ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
SELIAKIYA KASALLIGIGA CHALINGAN BEMORLARDA SUYAK TO‘QIMASI
MINERAL ZICHLIGI VA UNING BUZILISHLARINI O‘RGANISH
Ubaydullayeva Pokiza
TashPTİ magistr talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15280790
Annotatsiya:
Ushbu maqolada seliakiya kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda suyak
to‘qimasi mineral zichligining o‘zgarishi, buzilish darajasi va ularning asosiy sabablarini tahlil
qilishga qaratilgan ilmiy ma’lumotlar bayon etiladi. Kasallik natijasida yuzaga keladigan ozuqa
moddalarining so‘rilishidagi buzilishlar suyaklarning zaiflashuvi va osteoporoz xavfini
oshiradi. Tadqiqot natijalari seliakiya bilan kasallangan bemorlarning suyak salomatligini
kuzatish va samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Seliakiya, suyak mineral zichligi, osteopeniya, osteoporoz, gluten
intoleransiyasi, D vitamini, kalsiy yetishmovchiligi, parhez terapiyasi.
Seliakiya – bu autoimmun kasallik bo‘lib, organizmda gluten oqsiliga nisbatan doimiy
intoleransiya shakllanadi. Bu kasallik asosan ingichka ichak shilliq qavatining yallig‘lanishiga,
villuslarning yo‘qolishiga va ozuqa moddalarining so‘rilishida muammolarga olib keladi. O‘z
navbatida, bu holat organizmda kalsiy, D vitamini, magniy va boshqa muhim minerallarning
yetishmovchiligiga sabab bo‘lib, suyak to‘qimasi strukturasi va funksiyasining buzilishiga olib
keladi. Seliakiya kasalligiga chalingan bemorlar orasida suyak mineral zichligining pasayishi,
osteopeniya va osteoporoz holatlari keng tarqalgan.
Seliyakiya (gluten enteropatiyasi) kasalligiga chalingan bemorlarda suyak to‘qimasi
mineral zichligini (bone mineral density – BMD) baholash juda muhim, chunki bu kasallik
kaltsiy, D vitamini va boshqa oziq moddalar so‘rilishining buzilishi orqali osteopeniya va
osteoporoz xavfini oshiradi.
Seliakiyani tashxislash uning klinik ko‘rinishlari boshqa ko‘plab kasalliklar bilan
o‘xshashligi tufayli qiyin. Tashxis qo‘yish uchun serologik diagnostika, endoskopiya va
ingichka ichak shilliq qavatining biopsiyasi, shuningdek najasni tekshirish qo‘llaniladi.
Bugungi kunda ushbu kasallikni tashxislashning yagona usuli mavjud emas.
Tashxis qo‘yishda shifokor ichakning rivojlanish anomaliyalari, ichak infeksiyalari,
antibiotiklarni uzoq vaqt qabul qilish va boshqa omillarda paydo bo‘ladigan seliakiya
sindromi kabi o‘xshash alomatlar bilan namoyon bo‘ladigan boshqa holatlarni istisno qilishi
kerak.
Suyak to‘qimasi mineral zichligini aniqlash usullari:
1. DXA (Dual-energy X-ray Absorptiometry) – ikki energiyali rentgen so‘rilishi
densitometriyasi
Bu eng ishonchli va keng qo‘llaniladigan usul bo‘lib, suyak zichligini o‘lchaydi.
Aniqlanish joylari: Odatda umurtqa (bel sohasidagi orqa umurtqalar) va son suyagi
(femur) tekshiriladi.
Afzalligi: Juda aniq, tez va og‘riqsiz usul.
Natijasi: T-skala va Z-skala ko‘rsatkichlari orqali baholanadi.
T-skala: kattalardagi normal qiymatlar bilan solishtiriladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
35
Z-skala: o‘sha yoshdagi va jinsi bir xil bo‘lgan odamlarga nisbatan solishtiriladi (bolalar
va o‘smirlar uchun muhim).
2. Quantitative Computed Tomography (QCT)
3D ko‘rinishda suyak zichligini o‘lchaydi, ayniqsa orqa umurtqalar uchun.
Rentgen nurlanishi yuqoriroq, lekin yanada chuqur tahlil beradi.
3. Ultrasound densitometriya (QUS – Quantitative Ultrasound)
Odatda tovon suyagi (calcaneus)da o‘lchanadi.
Arzonroq va nurlanishsiz, lekin DXA kabi aniq emas.
Seliyakiya bilan kasallanganlarda nima uchun bu muhim?
Oziq moddalarning so‘rilishining buzilishi: kaltsiy, D vitamini yetishmasligi.
Surunkali yallig‘lanish: osteoklast faolligini oshiradi, bu esa suyak parchalanishini
kuchaytiradi.
Og‘ir hollarda: bolalarda o‘sishning sekinlashishi, kattalarda suyak sinish xavfi ortadi.
1
Suyak zichligi testi suyak sog‘lig‘ini baholash va sinishlarga ko‘proq moyil bo‘lgan zaif
suyaklar bilan tavsiflangan osteoporoz xavfini aniqlash uchun ishlatiladigan muhim
diagnostika vositasidir. Ushbu test suyak mineral zichligi (BMD) bo‘yicha muhim
tushunchalarni beradi, bu esa tibbiyot xodimlariga suyak kuchini oshirish va sinishlarning
oldini olish uchun tegishli choralarni ko‘rishga yordam beradi.
Suyak zichligi testi o‘ziga xos suyaklardagi kaltsiy va boshqa minerallar miqdorini
o‘lchash uchun rentgen texnologiyasidan foydalanadi. Eng ko‘p baholanadigan joylarga
umurtqa pog‘onasi, son va ba’zan bilak kiradi. Ushbu test natijalari suyak zichligini
baholashga va sinish xavfini aniqlashga yordam beradi.
Seliakiya kasalligiga chalingan bemorlarda suyak to‘qimasi mineral zichligini baholash,
uning buzilish darajalarini aniqlash va bu buzilishlarning asosiy omillarini o‘rganish.
Tadqiqot doirasida turli yoshdagi seliakiya tashxisi qo‘yilgan bemorlar tekshiruvdan
o‘tkazildi. Ularning suyak to‘qimasi mineral zichligi DEXA (Dual Energy X-ray
Absorptiometry) usuli yordamida o‘lchandi. Shuningdek, bemorlarning qonida kalsiy, fosfor,
D vitamini darajasi va boshqa biokimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlandi. So‘rovnoma asosida
bemorlarning ovqatlanish odatlari, parhezga rioya qilish darajasi ham baholandi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, seliakiya bilan kasallangan bemorlarning katta qismida
suyak mineral zichligining pasaygani kuzatildi. Ayniqsa, kasallik uzoq davom etgan va
glutensiz parhezga qat’iy rioya qilmagan bemorlarda osteopeniya va osteoporoz holatlari
ko‘proq uchradi. Shuningdek, D vitamini yetishmovchiligi, kalsiy va magniy darajasining
pasayishi bilan bog‘liq holatlar kuzatildi. Bemorlarning suyak salomatligi parhezga rioya
qilish darajasi, yoshi va kasallik davomiyligiga bevosita bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Xulosa qilib aytganda, seliakiya kasalligi nafaqat ovqat hazm qilish tizimiga, balki suyak
tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Kasallik natijasida yuzaga keladigan ozuqa
moddalarining yetishmovchiligi suyak to‘qimasi mineral zichligining pasayishiga olib keladi.
Shuning uchun seliakiya tashxisi qo‘yilgan bemorlarda suyak salomatligini doimiy ravishda
1
Spravochnik vracha obshey praktiki. Pod redaksiey akad. RAMN. N.R.Paleeva. EKSMO 2002 g
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
monitoring qilish, D vitamini va kalsiy bilan boyitilgan glutensiz parhezni tavsiya etish zarur.
Erta tashxis va to‘g‘ri davolash orqali bu holatlarning oldini olish mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Patologiya detey starshego vozrasta”,-pod redaksiey A.A.Baranova, M, -1998
2.
Paykov V.L., Xaskel S.B., Erman L.V. Gastroenterologiya detskogo vozrasta v sxemax i
tablisax: Spravochnoe rukovodstvo. SPb., 1998.
3.
PariyskayaT.V.. Spravochnik pediatra. EKSMO. Moskva 2004 g.
4.
Rukovodstvo po detskoy artroiogii. Pod red.akad. AMN SSSR M.Ya. Studenikina i porf.
A.A.Yakovlevoy. - L. 1987. - S . 162- 170.
5.
Spravochnik vracha obshey praktiki. Pod redaksiey akad. RAMN. N.R.Paleeva. EKSMO
2002 g