ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
YANGI AVLOD TASHABBUSLARI VA BARQAROR TARAQQIYOT
Qurbonova Shahzoda
Termiz davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti
Filologiya tillarni o'qitish(ingliz tili)yònalishining 1-kurs 324-guruh talabasi
E-mail: qmavlon44@gmail.com
Telefon raqam:902661910
https://doi.org/10.5281/zenodo.15429562
Maqsadi:
Yangi avlod tashabbuslari va barqaror taraqqiyot yo‘lida yoshlarning ijtimoiy
innovatsiyalar, texnologiya, ta’lim, tadbirkorlik, ruhiy salomatlik, ekologiya, ijtimoiy
moslashuv hamda axborot maydonidagi faolligini chuqur tahlil qilish, ushbu yo‘nalishlarda
yuzaga kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash va ularning yechimiga doir ilmiyamaliy
takliflarni ishlab chiqish. Konferensiya yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar, ilmiy
tadqiqotchilar va amaliyotchi ekspertlar o‘rtasida fikr almashuv maydonini yaratish, xalqaro
va mahalliy tajribalarni o‘rganish hamda istiqbolli kadrlar tayyorlashda innovatsion
yondashuvlarni ilgari surishni maqsad qilgan.
Vatanimiz dunyoga, dunyo esa yurtimizga keng ochilmoqda. Mintaqamiz va butun
jahonda do‘stlarimiz, hamkorlarimiz ko‘paymoqda.
O‘zbekiston hozirgi kunda aholi soni
bo‘yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatdan biri hisoblanadi.
Yurtimiz shiddatli
demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda.
So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida ulkan amaliy qadamlar qo‘yildi.
Mustaqil yurtimizning har bir qutlug‘ odimida va bunyodkor xalqimizning har qaysi yutug‘ida
Istiqlolning buyuk qudrati yorqin namoyon bo‘lmoqda. Shuning uchun, Prezidentimiz e’tirof
etganidek,
bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas, bugungi xalqimiz ham
kechagi xalq emas!
Millat Sardori xalqimizni yana bir haqiqatni unutmaslikka chorlamoqda. Ya’ni:
bugungi
O‘zbekiston – bu hali tom ma’nodagi, biz orzu qilayotgan, intilayotgan Yangi
O‘zbekiston emas.
Hali bu marraga yetish uchun oldimizda juda olis va mashaqqatli yo‘l
turibdi. Lekin biz dadil oldinga borishdan, kerak bo‘lsa, kutilmagan, ammo pirovard natijasi
samarali va xalqimiz manfaatlariga javob beradigan noan’anaviy qarorlar qabul qilishdan
cho‘chimasligimiz zarur.
Shu
nuqtayi
nazardan,
dastavval,
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning
2024-yilda
nashrdan
chiqqan
“Hozirgi
zamon
va
Yangi
O‘zbekiston”
nomli navbatdagi salmoqli siyosiy asarining quyidagi asosiy xususiyatlarini
sanab o‘tish o‘rinli:
birinchi xususiyati:
O‘zbekistonning umumbashariy muammolarni bartaraf etish va
barqaror taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan global tashabbuslariga e’tibor qaratilgan;
ikkinchi xususiyati:
mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
alohida ta’kidlangan;
uchinchi xususiyati:
Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish
hamda milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan tub
o‘zgarishlarning mohiyati va ahamiyati chuqur mushohada qilingan;
to‘rtinchi xususiyati:
rivojlanish strategiyalarimizning maqsadi, asosiy tamoyillari,
falsafasi va mazmun-mohiyati keng ochib berilgan;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
120
beshinchi xususiyati:
hozirgi zamonda Yangi O‘zbekistonni taraqqiy ettirishning joriy
holatiga xolis baho berilgan holda, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha fikr
yuritilgan.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston inson huquqlari sohasiga oid 80 dan ortiq xalqaro
hujjatga qo‘shildi va ularni ratifikatsiya qildi. So‘nggi 7-yilda qabul qilingan uchta kompleks
taraqqiyot strategiyasi hamda turli sohalarni rivojlantirishga oid 60 dan ziyod strategiya,
konsepsiya va dasturlarga insonning huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning rivojlanishi
va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish, ijtimoiy tenglik kabi tamoyillar,
g‘oyalar to‘liq singdirildi.
O‘zbekiston Prezidenti
“Yangi tahrirdagi Konstitutsiya bizga inson huquqlari,
demokratiya, erkinlik, barqarorlik, tenglik va taraqqiyot tamoyillariga asoslangan
huquqiy va adolatli davlat qurish yo‘llarini keng ochib berdi”,
deb ta’kidlagani zamirida
g‘oyat ulug‘vor haqiqatlar mujassam. Konstitutsiyamizda davlat va jamiyat taraqqiyotining
huquqiy mafkurasi, xalqimiz Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida tayanadigan
konstitutsiyaviy qadriyatlar va tamoyillar qat’iy belgilab berilgani bu fikrning yaqqol isbotidir.
Konstitutsiyamiz Muqaddimasida xalqimiz
“xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng
avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-
quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga
intilib”,
Konstitutsiyani qabul qilganligi alohida e’tirof etilgani bejiz emas. Zero, 2023-yil 30-
aprel kuni mamlakatimiz Asosiy qonunining yangi tahrirdagi ushbu matniga
“yagona
O‘zbekiston xalqi”
bevosita umumxalq referendumida – to‘g‘ridan to‘g‘ri ovoz bergan.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarni o‘zaro
hamkorlik, qo‘llab-quvvatlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlik tamoyillari asosida
mustahkamlash belgilanganligi xalqaro, mintaqaviy va xorijiy ekspertlar tomonidan ijobiy
baholanmoqda. Xususan, YEXHT Parlament Assambleyasi sobiq raisi, Avstriyaning Yevropa
tadqiqotlari va xavfsizlik siyosati instituti vitse-prezidenti
Kristin Muttonen
ta’kidlaganidek,
“Mintaqadagi og‘ir siyosiy vaziyat, davlatlar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi, iqlim
o‘zgarishi inqirozi hamda iqtisodiy muammolar xavf solayotgan bir vaqtda O‘zbekistonda
keng ko‘lamli o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarish va xalq farovonligi yo‘lida konstitutsiyaviy
islohotlarni samarali olib borishga bugungi kunda faqat sanoqli davlatlar qodir ekanligini
ta’kidlash joizdir” .
Qozog‘istonlik ekspert – “ARGO” fuqarolik jamiyatini rivojlantirish assotsiatsiyasining
mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Kaysha Aataxanovaning fikricha, “Bu, ayniqsa,
Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatayotganimiz bilan
ahamiyatlidir. O‘zbekiston bugungi notinch davrda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda
yetakchi bo‘la oladi”.
Qirg‘izistonlik siyosatshunos Mars Sariyev ham konstitutsiyaviy islohot orqali
O‘zbekiston butun Markaziy Osiyo taraqqiyotining lokomotivi bo‘lgan davlatning yangi
modelini namoyish etayotganini e’tirof etgan. Shu munosabat bilan “Biz, qo‘shni qardosh
respublikalar O‘zbekistonning davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish bo‘yicha innovatsion
tajribasini puxta o‘rganmoqdamiz. Bu – Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishi
va gullab-yashnashi uchun sharoit yaratadi deb ta’kidlaydi u.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
121
Yangi O‘zbekistonning Asosiy qonunida mamlakatimizning ichki va tashqi, jumladan
mintaqaviy siyosati aniq va qat’iy belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 17-moddasiga
binoan,
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir.
O‘zbekistonning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki
kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy
yaxlitligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
prinsip va normalariga asoslanadi”.
O‘z
navbatida,
Bosh
qomusimizning
18-moddasiga
muvofiq,
“O‘zbekiston
Respublikasi davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama
munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni
amalga oshiradi”.
Shu mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asosga tayanib, O‘zbekiston Birlashgan
Millatlar Tashkiloti bilan o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirmoqda. Binobarin,
“Yangi
O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”
va
“O‘zbekiston – 2030”
strategiyasida
ham
mamlakatimiz dunyoning barcha mamlakatlari bilan manfaatli hamkorlik qilishga va BMT
hamda uning institutlari bilan amaliy muloqotga hamisha tayyorligi ta’kidlangan.
Yangi O‘zbekiston — o‘z xalqaro majburiyatlariga sodiq davlat, ishonchli tashqi iqtisodiy
sherikdir. O‘zgarib borayotgan O‘zbekiston biznes va sarmoyadorlar uchun iqtisodiy ochiqligi
va jozibadorligi bilan tavsiflanadi, ustuvor vektori Markaziy Osiyo bo‘lgan davlatning samarali
tashqi siyosati uning qo‘shnilar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishiga, Afg‘oniston bilan o‘zaro
aloqalarni kuchaytirishga, mintaqa va jahon davlatlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni
mustahkamlashiga yordam beradi.
Turli xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekistonning mavqei yaxshilanmoqda.
O‘zbekiston rahbarining pragmatik tashqi siyosiy tashabbuslari butun dunyoda e’tirof
etilmoqda.
Dunyodagi hech bir mamlakatda so‘nggi yillarda O‘zbekistondagi kabi keng
ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmagan.
Toshkentning yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli
Markaziy Osiyo davlatlari ilk bor dolzarb mintaqaviy masalalarni ochiq va samimiy
muhokama qila boshladi.
O‘zbekiston jahon minbarlaridan ilgari surgan xalqaro, mintaqaviy va milliy
tashabbuslar inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini har tomonlama
ta’minlashga, bir so‘z bilan aytganda,
“Inson qadri uchun”
degan ustuvor tamoyilni to‘la
ro‘yobga chiqarishga qaratilgani uchun xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.
Bu fikrlarni O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan mintaqaviy tashabbuslar asosida keyingi
yillarda BMT Bosh Assambleyasining bir qator rezolyutsiyalari qabul qilingani yaqqol isbotlab
turibdi.
Bulardan
birinchisi
– BMT Bosh Assambleyasining 2018-yil 22-iyundagi yalpi majlisida
qabul qilingan
“Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni
ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”
rezolyutsiyasi;
ikkinchisi –
davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida
ilgari surilgan g‘oya asosida 2018-yil 12-dekabrda Bosh Assambleyaning yalpi sessiyasida
qabul qilingan
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
122
uchinchisi –
2018-yil 27-noyabrda
Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi
bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasiga asos solinishiga xizmat qilgan rezolyutsiya;
to‘rtinchisi –
O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan va 2019-yil 19-dekabr kuni BMT
Bosh Assambleyasi yalpi majlisida qabul qilingan
“Markaziy Osiyoda barqaror turizm va
barqaror rivojlanish” maxsus rezolyutsiyasi;
beshinchisi –
2021-yil 18-may kuni BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi
majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklifiga binoan qabul qilingan
“Orolbo‘yi
mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish
to‘g‘risida”gi rezolyutsiya;
oltinchisi –
2022-yil 11-iyul kuni BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasida
«Markaziy va
Janubiy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash» nomli rezolyutsiya
dir.
BMTning 75-yillik butun tarixi davomida muayyan bir shaxsning tashabbusi bilan
shuncha rezolyutsiya qabul qilinishi tajribasi kuzatilmagan. Prezident Sh.M.Mirziyoyev
mintaqamizning jadal rivojlanish istiqbollari va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvini
strategik jihatdan teran ko‘ra bilgani tufayli
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi tarixiy-
sivilizatsiyaviy aloqalarni tiklash tashabbusini ilgari surdi.
Bu tashabbus – O‘zbekiston keyingi 5-6-yil davomida izchillik bilan ilgari surayotgan va
jahon hamjamiyati keng qo‘llab-quvvatlayotgan, yanada muhimi, amaliyotga teran tatbiq
etilayotgan xalqaro huquq ijodkorligi sohasidagi tashabbuslarining uzviy davomidir.
Bu tashabbus – Markaziy va Janubiy Osiyo, umuman, Yevroosiyo mintaqasini barqaror,
iqtisodiy rivojlangan farovon hududga aylantirishga qaratilgan tarixiy va ma’rifiy, ilmiy va
amaliy, izchil va mantiqiy, istiqbolli va samarali, sodda qilib aytganda, har tomonlama mag‘zi
to‘q dasturilamal hisoblanadi.
BMT Bosh Assambleyasining «Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlikni
mustahkamlash» nomli rezolyutsiyasi, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston Prezidentining
mintaqalararo uzviy bog‘liqlik konsepsiyasini amalga oshirish yo‘lida qo‘yilgan
olamshumul qadamdir.
Bu zalvorli qadam, albatta, xalqaro hamjamiyat Prezident Shavkat
Mirziyoyev ilgari surgan ulkan birdamlik g‘oyasiga uzoqni ko‘ra bilish va to‘g‘ri prognoz qilish
qobiliyatining hosilasi sifatida yuksak baho berganini anglatadi.
Global ko‘lamda tinchlik va barqarorlikka tahdidlar yanada keskinlashgan hozirgi
tahlikali davrda mamlakatimiz BMTni zamonaviy talablar asosida isloh qilishga qaratilgan
sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni ilgari
surish maqsadida O‘zbekiston tomonidan BMT bilan o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish
bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” izchil amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Prezidentining yangi kitobida hozirgi zamonda xalqaro maydonda hukm
surayotgan murakkab, tahlikali jarayonlar, oqibatini bashorat qilib bo‘lmaydigan o‘zgarishlar,
dunyoning va mamlakatimizning barqaror rivojlanishi yo‘lidagi xavf-xatarlar, tahdidlar
atroflicha tahlil etilganligini alohida ta’kidlash lozim. Muallif ushbu asarini yozishiga qadar
ham
“Hozirgi zamon”
tushunchasi borasida nihoyatda teran mushohada yuritib kelgani
bunda katta ahamiyat kasb etadi.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning ta’rifi va talqinlariga ko‘ra, hozirgi zamonda:
birinchidan
, ko‘z o‘ngimizda dunyoning butunlay yangi, beqaror, xavotirli geosiyosiy va
geoiqtisodiy arxitekturasi shakllanmoqda;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
123
ikkinchidan
, turli mamlakatlar o‘rtasida nizo va adovatlar, qarama-qarshilik,
ishonchsizlik muhiti kuchaymoqda hamda jamiyatlar ichida ma’naviy tanazzul ildiz otmoqda;
uchinchidan
, notinch va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini
saqlab qolish tobora mushkul bo‘lib bormoqda;
to‘rtinchidan,
yangi vayronkor mojarolar paydo bo‘lmoqda, global va mintaqaviy
xavfsizlikka tahdidlar kuchaymoqda;
beshinchidan,
tashvishli jihati shundaki, bu xavf-xatarlar davlatlar o‘rtasida o‘zaro
ishonch kamayayotgan, qarama-qarshilik va ziddiyatlar ortishi natijasida geosiyosiy keskinlik
ortayotgan vaziyatda kechmoqda;
oltinchidan,
xalqaro huquq normalari va prinsiplari tez-tez buzilmoqda;
yettinchidan,
inqiroz va muammolarni hal qilish bo‘yicha jahon hamjamiyatida mavjud
bo‘lgan xalqaro-huquqiy vositalar, afsuski, o‘zining samaradorligini borgan sari yo‘qotmoqda;
sakkizinchidan,
dunyo ishonch, adolat va hamjihatlik qayta tiklanishiga har
qachongidan ham ko‘proq ehtiyoj sezmoqda;
to‘qqizinchidan,
global siyosiy va iqtisodiy “parchalanishlar”, urushlar va mojarolar
xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelmoqda;
o‘ninchidan,
qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va
yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab bo‘lmoqda;
o‘n birinchidan,
mamlakatlarning savdo, moliya, sarmoya, texnologiya va
innovatsiyalar transferi sohalaridagi samarali hamkorligida to‘sqinlik qiladigan yangi
ajratuvchi chegaralar vujudga kelmoqda;
o‘n ikkinchidan
, dunyoda davom etayotgan turli mojarolar, gumanitar, epidemiologik
va iqlim inqirozlari BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish hamda
kambag‘allikning barcha ko‘rinishlarini qisqartirish borasidagi sa’y-harakatlarga jiddiy tahdid
solmoqda;
o‘n uchinchidan,
global iqlim o‘zgarishi oqibatida sayyoramizda keskin ekologik vaziyat
yuzaga kelib, barcha qit’alarda va mamlakatlarda ichimlik suvi taqchilligi, atrof-muhit
ifloslanishi, tuproq yemirilishi, kuchli chang va qum bo‘ronlari, bioxilma-xillikning yo‘qolishi,
qishloq xo‘jaligi hosildorligining pasayishi kabi muammolar avjiga chiqmoqda;
o‘n to‘rtinchidan
, jahon iqtisodiyotida beqarorlik kuchayib, energetika, oziq-ovqat
sohalari va ekologik tizimda inqirozlar o‘tkir tus olmoqda;
o‘n beshinchidan
, shu bilan birga, butun jahon iqtisodiyoti raqamlashtirish jarayoniga
o‘tmoqda, “yashil” texnologiyalar va innovatsion taraqqiyot har qanday soha va biznes rivoji
uchun ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Prezidentimizning
“Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston”
kitobidagi dastlabki qism –
“Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yo‘li”
deb nomlangani e’tiborlidir. Unda
BMTning Mingyillik rivojlanish deklaratsiyasida, keyinchalik “2030-yilgacha bo‘lgan davrda
barqaror rivojlanish kun tartibi” nomli hujjatda belgilab qo‘yilgan insoniyatning I asrdagi
taraqqiyotiga doir ustuvor mezonlar hamda global ahamiyatga ega ezgu maqsadlar haqida fikr
yuritilgan.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev asosli e’tirof etganidek,
“barqaror rivojlanish yo‘li –
bashariyat uchun yagona to‘g‘ri yo‘l”.
Kitobda barqaror rivojlanish yo‘lidagi 10 ta xavf-xatar
va tahdid batafsil tahlil nazaridan o‘tkazilgan bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentining ushbu
tahdidlarga bergan aniq va lo‘nda tavsiflariga muxtasar to‘xtalish o‘rinlidir.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
124
Birinchidan.
Tobora avj olayotgan dunyoda geosiyosiy va geoiqtisodiy qarama-
qarshiliklar keskinlashmoqda, xalqaro munosabatlar tizimida yuzaga kelayotgan mojaro va
ziddiyatlarni kuch ishlatish orqali hal etishga bo‘lgan intilishlar kuchaymoqda.
Ikkinchidan.
Ona sayyoramizda iqlim o‘zgarishi va ekologik vaziyatning keskinlashuvi
bioxilma-xillikning qisqarishi, atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslarning kamayishi bilan
bog‘liq. Ochig‘i, bugun ekologik xatarlar kun sayin o‘zining “halokatli nuqtasi”ga
yaqinlashmoqda.
Uchinchidan.
Insoniyat boshiga kutilmaganda yopirilib, millionlab kishilarning hayotiga
zomin bo‘lgan COVID-19 koronavirus pandemiyasi dunyo sog‘liqni saqlash tizimi va
infratuzilmalarining bunday ofatlarga, yuqumli kasalliklarning yangi turlariga qarshi
kurashishga tayyor emasligini yaqqol namoyish etdi.
To‘rtinchidan.
Global iqtisodiyotda tizimli uzilishlar vujudga kelishi, savdo, investitsiya
va innovatsiya sohalarida erkin almashish yo‘lida yangi to‘siqlar paydo bo‘lishi, tovarlar va
xizmatlar aylanishining izdan chiqishi, energetik xavfsizlikka bo‘lgan tahdidlarning oshishi
tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Beshinchidan.
Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlar halokatli tus olishi oqibatida ko‘plab
mintaqalarda ijtimoiy larzalar va beqarorlik holatlari sodir bo‘lmoqda.
Oltinchidan.
To‘rtinchi sanoat inqilobiga jadal sur’atlarda o‘tilishi, raqamli
texnologiyalar, jumladan, “buyumlar interneti”, robototexnika, katta ma’lumotlar tahlili va
kiberfizik tizimlarning hayotda keng qo‘llanilishi, sun’iy intellektning rivojlanishi va insoniyat
hayotining barcha jabhalariga jadal kirib kelishi jarayonida ham qator yangi tahdidlar vujudga
kelmoqda.
Yettinchidan.
Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda har qanday davlat va jamiyatni ich-
ichidan yemiradigan korrupsiya balosi Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga
qaratilgan rejalarni ro‘yobga chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lib turibdi.
Sakkizinchidan.
Dunyoning turli mintaqalarida o‘zaro shafqatsiz raqobat, millatlararo
ziddiyatlar, diniy toqatsizlik, ayirmachilik, separatizm, millatchilik, radikalizm, ekstremizm va
terrorizm kabi qator tahdidlar tobora kuchayib, insoniyatning tinch-totuv hayot kechirishiga,
barqaror rivojlanishiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
To‘qqizinchidan.
Xalqaro xavfsizlik va mintaqamizning barqaror rivojlanishi
Afg‘onistondagi jarayonlar bilan bevosita bog‘liq.
O‘ninchidan.
Insonlarning erkin harakatlanishi, xavfsiz turizm va iqtisodiyotning
zamonaviy sohalari rivojiga xalaqit beruvchi doimiy tusga ega bo‘lgan xatar va tahdidlar ham
ortib bormoqda.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha
qamrovdor sa’y-harakatlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bu yo‘ldagi barcha
intilishlarimiz BMTning har bir inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan
“Hech
kimni unutmaslik va ortda qoldirmaslik”
asosiy tamoyiliga muvofiqdir.
Bu haqda so‘z borganda, Prezident Sh.M. Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi
O‘zbekiston” nomli kitobida XX asrning ikkinchi yarmida “sovuq urush”ni boshidan kechirgan
insoniyat ayni kezda global iqlim o‘zgarishi, ekologik inqirozlar va boshqa ko‘plab ijtimoiy-
siyosiy muammolarning jabrini tortishga majbur bo‘layotgani haqidagi asosli fikrlariga e’tibor
qaratish o‘rinlidir. Chunki, xuddi shuning uchun ham, I asrda umumiy taraqqiyot yo‘lini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
aniqlab olish, barcha xalqlarning manfaatlariga birday xizmat qiladigan maqsadlarni belgilash
va unga intilishga kuchli ehtiyoj paydo bo‘ldi.
Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda,
“Birlashgan Millatlar
Tashkiloti, dunyo mamlakatlari, ularning parlamentlari va fuqarolik jamiyati
institutlari, biznes hamjamiyatlari o‘rtasidagi uzoq davom etgan “global
maslahatlashuvlar” natijasida barqaror rivojlanish yo‘li – bashariyat uchun yagona
to‘g‘ri yo‘l, degan umumiy xulosaga kelinib, uning ustuvor mezonlari belgilab olindi”.
Bugungi murakkab davrda – qurolli nizolar ko‘lami misli ko‘rilmagan darajada kengayib,
xalqaro tinchlik va barqarorlikka tahdid tobora kuchayib borayotgan qaltis sharoitda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli hamda mas’uliyati yanada ortmoqda. Binobarin,
O‘zbekiston Prezidenti komil ishonch bilan ta’kidlaganidek,
“zamonaviy tahdidlarni
faqatgina muloqot vositasida, bir-birining manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilish,
umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy amal qilish orqali yengib o‘tish
hamda aynan shu yo‘l bilan dunyo hamjamiyatining demokratik taraqqiyot yo‘lidan
og‘ishmay qadam tashlashiga erishish mumkin”.
Shu jihatdan, O‘zbekiston
“Kun tartibi-2030”
da belgilangan barcha majburiyatlarga
to‘la va qat’iy amal qilib kelmoqda. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ayni mavzuda so‘z yuritar ekan,
avvalambor,
“barqaror rivojlanish tamoyillari, barqaror rivojlanish huquqi va
BRMlarning yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida aks ettirilishi
xalqaro hamjamiyat, xususan, BMT tomonidan yuksak baholandi”,
deb ta’kidlaydi.
“Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston”
kitobining alohida bir fasli
“Yangi
O‘zbekistonning mintaqaviy siyosati”
deb nomlangan. Asar muallifi mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash va nizolarning oldini olishga xizmat qiladigan bir qator muhim mezonlarni qayd
etgani diqqatga sazovor.
Birinchi mezon:
Markaziy Osiyo xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi
qo‘shnichilik, quda-andachilik rishtalari bog‘lab turadi. Xalqlarimiz hamisha bir-biriga
yelkadosh va hamjihat bo‘lib yashab kelgan. Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda,
“Bizni yagona tarix, yagona din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi”.
Ikkinchi mezon:
butun mintaqamiz ahli Markaziy Osiyo atalmish umumiy uyimizni har
xil balo-qazolardan asrash, farzandlarimizni turli nizo va qarama-qarshiliklardan himoya
qilish, mintaqamizda tinchlik va farovonlik bardavom bo‘lishi uchun barcha kuch va
imkoniyatlarimizni safarbar etishi zarur. O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, “Bunda
mintaqaviy integratsion jarayonlar qo‘shnilar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada
kuchaytirishga asoslanishi, har birimiz qo‘shnimizning yutug‘ini – o‘zimizning ham yutug‘imiz,
uning tinch va farovon hayotini – butun mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni saqlashning
garovi, deb bilishimiz lozim” .
Uchinchi mezon:
Yevroosiyo kengliklarining naq “yuragi”da joylashgan, tabiiy
resurslarga juda boy, insoniyat sivilizatsiyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan noyob
madaniyat va taraqqiyot salohiyatiga ega Markaziy Osiyo mintaqasida ayni paytda turli
davlatlar va kuch markazlarining manfaatlari kesishmoqda. Shundoq ham ayrim beqarorlik va
qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y
berayotgan mojarolarning ham salbiy ta’sirini o‘zida his etmoqda. Bunday murakkab
sharoitda Prezident Sh.M.Mirziyoyev qat’iyat bilan uqtirganidek, “Markaziy Osiyodagi qo‘shni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
davlatlarning mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishdan boshqa yo‘li yo‘q va bo‘lishi ham
mumkin emas”.
To‘rtinchi mezon:
bugun bizni umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni
barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga, o‘zaro ishonch va do‘stlik,
yaxshi qo‘shnichilik va manfaatli hamkorlik makoniga aylantirishdek yagona maqsad
birlashtirmoqda. Hech shubhasiz, O‘zbekiston Prezidenti qayd etganidek, “amaliy
hamkorlikka astoydil intilish, Markaziy Osiyoning kelajagi uchun mas’uliyatni chuqur his etish
– mintaqamizning barqaror taraqqiyoti, farovonligi va xavfsizligi uchun mustahkam kafolat va
poydevor vazifasini o‘taydi”.
Beshinchi mezon:
bugun Markaziy Osiyo mamlakatlari aynan yaxshi qo‘shnichilik va
o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga tayangan holda savdo-iqtisodiy, transport-
kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalarda, xavfsizlik va barqarorlik masalalarida o‘z
salohiyatini yanada kengroq namoyon qilishi mumkin. Chunki, Prezident Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, “Bizning nafaqat tariximiz, balki kelajagimiz, hayotiy muhim manfaatlarimiz
ham mushtarakdir”.
Oltinchi mezon:
o‘tgan yillarda O‘zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda ushbu
uchrashuvlar mintaqada o‘zaro hamjihatlik va hurmat, yaqin qo‘shnichilik va strategik
sheriklik ruhidagi mutlaqo yangi siyosiy muhitni mustahkamlash, muhim hayotiy masalalarni
hal qilish va ko‘p qirrali hamkorligimizni sifat jihatidan yangi mazmun bilan to‘ldirish
borasida samarali platformaga aylandi.
Yettinchi mezon:
mintaqamizda o‘zaro savdo va investitsiyalarning o‘sishiga xizmat
qilayotgan qulay muhit shakllantirildi. So‘nggi yillarda mintaqa mamlakatlarining umumiy
ichki mahsuloti 40 foiz ko‘paydi. Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida savdo hajmining barqaror
o‘sishi kuzatilmoqda.
Sakkizinchi mezon:
mintaqamiz davlatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning
faolllashishi natijasida xalqlarimiz yanada yaqinlashmoqda. Mintaqa doirasidagi siyosiy
muloqotlar va parlamentlararo almashuvlar doimiy tus olmoqda. O‘zbekiston Prezidenti
e’tirof etganidek, “Eng muhimi, barcha ijobiy o‘zgarishlarni qo‘shni davlatlardagi birodar
xalqlar teran his etmoqda. Markaziy Osiyoda barqarorlik va birdamlik mustahkamlanmoqda”.
To‘qqizinchi mezon:
xalqaro siyosiy lug‘atda mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlashga
xizmat qiluvchi o‘ziga xos modelni aks ettiradigan
“Markaziy Osiyo ruhi”
atamasi paydo
bo‘ldi. Bugun biz global va mintaqaviy siyosat kun tartibidagi ko‘plab dolzarb masalalar
bo‘yicha yagona pozitsiyada turib harakat qilmoqdamiz. O‘zbekiston Prezidenti qayd
etganidek, “Mamlakatlarimiz 2017-yildan buyon Markaziy Osiyoda taraqqiyot va
sheriklikning muhim masalalari bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 10 dan ziyod
rezolyutsiyasi qabul qilinishiga erishdi”.
O‘ninchi mezon:
qisqa davrda dunyoda mintaqamizga nisbatan ishonch va hamkorlikka
intilish kuchaydi. “Markaziy Osiyo +” formatida 10 dan ortiq hamkorlik muloqoti yo‘lga
qo‘yilgani buni tasdiqlaydi.
Shunday qilib, keyingi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik
munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan tub o‘zgarishlar O‘zbekiston tashqi
siyosatining katta yutug‘idir. Prezidentimiz e’tirof etganidek, “Markaziy Osiyoni tinch va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
gullab-yashnayotgan hududga aylantirish bundan buyon ham O‘zbekiston tashqi siyosatining
ustuvor maqsadi bo‘lib qolaveradi”.
Shu nuqtayi nazardan, mamlakatimiz rahbari mintaqamizning barqaror rivojlanishini
ta’minlash uchun kelgusida alohida e’tibor qaratiladigan quyidagi yo‘nalishlarga to‘xtalgan.
Birinchi yo‘nalish:
“Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi
bosqichga olib chiqish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni izchil davom ettiramiz”.
Ikkinchi yo‘nalish:
“Sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni
rivojlantirish orqali mustahkam qo‘shimcha qiymat zanjirlarini yaratish bo‘yicha ishlarni
jadallashtirish choralarini ko‘ramiz”.
Uchinchi yo‘nalish:
“Transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yanada rivojlantirish va
mustahkamlash asosiy vazifalarimiz sirasiga kiradi”.
To‘rtinchi yo‘nalish:
“afsuski, mintaqada energetika infratuzilmalarini rivojlantirish
sur’atlari sanoatlashtirish va urbanizatsiya jarayonlari hamda demografik o‘sishdan orqada
qolmoqda. Bu esa, mamlakatlarimizning uzoq muddatli barqaror rivojlanish yo‘lidagi jiddiy
to‘siqdir.
Shu bois biz tegishli vazirliklar va milliy kompaniyalarimizning geologiya-qidiruv
ishlarini olib borish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, energiya resurslarini saqlash va
yetkazib berish bo‘yicha mavjud infratuzilmalarni kengaytirish va zamonaviy
infratuzilmalarni yaratish sohasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish tarafdorimiz”.
Beshinchi yo‘nalish:
bugun dunyo aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
hamda oziq-ovqat xavfsizligiga erishish bilan bog‘liq muammolar tobora chuqurlashib
bormoqda. Jahonning muayyan bir mintaqalarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining
narxi oshishi va ularning taqchilligi kuzatilmoqda. O‘zbekiston Prezidenti uqtirganidek, “Bu
sohada sa’y-harakatlarimizni birlashtirish va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
tashkiloti ko‘magida mintaqaviy Sheriklik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur,
deb hisoblaymiz. Zero, mamlakatlarimiz mintaqaning ichki bozorini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan to‘liq ta’minlash barobarida, xorijga ham eksport qilish imkoniyatiga ega”.
Oltinchi yo‘nalish:
“iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish,
mintaqadagi ekologik muammolarni bartaraf etish, ayniqsa, Orol dengizining halokatli
oqibatlarini yumshatish kabi muhim hayotiy masalalar bugun mintaqaning barqaror
rivojlanishini ta’minlashning eng muhim omili hisoblanadi”.
Yettinchi yo‘nalish:
“mintaqamiz bo‘ylab amalga oshiriladigan turistik sayohatlar
xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim omil hisoblanadi”.
Sakkizinchi yo‘nalish:
“aholisining deyarli yarmi yosh avlod vakillari bo‘lgan Markaziy
Osiyo uchun yoshlar va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish masalasi ayniqsa dolzarb
ahamiyatga ega”.
To‘qqizinchi yo‘nalish:
“mintaqaviy xavfsizlik eng avvalo, bizning sherikligimiz qay
darajada samarali yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq”.
O‘zbekiston Prezidenti bu haqda atroflicha to‘xtalar ekan, bir qator amaliy takliflarni
ilgari suradi. Jumladan:
birinchi taklif –
Markaziy Osiyoda umumiy tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish
bo‘yicha jamoaviy qarorlar ishlab chiqish uchun biz doimiy ravishda o‘zaro fikr almashib
turishimiz lozim;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
ikkinchi taklif –
ayniqsa, ekstremizm va terrorizm, uyushgan jinoyatchilik va
narkotrafik kabi an’anaviy tahdidlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni bundan buyon
ham kuchaytirib borishimiz zarur;
uchinchi taklif –
so‘nggi yillarda internet jahon axborot tarmog‘ida tobora ortib
borayotgan noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq yangi xavf-xatarlarga ham alohida e’tibor
qaratishimiz talab etiladi;
to‘rtinchi taklif –
Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik kengashlari kotiblari
tomonidan muvofiqlashtiriladigan maslahat yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish lozim;
beshinchi taklif –
Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini himoya qilish va
mustahkamlash bo‘yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiq;
oltinchi taklif –
xavfsizlikka nisbatan an’anaviy va yangi xavf-xatarlarga qarshi
kurashish borasidagi ssenariylarni amalda qo‘llash bo‘yicha qo‘shma harbiy-o‘quv
mashqlarini davom ettirish ham muhimdir;
yettinchi taklif –
favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish, ularning oldini olish, barvaqt
ogohlantirish va ularga birgalikda qarshi turish borasida mintaqaviy tizimni shakllantirishni
ham hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Muxtasar aytganda, keyingi davrda sayyoramiz miqyosidagi beqarorlik shu darajaga
yetdiki, hatto bir-birini yaqin-yaqinlargacha do‘stu hamkor hisoblab kelgan davlatlar
o‘rtasidagi ishonchga ham putur yetmoqda. Ertaga dunyodagi bu notinchlik ko‘lami
qayergacha kengayishini, afsuski, hech kim bilmaydi.
O‘zbekiston Prezidenti dunyodagi va mintaqamizdagi vaziyatga g‘oyat sinchkovlik bilan
aniq va xolis baho berar ekan, zamonaviy tahdidlarni bartaraf etish uchun ikki tomonlama va
ko‘p tomonlama, mintaqaviy va global darajalardagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish
zarurligini alohida ta’kidlagani juda muhim. Davlatimiz rahbari haqli qayd
etganidek,
“Bunday murakkab sharoitda hech bir mamlakat yakka holda barcha
zamonaviy xavf-xatarlarni chetlab o‘tib, ularning sabab-oqibatlarini bartaraf etishga
qodir emasligi ayni haqiqatdir”.
