Авторы

  • Dildora Baxadirova
    O‘qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.97985

Ключевые слова:

ta’lim metod ma’ruza nazariy fan seminar innovatsion ma’ruza innovatsion uslub muammo.

Аннотация

Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari haqida so‘z boradi. Ma’ruza - oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi va yo‘naltiruvchi, axborot, metodologik, tarbiyalovchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Seminar - dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Muallif ba’zi xorijiy, rus, milliy olim va tadqiqotchilarining ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish borasidagi fikrlari, ilgari surgan go‘yalari bilan tanishtirgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

88

CHET TILI NAZARIY FANLARINI O‘QITISH MASALALARI

Dildora Baxadirova

O‘qituvchi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15517640

Annotatsiya:

Mazkur maqolada chet tili nazariy fanlarini o‘qitishning asosiy shakllari

haqida so‘z boradi. Ma’ruza - oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi va
yo‘naltiruvchi, axborot, metodologik, tarbiyalovchi hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga
oshirishga imkon beradi. Seminar - dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda
yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Muallif ba’zi xorijiy, rus, milliy olim va
tadqiqotchilarining ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini tashkil qilish borasidagi fikrlari, ilgari
surgan go‘yalari bilan tanishtirgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim

,

metod,

ma’ruza, nazariy fan, seminar, innovatsion ma’ruza,

innovatsion uslub, muammo.

Barchamizga ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarida talabalarga nazariy fanlarni

o‘rgatishning ikki shakli mavjud: ma’ruza va seminar.

Ma’ruza

– oliy ta’limda ta’limni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi

vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:

1. Yo‘naltiruvchi – talabalarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga

imkon berish.

2. Axborot – professor-o‘qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog‘liq

asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi.

3. Metodologik – ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari bayon etiladi.
4. Tarbiyalovchi – talabalarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish

madaniyatini shakllantirish.

5. Rivojlantiruvchi – talabalarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini

rivojlantirish imkonini beradi.

Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlarida ma’ruzalar an’anaviy va noan’anaviy, ya’ni

innovatsion ma’ruza turlariga bo‘linadi. An’anaviy ma’ruzalar o‘qituvchi faolligida, noan’anaviy
ma’ruzalar esa, talaba faolligida o‘tadi. Noan’anaviy ma’ruzalarning quyidagi turlari mavjud:

muammoli ma’ruza, ko‘rgazmali ma’ruza, binar ma’ruza, oldindan xato fikr ham bayon qilinishi
reja qilingan ma’ruza, anjuman tarzida o‘tkaziladigan ma’ruza, maslahat ma’ruza

.

Ma’ruza jarayonida auditoriyada talabalar sonining ko‘pligi o‘qituvchi va talaba

o‘rtasidagi muloqotni sezilarli darajada zaiflashtiradi va ma’ruzachi uchun talabalarning
mavzuni tushungani yoki tushunmaganini aniqlashni qiyinlashtiradi. Chet til bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlaydigan OTM larda nazariy fanlar ma’ruzalarida 85-90 nafar talaba
tinglovchi sifatida qatnashadi. Ko‘p sonli auditoriyada an’anaviy ma’ruzalar o‘qish ta’lim
sifatining pasayishiga olib keladi. Shu sababli noan’anaviy ma’ruzalarni tashkillashtirish
dolzarb vazifaga aylandi.

Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning «nofaol» usulidan «faol» usuliga o‘tmog‘i, bahs,

munozara, suhbat, muhokama shaklida amaliy ishlarning uyg‘unligi, ya’ni interaktiv usullarda
tashkil etilishi lozim. Shu sababli hozirgi vaqtdagi ko‘plab innovatsion uslublar o‘qitishning
interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liq.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

89

Bir qator xorij tadqiqotchilari: Djon Middendorf (Joan Middendorf) va Alan Kalish (Alan

Kalish), Rik Sulivan (Rick Sullivan) va

Noel Mikintosh

(

Noel McIntosh)lar o‘qituvchilar uchun

ma’ruzalar o‘qitishda ko‘rsatmalarni taklif qilganlar. Shulardan, Djon Middendorf va Elen
Kalish “The “Change-Up” ma’ruzalari to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ma’ruza-dars jarayonida
20 tadan ko‘p amaliy strategiyalarni taklif qilganlar [2; 50-b]. Shulardan ba’zilarini keltirib
o‘tmoqchimiz:

1) Savol yozing

(Write a Question

) – o‘qituvchi talabalardan “savollaringiz bormi?” deb

so‘rash o‘rniga, ulardan ma’ruza to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini va bitta yoki ikkita savol
yozishlarini so‘raydi.

2) Juftlikda o‘ylang va fikringizni bo‘lishing

(Think-Pair-Share

) – talabalarga murakkab

savollar berilganda, “Javob berishni xohlovchilar bormi yoki kim javob beradi?” deb so‘rashning
o‘rniga o‘qituvchi talabalarga juftlikda muhokama qilib, o‘ylab ko‘rishlariga imkon berishi
lozim. So‘ngra, talabalardan savolga javob berishga harakat qilishlarini so‘raydi.

3) Iqtiboslar topish

(Finding Illustrative Quotations)

– o‘qituvchi talabalardan mavzuga

oid muayyan dalillarni qo‘llab quvvatlaydigan iqtiboslarni topishni so‘raydi. Bu vazifa uyda
bajarish uchun beriladi. Buning uchun talabalar ma’ruza matnini uyda qaytadan o‘qib
chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

4) Uy vazifasini bajarishdagi kutilishi mumkin bo‘lgan qiynichiliklarni auditoriyada

amaliyotda mashq qilish

(Practice Homework Problems) -

ma’ruza taqdim qilingach, o‘qituvchi

talabalarga uy vazifasini bajarishda duch kelishlari mumkin bo‘lgan muammoga o‘xshash
topshiriq beradi. Talabalar topshiriqni sinfda muhokama qiladilar.

Garvard universitetining Derek Bok ta’lim markazi tadqiqotchilari tomonidan ma’ruza

taqdim etishda o‘qituvchilar uchun ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu ko‘rsatmalarda ma’ruza 5
bosqichga bo‘lingan: Boshlanish (

Beginning the lecture (or course

)), darsda faol bo‘lishga

undash (

Inviting participation

), savol berish (

Punctuating the lecture with questions

), ma’ruza

shaklini o‘zgartirish (

Varying the format

) va yakuniy bosqich (

Closing the lecture

).

1)

boshlanish bosqichida

o‘qituvchi talabalarga mavzuga doir savollarni beradi va ularning

mavzu bo‘yicha bilimlarini tekshirishga harakat qiladi. Bu vaqtda talabalar juftlikda yoki
guruhlarda ishlaydilar; 2) darsda faol bo‘lishga undash

bosqichida

o‘qituvchi talabalarga o‘zaro

muloqot muhitini yaratadi. Talabalar o‘qituvchi tomonidan tanqid ostiga olinmaydi. Biror
talaba o‘qituvchiga savol bersa, o‘qituvchi o‘zi javob bermay, boshqa talabadan ushbu savolga
javob berishni so‘raydi; 3)

savol berish bosqichida

ma’ruzani yanada munozarali davom ettirish

maqsadida o‘qituvchi mavzuga yaqin savollar beradi. Ushbu yo‘l bilan o‘qituvchi talabalarni
muhokamada qatnashishlariga yo‘l beradi; 4)

ma’ruza shaklini o‘zgartirish bosqichida

o‘qituvchi an’anaviy ma’ruza shaklini o‘zgartirish maqsadida, talabalardan mavzuga oid
taqdimot (prezentatsiya)lar qilishga, rolli o‘yinlarni ijro etishga chorlaydi. O‘qituvchi imkonga
qarab debatlar tashkillashtirishi mumkin; 5)

yakuniy bosqichda

o‘qituvchi talabalarga savol

berishga imkon beradi va ularga o‘zi javob beradi. Ma’ruza oxirida ulardan ma’ruza to‘g‘risida
o‘z fikr-mulohazalarini, agar savollar bo‘lsa, yozishlarini so‘raydi. Kelasi ma’ruzada o‘qituvchi
darsni shu savollarga javob berishdan boshlaydi (imkon qadar).

Seminar

(lotin tilidan olingan

seminarium

– “bilimlar o‘chog‘i” ) - universitetda asosiy

ta’lim usullaridan biri; o‘qituvchi rahbarligida guruh darsi; o‘quvchilarning guruhli fikrlash va
faol o‘quv faoliyatiga asoslangan, dolzarb ilmiy-amaliy muammolarga mustaqil ravishda
yechim topishga yo‘naltirilgan o‘qitish metodi. Seminarlar o‘quv dasturining eng murakkab


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

90

masalalari (mavzulari, bo‘limlari) bo‘yicha va talabalarning umummadaniy hamda kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida tashkillashtiriladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Djumabaeva J.Sh. Teaching Methods of Special Subjects.-Т.: «Fan va texnologiya», 2019. -

192 p.
2.

Samiyeva, S., and O. Nabijonova. "THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN

FORMING SPEAKING SKILL IN FOREIGN LANGUAGE."

Science and innovation

1.B5 (2022): 431-

435.
3.

Завада Г.В., Бушмина О.В. Педагогика высшей школы: Конспект лекций. - Казань:

Казан. гос. энерг. ун-т, 2010. – 86 с.
4.

SAMIEVA, SAYYORA NEMATOVNA. "Difficulties That Occur In The Process Of Teaching

Foreign Language Grammar."

Int. J. of Aquatic Science

12.3 (2021): 2988-2996.

5.

Lee Warren. Managing hot moments in the classroom. - Derek Bok Center for Teaching

and Learning, Harvard University. - 2000.
6.

Махсудов В.Г. Замонавий таълим тизимида фанлар бўйича маъруза турлари ҳамда

уларни ташкил этиш технологиялари//«Замонавий таълим» журнали, 2017/2. - Б.54-
59.
7.

Samieva, S. N. "WORKING ON THE TEXTS AS ONE OF THE WAYS TO OVERCOME

DIFFICULTIES IN THE PROCESS OF TEACHING GRAMMAR OF A FOREIGN
LANGUAGE."

European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences

8.3 Part II

(2020): 2056-585.

Библиографические ссылки

Djumabaeva J.Sh. Teaching Methods of Special Subjects.-Т.: «Fan va texnologiya», 2019. - 192 p.

Samiyeva, S., and O. Nabijonova. "THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN FORMING SPEAKING SKILL IN FOREIGN LANGUAGE." Science and innovation 1.B5 (2022): 431-435.

Завада Г.В., Бушмина О.В. Педагогика высшей школы: Конспект лекций. - Казань: Казан. гос. энерг. ун-т, 2010. – 86 с.

SAMIEVA, SAYYORA NEMATOVNA. "Difficulties That Occur In The Process Of Teaching Foreign Language Grammar." Int. J. of Aquatic Science 12.3 (2021): 2988-2996.

Lee Warren. Managing hot moments in the classroom. - Derek Bok Center for Teaching and Learning, Harvard University. - 2000.

Махсудов В.Г. Замонавий таълим тизимида фанлар бўйича маъруза турлари ҳамда уларни ташкил этиш технологиялари//«Замонавий таълим» журнали, 2017/2. - Б.54-59.

Samieva, S. N. "WORKING ON THE TEXTS AS ONE OF THE WAYS TO OVERCOME DIFFICULTIES IN THE PROCESS OF TEACHING GRAMMAR OF A FOREIGN LANGUAGE." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences 8.3 Part II (2020): 2056-585.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)