ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
60
ZAMONAVIY TURIZMNING VUJUDGA KELISHI JARAYONLARI VA
BOSQICHLARI
Tashov Mizrob Maxmudovich
“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS
XALQARO UNIVERSITETINING MUSTAQIL TADQIQOTCHISI
Muallifning elektron manzili: tashovmizrob@gmail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.15286028
Annotatsiya:
Turizmni, ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyasini ro‘yobga
chiqarish XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu jarayon sanoatning rivojlanishi va
ishlab chiqarishning takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Muallif maqolada
zamonaviy turizmning
vujudga kelishi jarayonlari va bosqichlarini ilmiy isbotlab bergan.
Kalit so‘zlar:
turizm, bozor, iqtisodiyot, xizmat,
sayyoh, valyuta, daromad, transport,
mehmonxona, savdo, investitsiya, integratsiya, tarbiya, ta’lim, sport.
Аннотация:
Реализация идеи научно обоснованного туризма произошла в
середине XIX века, и этот процесс связан с развитием промышленности и
совершенствованием производства. В статье автор научно обосновывает процессы и
этапы становления современного туризма.
Ключевые слова:
туризм, рынок, экономика, услуга, турист, валюта, доход,
транспорт, гостиница, торговля, инвестиции, интеграция, образование, спорт.
Abstract:
The idea of implementing tourism on a scientific basis was realized in the
middle of the 19th century, and this process is associated with the development of industry
and the improvement of production. The author scientifically substantiates the processes and
stages of the emergence of modern tourism in the article.
Key words
: tourism, market, economy, tourism, service, tourist, currency, income,
transport, hotel, trade, investment, integration, upbringing, education, sports.
Kirish.
Turizmning rivojlanishi jarayonlarini tahlil qilib o‘rganib chiqqanimizda shu
narsa namoyon bo‘ladiki, u o‘zining rivojlanish jarayonida bir-necha bosqichlarni bosib o‘tgan
bo‘lib, qadimdan insonlar hayotida dunyoni bilishda asosiy vosita bo‘lib kelgan.
Turizm yoki sayyohlikning ilk bor boshlanish davri qadim-qadimlarga borib taqaladi.
Kishilarning bir joydan ikkinchi joyga o‘tishi yoki borishi ko‘p hollarda savdo-sotiq
yumushlari, atrof-olamni ko‘ra-bilish istagi, bilim olish, o‘qish, diniy va dam olish omillari
bilan bog‘langan. Qadimgi manbalarda yozilishicha bundan ikki ming yillar oldin (eramizga
qadar) misrliklarning hayotida sayyohlik, ko‘ngil ochish va dam olish odatdagi hodisa bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda eng qadimgi sayyohlik markazlaridan biri Osiyo va Tinch
okean turistik minatqasida joylashgan Okeaniya hududi bo‘lib hisoblanadi. U yerda yashovchi
aholilar uncha katta bo‘lmagan oddiygina qayiqchalarda Janubiy-Sharqiy Osiyoning
Mikroneziya va Markaziy (Tinch okeani) orollari, Tuamotu arxipelagi (orollar guruhi)ga
sayohat qilishganlar. Eramizga qadar 500 yil oldin polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch
okeani)ga 2 ming mill masofagacha okeanda suzib borganlar. Ular safar davomida quyosh,
yulduzlar, bulutlar va qushlarning harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat
davomida ular uchun eng muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
61
Asosiy qism.
Qadimgi sayyohlikning eng rivojlangan markazlaridan biri O’rta yer
dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Gresiya, Italiya, Fransiya, Ispaniya, Misr, Tunis kabi
mamlakatlar bo‘lib hisoblanadi. Dengiz bo‘ylarida yashovchi aholilar savdo-sotiq, diniy
safarlar, ilm olish, davolanish, yangi hududlarni kashf qilish maqsadida uzoq-uzoq safarlarga
dengiz orqali chiqishgan. Bu to‘g‘risida juda ko‘pgina ma’lumotlar mavjud bo‘lib ularning bir
qismi hozirgi kungacha bizga yetib kelgan. Jumladan Gresiyada V asrda (eramizga qadar)
Gerodot va IV asrda (eramizgacha) Pifey kabi olimlar boshqa mamlakatlarni o‘rganish uchun
sayohatga borganlar.
Qadimgi grek tarixchisi Gerodot birgina Misrda bo‘lib qolmasdan, balki Sharqning
ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, Kichik Osiyo, hatto
Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo‘lgan. U o‘zining sayohat taassurotlarini to‘qqiz
tomlik “Tarix” nomli asarida tasvirlab bergan.
Bu davrda qadimgi Xitoy ham yuksak madaniyatli davlatlardan biri bo‘lgan. Xitoylik
sayyohlar, olimlar, daryo, dengiz, tog‘lar to‘g‘risida juda ko‘plab geografik ma’lumotlar
(qo‘lyozmalar)ni yozib qoldirgan. Xitoy elchisi Chjan San II asrda (eramizgacha) sayohatga
chiqib juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plab qoldirgan. Uning bosib
o‘tgan safar yo‘llari keyinchalik “Buyuk Ipak yo‘li”ga asos bo‘lgan.
Qadimgi Rim imperiyasi turizm taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan mamlakat bo‘lib
hisoblanadi. Bu yerda mustahkam imperiyaning tashkil etilishi, boyligi, mo‘l-ko‘lchilik,
hududining kattaligi, dengiz sohilida joylashganligi kabi omillar turizmning rivojlanishi uchun
zarurat hisoblangan. Rimliklar o‘sha davrda ajoyib yo‘llar tarmog‘ini qurishgan. Har kuni 100
mill masofagacha otda sayr qilish, ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan.
Qadimgi davrda turizmning rivojlanishi juda murakkab kechgan. Safar muddati ham
o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan. Kishilarning sayohatda yurish tezligi o‘rtacha soatiga 6
km. dan oshmagan. Bir kunlik bosib o‘tgan safarining umumiy masofasi esa 50-60 km atrofida
bo‘lgan. Sayohatga chiqish imtiyozi va zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat, mayda
savdogarlar, dvoryanlar va aslzodalarga ta’luqli bo‘lgan.
Sayohatchilar safar davomida asosan ot ulovlardan (ot, tuya, eshak va boshqalar),
qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka holda yoki savdo
karvonlariga qo‘shilib o‘z manzillariga yetib borishganlar.
Marko Polo (1254-1323) yevropaliklardan birinchilardan bo‘lib, Osiyoni o‘rgangan
Venesialik (Italiya) sayyohdir. Uning otasi Nikkolo va amakisi Matteo savdo-sotiq bilan
shug‘llanib, tasodifan Mo‘g‘uliston xoni Kublay (Chingizxonning o‘g‘li) ning qarorgohiga kelib
qolishadi. 1271 yilda Nikko va Matteo ikkinchi bor safarga chiqib, mo‘g‘ul tilini va mahalliy
urf-odatlarni o‘rgangan Marko Poloni o‘zlari bilan birga olib ketishadi. Marko Polo xon
iltifotiga sazovar bo‘ladi va uni o‘ziga yaqin olib mulozim etib tayinlaydi. Xon Marko Poloni
o‘z hukmronligi ostida-gi joylarda turli xil ma’lumotlarni to‘plashga da’vat etadi. U ana shu
imkoniyatdan foydalanib mamlakat va xalqlar to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlarni to‘playdi.
1292 yil mo‘g‘ul xoni uchchala sayyohlarga katta sovg‘a - salomlar berib ularni vataniga
qaytaradi. Sayyohlar Tinch okean orqali Koxinxin, Sumatra, Seylon, Trapezud va
Konstantinopol orqali 1295 yili Venesiyaga qaytib kelishadi va boyligi bilan yuqori
martabaga erishadi. Keyinchalik Marko Polo Venesiyada buyuk Kengash a’zosi lavozi-miga
ko‘tariladi. 1307 yilda esa qayta ishlangan safar ta’surotlarini bosib chiqaradi. U o‘z
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
ta’surotlarida xitoyliklarning ixtirolari bilan qiziqib kompas, zabtlash taxtasi, veksellari bilan
tanishganligini yozib qoldiradi.
Turizm va savdo-sotiqning rivojlanishiga Markaziy Osiyo ham o‘zining munosib
hissasini qo‘shgan bo‘lib, bu davr Buyuk sarkarda Sohibqiron Amur Temur tuzgan
imperiyaning ham ahamiyati katta bo‘lgan. Amir Temur davlati o‘sha vaqtda ma’lum bo‘lgan
quruqlikdagi barcha davlatlar bilan deyarli aloqani yo‘lga qo‘ygan. Aynan Amur Temur
davrida “Buyuk Ipak Yo‘li”ning mavqyeyi ko‘tarilgan bo‘lib, davlatlar va elatlar o‘rtasidagi
madaniy aloqalarning rivojlanishiga sabab bo‘lgan.
XVI asrga kelib Yevropa bo‘ylab sayohat qilish odat tusiga kira boshlaydi. Bunday
sayohatlarni uyushtirish “Yosh aristokratlarni tarbiyalash dasturi”ga kiritilib, unda o‘qish,
bilim olish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Bunday sayohatlarning yo‘nalishi Angliyada London
shahridan boshlanib, Fransiyaning Parij shahriga, so‘ngra Italiyaga Genuya, Milan, Florensiya,
Rimgacha davom etgan. Orqaga qaytish yo‘li Shveysariya, Germaniya, Niderlandiya
mamlakatlari orqali o‘tilgan. Aslzoda (aristokrat) yoshlar sayohat davomida xo‘jalik, siyosiy
aloqalarini taniqli xorijiy oilalar bilgan o‘rnatishga kirishadilar. Ular nafaqat bilim olish, balki
dam olish, ko‘ngil ochish uchun ham safarlarga chiqishgan.
Bu harakatlar davomiyligida bir qator o‘zgarishlar yuzaga kela boshladi, endi turizm fan
texnika rivojlanishi natijasida rejali, ilmiy asoslangan holda amalga oshirish uchun sharoitlar
yuzaga kela boshladi.
Turizmni, ilmiy asoslangan holda amalga oshirish g‘oyasini ro‘yobga chiqarish XIX
asrning o‘rtalariga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, bu jarayon sanoatning rivojlanishi va ishlab
chiqarishning takomillashuvi bilan bog‘liqdir. Bu vaqtga kelib, turistik sayohatlar poyezdlar,
avtomobillar va paroxodlarda amalga oshirila boshlandi va turizmning yaxlit infratuzilma
shaklida rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Turizmni tashkllashtirish avvalgilaridan tubdan farq qila
boshladi. Bunda turistlarning xarakatlanishi va transport vositalalarining takomillashuvi bilan
xarakterlidir. Insonlarning mehnat qobiliyatini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy
strategiyaning muhim sohalaridan biri bo‘lgan turizmning sezilarli darajada faoliyat
ko‘rsatishi uchun yetarli shart-sharoitlar aynan shu davrda paydo bo‘la boshladi. Bu davrda
iqtisodiy tomondan o‘zini o‘nglab olgan Yevropa va Amerika mintaqasi mamlakatlarida
insonlar olamni kengroq bilish maqsadida dunyoning turli xil burchaklariga sayohat qila
boshladilar. Zamonaviy, har tomonlama puxta ishlangan reja asosida turizmning yangi
bosqichini dunyoda birinchi bo‘lib, asli duradgor (xunarmand) bo‘lib ishlagan Buyuk
Britaniyalik Tomas Kuk 1841 yilda boshlab berdi. Tomas Kuk 1846 yili faoliyatini rivojlantirib
1860 yilda turistik korxonasini ochdi va bu korxona «Thomas Cook Travel» nomini oldi. Bu
turistik korxona hozirgi kunda ham o‘z faoliyatini dunyoning 50 dan ortiq davlatlarida davom
ettirib kelmoqda.
Biroz keyinroq turistik firmalar va agentliklar Fransiyada, Italiyada, Shveysariya va
Yevropaning boshqa mamlakatlarida paydo bo‘la boshlaydi.
Tomas Kuk turizm faoliyati natijasida sohaga quyidagi yangiliklarni olib kirdi:
transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga olgan holda ommaviy
sayohat qilish; kreditga sayohat qilish; yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar; ishchilar
uchun maxsus sayohatlar uyushtirish; valyuta almashtirish operasiyalari va boshqalar.
1-jadval
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
Zamonaviy turizm infratuzilmasining shakllanish va rivojlanish bosqichlari
1
Bosqichlar
Amalga oshirilgan ishlar ko‘lami haqida qisqacha ma’lumotlar
Birinchi
bosqich-
1840-1914
yillar
Xalqaro turizm rivojlanishiga tamal toshini Tomas Kuk qo‘ydi. Xalqaro
turizmni tashkil qilishga ilmiy tomondan yondashildi. Turistik firmalar
vujudga keldi. Turizmning iqtisodiy ahamiyati ochib berildi. Turizmda
takomillashgan transport vositalaridan (temir yo‘l va paroxod)
foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Mahalliy, davlatlar o‘rtasida, qi’talararo
turistik yo‘nalishlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
Ikkinchi
bosqichi -
1920-1938
yillar
Birinchi jahon urishining nihoyasiga yetishi bilan turizm qayta tiklana
boshladi, xususiy mehmonxonalar (yuqori klassdagi), dengiz bo‘yilarida
dam olish maskanlari va kurortlar qurilishi jadallashdi. Turistlarga
transportda xizmat ko‘rsatish tizimi (xarbiy samolyotlar fuqarolarni
tashishga moslashtirildi, avtomabillar ishlab chiqarish kengaytirildi,
dengiz transporti rivojlanishi yangi bosqichga o‘tdi) yangicha ko‘riniga
ega bo‘ldi.
Uchinchi
bosqichi –
1950-1970
yilllar
Ikkinchi jahon urishi tugashi bilan xalqaro turizm qaytadan oyoqqa tura
boshladi. Xalqaro turizmga integratsion jarayonlar kirib kela boshladi.
Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimi –Computer
Reservation System (CRS)ga asos solindi. Havo transportida
rezervlashtirish tizimlari (“American Airlenes” va “United Airlines”
kompaniyalari) yaratildi.
To‘rtinchi
bosqichi -
1970-1990
yillar
Turizmda axborot-kommunikasion texnologiyalar, global distribyutor
tizimi (Global Distribution Systemes - GDS) keng joriy qilindi. Transmilliy
kompaniya (TMK)lar turizmga (mehmonxona, ovqatlantirish, transporda)
kirib keldi. Turizmda integrasion jarayonlar yangi rivojlanish bosqichiga
kirdi.
Beshinchi
bosqichi –
1990-2010
yillar
Globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi natijasida
“Zamonaviy
turizm”
tushunchasi qo‘llanila boshlandi. Turizmning jahon YaIMda ulishi
ortib bordi, eksport salohiyati oshirildi, investisiyaning barqaror oqimi
ta’minlandi. Turizmda strategik alyanslar (mehmonxonalar, havo
transportida) paydo bo‘la boshladi. Klaster usuli turizmda qo‘llana
boshlandi.
Oltinchi
bosqichi –
2010 yildan
hozirgacha
Turizmda raqamli innovasion-texnologiyalar joriy qilina boshlandi.
Turistlar uchun makondan tashqarida sayohatlar (kosmik turizm) taklif
qilina borlandi.
Turizm rivojlanishi jadallashi bilan birga yuzaga kelgan ayrim siyosiy vaziyatlar tufayli
uning rivojlanishida muammolarni keltirib chiqara boshladi. Turizm rivojlanishidagi birinchi
jiddiy muammo, bu birinchi jahon urushi boshlanishi bo‘ldi. Birinchi jahon urushi boshlanishi
bilan turizm infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishi, shu bilan birgalikda turfirma va
1
Muallif ishlanmasi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
turagentliklarning faoliyati deyarli to‘xtab qoldi. To‘rt yillik urush tugashi bilan, 1919 yildan
boshlab harbiy samolyotlar-ning fuqarolarni tashishga moslashtirilishi natijasida turistik
firma va turagentliklarning faoliyati yana jonlana boshladi.
Turizmning qisqa vaqt ichida o‘zini tiklab olishi va rivojlanishiga bir qator yetarli asoslar
bor edi. Bu davrda Amerika mintaqasidagi turistlar oqimi Yevropa va Osiyoga qaratilib, urush
vayronagarchiliklari va ularni tiklash borasida investisiyalar kiritish va o‘zaro manfatli
hamkorliklar yuzasidan tashriflar ko‘payib bordi. Bu davr uzoqqa cho‘zilmadi, sababi 1929-
1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi (krizis)ning kuchayishi Yevropada siyosiy vaziyatning
keskinlashuvi, Germaniyada davlat xokimiyatiga Gitler boshchiligidagi nasistlar partiyasi-ning
kelishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Turizm sohasi turli xil davlat ahamiyati-ga ega bo‘lgan axborotlarni
to‘plashi va qo‘poruvchilik ishlarini amalga oshiradigan manba bo‘lib qoldi. Misol,
Ispaniyadagi grajdanlar urushi davrida Germaniya Tashviqot va Targ‘ibot vazirligida maxsus
turizm bo‘limi tashkil etilgan edi. Uning asosiy vazifasi Ispaniyaga polyak askarlarini turist
tarzida yuborishdan iborat edi.
1939-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi xalqaro turizmning hajmini keskin
kamaytirib yubordi. Urush davrida ko‘pgina Yevropa mamlakatlari shaharlari xarobalarga
aylanib qoldi. Pul tanqisligi, yoqilg‘i-enegetika resurslari, oziq-ovqat va malakali kadrlarning
yetishmasligi davlatlarning milliy iqtisodiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu borada dunyo
mamlakatlaridagi siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, harbiy qurollanish poygasining to‘xtovsiz
kuchayishi xalqaro turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin Yevropaning ayrim mamlakatlarida, AQSh va
Kanadada xalqaro turizm yana jonlana boshladi. 1951 yilga kelib butun dunyo bo‘yicha qayd
etilgan turistlarning umumiy soni urushgacha bo‘lgan darajaga yetdi va 25 milliondan ortiq
kishini tashkil qildi
2
.
Kuchli dam olishga bo‘lgan talabning ortib borishi natijasida turizm infrastrukturasi
tezlikda shakllandi. Bu davr turistik firmalarning aktiv faollashuvi ommaviy qurilish
mehmonxonalar, motellar, dam olish uylari va ko‘ngil ochar joylari bilan ifodalanadi. 1947
yilda Parijda xalqaro turistik tashkilotlarning rasmiy Ittifoqi (MSOTO) tuzildi va uning ustavi
tasdiqlandi. Uning haqiqiy a’zolari bo‘lib, davlat va nodavlat tashkilotlari hisoblanadi. Ittifoq
tarkibiga 120dan ortiq davlat kirgan.
1969-yil BMT bosh Assambliyasi rezalyusiyasiga muvofiq nodavlat xalqaro turistik
tashkilotlarning maxsus ittifoqi (MSOTO) qaytadan tashkil etilib, Butunjahon Turizm
Tashkiloti (BTT)ga aylantirildi. BTT 1975-yil 2-yanvarda o‘z ustavini qabul qildi. Uning
tarkibiga bugungi kunda 160dan ortiq davlat kiradi. BTT tashkilotining asosiy maqsadi -
turizm sohasida davlatlarning bir-birlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, turizmning
rivojlanishni rag‘batlantirish, tinchlik, taraqqiyot va inson haq-huquqlarini himoya qilish,
jadal iqtisodiy yuksalishga o‘z hissasini qo‘shishdan iboratdir.
Xulosa.
Turizm rivojlanishidagi asosiy voqealardan biri, 1972 yilda YuNESKO qarori
bilan Butunjahon tarixiy-madaniy obidalarini va tabiatni saqlash, kelgusi avlodga yetkazish
bo‘yicha Konventsiya qabul qilini-shi bo‘ldi. 1994 yilda Konvensiyaga a’zo bo‘lib kirgan
mamlakatlar soni 112tadan oshib ketdi. O’zbekiston ham bu Konvensiyaga qabul qilingan.
2
www/ unwto.org
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
Ushbu Konvensiyaga 95ta davlatdagi 411ta obyektlar ro‘yxatga kiritilgan bo‘lib, shulardan
305 tasi tarixiy-madaniy joylardir. Bulardan Florensiya va Rimdagi tarixiy obidalar, Agradagi
Tojmahal, Moskvadagi Qizil maydon, AQShdagi Ozodlik haykali, Misr Piramidalari,
Aleksandriya Mayog‘i, Parijdagi Eyfel minorasi, Samarqanddagi Registon maydoni, Xivadagi
Ichanqal’a va shu kabi ko‘plab tarixiy ahamiyatga molik obidalar insoniyat taraqqiyotini
ifodalaydi.
Xalqaro turizm rolining ko‘tarilishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning
ahamiyati ortib bordi va tezkorlik bilan rivojlanib borayotgani uchun ushbu sohaga juda katta
e’tibor berdi. 1963 yilda Rimda (Italiya) BMTning turizm va sayohatlar bo‘yicha I-
konferensiya o‘tkazildi. Konferensiyada “Vaqtinchalik keluvchi”, “Turist”, “Ekskursant” kabi
turizmdagi maxsus tushunchalarga aniqlik kiritildi. Lekin, shu kungacha xorijiy ilmiy
adabiyotlarida “Turizm” tushunchasini aniqlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Bu
yondoshuvlarni turlicha belgilarga qarab bir necha guruhlarga birlashtirish mumkin:
turizm – odamlarni yo‘nalish bo‘yicha aniq obyektga tashrif buyurishi yoki maxsus
qiziqishini qondirish va doimiy yashash joyiga qaytib kelishi harakatlarining alohida
shaklidir;
turizm – odamlarni harakatlanishi (joyini o‘zgartirishi), ularni doimiy yashash joyida
bo‘lmasligi va qiziqqan obyektida (safarda) vaqtincha bo‘lishi;
turizm – shaxsni uning ijtimoiy-gumanitar funksiyasi orqali (tarbiyaviy, ta’limiy,
sog‘lomlashtirish va sport) amalga oshiriladigan rivojlanishi alohida shaklidir;
turizm – dam olishni, bo‘sh vaqtni o‘tkazishning ommaviy shakli sifatida qaraladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Понятия, функции и цели туризма. [Электронный ресурс]. – Режим доступа: //
https://studopedia.su
2.
Tunca Toskay, Turizm Olayina Genel Yaklasim, 3- Basim, Der Yayinlari; № 26, Istanbul,
1989. − S.20.
3.
Tunca Toskay, Turizm Olayina Genel Yaklasim, 3- Basim, Der Yayinlari; №26, Istanbul,
1989. − S.20.
4.
Walter Hunziker, Un Siecle de Tourisme en Suisse, Berne, 1947. P.11.
5.
Пардаев М.Қ. ва бошқалар. Хизмат кўрсатиш, сервис ва туризм соҳаларини
ривожлантириш: муаммолар ва уларнинг ечимлари, Монография, Т.: Иқтисодиёт-
молия, 2008.− Б. 58-59.
6.
Сафаров
Б.Ш.
Миллий
туристик
хизматлар
бозорини
инновацион
ривожлантиришнинг методологик-услубий асосларини такомиллаштириш. DSc
диссертацияси автореферати. – Сам., 2017. – 78 б.
7.
Ўзбекистон Республикасининг 830-I-сонли “Туризм тўғрисида”ги Қонуни. 1999
йил 20 август. [Электрон ресурс]. – Кириш йўли:
8.
Ўзбекистон Республикасининг ЎРҚ-549-сонли “Туризм тўғрисида”ги Қонуни. 2019
йил 18 июл. [Электрон ресурс]. – Кириш йўли:
/docs/4428907
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
9.
Зайцева Н.А. Менеджмент в социально-культурном сервисе и туризме: Учебник. −
М.: Академия, 2003. – С. 54.
10.
EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S., OGLI J. A. E. F. PROBLEMS OF SMALL
BUSINESS DEVELOPMENT IN THE SERVICE SECTOR IN A MARKET ECONOMY //Web of
Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 609-613.
11.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. RUSLANOVICH BA THE LATEST SOCIAL
TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web of Semantics: Journal of Interdisciplinary
Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 585-592.
12.
ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. OGLI KDS THE ROLE OF FOREIGN INVESTMENT
IN MODERNIZATION OF ECONOMY OF UZBEKISTAN //Web of Semantics: Journal of
Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 601-608.
13.
NODIROVNA M. S. et al. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING
THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR: PROS AND CONS //Excellencia: International
Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 238-247.
14.
EGAMBERDIEVICH P. M., NODIROVNA M. S. OGLI UAA WAYS TO INCREASE RESOURCE
EFFICIENCY AT SERVICE ENTERPRISES //Excellencia: International Multidisciplinary Journal
of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 290-295.
15.
Sattarova Z., Mirzaeva S., Kuchkarov I. Digital Tourism in Central Asia and the
Development of its Renewal (Using the Example of the Great Silk Road) //Excellencia:
International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – С. 248-
258.
16.
SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF
PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET
OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.
17.
NODIROVNA M. S. et al. INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE SERVICE SECTOR //Web
of Semantics: Journal of Interdisciplinary Science. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 304-312.
18.
BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE
CONCEPTS
OF
INNOVATION,
INNOVATION
ACTIVITY
AND
INNOVATION
ENTREPRENEURSHIP. – 2023.