ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
51
“NAFS”UMUMIY MA’NOLI ATOV BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK
XUSUSIYATLARI
Vafoyeva Mohinur Odiljon qizi
Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti 2-bosqich talabasi
Telefon raqam: +998 94 161 31 07
F.H. Yuldoshev
Ilmiy rahbar:f.f.d.(DSc)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15285867
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “nafs” leksemasining semantik xususiyatlari, mazkur
leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi xususiyatlari haqida mulohazalar yuritilgan.
Kalit so’zlar:
umumiy ma’no, xususiy ma’no, “nafs” umumiy semali atov birliklar,
lingvoma’naviyatshunoslik, O‘TIL, ta’magirlik, nafs.
Hozirgi ishiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda shaxs ma’naviyati kundan kunga
muhim masala bo‘lib bormoqda. Zero, moddiyat bizning ma’naviy qadriyatlarimizdan ustun
bo‘lmasligi uchun barchamiz mas’ullikni o’z zimmamizga olishimiz lozim. Birinchi
prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida: “Dunyodagi zo‘ravon va
tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning
boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi
bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi’’
1
. Chunki har qaysi
xalq yoki millatning ma’naviyati uning bugungi hayoti va kelajagi uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
“Ma’naviyat insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi mohiyati ya’ni mehr-
muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, go‘zallikni sevish,
undan zavqlanish,yovuzlikka nafrat,iroda,matonat va shu kabi ko‘plab asl insoniy xislatlari va
fazilatlarining uzviy birlik,mushtaraklik kasb etgan majmuidir’’
2
. Ma’naviyat insoniyat uchun
juda muhim masala sanalib,barcha zamonlarda alohida e’tibor berilgan.Chunki, ma’naviyat
barcha sohalar bilan uzviy bog‘liq tushuncha hisoblanadi.Tilshunoslik ma’naviyat uchun eng
yaqin sohalardan biridir. Bugungi kunda bu ikki sohani birlashtirib turuvchi yangi yo‘nalish-
lingvoma’naviyatshunoslikdir.
Ma’naviyat sistemasiga kiruvchi “nafs” umumiy semali atov birliklar juda ham keng
tushuncha bo‘lib, avvalo,
nafs
tushunchasi va uning mazmun mohiyatini anglashimiz,
tushunishimiz, idrok etishimiz zarur.
Nafs
tushunchasi asli falsafiy kategoriya bo‘lib,
“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘atida quydagi ta’rifi bilan “O‘zbek tilining izohli
lug‘ati” dagi leksikografik tavsifi quyidagicha farqlanadi.
NAFS [arabcha. Qalb, ko‘ngil ,inson, maqsad, intilish, g‘urur, mag‘rurlik]
1)
yeyish-ichishva mol-dunyoga bo‘lgan extiros 2) shahvoniy xirs. Nafs insonning moddiy
o‘zligi “meni”dir
3
.
1
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmaskuch’’. Toshkent: Ma’naviyat’’ 2010.
2
Mirziyoyev Sh. Erkin vafarovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O’zbekiston
2016 . –B 56.
3
.,,Ma’naviyat’’ asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot. Toshkent-2010
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
NAFS
[a.-qalb,
ko‘ngil,inson;
maqsad,
intilish;
g‘urur,
mag‘rurlik]
1.mol-dunyoga, yeyish-ichishga bo‘lgan ehtiros. Mening nafsim balodur, yongan o‘tga soladir.
Maqol. 2.Shahvoniy hirs. Boyvachchaning ko‘zida har bir xotin uning nafsi, hirsi uchun
yaratilgan chiroyli meva edi. Oybek. Tanlanganasarlar
4
.
Umumiy qilib aytganda,
nafs
leksimasi ikki qismga bo‘linadi: moddiy va ma’naviy.Ahmad
Yassaviy hikmatlarida ilgari surilgan axloqiy pand-nasihatlardan molparastlikni fosh etish,
kishilarni insofli,diyonatli,iymonli bo‘lishga chaqirishda foydalanish o‘rinli.Yassaviy inson
hayotidagi katta kurash nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash deb hisoblagan. U
nafsga mag‘lub bo‘lgan shoh-qul, nafsdan ustunlikka erishgan qul shohdir, deydi. Nafs inson
uchun katta yovdir. Shu yovning boshini yanchgan, uni yenggan, nafsga taslim bo‘lmagan
kishining g‘ururi va insoniy qadr-qimmatini hech kim poymol qila olmaydi, deb bilgan. O‘z
hikmatlaridan birida shunday deydi:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldan ozib,toyib,to‘zib gumroh bo‘lur.
Yotsa-tursa shayton bilan hamroh bo‘lur…
U nafs bandalariga qarata “Nafsni teygil, nafsni teygil, ey badkirdor” deb murojaat etadi.
Nafs insondagi butunlikni parchalaydi, iymonni sindiradi.Shu bois “Nafsni tanib mehnat etsa
rohat”- deb xitob qiladi.
5
“Nafs” umumiy ma’noli atov birliklar o‘zining umumiy va xususiy ma’nolariga ega bo‘lib,
mazkur ma’noviy guruh quyidagicha guruhlarga bo‘linadi.
“Nafs” umumiy ma’noli atov birliklarga
bevosita
kiradigan so‘zlar
“Nafs” umumiy ma’noli atov birliklarga
bilvosita
kiradigan so‘zlar
Ochko‘zlik
Badkirdorlik
Tamagirlik
Shuhatparastlik
O‘larmon
Xudbinlik
Haris
Xasislik
Poraxo‘rlik
Manfaatparastlik
Xususan, “Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati hamda boshqa lug‘alardagi
tavsif asosida, “nafs” umumiy semali atov birliklar sistemasinini yadrosini tashkil etgan
leksemalar sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
-tamagir;
-ochko‘z;
-xaris;
-o‘larmon;
- poraxo‘r.
Ushbu birliklarning semalarini aniqlash uchun “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” va maxsus
lug‘atlarga murojaat qilamiz.
TAMAGIR [a. –biror narsa olishga intiluvchi; ochko‘z; manfaatparast] Birovdan o‘lja
olishga, ta’ma qilishga o‘rgangan, ta’ma qiluvchi .Uchinchi bir turkum odamlar borki, hatto
4
.O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Toshkent:O‘zME,2006.-B.418
5
"IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK" TALQINI Xolmominov, Jafar Muhammadievich
Shermataliev, Omonullo
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
uyiga mehmonga borib qolsang ham, qo‘lingga qaraydi. Bunday odamlarni tamagir, poraxo‘r
deyaver .Y.Shukurov Qasos.Tamagirlik birovdan bir narsa kutish va shuning ilinjida bo‘lish;
shu maqsaddagi xatti-harakat
6
.
OCHKO‘Z 1.yeb to‘ymaydigan, nafsini tiyolmaydigan, nafsi buzuq, suq. Ochko‘zda bo‘lsa
ham yo‘q,saxiyda bo‘lmasa ham to‘q. Maqol. 2.Biror narsaga o‘ch, har narsaga ortiqcha xirs
qo‘ygan. Sohib qori molparast, ochko‘z odam. L.Rahim. Chin muhabbat.Ochko‘zlik ochko‘zga
xos xususiyat, xatti-harakat.Abror magazinga kirgan xaridorlarni ochko‘zlik bilan shilish
payida bo‘lardi… A.Ko‘chimov.Halqa
7
.
O‘LARMON 1.nafsini tiya olmaydigan; ochko‘z . O‘larmonga mol bitmas. Maqol.
8
Yuqoridagi leksimalarda bir-biridan farqlanuvchi va bir-birini to‘ldiruvchi belgilar
mavjud bo‘lsada, barchasining yadrosi, ya’ni asosiy semasi nafs hisoblanadi. “Ochko‘z”
leksemasining har ikkala ma’nosi ham “dunyoviy ya’ni moddiy” ma’nosi bilan “ma’naviyat”
leksik kategoriyasining yadrosiga birlashadi.
Xulosa qilib aytganda, “ma’naviyat” leksik kategoriyasi ko‘plab tarkibiy qismlarga ega
bo‘lib, “nafs” ularning asosiylaridan biridir. “Ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyalari
o‘quvchilarning ongiga ijobiy ta’sir qilib, ularning komil inson bo‘lishi uchun muhim vazifa
o‘taydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
I.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” TOSHKENT. “Ma’naviyat” 2010.
2.
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. – Toshkent: O‘zbekuston, 2016. –B. 56.
3.
“Ma’naviyat” asosiy tushunchalar izohli lug‘ati. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot.
Toshkent-2010
4.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”
5.
"IRFON FALSAFASIDA “NAFS” TUSHUNCHASINING GERMENEVTIK" TALQINI
Xolmominov, Jafar Muhammadievich Shermataliev, Omonullo
6.
O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Toshkent:
O‘zME,2006.-B.418
7.
O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Toshkent:
O‘zME,2006.-B.418
6
. O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Toshkent:O‘zME,2006.-B.418
7
. O‘zbek tilining izohli lug'ati:8000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I-Toshkent:O‘zME,2006.-B.418
8
.УЗБЕК ТИЛИНИНГ изохли ЛУГАТИ икки томли 60 ООО суз ва бирикма 3 . М. МАЪРУФОВ та^ркри остида II СХ
МОСКВА «РУС ТИЛИ» НАШРИЁТИ