BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASAR MATNI USTIDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarlarni tahlil qilish, tushunish va estetik baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali metodik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
106-108
7

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Ismoilova, M. ., & Abdullayeva , G. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASAR MATNI USTIDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH. Наука и инновация, 3(15), 106–108. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/90047
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarlarni tahlil qilish, tushunish va estetik baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali metodik yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASAR MATNI USTIDA ISHLASH

METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ismoilova Maftuna Kenjaboy qizi

Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat pedagogika instituti Ellik qal’a fakulteti

Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 2-kurs talabasi

Abdullayeva Gulmira Abdullayevna

Ilmiy rahbar: Boshlang’ich ta’lim kafedrasi assistant o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15424113

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy asarlarni tahlil

qilish, tushunish va estetik baholash ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali metodik
yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

badiiy asar, boshlang‘ich sinf, metodika, tahlil, ifodali o‘qish, interaktiv

metodlar.

Аннотация:

В данной статье освещаются эффективные методические подходы к

формированию навыков анализа, понимания и эстетической оценки художественных
произведений у учащихся начальных классов. Также рассмотрены возможности
использования современных педагогических технологий в процессе урока.

Ключевые слова:

художественное произведение, начальные классы, методика,

анализ, выразительное чтение, интерактивные методы.

Annotation:

This article highlights effective methodological approaches to developing

the skills of primary school students in analysing, understanding, and aesthetically evaluating
literary works. It also discusses the opportunities for using modern pedagogical technologies
in the lesson process.

Keywords:

literary work, primary class, methodology, analysis, expressive reading,

interactive methods.


Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ularning

badiiy-estetik dunyoqarashini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich
ta’lim bosqichida o‘quvchilarning badiiy matn ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish
kelgusidagi bilim asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini badiiy asar bilan ishlashda quyidagi bosqichlar orqali

tahlil qilishga o’rgatsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Badiiy matn bilan ishlash odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik bosqichi ya’ni muallif haqida ma’lumot berish, asar mazmuni haqida

gaplashish hamda unga oid savollar berish.

Ifodali o‘qish deganda, matnni o‘qish davomida obrazlarni tasavvur qilib, o’quvchining

o’zi ham shu obrazga kirgan holatda asarni o’qilishi va syujet chizig‘ini tushunishga yo‘naltirish.

Tahlil bosqichida matn ustida savol-javoblar, rollarga bo‘lib o‘qish, muhokamalar tashkil

etilishi kerak.

Ijodiy bosqich esa o‘quvchilarning o‘z fikrini ifodalashi, voqeaga o‘z yakunini yaratishi,

chizma va dramatizatsiya asosida ishlashdan iborat.

- Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, ongli, tez, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish

bir jarayonda ilib boriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

107

- Asarning g’oyaviy asoslari va amvzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompazitsiyasi

va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga
yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog’lanishli o’sishini ham ta’minlaydi.

- O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi

va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishda hisobga olinishi zarur bo’lgan asosiy omil lardan biri uning

o’quvchilarga hissiy ta’siridir. O’quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay,
muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish jarayoni o’quvchida fikr
qo’zg’atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to’g’ri kelish-kelmasligini
aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go’zalligi ham alohida qayd
qilib o’tilishi joiz. O’qish darslarida o’quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata
olish, yozuvchining hayotiy voqealarini qanday badiiy vositalar orqali aks ettirganini va qanday
obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o’qish va asarni tahlil qilish malakalari sinfdan-
sinfga o’tgan sari o’stirib boriladi. Keling misol tariqasida sinf darsliklaridan badiiy bo’yoqga
ega matn va asarlardan parchalar keltiramiz. 2-sinf “O’qish kitobi”da keltirilgan “Kamaychi
shoh” ertagida “yov qora bulutday yopirilib kelayotgan ekan”, “Kuychi terak” ertagida
“Terakning shoxlari xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirap raqsga
tushar ekan”, “To’rg’aylar qo’shiq aytib, ularga jo’r bo’lar ekanlar” kabi badiiy vositalar
yordamida tasvirlangan manzalar juda ko’p. Ular ustida ishlash o’quvchi nutqini o’stirish bilan
birga ularni fikr yuritishga, mulohaza qilishga ham o’rgatadi.

Badiiy asar ustida ishlashda quyidagi metodik yondashuvlarni tavsiya etamiz:
“Klaster” usuli: asar asosiy g‘oyasini va obrazlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va

jamoaga bo’nib klaster bellashuvlarini o’tqazish.

“Insert” usuli: matnni o‘qish davomida belgilar qo‘yish orqali tushunilgan va

tushunilmagan qismlarni ajratib olish va o’qituvchidan tushunilmagan qismlarni qayta
o’zlashtirib olish.

Rolga kirish va dramatizatsiya: o‘quvchilarni matnga bevosita jalb qilish orqali hissiy

ta’sir kuchaytiriladi.Ushbu metodning yaxshi ta’rafi shundaki o’quvchilar asardagi manzari
bevosita his qila oladilar, asar ichiga kira olgan o’quvchi uchun asar tahlili murakkablik
qilmaydi.

Hozirgi davr zamonaviy texnalogiyalar asri ekan zamon bilan hamnafas bo’lgan holda

axborot- kommunikatsiyalardan ham to’g’ri foydalana bilish biz bo’lajak o’qituvchilarning
asosiy bo’lgan vazifalaridan biridir. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
badiiy matn ustida ishlash jarayonini jonlantiradi. Masalan:

Multimedia vositalari yordamida asarning audiokitob yoki animatsiyalangan shaklida

ko’rsatish; Interaktiv doskadan foydalanib, klaster tuzish yoki savollarga javob yozish; Online
platformalarda testlar va matnli topshiriqlarni bajartirish kabi texnalogiyalardan foydalanilsa
badiiy asarni tahlil qilishni takomillashtirishga samarali foyda beradi deb hisoblaymiz.

Xulosa qilib aytsak, boshlang‘ich sinfda badiiy matn ustida ishlash metodikasini

takomillashtirish o‘quvchilarning tafakkurini, estetik didini va ifodali nutqini rivojlantirishda
katta imkoniyatlar yaratadi. Bu yo‘nalishda o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik, zamonaviy
metodik yondashuvlardan oqilona foydalanish va o‘quvchilar bilan interaktiv muloqot olib
borish talab etiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

108

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

1.Meliqulova M. ―Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi‖. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2024.
2.

Axmedova M. ―Badiiy matnni tahlil qilish metodikasi‖. – Toshkent: Yangi asr avlodi

3.

Rasulov A. ―Boshlangʻich ta’limda dars jarayonini takomillashtirish asoslari‖. – Toshkent:

Ilm ziyo
4.

Qurbonova D. ―Boshlangʻich sinflarda badiiy asarlarni oʻqitishning zamonaviy

yondashuvlari‖ // Ta’lim va rivojlanish. – 2021.
5.

Karimova D. ―Matn ustida ishlash metodikasi: nazariya va amaliyot‖. – Samarqand:

SamDU nashriyoti, 2022.
6.

Tursunov B. ―Boshlang‘ich sinflarda badiiy nutqni shakllantirish vositalari‖. – Buxoro:

BDU, 2021.

7.

Xolboyeva M. ―Badiiy adabiyot va bolalar psixologiyasi‖. – Toshkent: Ma’naviyat, 2023

Bibliografik manbalar

Meliqulova M. ―Boshlangʻich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasi‖. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2024.

Axmedova M. ―Badiiy matnni tahlil qilish metodikasi‖. – Toshkent: Yangi asr avlodi

Rasulov A. ―Boshlangʻich ta’limda dars jarayonini takomillashtirish asoslari‖. – Toshkent: Ilm ziyo

Qurbonova D. ―Boshlangʻich sinflarda badiiy asarlarni oʻqitishning zamonaviy yondashuvlari‖ // Ta’lim va rivojlanish. – 2021.

Karimova D. ―Matn ustida ishlash metodikasi: nazariya va amaliyot‖. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022.

Tursunov B. ―Boshlang‘ich sinflarda badiiy nutqni shakllantirish vositalari‖. – Buxoro: BDU, 2021.

Xolboyeva M. ―Badiiy adabiyot va bolalar psixologiyasi‖. – Toshkent: Ma’naviyat, 2023