KIBERJINOYATCHILIKNING IJTIMOIY VA IQTISODIY XAVFLARI

Аннотация

Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarning turlari, ularning fuqarolar hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, firibgarlik va axborot o‘g‘irligi holatlari, hamda zamonaviy “aqlli” qurilmalarga qaratilgan tahdidlar yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
43-45
30

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shokirov, B. (2025). KIBERJINOYATCHILIKNING IJTIMOIY VA IQTISODIY XAVFLARI. Наука и инновация, 3(14), 43–45. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/86206
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarning turlari, ularning fuqarolar hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, firibgarlik va axborot o‘g‘irligi holatlari, hamda zamonaviy “aqlli” qurilmalarga qaratilgan tahdidlar yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida ushbu muammoning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

KIBERJINOYATCHILIKNING IJTIMOIY VA IQTISODIY XAVFLARI

Shokirov Bobur Tohirjon o’g’li

Farg’ona davlat universiteti yurisprudensiya yo’nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15357222

Annotatsiya:

Mazkur maqolada fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan yuzaga

kelayotgan kiberjinoyatchilik muammosi tahlil qilinadi. Kiberjinoyatlarning turlari, ularning
fuqarolar hayoti va iqtisodiyotga salbiy ta’siri, firibgarlik va axborot o‘g‘irligi holatlari, hamda
zamonaviy “aqlli” qurilmalarga qaratilgan tahdidlar yoritiladi. Shu bilan birga, O‘zbekiston
Respublikasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan
chora-tadbirlar ham ko‘rib chiqiladi. Maqola oxirida ushbu muammoning oldini olishga
qaratilgan tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

kiberjinoyatchilik, axborot xavfsizligi, firibgarlik, xaker, kiberhujum,

raqamli tahdid, shaxsiy ma’lumot, virtual firibgarlik, bank tizimi.

ASOSIY QISM

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlar kundalik ijtimoiy

hayotimizga yanada qulay shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni taqdim etmoqda. Biroq, ana
shu qulayliklar va afzalliklar bilan bir qatorda, mazkur texnika yutuqlaridan ayrim shaxslar
o‘z manfaatlari yo‘lida noto‘g‘ri foydalanib, boshqalarga ijtimoiy va iqtisodiy zarar
yetkazmoqdalar.

Achinarlisi shundaki, bunday holatlarning kundan-kunga ko‘payib borayotgani, buning

natijasida ko‘plab insonlar ijtimoiy hamda iqtisodiy zarar ko‘rayotgani, kerak bo‘lsa, o‘lim
bilan bog‘liq holatlar ham kuzatilayotgani mazkur masalaning naqadar dolzarb ekanligini
ko‘rsatadi. Bizningcha, bu muammo butun dunyo miqyosidagi dolzarb masalaga aylangan.
Shulardan biri — kiberjinoyatchilikdir.

Kiberjinoyatchilik — axborotni egallash, uni o‘zgartirish, yo‘q qilish yoki axborot

tizimlari va resurslarini ishdan chiqarish maqsadida kibermakonda dasturiy ta’minot va
texnik vositalardan foydalanilgan holda amalga oshiriladigan jinoyatlar yig‘indisidir.
Kiberjinoyatchilik — bu kompyuter, kompyuter tarmog‘i yoki tarmoq qurilmasidan
suiiste’mol qilishga qaratilgan jinoiy faoliyat hisoblanadi. Ularning aksariyati
kiberjinoyatchilar yoki xakerlar tomonidan noqonuniy daromad orttirish maqsadida sodir
etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, barchamizni tashvishga solib, bu muammoning yechimini
topishga undaydi.

Binobarin, mazkur jinoyatlar respublikamizda ham sodir etilayotgani va fuqarolarimiz

bu jinoyatlardan jabrlanayotgani kuzatilmoqda. Xususan, odamlar kartalaridan pulni
o‘g‘irlash holatlari sezilarli darajada oshdi. Firibgarlik jinoyatlari sonining ortib borayotgani
esa barchamiz uchun xavotirli holatdir. Holbuki, barcha toifadagi shaxslar firibgarlarning
tuzog‘iga tushmasligiga kafolat yo‘q. Boz ustiga, texnologiya rivojlangan sari firibgarlikning
yangi turlari, yangi tuzoqlar va aldov usullari paydo bo‘lmoqda.

Ma’lumki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan bu jinoyatchilar aniqlanib,

ularga nisbatan tegishli jazo choralari ko‘rilmoqda va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararlar
undirib berilmoqda. Shunga qaramay, zamonaviy dunyoda kiber tahdidlar soni tez sur’atlar
bilan o‘sib bormoqda. Xakerlar oddiy fuqarolarning bank hisoblarini bo‘shatayotgani sababli
bugungi hayotimizda raqamli dunyo tahdidlaridan ishonchli himoya asosiy ehtiyojga
aylanmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

44

Mazkur sohada izlanish olib borayotgan ekspertlarning fikricha, kiberjinoyatlarning

global zarar miqdori bir yilda bir necha trillion dollarga yetishi mumkin. Aksariyat
kiberhujumlar xakerlar tomonidan og‘ir mehnat qilmasdan engil pul topish, ishlamasdan
moliyaviy daromad olish maqsadida amalga oshiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatlar va
fuqarolarga iqtisodiy zarar yetkazadi. Ba’zan esa kiberhujumlarning maqsadi shaxsiy yoki
siyosiy sabablar bilan kompyuterlar yoki tarmoqlarni ishdan chiqarish bo‘lishi ham mumkin.

Tadqiqotlarga ko‘ra, kiberjinoyatlar yangi boshlovchi xakerlardan tortib ilg‘or

texnikadan foydalanuvchi, texnologiyani chuqur biladigan jinoiy guruhlargacha bo‘lgan
shaxslar va tashkilotlar tomonidan sodir etilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqorida aytganimizdek, oson boylik orttirish istagi

xakerlikning keng tarqalishiga olib kelmoqda. Ayni paytda viruslar orqali amalga
oshirilayotgan kiberhujumlar juda xavfli tus olgan. Tarqatilayotgan viruslarning aksariyati
bank xizmatlarini ko‘rsatadigan jahon axborot tarmog‘ini zaiflashtirish va moliyaviy
ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan.

Tahlillarga ko‘ra, bank-moliya sohasidagi yirik muassasalar, onlayn to‘lov tizimlari,

savdo majmualari, mehmonxonalar va savdo terminallari — xakerlarning asosiy nishonidir.

Shuningdek, odamlarni aldab bank xizmatlari ko‘rsatish, soxta bank tizimlarini yaratish,

elektron pochta orqali hujum uyushtirish, internetda turli aksiya va viktorinalar orqali
foydalanuvchilarning ma’lumotlarini o‘g‘irlash holatlari ham uchrab turibdi.

Bugungi kuchli raqobat muhiti ham xakerlik faoliyatiga zamin yaratmoqda. So‘nggi

yillarda xakerlarning veb-saytlarga uyushtirayotgan hujumlari soni oshib bormoqda. O‘tgan
asrning 60-yillarida "xaker" atamasi kompyuter va axborot texnologiyalarini puxta bilgan
shaxslarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu so‘z axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari orqali noqonuniy harakatlar sodir etuvchi, tizimlarga ruxsatsiz kirib,
axborotlarni buzuvchi yoki o‘g‘irlaydigan shaxsni anglatmoqda.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining 96 foizi ijtimoiy tarmoqlarda muloqot

qilmoqda. Bu esa kiberjinoyatchilar uchun qulay muhit yaratadi. Virtual tarmoqda dahshat
solish, zararli dasturlar tarqatish, qonunga zid axborotlar, firibgarlik, kredit kartalari
ma’lumotlarini o‘g‘irlash, shaxsiy surat va videolar orqali shantaj qilish holatlari ko‘p
uchramoqda. Xakerlar uchun siz kimligingiz yoki qaerda yashayotganingiz muhim emas —
agar siz kompyuterdan foydalansangiz, ular sizni nishonga olishi mumkin.

Yurtimizda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash tizimini takomillashtirish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonida
“Kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini yaratish” ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Farmonning 2-ilovasida esa tergov faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish, axborot
texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi tezkor-qidiruv faoliyatini
kuchaytirish kabi vazifalar davlat dasturiga kiritilgan.

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha huquq-tartibot hamda bank idoralari

bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Internet tarmog‘ida shubhali
manbalar orqali ma’lumot olish, norasmiy ilovalarni yuklab olish, noma’lum elektron
manzillarga javob berishdan ehtiyot bo‘lish zarur.

Shuningdek, jinoyatchilar turli davlatlarda ro‘yxatga olingan telefon raqamlari orqali

“Telegram” tarmog‘ida tashkilotlar nomidan guruhlar ochib, foydalanuvchilarning ishonchiga
kirib, bank kartalaridagi mablag‘larni o‘g‘irlamoqda. Bu mablag‘lar internet orqali


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

45

legallashtirilib, boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan virtual bank kartalariga
o‘tkazilmoqda.

Shu sababli, fuqarolarimizni bu kabi holatlardan ogoh etish va targ‘ibot ishlari olib

borilmoqda. Jumladan, plastik kartalar raqamlarini begonalarga ko‘rsatmaslik, ularni rasmga
tushirib bermaslik yoki og‘zaki aytmaslik kerakligi haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, kiberjinoyatchilik bugungi raqamli jamiyatda jiddiy tahdidga

aylanib, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Oson yo‘l bilan daromad
orttirishni ko‘zlovchi xakerlar nafaqat moliyaviy tizimlarni, balki oddiy fuqarolarning shaxsiy
hayotini ham nishonga olishmoqda. Shu sababli, bunday jinoyatlarga qarshi kurashishda
huquqni muhofaza qiluvchi organlar va bank muassasalari o‘zaro hamkorlikda harakat
qilishlari lozim. Fuqarolar esa o‘zlarining raqamli xatti-harakatlariga e’tiborli bo‘lishlari,
shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash madaniyatini shakllantirishlari zarur. Texnologiyalar
rivojlanayotgan bir paytda axborot xavfsizligini ta’minlash — har bir jamiyat a’zosining
ustuvor vazifasiga aylanishi kerak.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh.M.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga

ko‘taramiz. T.1.–T: “O‘zbekiston” NMIU, 2018., 591-b.
2.

Mirziyoev Sh.M. Xalqimzning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.-

Toshkent - «O‘zbekiston»,- 2018. – 512 b.
3.

Axborot

texnologiyalar

orqali

sodir

etilayotgan

jinoyatlarga

qarshi

kurashishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami (2023 yil
18 may). – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti. 2023. – 256-b
4.

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi O‘RQ-764-son “Kiberxavfsizlik

to‘g‘risida” qonuni.
5.

B.Umarov, M.Axmedova. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. – T.: -

2012.
6.

L.S .Tursunov. Psixologik xavfsizlik asoslari. – T.: - 2012.

7.

Ma’naviyatimizga tahdid – kelajakka tahdid. Ilmiy-maqolalar to‘plami. Respublika

Ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi. Toshkent, 2011.
199-b.
8.

Demokratlashtirish va inson huquqlari. Ilmiy-ma’rifiy jurnal. 2021 yil 1-son., 167-b.

9.

Sh.Odilxonovna. “Ommaviy madaniyat” tahdidi. –T., “Muharrir nashriyoti” – 2010. 18-b.

10.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari.

Mas’ul muharrir: Z.Islomov. – T.: Toshkent islom universiteti, - 2017. – 246-b.

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.1.–T: “O‘zbekiston” NMIU, 2018., 591-b.

Mirziyoev Sh.M. Xalqimzning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.- Toshkent - «O‘zbekiston»,- 2018. – 512 b.

Axborot texnologiyalar orqali sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi

kurashishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami (2023 yil 18 may). – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti. 2023. – 256-b

O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 15 apreldagi O‘RQ-764-son “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” qonuni.

B.Umarov, M.Axmedova. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. – T.: - 2012.

L.S .Tursunov. Psixologik xavfsizlik asoslari. – T.: - 2012.

Ma’naviyatimizga tahdid – kelajakka tahdid. Ilmiy-maqolalar to‘plami. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi. Toshkent, 2011. 199-b.

Demokratlashtirish va inson huquqlari. Ilmiy-ma’rifiy jurnal. 2021 yil 1-son., 167-b.

Sh.Odilxonovna. “Ommaviy madaniyat” tahdidi. –T., “Muharrir nashriyoti” – 2010. 18-b.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari.

Mas’ul muharrir: Z.Islomov. – T.: Toshkent islom universiteti, - 2017. – 246-b.