ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
OMONIM VA POLISEMANTIK SO‘ZLAR
Nurmatova Zubayda Dilshod qizi
TDSHU 2-kurs tayanch-doktoranti
+998991383192
https://doi.org/10.5281/zenodo.15278946
Annotatsiya:
Polisemantik so'zlar va omonimlar o'zbek tilida ham muhim leksik
hodisalar hisoblanadi. Polisemantik so'zlar bir so'zning turli, ammo o'zaro bog'liq ma'nolarini
ifodalaydi. Masalan, "bosh" so'zi insonning bosh qismini, shuningdek rahbar yoki yetakchi
ma'nolarini anglatishi mumkin. Bu ma'nolar o'rtasida mantiqiy bog'liqlik mavjud. Omonimlar
esa bir xil talaffuz va yozilishga ega bo'lgan, ammo ma'nolari o'rtasida bog'liqlik bo'lmagan
so'zlardir. Misol uchun, "ot" so'zi hayvonni ham, fe'l turkumidagi so'zni ham anglatishi
mumkin. O'zbek tilshunosligida bu ikki hodisa o'rtasidagi farqlarni aniqlash va ularning til
tizimidagi o'rnini belgilash muhim tadqiqot yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu hodisalar
tilning lug'at boyligini oshirish va ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi.
Kalit so‘zlar:
Polisemantik so'zlar, omonimlar, mantiqiy bog'liqlik, ifoda imkoniyatlari,
lug'at boyligi.
Omonimlar bilan polisemantik so‘zlar o‘rtasida bir qarashda bog‘liqlik borga o‘xshaydi.
Ikkalasida ham shakl bir xil, ma’no turlichadir. Lekin so‘zlar orasida katta farq yotadi. Masala
shundaki, polisemantik so‘zlarning ma’nolari bir-biriga qarindoshdir, chunki polisemantik
so‘zlar bir so‘z bosh ma’nosining kengayishidan hosil bo‘lib, bosh ma’nodagi tushunchadan
boshqa ma’noni ifodalasa ham, ular anglatgan narsa va hodisalar o‘rtasida doimo umumiylik
bo‘ladi. Masalan,
bet
so‘zi polisemantik so‘zdir, chunki u
odamning beti
,
ko‘chaning beti,
kitobning beti
kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu ma’nolar o‘rtasida umumiylik
bor
1
.
Ba'zi tadqiqotchilar polisemiya va omonimiyani bir-biridan mustaqil bo‘lgan ikkita
leksik kategoriya deb hisoblashadi, boshqalar esa omonimlar ham ko‘p ma'noli so‘zlar
ekanligini ta'kidlashadi.
Tadqiqotchi A.Mo‘minov «Ushbu ikki leksik kategoriya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
shundaki, ba'zi omonimlar ko‘p ma'noli so‘zlarning bir ma'nosi uzoqlashishi natijasida paydo
bo‘lib, dastlabki ma'noning o‘rab turganligi tufayli yuzaga keladi. Tarixan bunday omonimiya
va ko‘p ma'noli so‘zlarning ildizlari bir xil, ammo bugungi kunda ular ikki xil tushunchani
ifodalaydi» deb ta'kidlaydi
2
.
Y.A.Rubinchik ham omonimlarning paydo bo‘lishining asosiy sababi sifatida
birliklarning dastlabki ma'nosining kengayishini ko‘rib, natijada u yangi, qo‘shimcha ma'no
oladi deb hisoblaydi
3
.
So‘zning ko‘p ma’noliligi tilning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladi, bunda so‘z
bir vaqtning o‘zida obyektiv haqiqatdagi bir predmet yoki hodisani ifodalash bilan bir
qatorda, ba’zi belgilari yoki xususiyatlari bo‘yicha buni ifodalash uchun ishlatiladi. “So‘zning
1
M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. T.,” Yangi asr avlodi”. 2009. B-112.
2
Муминов А. Полисемия и омонимия II Вопросы языка и литературы.Часть 2. -Душанбе: ТГУ. 1975. С. 268-
275 (на тадж.яз.)
3
Норматов М. Введение в языкознание. -Душанбе: Маориф, 1995. C.-176.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
polisemiyasi, - deya ta’kidlagan edi semasiologiyaning asoschilaridan fransuz olimi M.Breal, -
bu erishilgan sivilizatsiyaning belgisi
4
.”
Taniqli rus tilshunosi A.A.Potebnya esa “…qayerda ikki ma’no bo‘lsa, shu yerda ikki so‘z
bor”
5
, degan fikrni ilgari surgan edi. Demak, u polisemantik so‘z tarkibida nechta ma’no bo‘lsa,
uni shuncha so‘z deb tushunadi. Boshqacha qilib aytganda, olim polisemiya bilan
omonimiyani teng hodisa holatiga keltirib qo‘yadi.
O.Espersen “Til polisemantik so‘zlardan holi qilinganda edi, “lingvistik do‘zax”ga
aylangan bo‘lar edi”, deydi. Bunda so‘zlarni yod olish, uning ma’nolarini fahmlab chiqarish,
munosabatda hayolga keltira olish kabilarni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin.
Quyidagi usullar orqali polisemantik so‘zlar vujudga keladi:
1.
So‘zning ko‘chma ma’nosining yuzaga kelishi- ingliz tilshunosi N.Rayevskaya so‘zning
ko‘chma ma’nosini hosil qiluvchi hodisalar: metafora, metonimiya, giperbola(majoz),
evfemizmlar(nutqni yoqimli va ko‘ngilli qiluvchi leksik vosita) deb ta’kidlaydi
6
. Disfemizmlar
(nutqni qo‘pollashtiruvchi, dag‘allashtiruvchi leksik vosita) ham ko‘chma ma’no yuzaga
kelishiga xizmat qiladi.
2.
Affiksatsiya yo‘li bilan ham polisemiya (ko‘p ma’nolilik) yuzaga keladi. Rus tilshunosi
L.A.Bulaxovskiy prefikslar vositasida yasalgan so‘z polisemantik bo‘lishini tilga olgan, xolos
7
.
Masalan:
Перевести
перевести" (qayta ko‘chirish yoki tarjima qilish); "перевести"
(o‘tkazish, masalan, pul o‘tkazish)
Подписать:
"подписать" (imzolash); "подписать" (quyida yozish yoki kiritish).
Rus tilshunosligida ham polisemiyaga bagʻishlangan ishlar mavjud. Masalan, O. S.
Axmanovaning omonimiya va polisemiyaga bag‘ishlangan ishini koʻrsatish mumkin
8
. Bu ishda
asosan omonimiya va polisemiyaga oid xarakterli tafovutlar haqida fikr yuritiladi. Bunda
polisemiyaning va omonimiyadan farqlanishi uchun asosiy tamoyilni beradi: polisemiya - bir
so‘zning ikkita yoki undan ortiq aniq farq qiluvchi ma’nolarga ega bo‘lishi, omonimiya-ikki
yoki undan ortiq turlicha so‘zning tovush qobig‘ida tashqi mos kelishidir.
Shuningdek, R.A.Budagovning polisemiyaga bagʻishlangan maxsus maqolasi boʻlib, unda
muallif polisemiyaning asosiy masalalariga toʻxtalgan
9
.
Polisemiyaga tilning koʻpgina hodisalari qorishtirib yuboriladi. Polisemiya bilan
chalkashlikni yuzaga keltiruvchi yondosh hodisalar asosan quyidagilardir:
1) konversiya 2) omonimiya 3) fraza.
Omonimiya va polisemiyaning farqlanishi, ularning nazariy muammolari dunyodagi turli
olimlar: R.Ginsburg, T.Lounsbori, M.Umarxo‘jayev, U.Tursunov, N.Rajabov, A.Tixonov, L.Kim
ishlarida qayd qilingan
10
.
4
Breal M. Essai de semantique. Paris, 1913. P.144.
5
А. П о т е б н я. Из записок по русской грамматике. Изд. 2, IV, 1941, стр. 198.
6
W.Rayevskaya. English zexicology. Kuib. 1961. P. 102-123.
7
Л.А.Булаховский. Введение в языкознание. Стр. 46
8
О. С. Ахманова. Очерки по общей и русской лексикологии, М., 1957, стр. 104—165.
9
Р. А. Будагов. Полисемия слова. Филол. науки, 1У58, № 1, стр. 5—18.
10
Ginsburg R.S. Bridges R. Course in Modern English Lexicology. – M., 1966.-p.71-116; Lounsbury T.R. History of
the English Language. L.,- p. 49; Umarxodjayev M.I. Основы фразеологии. Автореф.дис.док.филолог.наук. М.,
1981. Турсунов У., Ражабов Н. Омонимларнинг пайдо бўлиш йўллари.//Ўзбек тили грамматик қурилиши
ва диалектологияси масалалари. – T., 1966.
Тихонов А.Н.,
Ким Л.Л., Тихонов С.А.
Словообразовательная
структура слова и типология омонимов. //Проблемы структурной лингвистики. – М.,1978.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
Omonimiyaning yuzaga keltiruvchi hodisalardan biri polisemiyaning taraqqiyoti
natijasidir. Polisemantik soʻz taraqqiyoti natijasi omonimlarning vujudga kelishi uchun asos
boʻla oladi. Agar polisemantik soʻz ma’nolari quyidagi yoʻllar bilan taraqqiy etsa, uning
ma’nolari oʻrtasidagi aloqa uziladi, ya’ni u birdan ortiq soʻzga differensatsiya boʻlib, omonim
vujudga keladi.
Polisemantik so‘z tarkibidagi ko‘chma ma’no tobelik yo‘li bilan hosil bo‘lgan bo‘lsa va u
shunday konkretlikdan umumiylikka taraqqiy etib ketsa, asos va tobe ma’nolar o‘rtasidagi
aloqa uziladi. Ya’ni polisemantik so‘z ikki so‘zga differensatsiya(birdan ortiq ma’noni
birlashtirib turgan ma’no uzilishi) bo‘lib omonim vujudga keladi.
Kun, chaqirim, til
kabi
omonimlar ham xuddi shunday yo‘l bilan vujudga kelgan
11
. Ma’nolarni tutashtiruvchi biror
ma’noning yo‘qolishi polisemiyadan omonimiyaga o‘tishdir.
Polisemantik so‘zlar va omonim so‘zlar tilshunoslikda juda qiziqarli tushunchalar
hisoblanadi va ularning farqlari quyidagicha:
Polisemantik so‘zlar:
Bir so‘z, ko‘p ma'no:
Polisemantik so‘zlar bir xil so‘z bo‘lib, turli kontekstlarda turli
ma'nolarni ifodalashi mumkin.
Semantik aloqa:
Bu so‘zlar o‘rtasida semantik (ma'no) aloqalar mavjud. Ularning
ma'nolari bir-biri bilan bog‘liq va ko‘pincha bir tushuncha doirasida.
Misollar:
"Ko‘z": Jismoniy organ (ko‘z bilan ko‘rish); Buloqning manbai (ko‘zi)
"Yurak": Jismoniy organ (yurak); Hissiy markaz (qalb)
Omonim So‘zlar:
Bir so‘z, turli ma'no:
Omonim so‘zlar bir xil talaffuz va/yozuvga ega bo‘lib, lekin turli,
bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ma'nolarni ifodalashi mumkin.
Semantik aloqa yo‘q:
Bu so‘zlar o‘rtasida semantik (ma'no) aloqalar yo‘q, ya'ni ularning
ma'nolari bir-biri bilan bog‘liq emas.
Misollar:
"Ko‘z": 1) Ko‘rish organi; 2) Ignaning ko‘zi;
"Bosh": 1)Insonning bosh qismi; 2) Tashkilotning rahbari;
Polisemantik so‘zlar ko‘pincha ma'nolarining bog‘liqligi bilan ajralib tursa, omonim
so‘zlar ma'nolarining bog‘liq emasligi bilan farqlanadi. Polisemantik so‘zlarning turli
ma'nolari o‘rtasida bir xil asosiy tushuncha bo‘lsa, omonim so‘zlar esa tasodifan bir xil shaklga
ega bo‘lib, turli ma'nolarni anglatishi mumkin.
Xulosa: Sharq va g‘arb olimlari omonimiya va polisemantik so‘zlar o‘rtasidagi farqlarni
tahlil qilib, tilshunoslikda quyidagi ilmiy xulosalarga kelishadi:
Tilning boyligi:
Omonimlar va polisemantik so‘zlar tilning murakkabligi va boyligini
ko‘rsatadi. Ular turli kontekstlarda yangi ma’no qatlamlarini ochib berish orqali tilni yanada
boyitadi.
Ma’no qatlamlari:
Omonimlar turli ma’no qatlamlarini ko‘rsatish uchun kontekstga
bog‘liq bo‘lsa, polisemantik so‘zlar bitta so‘zning bog‘liq ma’nolari orqali tilning ko‘p
qirraliligini namoyon etadi.
Muloqotning aniqligi:
Omonimlar ba’zan muloqotda noaniqliklarni keltirib chiqarishi
mumkin bo‘lsa-da, polisemantik so‘zlar muloqotda ko‘proq aniqlik va noziklikni ta’minlaydi.
11
T. Aliqulov. Yana ko‘chma ma’nolar haqida, “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1974, 1-son, 73-bet.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
Tilning estetik jihatlari:
Ham sharq, ham g‘arb tilshunoslari polisemantik so‘zlar va
omonimlarni tilning estetik jihatlarini ko‘rsatish vositasi sifatida qabul qilishadi. Ular tilning
nozik qirralarini va estetik boyligini ifodalaydi.
Umuman olganda, omonimiya va polisemantik so‘zlar tilning murakkab va qiziqarli
hodisalaridan biridir. Ularning o‘rganilishi va tahlil qilinishi tilshunoslikda muhim rol
o‘ynaydi va tilning ko‘p qirraliligini va boyligini namoyon etishda katta ahamiyatga ega.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. T.,” Yangi asr avlodi”. 2009. B-12.
2.
Муминов А. Полисемия и омонимия II Вопросы языка и литературы.Часть 2. -
Душанбе: ТГУ. 1975. С. 268-275 (на тадж.яз.)
3.
Норматов М. Введение в языкознание. -Душанбе: Маориф, 1995. C.-176.
4.
Breal M. Essai de semantique. Paris, 1913. P.144.
5.
А. П о т е б н я. Из записок по русской грамматике. Изд. 2, IV, 1941, стр. 198.
6.
W.Rayevskaya. English zexicology. Kuib. 1961. P. 102-123.
7.
Л.А.Булаховский. Введение в языкознание. Стр. 46
8.
О. С. Ахманова. Очерки по общей и русской лексикологии, М., 1957, стр. 104—165.
9.
Р. А. Будагов. Полисемия слова. Филол. науки, 1У58, № 1, стр. 5—18.
10.
Ginsburg R.S. Bridges R. Course in Modern English Lexicology. – M., 1966.-p.71-116;
Lounsbury T.R. History of the English Language. L.,- p. 49; Umarxodjayev M.I. Основы
фразеологии. Автореф.дис.док.филолог.наук. М., 1981. Турсунов У., Ражабов Н.
Омонимларнинг пайдо бўлиш йўллари.//Ўзбек тили грамматик қурилиши ва
диалектологияси масалалари. – T., 1966. Тихонов А.Н., Ким Л.Л., Тихонов С.А.
Словообразовательная структура слова и типология омонимов. //Проблемы
структурной лингвистики. – М.,1978.
11.
T. Aliqulov. Yana ko‘chma ma’nolar haqida, “O‘zbek tili va adabiyoti”, 1974, 1-son, 73-
bet.