ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
14
HAMZA HAKIMZODA NIYOZIYNING “ZAHARLI HAYOT YOXUD ISHQ
QURBONLARI” ASARI BADIIYATI
Qalandarova Dilafro‘z Abdujamilovna
Ilmiy maslahatchi
Nizomiy nomidagi TDPU O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti,
f.f.f.d. (PhD)
e-mail: d.kalandarova2022@gmail.com
tel: +99911339677
Tilovqobilova Sevinch Davronboy qizi
Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi
e-mail: pulatovarukia02@gmail.com
tel: +998933702423
https://doi.org/10.5281/zenodo.11118356
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Hamza Hakimzoda Niyoziyning hayoti va ijodiy faoliyati
haqida qisqacha ma’lumot, uning dramatik asarlari va ularning mazmun mohiyatini ochib
berishga harakat qilingan. H.H.Niyoziyning “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” asarining
yaratilishi va uning badiiyati borasida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar
: yozuvchi, drama, dramatik asar, fojia, janr, qahramon.
O‘ylama, o‘lguncha har kim bu razolatda ketar,
Shohlar bir kun gado, bir kun gado shahzoddir.
H.H.Niyoziy.
Shoir va dramaturg, tarbiyachi, murabbiy, jamoat arbobi bo‘lgan Hamza Hakimzoda Niyoziy
1889-yilning 6-mart kuni Qo‘qonda Hakimcha ismi bilan mashhur bo‘lgan tabib oilasida
tug‘ilgan. Otasi Ibn Yamin Xolboy o‘g‘li o‘zbekcha va forschadan savodli bo‘lib, “Buxoroga
borib xalq do‘qtiri” bo‘lib qaytgan. Shu sababli Hamza o‘z taxallusiga tabibning o‘g‘li
ma’nosidagi “Hakimzoda “nomini qo‘shgan. Yozuvchining onasi Jasonbibi ham tabobatdan
anchagina xabardor ayol edi. O‘z tarjimayi holida Hamza 10 yoshida “o‘zbekcha va forschaga
tom savodli” bo‘lganligini yodga oladi
[4. 339-bet.].
U 1896-1908-yillarda eski maktab va madrasalarda tahsil oladi, arab, fors, turk tillarini
o‘rganadi. 1908-yilda Namanganda o‘qiydi. O‘sha paytda u mahalliy maorif marifatchisi
Abdulla To‘qmullin bilan uchrashib, unga “she’riy yozishmalarini” ko‘rsatadi. Bu haqda Hamza
tarjimayi holida shunday yozgan
: “Ul yuz sahifadan ortiqroq eski usuldagi she’riy
yozishmalarimni ko‘rib, tarbiyalashga kirishdi.
Hamza Hakimzoda 1914-1917-yillarda Marg‘ilon va Qo‘qonda yo‘qsil bolalarni o‘qitish uchun
maktablar ochadi, lekin turkistonliklarni savodli bo‘lishini istamagan chor amaldorlari bunday
maktablarni zo‘rlik bilan yopib tashlab, undagi ashyolarni musodara qiladilar. Bu haqda
Hamza 1926-yilning 25-avgustida yozgan tarjimayi holida shunday deydi:
“1914-yillarning
oxirlarida Marg‘ilonda maktab ochdim, 8 oyga bormay Andreyev ismindagi Skoblev maorif
rahbari tomonidan majburiy yopildi. Undan yana Ho‘qand kelib, bir qancha o‘zimga yaqin
kishilar to‘plab, ularning yordami bilan yo‘qsil bolalar uchun pulsiz o‘qitish maktabi ochdim. 20-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
15
30 keyin 15-16 kishi bir oygina yordam berdilar, o‘zim 4 oycha davom ettirgandan keyin, uyaz
nachalnigi tomonidan tintuv bo‘lib, yopildi. Lekin hech bir qanday qog‘ozlarim qo‘liga
tushmagani uchun qamalmay qutuldim”
[5.13-14-betlar.].
Hamza 1914-1915-yillarda “Yangi saodat”, “Uchrashuv kabi “milliy romanlar” yaratdi. “Yangi
saodat” 1914-yilda yozilgan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi ilm – ma’rifat, baxt-saodat kaliti
ekanligini asoslashdir.
“Yangi saodat” asari haqida “Al isloh” jurnali, so‘z yuritib, “xalqni o‘quv
va yozuv tarafiga targ‘ib qilmoq uchun hozirgacha Turkiston shevasinda buningdek ta’sirli
roman nashr o‘linmamish”.-
deb yozgan edi
[4. 342-bet].
Hamzaning “Paranji sirlari”, “Maysaraning ishi” dramalari o‘zbek dramaturgiyasini yangi
taraqqiyot bosqichiga olib chiqqan asarlardir.
Hamza dastlab «Zahari hayot yoxud ishq qurbonlari», «Ilm hidoyati», «Mulla Normuhammad
domlaning kufr xatosi» (1915), «Loshmon fojialari» (1916) kabi pyesalar yozdi. Bu sahna
asarlarida dramaturg qoloq aqidalar, nodonlik tufayli og'ir turmush girdobiga tushib qolgan
personajlar hayotini ta’sirli aks ettirishga urindi. Johil, ma’rifatsiz kishilarning zo'ravon va
insofsizligini fosh etdi. Oddiy xalqning og'ir ahvolini aks ettirib, unga hamdardlik bildirdi. Eski
tuzumni, xurofiy urf-odatlarni fosh etish, xalqparvarlik va ma’rifatni targ'ib etish Hamza
asarlarining asosiy g'oyaviy mazmunini tashkil etadi
[2. 130-bet].
«Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari» dramasida ijtimoiy tengsizlik, xotin-qizlarning
ayanchli ahvoli ochiq ko‘rsatilgan. Dramada johil ruhoniylarning vahshiyligi, vijdonsizligi,
insofsizligi, ayollar huquqining oyoq osti qilinganligi ochib tashlanadi. Bu asar 1915-yilda
yozilgan bo‘lib, u 1916-yilda nashr etilgan. Hamza bu janrni
“Turkiston maishatidan olingan
qiz-kuyov fojiasi
” deb atagan. Asarda adib markaziy qahramon qilib yoshlarni tanlagan. Muallif
bu asarida Mahmudxon va Maryamxonni “ish qurbonlari” sifatida tasvirlaydi. “Zahrli hayot”
fojiasida ma’rifatli insonning “jaholat va g‘aflat zindoni”dagi fojiali taqdiri ham ko‘rsatib
berilgan. Asarda Maryamxonning muttasib otasi yolg‘iz qizini olti xotinlik eshonga nazr qiladi.
Pyesa 4 pardadan iborat bo‘lib, uning 1- va 4-pardalarida asosan Mahmudxon, 2-va 3-
pardalarida esa asosan Maryamxon harakat qiladi.
Asarning asosiy qahramonlari quyidagilardir:
Maryamxon
(Eng faol qahramon,
Mahmudxonning sevgilisi. U o‘z sevgilisi Maxmudxonga “Ardoqli millatim, g‘unchayi
muhabbatim, suyukli afandim…orzu-havas o‘lsa-o‘lsun, milliyat, insoniyat o‘lmasun…” deb xat
yozgan),
Mahmudxon
(xushmo‘ylab, soqolsiz, sochlik, ko‘zida oynak bor, butun ovropacha
kiyingan, Mirzo Hamdamboyning 15 yoshli yolg‘iz o‘g‘li”. Sevgilisini o‘limidan so‘ng ishq
yo‘lida o‘zini-o‘zi o‘ldirgan),
Mirzo Hamdamboy
(“Olti yildan baqqa qancha pullar sarf qilib”
o‘g‘lini unga, nima maqsadda o‘qitganini o‘zi ham deyarli tushunmaydigan shaxs),
Abduqodirboy
(Hamdamboyning oshnasi),
Mavsum, Eshon, Sora
(Maryamxonning onasi),
Zaynab
(Mahmudxon va Maryam orasida xat tashuvchi 60 yoshdagi kampir) va boshqalar
[ 4.
344-bet].
Dramada jaholat, qoloqlik, mutaassiblik ilm-ma’rifatsizlik, taraqqiy etmaganlik kabi holatlar
Mahmudxon va Maryamxonni fojeaga olib keladi.
Asarning ikki qahramoni Maryam va Mahmud zamonasining hal qilivchi kuchlari mutaassib
kuchlarga qarshi kurashadilar. Tomonlar o‘rtasidagi kurash eng yuqori nuqtaga ko‘tariladi.
Ularning istiqbol haqidagi yuksak orzulari chilparchin bo‘ladi. Natijada ilojsiz qolgan yoshlar
mavjud tuzumga, feodal tartiblarga, jaholatga, mutaassiblarga qarshi isyon tariqasida o‘z
jonlariga qasq qiladilar. Asardagi Mahmudxon manologlarining insonga ta’siri shu darajada
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
16
kuchliki, tinglovchini qalban larzaga soladi. Mahmudxonning o‘limi oldidagi monologi
fojeaning asl mohiyatini yanada to‘laroq ochishga xizmat qiladi. Buni asarning 4-pardasida
Mahmudxon suyuklisi Maryamxonning qabri boshiga kelib, aytgan so‘zlari misolida ko‘rsak
bo‘ladi:
“Senga zulm qilguvchu vir menmi? Yo‘q, mening joxil otam, sening joxil ota-onang
mening joxila onam sabab bo
‘
lgan, to
‘
rt kishiya! Men har narsa deding qabul qildim. O
‘
zingni
ota-onalaring sabab bo
‘
ldiki! Menda u qadar gunoh yuqku!.. Yo
‘
q, Yo
‘
q, jonim yo
‘
q, afu qil, gunoh
bir ota-onalarda ham emas. Haqiqatda bu ishlar jaholatdan, jaholatdan, g‘aflatdan,
ilmsizlikdan!..
Bu qamday jaholat zamon, qanday vaxshat zamon!.. Insoniyatni, vijdonni, adolatni, mehr-
shafqatni, jondan ortiq farzandni, aqchaga sotadigan zamon! Sotadirgan!.. Men yashamam,
sensiz dunyoda bir kun turmam, degan edim… Men sensiz yashamam, o‘z suyukligim bo‘lmagach
dunyo harom..
Oh jaxolat!.. Dod, g‘aflat! Faryod, zaharli hayot!
[1.].
Xulosa qilib aytganda, Hamza Hakimzoda Niyoziyning dramatik asarlari bu janrning
taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatadi va rang-barang obrazlar, bilan uni boyitdi. Xususan,
Niyoziy «Zahari hayot yoxud ishq qurbonlari» fojiasida ikki yosh sevishganlar obrazi orqali
o‘sha davrdagi millatning qoloqligini va zulmni ochib bergan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
References:
1.
Hamza Hakimzoda Niyoziy. “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari” 4 pardalik fojia. 1916.
2.
Saydulla Mirzayev “XX asr o‘zbek adabiyoti” Toshkent. “Yangi asr avlodi”. 2005.
3.
Muhsin Qodirov. O‘zbek teatri tarixi. Toshkent 2003. “Ijod dunyosi” nashriyot uyi.
4.
Sharafjon Sariyev. Adabiyot. Metodik qo‘llanma. Toshkent. 2019.
5.
Q.Yo’ldoshev va boshq. Adabiyot. (Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinflar uchun
darslik-majmua). Toshkent. Sharq. 2013.
6.
Alimova, Z. K. "Organization of Non-State Preschool Educational Organizations and
Licensing of their Activities." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.1
(2022): 268-273.
7.
Mansurovna, Rasulova Iroda, and Alimova Zulfiya Karimovna. "The formation of the
psyche of preschool children through physical education and sports." European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol 7.12 (2019).
8.
Karimovna, Alimova Zulfiya. "Reforms in the Field of Preschool Education and Modern
Pedagogical Methods of Teaching." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND
SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 105-110.
9.
Karimovna, Alimova Zulfiya. "Education of children through national mobile games in
preschool educational institutions." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary
Research Journal 11.5 (2021): 486-490.
10.
Алимова, Зулфия Каримовна, and Дилафруз Абдужамиловна Каландарова.
"Воспитание детей в духе национальных традиций и ценностей в дошкольных
образовательных учреждениях." ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В СОВРЕМЕННОЙ
НАУКЕ. 2020.
11.
Алимова, З. К., and И. М. Расулова. "ФОРМИРОВАНИЕ ДУХОВНОСТИ ЛИЧНОСТИ В
ТВОРЧЕСТВЕ ЗАХИРИДДИНА МУХАММАДА БАБУРА." Интеллектуальное наследие
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
17
Захириддина Мухаммада Бабура и современность. Сборник статей и тезисов докладов
Международной научно-практической конференции 28 февраля 2020 г.. Litres, 2022.
12.
Abdujamilovna, Kalandarova Dilafruz. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl
reichl." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-
503.
13.
Dilafruz, Kalandarova. "Issues Of Uzbek Folklore And Its Research In Germany." Journal
of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.
14.
Reichl, Karl. Routledge Revivals: Turkic Oral Epic Poetry (1992): Traditions, Forms,
Poetic Structure. Routledge, 2018.
15.
Каландарова, Д. А., and З. Ф. Каршибоева. "ХАРАКТЕР ТВОРЦА В ПОЭЗИИ
БАБУРА." Интеллектуальное
наследие
Захириддина
Мухаммада
Бабура
и
современность. Сборник статей и тезисов докладов Международной научно-
практической конференции 28 февраля 2020 г.. Litres, 2022.
16.
Kalandarova Dilafruz, Dilafruz. "Research of the Sherabad Epic School
Abroad." International Journal on Integrated Education 5.10 (2022): 149-151.
