FUTBOL KLUBLARINI PUL MABLAG‘LARI BILAN TA’MINLASHDA MARKAZLASHTIRILGAN MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI VA UNING O‘ZBEKISTONDAGI ISTIQBOLLARI

Annotasiya

Jahon futbol bozorining jadal rivojlanish sharoitida moliyaviy mexanizmlarning barqarorligi va shaffofligi muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanmoqda. Resurslarning teng taqsimlanishini va sport musobaqalarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi modellar ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda. Markazlashtirilgan moliyalashtirish - bu dunyoning yetakchi futbol ligalarida o‘z samaradorligini isbotlagan ana shunday mexanizmlardan biridir. Sport sohasini transformatsiya qilish bosqichida bo‘lgan O‘zbekiston uchun ushbu model futbol ekotizimini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan strategik qadam bo‘lishi mumkin.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirzayev, U. (2025). FUTBOL KLUBLARINI PUL MABLAG‘LARI BILAN TA’MINLASHDA MARKAZLASHTIRILGAN MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI VA UNING O‘ZBEKISTONDAGI ISTIQBOLLARI. Наука и инновация, 3(15), 54–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/88207
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Jahon futbol bozorining jadal rivojlanish sharoitida moliyaviy mexanizmlarning barqarorligi va shaffofligi muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanmoqda. Resurslarning teng taqsimlanishini va sport musobaqalarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi modellar ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda. Markazlashtirilgan moliyalashtirish - bu dunyoning yetakchi futbol ligalarida o‘z samaradorligini isbotlagan ana shunday mexanizmlardan biridir. Sport sohasini transformatsiya qilish bosqichida bo‘lgan O‘zbekiston uchun ushbu model futbol ekotizimini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan strategik qadam bo‘lishi mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

54

FUTBOL KLUBLARINI PUL MABLAG‘LARI BILAN TA’MINLASHDA

MARKAZLASHTIRILGAN MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMI VA UNING

O‘ZBEKISTONDAGI ISTIQBOLLARI

Mirzayev Ulug‘bek

ulugbek_mirzaev@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15401508

Jahon futbol bozorining jadal rivojlanish sharoitida moliyaviy mexanizmlarning

barqarorligi va shaffofligi muvaffaqiyatning asosiy omiliga aylanmoqda. Resurslarning teng
taqsimlanishini va sport musobaqalarning raqobatbardoshligini ta’minlovchi modellar
ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda. Markazlashtirilgan moliyalashtirish - bu dunyoning
yetakchi futbol ligalarida o‘z samaradorligini isbotlagan ana shunday mexanizmlardan biridir.
Sport sohasini transformatsiya qilish bosqichida bo‘lgan O‘zbekiston uchun ushbu model
futbol ekotizimini barqaror rivojlantirishga xizmat qiladigan strategik qadam bo‘lishi
mumkin.

Markazlashtirilgan moliyalashtirish daromadlarning asosiy qismini (teletranslyatsiya,

homiylik shartnomalari, mahsulot litsenziyalash) liga yoki milliy assotsiatsiya darajasida
jamlash va uni ishtirokchilar o‘rtasida oldindan belgilangan va shaffof formula asosida qayta
taqsimlashni nazarda tutadi. Ushbu model moliyaviy tengsizlikni kamaytirish, klublar
rivojlanishini rag‘batlantirish va musobaqalarning umumiy jozibasini oshirishga qaratilgan.

Angliya Premyer-ligasining (APL) misolida televideniye huquqlarini markazlashtirilgan

holda sotish muhim o‘rin tutadi, bu orqali har yili $4 milliarddan ortiq daromad olinadi.
Ushbu daromadlar teng ulushlar, turnir jadvalidagi o‘rin va teletranslyatsiyalar soniga
asoslangan formula asosida taqsimlanadi. AQShda MLS ligasi huquqlarni markazlashtirib,
ularni Apple TV bilan tuzilgan strategik kelishuv orqali sotadi. Saudiya Arabistonida davlat
fondi (PIF) asosiy klublarni moliyalashtirish orqali mamlakat futbol ligasi SPLning
ommaviyligini va raqobatbardoshligini oshirmoqda.

Markazlashtirilgan modelning afzalliklarini, masalan, mana bu jadvaldan xulosa qilish

mumkin:

Ko‘rsatkich

Modeldan oldin

Modeldan keyin

Top-3 va qolgan klublar

o‘rtasidagi daromad

tafovuti

5:1

2:1

O‘rtacha televideniye

reytingi

2,1%

3,5%

Liganing homiylari soni

4

9

O‘zbekiston futbol tizimida moliyalashtirish differensiatsiyalashgan, ya’ni alohida-

alohida yo‘nalishga ega bo‘lib, klublar mahalliy byudjetlar, homiylar va ma’muriy tuzilmalarga
bog‘liqdir. Bu yondashuv moliyalashtirishda beqarorlik, uzoq muddatli investitsiyalarning
yetishmasligi va media jozibadorlikning pastligiga olib kelmoqda. Teletranslyatsiyalar
klublarga umuman daromad keltirmaydi, professional liga esa markazlashtirilgan tijorat
operatori sifatida faoliyat yuritmaydi. Moliyaviy hisobot standartlarining yo‘qligi
sarmoyadorlar va muxlislarda ishonchni kamaytiradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

55

O‘zbekiston Superligasi klublarining bugungi kundagi daromadlari asosan quyidagi

manbalardan iborat:

- homiylar – 71%;
- mahalliy byudjetlar – 20%;
- xalqaro musobaqalar va transferlar – 5%;
- chiptalar – 2%;
- media va merchandayzing – 2%.
Markazlashtirilgan modelni joriy qilish uchun normativ o‘zgarishlar zarur. O‘zbekiston

futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) va O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) liganing tijorat
huquqlarini boshqarish vakolatiga ega bo‘lishi kerak. Klublarni moliyaviy hisobotni
ochiqlashga majbur qiluvchi reglamentlar tasdiqlanishi, daromad taqsimoti mexanizmlari
ishlab chiqilishi lozim. Sarmoyadorlar uchun soliq imtiyozlari kabi rag‘batlantiruvchi
qonunchilik asoslarini ishlab chiqish ham muhimdir.

Dastlabki bosqichda Superliga doirasida 6-8 klub ishtirokida sinov loyihasini joriy qilish,

televideniye huquqlari va homiylikni markazlashtirilgan tarzda amalga oshirish taklif qilinadi.
Moliyaviy taqsimot uchta asosiy komponent asosida bo‘lishi kerak: teng ulush, sport natijalari
uchun bonus va infratuzilma hamda yoshlar rivoji uchun bonus. Shu bilan birga, YouTube yoki
FIFA+ orqali o‘yinlarni translyatsiya qiluvchi media platforma ishga tushiriladi. Ikkinchi
bosqichda esa O‘zPFL qoshida media xolding tuzilib, huquq sotuvi, PR va raqamli rivojlanish
bilan shug‘ullaniladi. Markazlashtirilgan moliyalashtirish modeli musobaqa ishtirokchilari
uchun moliyaviy tenglikni ta’minlabgina qolmay, balki liganing raqobatbardoshligi, tijorat
jozibasi va barqarorligini ham sezilarli darajada oshiradi. APL, MLS, SPL kabi ligalar misolida
ko‘rish mumkinki, strategik investitsiyalar va tizimli yondashuv futbol sifati, muxlislar va
investorlar e’tiborini oshirgan. O‘zbekiston uchun bu global futbol tizimiga to‘laqonli
integratsiyalashishning samarali yo‘li bo‘lishi mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, futbol klublarini moliyalashtirishda markazlashtirilgan

mexanizm joriy etilishi sport sohasida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda resurslarni
optimal taqsimlash imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv professional klublarning iqtisodiy
mustaqilligini kuchaytirish, ularning infratuzilmasini rivojlantirish va yosh futbolchilarni
tayyorlash tizimini qo‘llab-quvvatlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda
markazlashtirilgan moliyalashtirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish orqali futbol
industriyasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va xalqaro raqobatbardoshlikni
mustahkamlash mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2019-yildagi “O‘zbekistonda futbolni

rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-
son farmoni.
2.

FIFA Global Transfer Market Report 2024.

3.

Premier League Annual Report 2023–2024.

4.

O‘zbekiston professional futbol ligasi – 2020–2024-yillar hisobotlari

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2019-yildagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-son farmoni.

FIFA Global Transfer Market Report 2024.

Premier League Annual Report 2023–2024.

O‘zbekiston professional futbol ligasi – 2020–2024-yillar hisobotlari