ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
MUSTAQILLIK YILLARIDA QASHQADARYO VILOYATI HUDUDIDA
SPORTNING RIVOJLANISHI
Behzod Dilmurodov
Mustaqil tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15349498
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng
Qashqadaryo viloyatida sport sohasida amalga oshirilgan islohotlar, rivojlanish jarayonlari va
erishilgan yutuqlar tahlil qilinadi. Maqola viloyatdagi sport infratuzilmasi, yoshlarni sportga
jalb qilish, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish va mavjud muammolarni hal etish yo‘llarini
ko‘rsatadi. Shuningdek, kelajak istiqbollari va sportning ijtimoiy hayotdagi o‘rni ham
muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
Qashqadaryo viloyati, sport, jismoniy madaniyat, mustaqillik, yoshlar,
infratuzilma, xalqaro musobaqalar, islohotlar.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, sport va jismoniy madaniyat
sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Qashqadaryo viloyati ham bu jarayonda
muhim rol o‘ynadi. Viloyatning sport infratuzilmasi va yoshlarni sportga jalb qilish borasidagi
sa'y-harakatlar natijasida ko‘plab yutuqlarga erishildi. Ushbu maqolada viloyatda sportni
rivojlantirishning asosiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mustaqillikdan oldin O‘zbekiston sporti
ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi. Sport inshootlari yetarli emas edi, va yoshlar sport bilan
shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Mustaqillikdan so‘ng esa davlat tomonidan
sportni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi va amalga oshirila boshlandi.
Viloyatda sport infratuzilmasini rivojlantirish uchun bir qator loyihalar amalga oshirildi. Sport
majmualari, yangi zamonaviy sport komplekslari va stadionlar qurilishi natijasida yoshlar
uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Maktab sportini rivojlantirish maqsadida maktablarda
jismoniy tarbiya darslari sifatini oshirish va musobaqalarni tashkil etish orqali sportga
qiziqishni oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqildi.
Yoshlarni sportga jalb qilish uchun bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Sport musobaqalari har
yili o‘tkazilib viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalar orqali yoshlarning sportga
qiziqishi oshirildi. Maktablarda va boshqa ta'lim muassasalarida sport to‘garaklari tashkil
etilib, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlandi.
Jismoniy tarbiya va sport faoliyatidagi o‘zgarishlar jamiyatimizning yangi iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy, madaniy sharoitlariga moslashtirildi. O‘zbekistonda mustaqillik davrida
jismoniy tarbiya va sport sohasining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning samarali natijasidir, deb to‘la ishonch bilan
aytishimiz mumkin. Bugun O‘zbekistonda sport taʼlim va tarbiyaning ajralmas qismiga
aylangan. O‘zbekiston aholisi yosh bo‘lgan davlat bo‘lib, respublika hududida istiqomat
qiluvchilarning qariyb 40 qoizidan ko‘prog‘ini 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.
Ularning har tomonlama rivojlanib, ham maʼnan, ham jismonan kamolotga erishishlari muhim
ahamiyatga egadir.
Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvini yanada yuqori
pog‘onaga ko‘tarish, jismoniy madaniyat harakatini, bolalar sportini rivojlantirish, xalq milliy
o‘yinlarini qayta tiklash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
bo‘yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida
qabul qilingan President farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
mamlakatimizda ushbu sohani ommalashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sport, xususan, bolalar sportini
rivojlantirish uchun o‘ziga xos islohotlarni amalga oshirish borasida muayyan ko‘rinishdagi
huquqiy baza shakllantirildi. 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda yuqori
malakali sportchilarni tayyorlashga ixtisoslashtirilgan jami 352 ta sport-ta’lim muassasalari
faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2022-yilning 1-yanvar holatiga ularning soni 367 taga yetgan.
Shundan shahar joylarda – 324 ta, qishloq joylarda ‒ 43 ta. Ayni paytda respublikamizda 254
ta bolalar sport maktablari, 56 ta ixtisoslashtirilgan sport maktablari, 15 ta olimpiya zahiralari
kollejlari, 12 ta oliy sport mahorati maktablari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda
jismoniy tarbiya va sportning moddiytexnika bazasini rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar
amalga oshirildi. Xususan, Toshkent, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Andijon,
Samarqand, Guliston va boshqa shaharlarda xalqaro standartlarga javob beradigan qator
sport majmualari bunyod etildi. 2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda jami
6907,8 ming kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi aniqlandi. Sport nafaqat
jismoniy va ma’naviy sog‘lomlik asosi, balki hayotga kata umid bilan kirib kelayotgan
yoshlarni turli zararli yot g‘oya va odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyati va iste’dodlarini
to‘la ruyobga chiqarish vositasi hamdir. Shu bois so‘nggi yillarda mamlakatimizda bu borada
qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 48-moddasiga ko‘ra, davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun shartsharoitlar yaratadi. 1992-yil 14-
yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni qabul
qilindi. Ushbu qonunning ikkinchi tahriri 2000-yil 26-mayda tasdiqlandi. O‘zbekiston
Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahriri 2015-yil 4-
sentyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunda O‘zbekiston hukumatining jismoniy tarbiya va
sportni rivojlantirish huquqiy meʼyoriy asoslari Konstitutsiya va xalqaro huquq normalariga
mos ravishda yaratildi. Mazkur qonun 8 bob va 47 moddadan iborat. O‘zbekiston
Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi: jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash; har kimning jismoniy
tarbiya va sport bilan erkin shug‘ullanishga bo‘lgan huquqini taʼminlash; jismoniy tarbiya va
sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; fuqarolarning jismoniy
tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat kafolatlarini belgilash; jismoniy tarbiya va
sport sohasida kamsitishga hamda zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik; jismoniy tarbiya va sport
bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari
hamda tomoshabinlarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini taʼminlash; sportning barcha turlari
va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga ko‘maklashish; nogironlar va jismoniy imkoniyatlari
cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek, yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi
guruhlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashish;
O‘zbekistonning milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirish hamda ommalashtirish
uchun shart-sharoitlar yaratish; fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va
davomiyligini taʼminlash; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish shular jumlasidandir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
Xulosa
Qashqadaryo viloyati Oʻzbekistonning janubida jismoniy madaniyat va sportning
rivojlanishi uchun muhim markaz hisoblanadi. Ushbu maqola viloyatda erishilgan yutuqlar,
mavjud muammolar va kelajak istiqbollarini ko‘rsatadi. Sportning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va
ahamiyatini yanada oshirish maqsadida harakat qilish zarur.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi (2023). Sportni rivojlantirish dasturi.
2.
Abdullayev, A. (2020). O‘zbekistonning jismoniy madaniyati: tarix va bugun.
3.
Karimov, I. (2018). Sport va jismoniy tarbiya: nazariya va amaliyot.
4.
Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi (2024). Sport sohasidagi statistik
ma’lumotlar.
5.
Rasulov, M. (2019). Yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish: muammolar va yechimlar.
6.
Asilbek, Khojayorov. "History of Sufism in Nasaf Oasis." Intersections of Faith and
Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599) 1.6 (2023): 15-19.
7.
Ходжаёров, Асилбек Отабек угли. "СОМОНИЙЛАР ДАВРИДА НАСАФ ШАҲРИНИНГ
ИЖТИМОИЙ, ИҚТИСОДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТИ." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 6.1 (2023).
8.
Хўжаёров, Асилбек Отабек ўғли. "ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ АЛЛОМАЛАРИ ИЛМИЙ
МЕРОСИНИНГ АҲАМИЯТИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 21. 2022.
9.
Хўжаёров, Асилбек. "ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ."
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования 2.7 (2023): 41-43.
10.
Бўриев, Очил, Шерзод Искандаров, and Асилбек Хўжаёров. "Абу Райҳон
Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида." Academic research
in educational sciences 3 (2022): 399-411.
11.
Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the
middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
12.
Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX–XII
CENTURIES). Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam,
Netherlands), 188-191.
13.
Хўжаёров, А. О. (2024). МИРЗО УЛУҒБЕКНИНГ АСТРОНОМИЯ ИЛМИ РИВОЖИГА
ҚЎШГАН ҲИССАСИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 332-336.
14.
Бўриев, О., & Хўжаёров, А. О. (2024). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ РЕНЕССАНСИ–УЙҒОНИШ
ДАВРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 115-123.
