Авторы

  • Nilufar Mustafayeva
    Termiz Davlat Universiteti DSc doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.81538

Ключевые слова:

Nutqiy akt Blum taksonomiyasi pragmatik kompetensiya lingvistik metodika kognitiv rivojlanish o‘qitish metodikasi.

Аннотация

Ushbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistika va pragmatikaning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlovchining intension (maqsad) va kontekstga mos ravishda qanday til birliklari, uslublar, ifodalar tanlashi hamda suhbatdoshga qanday ta’sir o‘tkazishi o‘rganiladi. Biroq odatda grammatik va leksik omillarga e’tibor kuchliroq bo‘lganligi bois, nutqiy aktlarning chuqur ma’no jihatidan tahlili hamisha ham dars jarayonida keng o‘rin olavermaydi. Blum taksonomiyasi esa bosqichma-bosqich kognitiv rivojlanishni inobatga olib, o‘quvchilarning “eslash”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”, “yaratish” bosqichlarida nutqiy aktlardagi ma’noni anglash, nutq strategiyasini tanlash va ijodiy ifodalash ko‘nikmalarini sistemali shakllantirish imkonini beradi. Mazkur maqolada ushbu yondashuvning nazariy asoslari, metodik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llash yo‘llari yoritilib, nutqiy aktlarni tahlil qilish, baholash va ijodiy yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich strategiyalar taklif etiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

NUTQIY AKTLARDA BLUM TAKSONOMIYASIDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Mustafayeva Nilufar Ulashovna

Termiz Davlat Universiteti DSc doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15293919

Annotatsiya.

Ushbu maqolada nutqiy aktlarning o‘qitilishida Blum taksonomiyasidan

foydalanish metodikasi ko‘rib chiqiladi. Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistika va pragmatikaning
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda so‘zlovchining intension (maqsad) va kontekstga mos
ravishda qanday til birliklari, uslublar, ifodalar tanlashi hamda suhbatdoshga qanday ta’sir
o‘tkazishi o‘rganiladi. Biroq odatda grammatik va leksik omillarga e’tibor kuchliroq bo‘lganligi
bois, nutqiy aktlarning chuqur ma’no jihatidan tahlili hamisha ham dars jarayonida keng o‘rin
olavermaydi. Blum taksonomiyasi esa bosqichma-bosqich kognitiv rivojlanishni inobatga olib,
o‘quvchilarning “eslash”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”, “yaratish” bosqichlarida
nutqiy aktlardagi ma’noni anglash, nutq strategiyasini tanlash va ijodiy ifodalash
ko‘nikmalarini sistemali shakllantirish imkonini beradi. Mazkur maqolada ushbu
yondashuvning nazariy asoslari, metodik xususiyatlari hamda amaliy qo‘llash yo‘llari yoritilib,
nutqiy aktlarni tahlil qilish, baholash va ijodiy yaratish bo‘yicha bosqichma-bosqich
strategiyalar taklif etiladi.

Kalit so‘zlar:

Nutqiy akt, Blum taksonomiyasi, pragmatik kompetensiya, lingvistik

metodika, kognitiv rivojlanish, o‘qitish metodikasi.


Nutqiy aktlar nazariyasi lingvistik pragmatikaning eng muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib,

unda so‘zlovchining biror gap aytishdan ko‘zlagan maqsadi, ushbu gap orqali suhbatdoshda
yuzaga keladigan ta’sir, shuningdek nutqiy vaziyat shartlari, madaniy me’yorlar, ijtimoiy
ro‘llar bir butunlikda tahlil qilinadi. Tilning shunchaki formal–grammatik jihatlarini puxta
egallagan kishi ham ba’zan nutqiy kontekstni to‘g‘ri anglay olmasligi yoki suhbatdoshga mos
til birliklarini tanlay olmasligi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, nutqiy aktlarni chuqur
o‘rganish o‘quvchilarning haqiqiy kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishda muhim
rol o‘ynaydi.

Ammo amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab chet tili darslarida nutqiy aktlarga yetarlicha

e’tibor qaratilmay, asosan grammatik konstruktsiyalar yoki ma’lum leksik to‘plamlarni
yodlashga urg‘u beriladi. Pragmatik qirralar, xususan, xushmuomalalik, bilvosita ifoda, dialog
jarayonida kontekstga mos so‘z tanlashi singari masalalar chetda qoladi. Natijada, o‘quvchilar
nazariya darajasida yaxshi “grammatik to‘g‘ri” gapirishi mumkin, biroq real suhbatda
intonatsiya, nutq uslubi, ro‘l va ijtimoiy masofa kabi jihatlar bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yishi,
yoki ma’lum nutqiy aktlarni adekvat bajara olmasligi mumkin.

Shu nuqtada Blum taksonomiyasi yondashuvi fanga kirib kelmoqda. Blum

taksonomiyasi dastlab bilish jarayonlarini “bilish”, “tushunish”, “qo‘llash”, “tahlil”, “baholash”
va “yaratish” kabi bosqichma-bosqich kognitiv faoliyat sifatida tasniflagan. Bu yondashuv,
avvalo, nazariy bilimdan to amaliy, mustaqil ijodiy bosqichgacha bo‘lgan barcha taraqqiyot
pillapoyalarini izchil ko‘rsatib beradi. Ushbu pillapoyalarni nutqiy aktlarga tadbiq etish orqali


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

o‘qituvchi dars jarayonida nafaqat o‘quvchilarda til va grammatika mahoratini, balki real
kontekstda nutqni “ijro etish” hamda “tahlil qilish” malakasini puxta shakllantirishi mumkin.

Blum taksonomiyasining bosqichlari, xususan:

1.

Eslash (Bilish)

: Ushbu bosqichda o‘quvchilar nutqiy aktlar nazariyasida uchraydigan

asosiy tushunchalar, istilohlar (masalan, “lokutsion, illokutsion, perlokutsion akt” kabi) yoki
oddiy ijtimoiy vaziyatlarda ishlatiladigan asosiy iboralarni yodlab oladi. Ular adabiy misollar,
ro‘yxatlar, taqrizlardan kelib chiqib, shunchaki faktlarni eslab qolishi mumkin.
2.

Tushunish

: Endi o‘quvchilar o‘sha nutqiy aktlarning ma’no-mazmunini, shu jumladan

“qanday kontekstda, kimga nisbatan, nima sababdan” qo‘llanishini anglaydi. Masalan,
“Kechirasiz, siz bilan gaplashib olsam bo‘ladimi?” – bu ibora kimga nisbatan ishlatilishi,
qanday ohangda tushunish kerakligi kabi pragmatik ma’noni izohlaydi.
3.

Qo‘llash

: O‘quvchilar tegishli nutqiy aktlarni real yoki yaqin bo‘lgan vaziyatlarda

ishlatishga o‘tadilar. Masalan, rolli o‘yinlarda “kechirim so‘rash”, “iltimos qilish”, “taklif etish”
kabi nutqiy aktlarni kontekstga mos ravishda til va intonatsiya bilan ijro etishadi. Bu
bosqichda o‘quvchilar nazariy tushunchani amaliyotga joriy qiladi.
4.

Tahlil

: Kengroq ko‘nikma talab qilinadigan daraja bo‘lib, bu yerda o‘quvchilar nutq

jarayonini (audioyozuv, video yoki matn) chuqur tahlil qiladilar: kim qaysi nutqiy aktni,
qanday maqsadda, qanday uslubda, intonatsiyaviy xususiyatlarda bajardi. Bu orqali
o‘quvchilar turli til birliklari va kontekst o‘rtasidagi munosabatni chuqur idrok etadi.
5.

Baholash

: Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘sha tahlil qilingan nutqiy aktlarning to‘g‘riligi,

samaradorligi, ijtimoiy-madaniy mosligi haqida xulosa chiqaradi. Masalan, kimdir juda
agressiv yoki juda rasmiy gapirmoqda, kimdir esa norasmiy muhitda rasmiy til ishlatmoqda –
bu qanchalik to‘g‘ri ekani tahlil etiladi. Bu bosqichda o‘quvchilar ob’ektiv yoki sub’ektiv
mezonlar asosida baholashni o‘rganadilar.
6.

Yaratish

: Eng yuqori bosqichda esa o‘quvchilar o‘zi yangi nutqiy vaziyatlar, dialoglar,

stsenariylarni yaratadi, unda turli nutqiy aktlarni ijodiy qo‘llaydi. Bunda o‘qituvchi ularga
“ajoyib ssenariy tuzing”, “kasbiy suhbatda istak va rozilik bildirishni qanday ishlatishni
yarating” singari topshiriqlar beradi. Bu bosqichda to‘liq ijodiy yondashuv paydo bo‘ladi.

Ushbu bosqichlarni metodik jihatdan darslarga tadbiq qilishda, avvalo, rejalashtirish va

baholash mexanizmini aniq shakllantirish muhim. Shunday bo‘lmasa, “nutqiy aktlar”
mavzusini zohiran o‘rgansa-da, o‘quvchilar undagi chuqur amaliy strategiyalarni
o‘zlashtirmasdan qoldirishlari mumkin. Buning uchun dars rejalarida bosqichma-bosqich
maqsadlar (ishoralar) belgilanib, har bir bosqichga xos mashqlar va baholash uslublari
kiritilishi zarur.

Quyidagi jadval Blum taksonomiyasining bosqichlarini nutqiy aktlarda qanday qo‘llash

mumkinligini ko‘rsatish orqali rejalashtirishda qo‘llaniladigan namunaviy faoliyatlar misolini
jamlagan:

Jadval: Blum taksonomiyasi bosqichlarida nutqiy aktlardan foydalanish bo‘yicha

namunaviy mashg‘ulotlar

Bosqich

(Blum)

Maqsadli faoliyat

Misol mashq / usul

Kutilayotgan natija

Eslash

Nutqiy akt

“Mazkur ifodalar

O‘quvchilar muayyan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

Bosqich

(Blum)

Maqsadli faoliyat

Misol mashq / usul

Kutilayotgan natija

(Bilish)

terminlarini

yodlash, asosiy

iboralarni anglash

ro‘yxatini yodlang”,

“Mana shu so‘z yoki

iboralarning lug‘aviy

ma’nosini qayd eting”

so‘z, ibora, nutqiy akt

nomini yodlab oladi,

passiv daraja

Tushunish

Ushbu ifodalarning

ma’no-mazmunini,

kontekstini

tushuntirish

“Qayerda, kimga

nisbatan, qanday

ohangda ishlatiladi?”

ko‘rinishdagi muhokama

O‘quvchilar nutqiy
aktning vazifasi va

situatsiyasi haqida

tasavvurga ega bo‘ladi

Qo‘llash

O‘rganilgan

ifodalarni amaliy

vaziyatda qo‘llash

Rolli o‘yinlar, juftlik bo‘lib

“iltimos qilish”, “kechirim

so‘rash” ifodalarini

foydalanish

O‘quvchilar

kontekstda to‘g‘ri

ifoda tanlash va nutqiy

aktni ijro etishni

mashq qiladi

Tahlil

Tayyor matn yoki

audioyozuvdagi

nutqiy aktlarni tahlil

qilish

“Tinglangan dialogda

kim, qaysi payt, qanday

strategiyadan

foydalandi?” tadqiqi

O‘quvchilar nutq

jarayonini tahlil qilish,

sabablari va

oqibatlarini aniqlash

malakasini

rivojlantiradi

Baholash

Nutqiy aktlarning
to‘g‘riligi, ijtimoiy

samaradorligi,

madaniy mosligini

baholash

“Audiodagi nutqiy aktlar

qanchalik

muvaffaqiyatli?”; “Nima

sababdan bu ifoda

muvofiq/noto‘g‘ri?”

O‘quvchilar nutqiy

ijrolar sifatiga tanqidiy

baho berib, to‘g‘rilash

yoki yaxshilash

bo‘yicha takliflar

ishlab chiqadi

Yaratish

Yangi stsenariy, rolli

stsenariy yoki

kontekstual

matnlarni ijodiy

ishlab chiqish

“Yangi vaziyat kashf

eting: mehmon kutish, ish

suhbatida so‘rov, online

chat senariysi”

O‘quvchilar mustaqil

va ijodiy nutqiy

qarorlar qabul qiladi,

turli ifodalarni

moslashuvchan

qo‘llashni o‘rganadi

Yuqoridagi jadvaldagi faoliyat turlari bir-birini izchil ravishda to‘ldiradi. Misol uchun,

“Eslash” darajasida olingan dastlabki ma’lumotlar “Tushunish” bosqichida kontekstual sharh
va misollar bilan boyitiladi, so‘ng “Qo‘llash” bosqichida o‘quvchilar real hayotga yaqin
holatlarda shu ifodalarni ishlatish bilan tanishadi. Keyin “Tahlil” bosqichida ular o‘zgalarning
nutqi yoki o‘zlari ishlab chiqqan matnlarni baholash uchun omil topishadi, “Baholash”
bosqichida esa “bu mosmi yoki yo‘qmi, maqsadga muvofiqmi, muvofiq emasmi” degan
savollarga javob berishadi. So‘ng, eng yuqori “Yaratish” bosqichida to‘la ijodiy mashqlar


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

(yangi senariy, kichik drama, qiziqarli g‘oya) orqali o‘quvchilar pragmatic jihatdan
mustahkam raqobatbardosh nutq ishlab chiqishadi.

Ushbu jarayonni amalda amalga oshirishda muhim jihat – darslar interaktiv, o‘quvchi

faolati markazda bo‘lgan uslubda bo‘lishi. Zero, nutqiy aktlarni o‘rganish passiv yodlash bilan
cheklanib bo‘lmaydi, balki albatta mashqlar, rolli o‘yinlar, diskussiyalar, case-stady tahlillari
bilan boyitilishi shart. Darslarda o‘qituvchi turli topiklarni (masalan, rasmiy xat yozish,
mehmon kutish, online suhbat, rasmiy tanishtirish va h.k.) olish orqali, har bir bosqichga xos
maqsadlar va mashqlarni rejalashtiradi. Shuningdek, baholash usullari ham har bir
bosqichdagi o‘quvchining kompetensiya darajasini kuzatishga xizmat qiladi. Masalan,
“Qo‘llash” bosqichida og‘zaki suhbat bo‘yicha savol-javob, “Tahlil” bosqichida esa yozma tahlil
insho yoki audio tinglab tahlil varaqasi to‘ldirish kabilar ishlatilishi mumkin. “Yaratish”
bosqichida esa o‘quvchilarning ijodiy mahsulotini (rolli o‘yin stsenariysi yoki video rolik)
baholash qiziqarli bo‘ladi.

Bundan tashqari, Blum taksonomiyasining nutqiy aktlar bilan uyg‘unligi o‘quvchilarning

lingvistik nafosat va madaniy farqlarni idrok etishiga ham yordam beradi. Chunki har bir
kognitiv bosqichda o‘quvchilar nafaqat lingvistik formani, balki “nima uchun shu yerda shu
ibora, ohang, uslub ishlatilmoqda?” degan savolga ham javob qidiradi. Masalan, “Tahlil”
bosqichida “nimaga bu nutqiy akt rasmiy ohangda aytilgan, kimdan nimani kutishgan?” kabi
savollar tug‘iladi, “Baholash” bosqichida “boshqa bir madaniyatda bu xatti-harakat,
intonatsiya yoki so‘z tanlovi qanday qabul qilinadi?” singari nuqtai nazardan fikr yuritishadi.
Shu tariqa, nutqiy aktlar turli madaniy kontekstlarda o‘quvchilarning dunyoqarashini
kengaytirishga xizmat qiladi.

Blum taksonomiyasidan foydalangan holda nutqiy aktlarni o‘qitish metodikasining

ahamiyati shundaki, u o‘qituvchi va o‘quvchilarga aniq maqsadli yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, har bir
bosqichning natijasi bo‘yicha sinovdan o‘tkazish, baholash va keyingi bosqichga o‘tish uchun
yaxlit tizim yaratadi. Bu tizimda o‘quvchi bosqichma-bosqich o‘z nutqiy strategiyalarini
takomillashtiradi, darslar doimiy ravishda o‘quvchilarning diqqati, fikrlashi, ijodiy salohiyatini
ishga soladi. Metodikaning muhim jihatlaridan yana biri – dars jarayonida ko‘p ijtimoiy-va
madaniy-nutqiy vaziyatlar imitatsiyasi, rolli o‘yinlar bilan kuchaytirilishi – Blum
bosqichlarining aniq tatbiqiga xizmat qiladi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, nutqiy aktlarni o‘rganishda Blum taksonomiyasining

bosqichma-bosqich kognitiv rejalashtirish usuli pragmatik kompetensiyani rivojlantirishning
samarali metodik poydevoridir. Bu yondashuvda avval o‘quvchilarda muayyan ifodalarni
“eslab qolish” va “tushunish” singari boshlang‘ich qobiliyatlar shakllanadi, so‘ng ularni turli
kontekstlarda “qo‘llash” orqali mustahkamlanadi, “tahlil” va “baholash” bosqichlari esa o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda bo‘lib, real nutq jarayonini chuqur tahlil qilish va sifatini baholashga
undaydi, oqibatda “yaratish” bosqichida o‘quvchi mustaqil ravishda yangi nutqiy strategiyalar,
ifodalar va holatlarni ijodiy namoyon etadi. Shu tariqa, dars jarayonining har bir bosqichi
o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan, maxsus mashg‘ulot va baholash uslubiyoti bilan
ta’minlangan bo‘lsa, pragmatik kompetensiya nafaqat yodlangan iboralar darajasida qolmay,
balki chuqur anglangan va ijodiy qayta ishlash shaklida o‘zlashtirilgan bo‘ladi. Bunday
yondashuv, shubhasiz, o‘quvchilarning chet tilida nutqiy hozirjavoblik, kontekstga mos


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

moslashish, ijtimoiy-madaniy “kodlar”ni to‘g‘ri o‘qish va shunga muvofiq til strategiyasini
qo‘llash mahoratini oshirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Anderson, L. W., Krathwohl, D. R. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A

Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. – New York : Longman, 2001. – 352
p.
2.

Bloom, B. S. Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational

Goals. – New York : Longmans, 1956. – 207 p.
3.

Kasper, G., Rose, K. Pragmatics in Language Teaching. – Cambridge : Cambridge

University Press, 2002. – 278 p.
4.

Bardovi-Harlig, K. Learning the Rules of Academic Talk: A Portfolio Approach to

Pragmatic Acquisition // Studies in Second Language Acquisition. – 2006. – Vol. 28, № 2. – p.
261–283.
5.

Ishihara, N., Cohen, A. D. Teaching and Learning Pragmatics: Where Language and

Culture Meet. – London : Routledge, 2010. – 230 p.

Библиографические ссылки

Anderson, L. W., Krathwohl, D. R. A Taxonomy for Learning, Teaching, and Assessing: A Revision of Bloom’s Taxonomy of Educational Objectives. – New York : Longman, 2001. – 352 p.

Bloom, B. S. Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. – New York : Longmans, 1956. – 207 p.

Kasper, G., Rose, K. Pragmatics in Language Teaching. – Cambridge : Cambridge University Press, 2002. – 278 p.

Bardovi-Harlig, K. Learning the Rules of Academic Talk: A Portfolio Approach to Pragmatic Acquisition // Studies in Second Language Acquisition. – 2006. – Vol. 28, № 2. – p. 261–283.

Ishihara, N., Cohen, A. D. Teaching and Learning Pragmatics: Where Language and Culture Meet. – London : Routledge, 2010. – 230 p.