyatini buyuk davlat arbobi va strateg sifatida o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uning davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishdagi o‘ziga xos yondashuvlari, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlari, hamda adolatli siyosati tahlil qilinadi. Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi muvaffaqiyati, uning kuchli tashkilotchilik qobiliyati, aniq maqsad sari intilishi va harbiy strategik fikrlash qobiliyatlari bilan bog‘liq ekanligi asoslanadi. Ushbu tadqiqot Amir Temurning dunyo tarixidagi o‘rnini chuqurroq anglashga, uning rahbarlik san’ati va boshqaruv tizimidan saboq olishga imkon beradi. Maqola tarixchilar, siyosatshunoslar, talaba va o‘quvchilar uchun ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

143-146 31 23

O‘ZBEKISTONDA VALYUTA BOZORINI RAQAMLASHTIRISH VA AVTOMATLASHTIRISH: MARKAZIY BANK FAOLIYATINING TRANSFORMATSIYASI

Azizbek Xayitov

Mazkur tezisda O‘zbekistonda valyuta bozorini raqamlashtirish va avtomatlashtirish jarayonlari, xususan, Markaziy bank faoliyatining texnologik transformatsiyasi masalalari yoritiladi. Valyuta kursini shakllantirish, intervensiyalarni amalga oshirish va bozor monitoringi kabi operatsiyalarni blokcheyn, sun’iy intellekt va big data texnologiyalari asosida boshqarishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida milliy valyuta siyosatini modernizatsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.

147-153 36 27

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI UCHUN LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA BANK KREDITLARIDAN FOYDALANISH TAJRIBALARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Feruz Azimov

Ushbu maqola tadbirkorlik subyektlari uchun loyihaviy moliyalashtirishda bank kreditlaridan foydalanish tajribalari va ularni takomillashtirish yo‘llari mavzusini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, bank kreditlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdagi ahamiyati va ularning iqtisodiy tizimda o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kreditlaridan foydalanishning amaliy tajribalari, kredit olish jarayonlaridagi to‘siqlar, risklarni boshqarish usullari va kredit siyosatini takomillashtirish yo‘llari muhokama qilinadi. Maqolada, O‘zbekistonning kichik va o‘rta biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlar, davlat subsidiyalari va kafolatlarining ahamiyati ko‘rsatilgan.

154-156 30 17

THE INFLUENCE OF CULTURE IN LANGUAGE TEACHING

Zulayho Jumaqulova , Qurbanoy Bobokalonova

In this article, I will show how the influence of culture in language teaching improves motivation, communicative competence, and intercultural awareness among learners. The four main sections deal with the advantages of cultural integration, practical techniques and materials (including step-by-step illustrations), problems and their answers, and some teaching models to be used.

157-159 35 15

FILОLОGIYАDА АRАLАSH TА’LIM MОDELLАRI: SUN’IY INTELLEKT VА АN’АNАVIY О‘QITISHNING INTEGRАTSIYАSI

Muаttаrxоn Nо’mоnxоnоvа

Аrаlаshtirilgаn tа'lim filоlоgik tа'limdа о'zgаruvchаn yоndаshuv sifаtidа раydо bо'ldi, u о'quvchilаrning fаоlligi vа tа'lim nаtijаlаrini yаxshilаsh uchun sun'iy intellektni (АI) аn'аnаviy о'qitish metоdоlоgiyаlаri bilаn birlаshtirаdi. Sun'iy intellektgа аsоslаngаn vоsitаlаr shаxsiylаshtirilgаn о'rgаnish tаjribаsi, аvtоmаtlаshtirilgаn bаhоlаsh vа interаktiv til о'rgаnish рlаtfоrmаlаrini tаklif qilаdi, аn'аnаviy о'qitish esа оdаmlаrning о'zаrо tа'sirini, tаnqidiy fikrlаshni vа mаdаniy kоntekstni tushunishni tа'minlаydi. Ushbu mаqоlа filоlоgiyаdа qо'llаnilаdigаn turli xil аrаlаsh tа'lim mоdellаrini о'rgаnаdi, ulаrning аfzаlliklаri, muаmmоlаri vа рedаgоgik оqibаtlаrini tаhlil qilаdi. Yetаkchi оlimlаrning fikrlаrigа tаyаngаn hоldа, tаdqiqоt kelаjаkdаgi filоlоglаrdа lingvistik, аnаlitik vа mаdаniyаtlаrаrо kоmрetensiyаlаrni rivоjlаntirish uchun sun'iy intellektni аn'аnаviy о'qitish usullаri bilаn integrаtsiyа qilishning sаmаrаli strаtegiyаlаrini tа'kidlаydi.

160-164 60 31

MILLIY IQTISODIYOTDA UY XO‘JALIKLARI FAOLLIGINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Barno Bekmuxamedova

Mazkur maqola milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari faolligini oshirishning nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uy xo‘jaliklarining iqtisodiy agent sifatidagi roli, ularning daromadlari, iste’moli, jamg‘armalari va investitsiyalari kabi faoliyat turlari tahlil etiladi. Shuningdek, uy xo‘jaliklari faolligiga ta’sir etuvchi asosiy nazariy yondashuvlar, jumladan, ratsional xulq-atvor nazariyasi, inson kapitali nazariyasi va xulqiy iqtisodiyot konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada uy xo‘jaliklari faolligini oshirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish imkoniyatlari va bu borada davlat siyosatining o‘rni muhokama qilinadi. Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini baholash mezonlari va uni rag‘batlantirish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.