ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
160
MILLIY IQTISODIYOTDA UY XO‘JALIKLARI FAOLLIGINI OSHIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI
Bekmuxamedova Barno O‘ktamovna
Guliston davlat universiteti katta o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15310497
Anotatsiya.
Mazkur maqola milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari faolligini oshirishning
nazariy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda uy xo‘jaliklarining iqtisodiy agent sifatidagi
roli, ularning daromadlari, iste’moli, jamg‘armalari va investitsiyalari kabi faoliyat turlari tahlil
etiladi. Shuningdek, uy xo‘jaliklari faolligiga ta’sir etuvchi asosiy nazariy yondashuvlar,
jumladan, ratsional xulq-atvor nazariyasi, inson kapitali nazariyasi va xulqiy iqtisodiyot
konsepsiyalari ko‘rib chiqiladi. Maqolada uy xo‘jaliklari faolligini oshirish orqali milliy
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishish imkoniyatlari va bu borada davlat siyosatining
o‘rni muhokama qilinadi. Uy xo‘jaliklarining iqtisodiy faolligini baholash mezonlari va uni
rag‘batlantirish yo‘llari bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
milliy iqtisodiyot, uy xo‘jaliklari, iqtisodiy faollik, ratsional xulq-atvor, inson
kapitali, xulqiy iqtisodiyot, davlat siyosati, iqtisodiy rivojlanish.
Kirish.
Bugungi kunda O‘zbekistonda uy xo‘jaliklari sektori mustaqil iqtisodiy subyekt
sifatida mehnat resurslarini takror ishlab chiqarish, inson kapitaliga sarmoya kiritish va
iqtisodiyotning real sektorini investitsiyalashda muhim omillardan biri bo‘lib, mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli,
respublikada kambag‘allikni kamaytirishda o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24
tadan 67 taga ko‘paytirildi hamda bir qator qulaylik va imtiyozlar berildi.
1
Shundan kelib
chiqqan holda, bugungi kunda mamlakatimizda uy xo‘jaliklari a’zolarining o‘zini-o‘zi band
qilishini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish masalalariga alohida e’tibor
qaratilmoqda.Bu esa, o‘z navbatida, ularning o‘zgarib borayotgan shart-sharoitlarga
moslashish va iqtisodiy faolligini oshirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni yanada
jadallashtirishni dolzarb muammolardan biriga aylantirmoqda. Kambag’allikkka qarshi
kurashish bo’yicha amalga oshirilgan ishlarning rivojlanayotgan mamlakatlarda amaliy
jihatdan qo’llanilishi AQSH olimlari A.Banerji, E.Dyuflo va M.Kremer tomonidan o’tkazilgan
eksperementlarda ham o’z aksini topgan. Olimlar rivojlanayotgan mamlakatlarda quyidagi
asosiy yo’nalishlarda qator eksperementlar olib brogan:
-
Kambag’allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar joylardagi shart-sharoitlardan
kelib chiqqan holda aniq tajribalar asosida ishlab chiqilishi;
-
Arzon va sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish, bepul emlash hamda sog’lom turmush tarzini
shakllantirish;
-
Ijtimoiy himoya tizimi va muhtojlarga moddiy yordam ko’rsatish;
-
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag’allikni qisqartirish bo’yicha institutsional
cheklovlarning mavjudligi;
-
Mikrokreditlash va tadbirkorlikka ruhlantirish;
-
Kambag’allikni qisqartirishda psixologik faktorlarning rolini oshirish va boshqalar.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 8- iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni
davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-4742 son qarori
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
161
Mamlakatimizda kambag’allikni qisqartirish borasida maqbul davlat siyosatini amalga
oshirish maqsadida Iqtisodiy taraqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi va
ushbu yo’nalishda uning asosiy vazifalari belgilab olindi. Hozirda mazkur yo’nalishda tizimli,
ya’ni, aholi kambag’al qatlamining: doimiy daromad manbaini yaratish; davr talabidan kelib
chiqib inson kapitalini rivojlantirish, to’g’ridan-to’g’ri qollab-quvvatlash, kabi ta’sirchan
mexanizmlar orqali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo mazkur muammo bugungi
pandemiya sharoitida keskin tus olib, global miqyosda yechimini talab qiladigan masalalar
sirasiga aylandi.
Uy xo‘jaliklarining resurslariga: moddiy (kapital, er, moddiy ashyolar, ko‘chmas mulk),
mehnat (inson kapitali, intellektual qobiliyat va tadbirkorlik layoqati), moliyaviy, axborot,
ijtimoiy va shuningdek o‘ziga xos maxsus (farzand ko‘rish va uni parvarishlash, vaqt byudjeti,
liderlik sifatlari) kiradi. Uy xo‘jaliklariga rasmiy tashkilotlar (masalan, firmalar)ga xos
bo‘lmagan afzallik va kamchiliklar xosdir
2
.
1-rasm. Uy xo‘jaligining afzallik va kamchiliklari
3
Moliyaviy resurslar iste’mol va jamg‘arish funktsiyalariga bog‘liq sanaladi, shu bois ham
uy xo‘jaliklari uchun mavjud vaziyat yoki strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, u yoki
bu ehtiyojlar uchun yo‘naltirilayotgan pul mablag‘larining maqbul nisbatlarini aniqlashtirish
2
Sik.E.Family, Household and Inter-household Network Coping with Economic Crises: препринт WP4/2002/02.-
М.: ГУ-ВШЭ, 2002.
3
Muallif ishlanmasi
Uy xo'jaliklarini g kuchli tomonlari
• boshqa iqtisodiy subyektlar bilan
o‘zaro samarali aloqalarni
rivojlantirish, murakkab iqtisodiy
muhitda yashovchanlikni
ta’minlash maqsadida uy xo‘jaligi
a’zolarining iqtisodiy faoliyatni
rag’batlantirish;
• “oila sha’ni” tushunchasi
opportunistik xulqning tabiiy
chegarasini anglatuvchi
korporativ axloq qoidalariga
tenglaniluvchi uy xo‘jaliklari;
• mehnat jarayonida ishtiroki faqat
manfaat nuqtai-nazaridan
baholanuvchi firmalardan farqli
o‘laroq, uy xo‘jaligini
iqtisodiyotda ishtirok etishi
kundalik me’yor, tabiiy xarajatlar
sifatida qabul qilishi.
Uy xo'jaliklarining zaif tomonlari
• turli yoshdagi avlod vakillarining
qarashlaridagi tafovutlar va
gender munosabatlari asosida uy
xo‘jaligining ichida va oilalar
o‘rtasida doimiy vujudga kelishi
mumkin bo‘lgan nizolar xavfi;
• uy xo‘jaligi a’zolarining umumiy
taraqqiyotiga qo‘shgan ulushini
aniqlashdagi obyektiv
qiyinchiliklar;
• uy mehnatini bozor ekvivalentida
iqtisodiy jihatdan real baholab
bo‘lmasligi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
162
muhim hisoblanadi. Jamg‘arish nuqtai-nazaridan uy xo‘jaligining kredit siyosati bo‘yicha
qarorlar qabul qilishi kerak.
Amalga oshirilgan tahlillar asosida iqtisodiy kategoriya sifatida uy xo‘jaligi mol – mulkdan
birgalikda foydalanish, hamkorlikda qarorlar qabul qilish, o‘z hayotiy faoliyatining shart-
sharoitlarini va unda inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishini ta’min etish
uchun boshqa iqtisodiy subyektlar (firmalar, davlat) bilan mavjud resurslarni ayirboshlash
yuzasidan o‘zaro aloqalarga kirishuvchi, ko‘p funktsional, iqtisodiy jihatdan alohidalashgan va
ommalashgan iqtisodiy subyektdir deb baholash mumkin.
An’anaviy jamiyatlarda uy xo‘jaliklarining faoliyati ijtimoiy me’yorlar va qoidalarga
bog‘liq bo‘lsa, bozor iqtisodiyotida-ularning faoliyati iqtisodiy qonunlar va ijtimoiy – iqtisodiy
institutlarning xatti –harakatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Iqtisodiy munosabatlar xilma-xil bo'lib, ular takror ishlab chiqarish jarayonining barcha
bosqichlarida, boshqaruvning barcha darajalarida mavjud. Shu bilan birga, ijtimoiy-iqtisodiy
faoliyatning har qanday sohasida doimo paydo bo'ladigan bir hil iqtisodiy munosabatlar
mustaqil iqtisodiy toifaning mazmunini tashkil qiladi. Uy xo'jaliklari faoliyatining yakuniy
natijasi-turmush darajasi va farovonlik darajasi. Aholi farovonligining haqiqiy ko'rsatkichi
sifatida uy xo'jaliklarining bir martalik resurslari kontseptsiyasi qo'llaniladi. Ularga uy
xo'jaliklarining naqd xarajatlari (qarindoshlarining moddiy yordami va alimentdan tashqari)
va shaxsiy yordamchi xo'jaliklardan tushgan daromadlar va boshqa manbalar kiradi. Uy
xo'jaliklarining bir martalik resurslari hayot darajasi va sifatini aniqlash uchun asos bo'lib
xizmat qiladi.
2. Turlicha daromad darajasidagi uy xo‘jaliklari iste’moli tarkibi
4
Daromad darajasining o‘sib borishi bilan iste’mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining
ulushi sezilarli darajada pasaymoqda. Daromadlari 6 mln. so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy
xo‘jaliklarining iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 mln.
so‘mdan past bo‘lgan uy xo‘jaliklarinikiga qaraganda o‘rtacha 26 foiz bandga kam. Agar
aholini yosh jihatdan qatlamlarga bo’lib tahlil qiladigan bo’lsak, turli davrlarda aholining oziq
va nooziq ovqatlar bo’yicha iste’mol tarkibi, yani ularning daromadlarini sarflash strategiyasi
turlichaligiga guvoh bo’lamiz.
4
Turmush darajasi va inflyatsiya. Axborot tahliliy ma’lumot. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2020 y.
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
70%
80%
90%
100%
1-2 mln so'm 2-4 mln so'm 4-6 mln so'm 6 mln so'm
nooziq-ovqat tovarlari
Oziq-ovqat tovarlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
163
Daromad darajasining o‘sib borishi bilan iste’mol tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarining
ulushi sezilarli darajada pasaymoqda. Daromadlari 6 mln. so‘m va undan yuqori bo‘lgan uy
xo‘jaliklarining iste’mol savatidagi oziq-ovqat mahsulotlari ulushining daromadi 2 mln.
so‘mdan past bo‘lgan uy xo‘jaliklarinikiga qaraganda o‘rtacha 26 foiz bandga kam.
1-jadval
Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari faolligini oshirish bo‘yicha takliflar va ularning
tahlili
№
Yo‘nalish
Taklif
Tahlil
Kutilayotgan
natija
1
Daromadlar
siyosati
Uy xo‘jaliklarining
real daromadlarini
oshirish uchun soliq
imtiyozlari va
subsidiyalarni
kengaytirish
Real daromad darajasi uy
xo‘jaliklarining xarid
qobiliyatiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Soliq
yengilliklari va subsidiyalar
iste’mol va jamg‘arma
hajmini oshiradi. Bu esa
ichki talabning o‘sishiga
xizmat qiladi.
Iste’mol va
investitsion faollik
oshadi
2
Moliyaviy
savodxonlik
Moliyaviy ta’lim
dasturlarini joriy
etish (maktabdan
boshlab)
Moliyaviy savodxonlik
darajasi past bo‘lgan uy
xo‘jaliklari ko‘pincha
noto‘g‘ri qarzlanish yoki
jamg‘arma vositalaridan
foydalanmaslik xavfiga ega.
Ta’lim orqali bu holat oldi
olinadi, investitsion xulq-
atvor shakllanadi.
Uy xo‘jaliklarining
moliyaviy qaror
qabul qilish
salohiyati
kuchayadi
3
Bandlik
Uy sharoitida
bandlikni
rivojlantirish uchun
mikrokreditlar va
grantlar ajratish
Uy sharoitidagi bandlik
(masalan:
hunarmandchilik, xizmat
ko‘rsatish) ayniqsa ayollar
va nogironlar uchun
dolzarb. Mikromoliyaviy
vositalar bu qatlamning
iqtisodiy faolligini oshiradi,
kambag‘allik kamayadi.
Rasmiy bandlik
ortadi, daromad
manbalari
kengayadi
4
Uy xo‘jaliklari
investitsiyasi
Uy xo‘jaliklarining
kichik biznesga
investitsiya qilishini
qo‘llab-quvvatlash
Agar uy xo‘jaliklari
jamg‘armalarini real sektor
(masalan, oilaviy
tadbirkorlik)ga yo‘naltira
olsa, bu umumiy iqtisodiy
faollikni oshiradi. Davlat
kafolatlari va qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlari
bunda hal qiluvchi rol
o‘ynaydi.
Mahalliy iqtisodiy
faollik kuchayadi
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
164
5
Ijtimoiy
infratuzilma
Transport, aloqa,
ta’lim va tibbiyot
xizmatlarining
sifatini yaxshilash
Infratuzilmaviy rivojlanish
— uy xo‘jaliklarining hayot
sifatini oshirishda asosiy
omillardan biri. Bu ularning
iqtisodiy faol bo‘lishi,
mehnat bozoriga chiqishiga
qulay muhit yaratadi.
Uy xo‘jaliklarining
hayot sifati va
iqtisodiy ishtiroki
ortadi
6
Raqamlashtirish
Uy xo‘jaliklarining
raqamli
xizmatlardan
foydalanishini
rag‘batlantirish
Onlayn bank, elektron
tijorat, raqamli savdo
platformalari orqali uy
xo‘jaliklari moliyaviy
xizmatlarga osonroq kira
oladi. Bu ularning iqtisodiy
integratsiyasini
kuchaytiradi, "soya
iqtisodiyoti" qisqaradi.
Iqtisodiy
operatsiyalar
soddalashadi va
rasmiylashtiriladi
Milliy iqtisodiyotda uy xo‘jaliklari faoliyati iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikni
ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Uy xo‘jaliklari — nafaqat iste’molchi, balki ishlab chiqarish,
jamg‘arma, soliq to‘lovchi va investitsiya subyekti sifatida ham ishtirok etadi. Ularning iqtisodiy
faolligi, asosan, daromad darajasi, ish bilan bandlik, moliyaviy savodxonlik, davlat siyosati va
infratuzilmaga bog‘liq. Nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, uy xo‘jaliklari faolligini oshirish
uchun ularning iqtisodiy xulq-atvori va motivatsiyasini chuqur tahlil qilish lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va
o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari
to‘g’risida”gi PQ-4742 son qarori
2.
Turmush darajasi va inflyatsiya. Axborot tahliliy ma’lumot. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki, 2020 y.
3.
Sik.E.Family, Household and Inter-household Network Coping with Economic Crises:
препринт WP4/2002/02.-М.: ГУ-ВШЭ, 2002.
4.
Доклад о цифровой экономике 2019. Создание стоимости и получение выгод:
Последствия для развивающихся стран. ООН. Женева 2019.
5.
Shahnoza, K., Umurzak, C., & Azamat, Z. (2023). The Significance of Artificial Intelligence
in the Development of Science, Education and the Digital Economy. Best Journal of Innovation
in Science, Research and Development, 2(11), 88-92.
6.
Национальные счета:практический вводный курс. Организация Объединенных
Наций.Нью-Йорк, 2006 г. — 176ст.
7.
http://www.stat.uz