ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
MILLIY KURASHNING O’ZBEKISTONDAGI O’RNI VA YOSHLAR HAYOTIDAGI
AHAMIYATI
РОЛЬ НАЦИОНАЛЬНОЙ БОРЬБЫ В УЗБЕКИСТАНЕ И Е ЗНАЧЕНИЕ В
ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ
THE PLACE OF NATIONAL WRESTLING IN UZBEKISTAN AND IT IS
IMPORTANCE IN THE LIVES OF YOUNG PEOPLE
Yunusaliyev Hasanboy
FarDU talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15278926
Annotatsiya:
Qadimiy qadriyatlarimiz xususan, mardlik, jasurlik, vatanparvarlik
gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan - kurashni
ommalashtirish rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda kurash sportining boy an’analari va
qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish, o‘zbek sporti brendi nomi bilan kurashning jahon
arenasidagi rolini oshirish, yoshlarning milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash
va rag‘batlantirish orqali ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, aholining
barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, jahon xalqlarining mazkur sport turi
bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuzuldi.
Kalit so’zlar:
Milliy kurash, ommalashtirish, milliy sport, rivojlantirish.
Аннотация:
Он создан с целью популяризации, развития и ознакомления мира с
нашим национальным видом спорта – борьбой, олицетворяющим наши древние
ценности, в частности, идеалы мужества, отваги, патриотизма и гума -низма, а также
передачи богатых традиций и ценностей борьбы будущим поколениям, повышения
роли борьбы на мировой арене под названием узбекского спортивного бренда,
поддержки и поощрения интереса молодежи к национальным видам спорта, тем
самым дальнейшего укрепления у них чувства патриотизма, создания необхо -димых
условий для занятия этим видом спорта всех слоев населения, особенно молодежи, а
также народов мира.
Ключевые слова:
Национальная борьба, популяризация, национальный вид
спорта, развитие.
Abstract:
It was established with the aim of popularizing, developing and introducing to
the world our national sport - wrestling, which embodies our ancient values, in particular, the
ideals of courage, bravery, patriotism and humanism, and conveying the rich traditions and
values of wrestling to future generations, increasing the role of wrestling in the world arena
under the name of the Uzbek sports brand, supporting and encouraging the interest of young
people in national sports, thereby further strengthening their sense of patriotism, and
creating the necessary conditions for all segments of the population, especially young people,
as well as peoples of the world, to engage in this sport.
Key words:
National wrestling, popularization, national sport, development.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
Kirish.
Milliy kurash – O’zbekistonning qadimiy sport turlaridan biri bo’lib, u nafaqat
sport, balki milliy madaniyat va sport an’analari ramzi hamdir. Shu bilan birga, kurashning
tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga mavjud
infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari
ta’minotini yaxshilashga, qolaversa, ishlab chiqarishni kengaytirishga, jumladan, soha uchun
malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni
talab etmoqda. Milliy kurash mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning
zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini
tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, xorijiy davlatlar trener va hakamlari
bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet elning kurash klublari bilan hamkorlikni
rivojlantirish.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Qadimda va oʻrta asrlarda yashab ijod etgan
qator faylasuf va tarix -chilar oʻz asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar.
Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻsha kezlarda zamonaviy
Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi anʼanaviy bayramlar, toʻy-hashamlar va yirik
jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan koʻngil ochish va dam olish vositasi sifatida
foydalanganlar. Keyinroq kurash koʻngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy
chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida maʼlumu-mashhur boʻlib, ular
haqida afsonalar toʻqila boshlandi. XII asrda yashab oʻtgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol
namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchi -larning sevimli maskani va muqaddas
qadamjolardan biri hisoblanadi. XIV asrda insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan tengi yoʻq
sarkarda va davlat arbobi Amir Temur oʻz askarlarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarligini
oshirish maqsadida kurashdan foydalangan. Maʼlumki, Amir Temur armiyasi zamonasining
eng qudratli va yengilmas qoʻshini hisoblangan. Vaqt oʻtishi bilan kurash zamonaviy
Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholining eng sevimli va ardoqli anʼanalaridan biriga
aylandi. Shu maʼnoda kurash oʻzbeklarning qon-qoniga singib ketgan, deb aytish mubolagʻa
boʻlmaydi. Ushbu sport turiga boʻlgan muhabbat otalardan bolalarga meros sifatida oʻtib
keladi. Bugungi kunga kelib birgina Oʻzbekistonda kurash bilan muntazam
shugʻullanuvchilarning soni ikki millionga yetgan. Ushbu sport ishqibozlari va
havaskorlarning soni esa behisobdir. Mashhur oʻzbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi
Komil Yusupov oʻzbek kurashining boy merosini tadqiq etish va yoshlarni bu sport turiga
jalb qilish , rivojlantirish boyicha qator ishlar olib borgan. Komil Yusupov Oʻzbekiston
Respublikasi prezidenti qabulida boʻldi. Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida oʻzbek kurashini nafaqat
ona diyorimizda, balki chet ellarda ham rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Kurashni
haqiqiy xalqaro sport turiga aylantirish, keyinchalik esa olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritish
eng asosiy maqsad boʻlib qolmoqda. Oʻzbek xalqining anʼanaviy sport turlaridan biri boʻlmish
kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash oʻzbekcha soʻz boʻlib, u qator qadimiy sharq
adabiy manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy koʻngilochar sport turi sifatida tilga
olingan. Bundan ming yil muqaddam paydo boʻlgan afsonaviy Alpomish eposida kurash olis
oʻtmishda Oʻzbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi
boʻlganligi qayd etiladi.
Muhokama.
Yangi Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalash -tirish, aholi
oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
29
sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish,
yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport
turlari boʻyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma
jamoalarni shakllantirish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok
etishini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Natija.
muxtaram prezidentimiz SH.M.Mirziyayev tashabbusi bilan Oliy harbiy taʼlim
muassasalari oʻrtasida “Milliy kurash” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Umumta’lim
maktablari va sport ta’lim muassasalarida kurash bo‘yicha o‘quv, o‘quv-mashq, o‘quvchilarni
saralab olish (seleksiya) hamda ularda musobaqalarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston kurash
federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi va
muvofiqlashtirib borildi. kurash mahorat maktablari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladigan boshlang‘ich professional davlat sport-ta’lim muassasalari hisoblanadi
va ularning faoliyati kurash bo‘yicha qobiliyatli va iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va
ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltirildi.
Sport gilamlari mavjud bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini inventarizatsiyadan
o‘tkazish asosida kurash guruhlari tashkil etiladigan maktablar ro‘yxatini O‘zbekiston kurash
federatsiyasiga taqdim etildi. O‘zbekiston kurash federatsiyasi bilan kelishgan holda umumiy
o‘rta ta’lim muassasalarining sport zallarini kurash guruhlari tashkil etish uchun jismoniy
tarbiya o‘quv fanidan bo‘sh vaqtda o‘rnatilgan tartibda bepul vaqtincha foydalanishga berildi.
Kurash mahorat maktablarining o‘quvchi -lariga bepul ta’lim olish, olimpiya va paralimpiya
sport turlariga tayyorlash markazlarining o‘quvchilari uchun bir kunlik oziq-ovqat
me’yorlariga muvofiq oziq-ovqat bilan ta’minlanish hamda o‘quvchilar turar joyida bepul
yashash huquqi berildi.
Xulosa
qilib aytganda, bu nafaqat milliy kurash o’zbek xalqining g’ururi, jasorati va
ma’naviyatini ifodalovchi qadryatdir. U yosh avlodni jismoniy va axloqiy jihatdan
tarbiyalashga xizmat qiladi. Bugungi kunda O’zbekiston milliy kurashni yanada rivojlantirib
uni butun dunyoga tanishda davom etmoqda. Albatta, sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik
tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Yosh avlodni sog'lom va barkamol etib
tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzi qaror topadi. Bu sohada erishilgan
yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarimizga g'urur-iftixor bag'ishlaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
2.
https://lex.uz/docs/-5080074?ONDATE=13.06.2023
3.
https://kurash-ika.org/en/itogi-turnira-v-gretsii/
4.
https://yuz.uz/uz/news/milliy-kurash---milliy-qadriyatimizning-bir-bolagi
5.