ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
49
“POKLIK” LEKSEMASINING SINONIMLIK QATORI
Maftuna Djo‘raqulova Anvar qizi
Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti 2-bosqich talabasi
maftunadjurakulova27@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15285865
Annotatsiya:
Ushbu maqolada “poklik” leksemasining sinonimik munosabati haqida
fikrlar bildirilgan va bugungi kunda mazkur leksema “ma’naviyat” maydoniga oid ekanligi,
uning semantik strukturasi, sinonimlar orasidagi uslubiy farqlar kuzatilishi misollar va
jadvallar bilan dalillangan.
Kalit so‘zlar:
insoniylik, sinonimlik qator, o‘zbek xalq maqollari, sema, integral sema,
sinonimlarning qo‘llanilishi.
Insondan ma’naviy poklikning mavjudligi shaxsning ma’naviyati, diyonatli ekanligi,
andishasi borligi bilan namoyon bo‘ladi.
Ma’naviyatli, odamgarchiligi bor
tushunchalari tilga
olinganda, albatta, barchaning ong-shuuriga qalbi va o‘y-xayolimizga ma’naviy pok inson
keladi. Inson necha ming yillardan beri butun jonzodlar ichida o‘zining odamgarchiligi,
farosati, samimiyligi va ma’naviyatining yetukligi bilan ajralib turadi. Shaxs ma’nan yetuk
bo‘lsa, unga teng keladigani topilmadi, buning asosiy sababi ham ma’naviy kamol topmagan
insonlar tomonidan barcha yovuzliklar kelib chiqishidir. Zero, ma’naviy boy, o‘z dunyo
qarashiga ega o‘zini poklik bilan boyitgan insonlar o‘zlarida bor foydali ne’matlardan bilim
ulashish kabi ulashishni istashadi. Shu sababdan, har bir inson hozirgi kunda ta’lim-tarbiya
berish jarayonida ma’naviyat, insoniylik, rahmdillik kabi tushunchakarni ham kun tartibiga
qo‘yishgan. “Poklik” ma’nolari mavjud bo‘lgan maqollar ham mavjud. Jumladan: “Halol
mehnat yerda qolmas”, “To‘g‘ri boshni egri qilich kesmas”, “Manman kamtardan yengilar,
to‘g‘ri el chida tanilar” maqollari bunga misol bo‘la oladi.
Bu kabi o‘zbek xalq maqollarda “halol mehnat”, “to‘g‘ri bosh”, “manman kamtardan
yengilar” va “to‘g‘ri el ichida tanilar” kabi birikmalarni qo‘llanishi qalban va ruxan pok
insonning belgilarini qo‘llashga xizmat qilmoqda. Masalan, “to‘g‘ri bosh” metaforasida
halollik
,
to‘g‘rilik
semalari
“poklik”
leksemasini hamda “
to‘g‘ri”
lesksemasining hosila ma’nolaridagi
“halol va pok” semalari poklik leksemasini shakllantirgan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “poklik” so‘zining asosidan shakllangan birqancha
leksemalar mavjud.
Pokdil, pokdomon, pokiza, pokizalamoq, pokizalik, poklamoq, poklanmoq,
poklik, pok-pokiza
kabi so‘zlar asosi
pok
so‘zidan shakllangan bo‘lib, har biri inson qalbini,
atrof muhitni poklash ma’nolari beradi.
Pok I [
f
-toza, pokiza; iffatli, uyatchan] 1 Top-toza; gard-g‘ubor, kir, chang kabilardan holi;
pokiza.
Pok buloqlar. Pok idishlar. Shunqor ko‘kragingiz istehkomda zo‘r, Chunki pok havoda
olishdir hafas. G‘. G‘ulomm. Har qanday hayvon terisi ham olishsa, toza va pok bo‘ladi. “Fan va
turmush
”.
1
“Pok” leksimasi izohli lug‘atda “toza gard-g‘ubor yuqtirilmagan” degan ma’nolarda
kelgan. “Pok” leksemasi bundan ko‘rinib turibdiki, insoniylik umumiy semali atov birliklar
ma’nosini o`z ichiga oladi.
To‘g‘ri qo‘l, topgani barakali inson, insofli odam, ko‘ngli oq, qalbi toza, pok odam, axloqi
butun, rostgo‘y inson, tilla odam, yo‘lida to‘g‘ri, diyonatli inson, iymonli bu kabi ibora va
1
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.-Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti.-B.288.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
50
metaforalarning shevalarda turlicha talqindaligini ko‘rishimiz mumkin. (“Pok” leksimasi izohli
lug‘atda “toza gard-g‘ubor yuqtirilmagan” degan ma’nolarda kelgan. “Pok” leksemasi bundan
ko‘rinib turibdiki, insoniylik umumiy semali atov birliklar ma’nosini o`z ichiga oladi). Yozilishi
turlicha bo‘lishiga qaramasdan, hududiy bo‘linish natijasida bir ma’no ifodalovchi so‘zlar turli
talqin qilingan.
“Poklik” leksemasini ifodalashga xizmat qilgan bu so‘zlarning jamlanmasi ushbu
ma’nolarni beradi. Bu so‘zlar orasida o‘zaro semalari bir xil ma’no anglanishiga ham yordam
beradi. Shuningdek, har birini ifodalashda o‘zaro sinonimlari ham mavjud. Asarlarda ham pok
inson, pok qalb, pok muhabbat tushunchalari orqali asarni syujetiga va motiviga shu so‘zlar
orqali o‘zgacha ruh bag‘ishlanadi. Masalan, O‘lmas Umarbekovning “Qiyomat qarz” hikoyasida
Sarsonboy ota obrazida necha yillardan beri sarson bo‘lishiga qaramasdan, Haydarali ismli
insonni unga bergan ikkita qo‘yi qanchalik ko‘payib ketmasin, Sarsonboy ota uni kutishda
davom etadi. Uni o‘z qo‘li bilan omonatni topshirishga bo‘lgan harakati haqiqiy pok qalbli, pok
insonning ishi hisoblanadi. Bu hikoyada pok inson deya tariflanmasada, asar bosh
qahramonining obrazi uni qanchalik pokligini anglatadi. Shuningdek, Abdulla Qodiriyning
“O‘tgan kunlar” asarida ham Otabekning Kumushga bo‘lgan pok muhabbatini uchratishimiz
mumkin. Uning pok muhabbatini Kumushga bo‘lgan munosabatida, u bilan bo‘lgan muloqot
davomida ko‘rishimiz mumkin. Bundan ma’lumki, “Poklik” leksemasini qo‘llamasa ham, badiiy
ifodalar yordamida poklikni, insoniylik tushunchalarini anglash murakkab emas.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati.-Toshkent: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy
nashriyoti.-B.288.
2.
Hakimova M. Semasiologiya. O‘quv qo‘llanma, Toshkent, 2018
3.
Yuldashev F. https://library.ziyonet.uz/ru/book/126767