ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
102
SHAHRISABZ GUZARLARI
D. Abdurashidov
Shahrisabz Davlat muzey-qo’riqxonasi katta ilmiy hodimi
Qayumov Farhod
Oq-Saroy majmuasi filial mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.15294408
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Shahrisabz guzarlari va mavzelari haqida so’z yuritiladi.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Shahrisabz guzarlari qanday nomlargani va qaysi kasb
egalari yashagani haqida malumorlar keltiriladi.
Kalit so’zlar:
guzar, etnografiya, chorsu, masjid, madrasa, beklik, amirlik, kenagas,
karvonsaroy, hammom.
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Qashqadaryo vohasidagi Shahrisabz bekligi Buxoro
amrligining muhum siyosiy-ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri hisoblangan
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligining Shahrisabz shahrida Kenagaslar
bekligi tashkil topgan edi. Qashqadaryo vohasida joylashgan Shahrisabz
Beklikning markazi Shahrisabz shahri hisoblanib amirlikning boshqa shaharlari kabi
guzarlarga bo’lingan. Shaharning 14 ta guzarga bo’linishi to’g’risida dastlabki ma’lumot chor
rossiyasi zobiti general A.Kun tomonidan keltirilgan. (A.Kunning kundaligida). Shuningdek
chor Rossiyasi zobiti V.V.Grigorev ham shaharning 14 ta guzarga bo’linganligi to’g’risida
ma’lumot qoldirgan.
1945-yilda Shahrisabzda etnografik tatqiqotlarning olib brogan O.A.Suxareva
Shahrisabzda 14 ta emas balki, XX asrning boshlarida 52 ta guzar mavjud bo’lganligini
aniqlagan.
Shahrisabz Shaharining to’rtta asosiy darvozasi mavjud bolgan, bu to’rtta darvozadan
yo’llar shahar ichiga chorsuga yani shahar bozoriga olib borgan va shaharni to’rt qismga
ajratgan.
Shaharning shimoliy tomonida Samarqand darvoza (Kitob darvoza)
Shaharning janubiy tomonida Termiz darvoza (Yakkabog’ darvoza)
Shaharning sharqiy tomonida Kunchiqar darvoza
Shaharning g’arbiy tomonida Qushxona darvoza (Chiroqchi darvoza)
Katta darvozalardan tashqari yana ikkita kichik darvova ham bolgan shimoliy devorda
Qalmoq darvozasi va janubi-sharqiy tomonda Simxona darvozasi bo’lgan.
XIX asrning oxirida Shahrisabzda 30 ming aholi istiqomat qilgan. 64 ta guzar Masjidi, 6
ta madrasa, 7 ta Karvonsaroy, 2 ta Hammom ishlab turgan.
Shahrisabz guzarlari Buxoro guzarlari kabi unchalik katta bo’lmagan. Manbaalarda qayd
etilishicha ularning eng kattasida 100 ga yaqin xo’jalik istiqomat qilgan bo’lsa, kichik
guzarlarda 20-30 oila istiqomat qilgan.
Shahrisabzda mavjud guzarlarning nomlanishi asosan o’sha joyda istiqomat qiladigan
odamlarning kasb egalari mashg’ulotlarining turi bilan bog’liq bo’lgan. Bir necha asrlar
davomida shu nomlar bilan atalib kelingan bo’lgan. Xar bir kasb egasi yoki hunarmand
o’zining ish faoliyatiga qarab guzarlarda istiqomat qilgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
1.Xonaqo 27.Xabarlik
2.Ko’knorxona 28.Qundizak
3.Qatag’on
29.Kulollik
4.Chubin 30.Yoyilma
5.Madaxon 31.Isobek
6.Eshonpir 32.Nazarmat
7.Telpakdo’z 33.Qssoblik
8.Tagichinor 34.Poxol
9.Sangioxur 35.Payzbobo
10.Xo’ja Mir Hamid 36.Qopqon
11.Rais 37.Namatmon
12.Bolahovuz 38.Sutbozor
13.Alouddin 39.Zingaron
14.Mardaxon 40.Chokar
15.O’zbek 41.Molik Ashtar
16.Qo’shhovuz 42.Arpa bozor
17.Hovuzi Mardon 43.Kitob
18.Murdashuy 44.Xo’ja
19.Hazrati Shayx 45.Eshon
20.Hazrati Imom 46.Sutguzar
21.Degrez 47.Katta chuyton
22.Simxona 48.Kichik chuyton
23.Jo’yi Huyiton 49.Nomozgoh
24.Meshgarlik 50.Kunchiqar
25.Katta Charmgar 51.Xo’ja Murod Bahshi
26.Kichik Charmgar 52.Fayzobod
XIX asrning oxirida Shahrisabzda 30 ming aholi istiqomat qilgan. 64 ta guzar Masjidi, 6
ta madrasa, 7 ta Karvonsaroy, 2 ta Hammom ishlab turgan.
Shahrisabz guzarlari Buxoro guzarlari kabi unchalik katta bo’lmagan. Manbaalarda qayd
etilishicha ularning eng kattasida 100 ga yaqin xo’jalik istiqomat qilgan bo’lsa, kichik
guzarlarda 20-30 oila istiqomat qilgan.
Shahrisabzda mavjud guzarlarning nomlanishi asosan o’sha joyda istiqomat qiladigan
odamlarning kasb egalari mashg’ulotlarining turi bilan bog’liq bo’lgan. Bir necha asrlar
davomoda shu nomlar bilan atalib kelingan bo’lgan. Xar bir kasb egasi yoki hunarmand
o’zining ish faoliyatiga qarab guzarlarda istiqomat qilgan. Masalan Sangioxur guzarida “Katta
podsholik uyi” (xalq tomonidan bu guzar shunday atalgan) joylashgan bo’lib, unda beklikning
mansabdorlari yashagan va hurmatli mehmonlar kutub olingan.
Hunarmanchilik turlari va savdo faoliyati bilan bog’liq guzarlar 23 tani tashkil qilgan.
Ulardan 4 tasi savdo bilan, 19 tasi bevosita hunarmanchilik ishlab chiqarishi bilan bog’liq
bo’lgan.
Diniy ulamolar shaharning shimoli-g’arbiy qismida yashagan bolib, shaharning janubiy
qismida esa hunarmandlar xususan ko’nchilar mahallasi ham bo’lgan. Sovungarlik va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
yelimgarlik bilan shug’ullanuvchi kasb egalari shaharning janubi-sharqida yashagan. Katta
charmgar, Kichik charmgar, Meshgarlik hamda yoyilma guzarlarida yashagan. Poyabzal tikish
bilan shug’ullanuvchi hunarmandlar hususan kovushdo’zlar Namatmon guzarida, yuqori
tabaqa ahli uchun kovush tikuvchilar Kitob guzarida. Sovungarlar va telpakdo’z hunarmandlar
Telpakdo’z mahallasida yashagan. Qassoblik guzarida qassoblar ko’pchilikni tashkil etgan.
Chitgarlar bilan shug’illanuvchi kasb egalari Rais guzarida yashaganlar. Kulolchilik kasbi bilan
shug’ullanuvchi kasb egalari asosan Kulollik va Shayx guzarida yashaganlar. Kulollik
guzarining bir qismi Charxchilik deb nomlangan va bu yerda temirchilar yashagan.
Degrezchilik bilan shug’ullanuvchi kasb egalari Degrez va Jo’yiton guzarida istiqomat
qilganlar. Misgarlar Hovuzi Mardon, zargarlar esa Bolahovuz, Hovuzi mardon va Qundizak
guzarlarida istiqomat qilganlar.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O.A.Suxarevaning “Buxoro shaharlari tarixi” kitobidagi keltirilgan malumotlar asosida