BANK KREDITINI TASDIQLASHDA BIZNES REJANING MOLIYAVIY PROGNOZLARI ROLI

Аннотация

Mazkur tezisda bank kreditini olish jarayonida biznes rejada ko‘rsatilgan moliyaviy prognozlarning ahamiyati yoritilgan. Moliyaviy prognozlar banklar uchun qarz oluvchining moliyaviy salohiyatini baholashda, kredit shartlarini belgilashda va risklarni kamaytirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foyda va zararlar hisobi, pul oqimi, balans prognozi va rentabellik ko‘rsatkichlari kabi moliyaviy hujjatlarning asosli va haqqoniy tuzilishi kredit ajratilishi ehtimolini oshiradi

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
72-75
7

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Arziboyeva, R. ., & Luqmonov , S. . (2025). BANK KREDITINI TASDIQLASHDA BIZNES REJANING MOLIYAVIY PROGNOZLARI ROLI. Наука и инновация, 3(15), 72–75. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/90056
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur tezisda bank kreditini olish jarayonida biznes rejada ko‘rsatilgan moliyaviy prognozlarning ahamiyati yoritilgan. Moliyaviy prognozlar banklar uchun qarz oluvchining moliyaviy salohiyatini baholashda, kredit shartlarini belgilashda va risklarni kamaytirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foyda va zararlar hisobi, pul oqimi, balans prognozi va rentabellik ko‘rsatkichlari kabi moliyaviy hujjatlarning asosli va haqqoniy tuzilishi kredit ajratilishi ehtimolini oshiradi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

BANK KREDITINI TASDIQLASHDA BIZNES REJANING MOLIYAVIY

PROGNOZLARI ROLI

Arziboyeva Ravzaxon Sattarovna

Andijon davlat texnika instituti “Buxgalteriya hisobi va

menejment” kafedrasi o‘qituvchisi

Luqmonov Shukrullo Raxmatjon o’g’li

Andijon davlat texnika instituti Muhandislik iqtisodiyoti va

boshqaruv fakulteti Bank ishi va auditi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15421047

Annotatsiya

. Mazkur tezisda bank kreditini olish jarayonida biznes rejada ko‘rsatilgan

moliyaviy prognozlarning ahamiyati yoritilgan. Moliyaviy prognozlar banklar uchun qarz
oluvchining moliyaviy salohiyatini baholashda, kredit shartlarini belgilashda va risklarni
kamaytirishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Foyda va zararlar hisobi, pul oqimi, balans
prognozi va rentabellik ko‘rsatkichlari kabi moliyaviy hujjatlarning asosli va haqqoniy
tuzilishi kredit ajratilishi ehtimolini oshiradi

Kalit so`zlar:

moliyaviy prognoz, pul oqimi, foyda va zarar, rentabellik, risk.

Аннотация:

В данной статье рассматривается значение финансовых прогнозов,

представленных в бизнес-плане, при получении банковского кредита. Финансовые
прогнозы служат основным инструментом для оценки платежеспособности заёмщика,
определения условий кредитования и снижения рисков со стороны банка. Отчёты о
прибылях и убытках, движение денежных средств, прогнозный баланс и показатели
рентабельности, если они составлены обоснованно и достоверно, повышают
вероятность одобрения кредита.

Ключевые слова:

финансовый прогноз, денежный поток, прибыль и убытки,

рентабельность, риск.

Banklar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar – bu nafaqat kredit

shartnomasining rasmiy jihati, balki uzoq muddatli hamkorlik va iqtisodiy rivojlanishning
asosiy omilidir. Banklar tadbirkorlarga moliyaviy resurslar bilan ta’minlab, biznesning
rivojlanishiga yordam beradi, tadbirkorlar esa o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirib, bank
ishonchini mustahkamlaydi. Aynan shu o‘zaro ishonch tufayli banklar risklarni kamaytirib,
yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘ladi, tadbirkorlar esa qulay shartlarda
moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ishonsizlik, aksincha, ham
ikkala tomon, ham butun iqtisodiyot uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kredit
olish jarayonida bank va tadbirkor o‘rtasidagi o‘zaro ishonch muhim ahamiyatga ega. Bu
ishonch moliyaviy hamkorlikning asosini tashkil etadi va kredit munosabatlarining
muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi. Bank tadbirkorning moliyaviy barqarorligi, biznes
rejasining realistikligi va kreditni o‘z vaqtida qaytarish imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi
zarur. Shu bilan birga, tadbirkor bank tomonidan taqdim etilgan shartlarning shaffofligi, foiz
stavkalarining adolatliligi va qarz jarayonidagi ochiqlikka tayanadi. O‘zaro ishonch
mustahkam bo‘lganda, kredit olish nafaqat moliyaviy ehtiyojlarni qondirish, balki uzoq
muddatli hamkorlikni rivojlantirish uchun samarali vositaga aylanadi.

Ayniqsa, biznes rejaning moliyaviy prognozlari bank tomonidan qaror qabul qilishda

asosiy rol o‘ynaydi

. Moliyaviy prognozlar

- bu loyiha doirasida kutilayotgan daromadlar,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

xarajatlar, sof foyda, naqd pul harakati va moliyaviy holat haqidagi oldindan ko‘zlangan
taxminlar bo‘lib, ular kredit ajratish jarayonida bank uchun yo‘l xaritasi vazifasini bajaradi.

Biznes rejadagi moliyaviy prognozlar asosan bir nechta asosiy hisobotlarni o‘z ichiga

oladi. Ular qatoriga foyda va zararlar hisobotlari, pul oqimlari harakati balans prognozi,
rentabellik ko‘rsatkichlari kiradi. Bu hujjatlar asosida bank mijozning moliyaviy holatini
bashorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Foyda va zararlar hisobi bankka korxonaning
kelajakdagi rentabelligini baholash imkonini bersa, pul oqimi hisobi kredit mablag‘ining
qanday aylanishi va undan qanday foydalanilishi haqida tushuncha beradi. Balans esa aktiv va
passivlarning muvozanatini ko‘rsatib, umumiy moliyaviy barqarorlikni ochib beradi.

Bu kabi tahlillarni tushuna olish olish bankda ham malakali kadr bo`lishi va CIPA, ACCA

yoki boshqa moliy tahlil boyicha sertifikatlarga ega bo`lishi maqsadga muvofiqdir.

Bank muassasalari moliyaviy prognozlar asosida qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini

tahlil qiladi. Agar moliyaviy prognozlar asosli, real va ishonchli bo‘lsa, bank kredit ajratishda
ijobiy qarorga keladi. Bu prognozlar asosida kredit miqdori, muddatlari, foiz stavkalari va
garov talablari aniqlanadi. Shuningdek, prognozlar orqali bank risk darajasini baholab, kredit
xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘radi. Shu bois moliyaviy prognozlarda har bir raqam
asoslantirilgan, aniq va real bo‘lishi kerak. Masalan, kutilayotgan tushumlar bozor tahliliga,
raqobatchilar faoliyatiga yoki ilgari erishilgan natijalarga asoslangan bo‘lishi lozim.

Amaliyotda ba’zi biznes rejalar juda optimistik yoki asossiz raqamlar bilan to‘ldirilgan

bo‘ladi. Bunday holatlar banklarda shubha uyg‘otadi va kredit ajratish rad etilishi mumkin.
Shu sababli moliyaviy prognozlarni tuzishda statistik tahlillar, segmentli bozor ma’lumotlari,
o‘rtacha narx ko‘rsatkichlari, mehnat va ishlab chiqarish xarajatlari kabi manbalarga tayanish
zarur. Bundan tashqari, foyda olish va kreditni qaytarish muddatlari real vaqt bilan mos
kelishi bank uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.

Moliyaviy prognozlar kredit qarorini qabul qilishda bevosita hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Bank ushbu prognozlar orqali qarz oluvchining moliyaviy intizomi, boshqaruv salohiyati va
biznes yuritish madaniyati haqida xulosa chiqaradi. Aynan moliyaviy tahlil natijalari kredit
ajratish yoki rad etish masalasini belgilab beradi. Shu bois har bir biznes subyekti yoki
tadbirkor biznes reja tuzishda moliyaviy hisobotlarni tayyorlashga alohida e’tibor berishi, bu
borada zaruriy bilim va maslahatlarni olishga harakat qilishi lozim.

Shuningdek, bank kreditini olish jarayonida biznes rejaning boshqa muhim

bo‘limlaridan biri bu SWOT tahlilidir. SWOT — bu kuchli jihatlar zaif tomonlar imkoniyatlar
va tahdidlar tahlilidir. Ushbu tahlil orqali banklar korxonaning ichki resurslari, tashqi
muhitdagi istiqbollari va xavf omillari to‘g‘risida batafsil tasavvur hosil qiladilar. Ayniqsa, zaif
jihatlar va tahdidlar ochiq va real tarzda ko‘rsatilgan bo‘lsa, hamda ularni bartaraf etish
bo‘yicha aniq strategiyalar mavjud bo‘lsa, bu kredit beruvchilar ishonchini mustahkamlaydi.
SWOT tahlilining mavjudligi biznes egasining o‘z faoliyatini puxta tahlil qilganini, bozor
sharoitlarini chuqur o‘rganganini bildiradi. Bu esa moliyaviy prognozlarning real asoslar bilan
ta’minlanganini anglatadi. Banklar bunday rejalarga ko‘proq ishonch bildiradi, chunki ular
qarz oluvchining biznes yuritish madaniyati va strategik fikrlash salohiyatini baholay olishadi.
Shuning uchun, mukammal moliyaviy prognozlar bilan birga SWOT tahlilining mavjudligi ham
bank kreditini olish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Yuqorida aytganimdek, biznes reja va uning tarkibiy qismlarini, ayniqsa moliyaviy

prognozlar va SWOT tahlilini to‘g‘ri tahlil qilish — bu maxsus bilim va tajriba talab qiladigan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

jarayon, shuning uchun bu jarayonda malakali mutaxassislar ishtiroki zarur. Shu bilan birga,
biznes rejaning mazmunan to‘g‘ri va asosli tuzilishi uning kredit olishdagi muvaffaqiyatini
kafolatlay olmaydi. Rejadagi raqamlar, strategiyalar va risk baholari mutaxassislar tomonidan
chuqur tahlil qilinmasa, banklar tomonidan e’tiborga olinmasligi mumkin. Aynan shuning
uchun ham biznes rejaning sifatli tahlili uchun moliyaviy tahlilchilar, kredit analitiklari,
strategik rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislar va biznes konsultantlarning ishtiroki zarur
bo‘ladi. Ular rejaning real asoslanganligini, moliyaviy ko‘rsatkichlarning mantiqiyligini, SWOT
tahlilining asoslanganligini va umumiy rentabellik darajasini ob’ektiv baholab beradilar. Bu
esa rejaning bank ko‘zidagi ishonchliligini oshiradi hamda kredit ajratilish ehtimolini sezilarli
darajada kuchaytiradi. Bu mutaxasislar yana quyidagi hamiyatga ega:

1.

Rejani ob’ektiv baholash: Tadbirkor reja tuzishda odatda o‘z qarashlarini optimistik

tarzda bayon qiladi. Buni muvozanatlash uchun xolis ekspert tahlili kerak.

2.

Moliyaviy hujjatlarni tekshirish: Moliyaviy prognozlar (daromadlar, xarajatlar, pul oqimi

va boshqalar) moliya bo‘yicha mutaxassislar tomonidan real, asosli va barqarorlik
nuqtai nazaridan tekshiriladi.

3.

Risklarni aniqlash: Tajribali tahlilchilar biznes modeldagi xatarlar, noto‘g‘ri baholar yoki

muvofiqlikdagi kamchiliklarni oldindan aniqlab beradi.

4.

SWOT tahlilining asoslanganligini baholash: SWOTda ko‘rsatilgan kuchli va zaif jihatlar,

imkoniyatlar va tahdidlar — strategik rejalashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan
baholanadi.

5.

Banklar bilan ishlash: Ko‘pchilik banklar kredit arizalarini baholash uchun kredit

analitiklari yoki biznes-reja tahlilchilari xizmatidan foydalanadi. Ular aynan rejaning
bajarilishi mumkinligi, rentabelligi va risk darajasini tahlil qiladi.

Biznes rejada daromad va xarajatlar prognozi eng muhim moliyaviy ko‘rsatkichlar

sirasiga kiradi. Banklar aynan ushbu bo‘lim orqali korxonaning kelajakdagi moliyaviy
barqarorligini, qarzni qaytarish salohiyatini baholaydi. Daromadlar bo‘limida mahsulot yoki
xizmatdan kutilayotgan tushumlar, bozor narxlari va hajmlari asosida aniqlanadi. Xarajatlar
esa ishlab chiqarish, ishchi kuchi, logistika, soliq va boshqa faoliyat xarajatlarini o‘z ichiga
oladi. Agar xarajatlar real va asosli ko‘rsatilsa, hamda ularning daromadlarga nisbati ijobiy
bo‘lsa, bu rejaning muvaffaqiyatli amalga oshishi ehtimolini ko‘rsatadi. Ayniqsa, foyda
ko‘rsatkichining musbat bo‘lishi va uning yilma-yil o‘sish sur’atlari banklar uchun muhim
signal hisoblanadi. Shu sababli, daromad va xarajatlar prognozi puxta hisoblangan bo‘lishi
kredit ajratilish ehtimoliga bevosita ta’sir qiladi.

Biznes rejaning yana bir asosiy moliyaviy tarkibiy qismi — bu pul oqimlari va

rentabellik ko‘rsatkichlaridir. Pul oqimlari tahlili orqali banklar korxonaning kunlik
operatsion faoliyatdan olinadigan real tushumlarni, xarajatlarni qoplash qobiliyatini va kredit
to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshira olish imkoniyatini baholaydi. Pul oqimlari manfiy bo‘lsa,
hatto foyda rejalashtirilgan bo‘lsa ham, kreditni qaytarish xavf ostida qoladi. Shu boisdan,
nafaqat foyda, balki pulning kirimi va chiqimi bo‘yicha aniq va asosli prognozlar tuzish zarur.

Bundan tashqari, rentabellik ko‘rsatkichlari — ya’ni foyda va xarajatlar nisbati,

investitsiyalarning daromadliligi (ROI), aktivlar rentabelligi (ROA) kabi indikatorlar bank
uchun biznesning iqtisodiy samaradorligini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkichlar rejaning ichki
iqtisodiy mohiyatini ochib beradi va bankka investitsiya sifatida kreditni ajratish foydaliligini
baholash imkonini beradi. Shu sababli, biznes rejaning moliyaviy qismida pul oqimlari va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

rentabellik ko‘rsatkichlari qat’iy asoslangan va real ma’lumotlarga tayanib tuzilgan bo‘lishi
zarur.

Xulosa qilib aytganda, bank kreditlarini olishda puxta va asosli biznes rejaning

mavjudligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Biznes reja nafaqat tadbirkorning o‘z faoliyatini
strategik rejalashtira olish salohiyatini ko‘rsatadi, balki bank uchun kredit mablag‘ining
qaytarilish kafolati sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, rejaning moliyaviy prognozlari, daromad va
xarajatlar balansining real hisob-kitob asosida tuzilishi, pul oqimlari va rentabellik
ko‘rsatkichlarining aniqligi kreditni ajratish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yo‘ldoshev N. Q., Sh Y. S., Zaxidov G. Menejment asoslari va biznes reja //T.: Fan va

texnologiya. – 2016. – Т. 244.

2.

Mardiyev A. D. TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING

HUQUQIY ASOSLARI //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2024. – Т. 12. – С. 53-55.

3.

Elyor E. BIZNES REJA TUZISH-MUVAFFAQIYATLI BIZNES YARATISHNING KALITI

//PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 7-10.

4.

Ismanov I.N., Davlyatova G.M., Buzrukxonov S.M Biznesni rejalashtirish. Darslik. 2020

5.

https://ahaslides.com/uz/blog/swot-analysis-examples/

Библиографические ссылки

Yo‘ldoshev N. Q., Sh Y. S., Zaxidov G. Menejment asoslari va biznes reja //T.: Fan va texnologiya. – 2016. – Т. 244.

Mardiyev A. D. TIJORAT BANKLARIDA IPOTEKA KREDITLASH AMALIYOTINING HUQUQIY ASOSLARI //QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI. – 2024. – Т. 12. – С. 53-55.

Elyor E. BIZNES REJA TUZISH-MUVAFFAQIYATLI BIZNES YARATISHNING KALITI //PEDAGOGIK TADQIQOTLAR JURNALI. – 2024. – Т. 1. – №. 2. – С. 7-10.

Ismanov I.N., Davlyatova G.M., Buzrukxonov S.M Biznesni rejalashtirish. Darslik. 2020

https://ahaslides.com/uz/blog/swot-analysis-examples/