Авторы

  • Raufjon Xalilov
    Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.97999

Ключевые слова:

Kasbiy axloq rivojlantirish metodikasi professionalizm etika axloqiy qadriyatlarm ta’lim jarayoni o‘qitish usullari kasbiy tayyorgarlik innovatsion metodlar.

Аннотация

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Axloqiy qadriyatlar, kasbiy faoliyatda muhim rol o‘ynaydi va talabalar uchun professional muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Maqolada, talabalarning kasbiy axloqiy me’yorlari, ularning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamiyatning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.  Shuningdek, kasbiy axloqni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv ta’lim uslublari va psixologik treninglarning roli ko‘rsatilgan. Soha mutaxassislari va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodikalar va innovatsion yondashuvlar yordamida talabalar orasida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha misollar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

136

TALABALARDA KASBIY AXLOQNI RIVOJLANTIRISHNING

TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Xalilov Raufjon Rahimjon o‘g‘li

Termiz davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

ulashmustafoyev1957@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15544918

Annotatsiya

:

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va

takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Axloqiy qadriyatlar, kasbiy
faoliyatda muhim rol o‘ynaydi va talabalar uchun professional muvaffaqiyatning asosi
hisoblanadi. Maqolada, talabalarning kasbiy axloqiy me’yorlari, ularning shakllanishi va
rivojlanishi jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamiyatning ahamiyati haqida batafsil
ma’lumot berilgan. Shuningdek, kasbiy axloqni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, interaktiv ta’lim uslublari va psixologik treninglarning roli ko‘rsatilgan. Soha
mutaxassislari va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodikalar va innovatsion
yondashuvlar yordamida talabalar orasida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ularni
amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha misollar keltirilgan.

Maqolaning ahamiyati shundaki, u nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliyotda ham kasbiy

axloqni rivojlantirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni taklif etadi va bu yo‘nalishda
qo'shimcha tadqiqotlar o‘tkazishga ilhom beradi.

Kalit so‘zlar:

Kasbiy axloq, rivojlantirish metodikasi, professionalizm, etika, axloqiy

qadriyatlarm, ta’lim jarayoni, o‘qitish usullari, kasbiy tayyorgarlik, innovatsion metodlar.


Kirish.

Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarda faqat ilmiy-nazariy bilimlarni rivojlantirish

emas, balki yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar bilan qurollangan, o‘z kasbiga ijtimoiy
mas’uliyat, halollik va etik tamoyillar nuqtayi nazaridan yondasha oladigan shaxslarni
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ehtiyoj, avvalo, mehnat bozori va jahon
talablari bilan ham bog‘liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar, ijtimoiy soha, jamoat
tashkilotlari, davlat idoralari – barchasi mehnatkashning professional mahorati bilan bir
qatorda uning kasbiy axloqiy mezonlarga sodiqligini ham e’tiborga oladi. Ayniqsa, talabalarni
kelajakda o‘z mutaxassisligi doirasida ijtimoiy mas’uliyatli faoliyatga, mehnat jamoasidagi
munosabatlarda adolat, insonparvarlik, qonunlarga va axloqiy me’yorlarga sodiq bo‘lishga
yo‘naltirish – oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biridir. Biroq,
bu jarayon faqat nazariy ma’ruzalarda axloq tushunchalarini yoritish bilan kifoyalanmaydi.
Talabalarda kasbiy axloqni rivojlantirishni metodik jihatdan takomillashtirish, dars, amaliy
mashg‘ulot, loyihalar, hamkorlik muhitini rejalashtirish masalasi ustuvor ahamiyatga ega.

Kasbiy axloq – bu kasbiy faoliyatda odob-axloq qoidalariga, ijtimoiy-etik normalarga rioya

qilish, shuningdek, mehnat jamoasi, ish beruvchi va mijozlarga, atrof-muhitga halollik,
shaffoflik, javobgarlik bilan yondashish tamoyillarini o‘z ichiga oluvchi hodisadir [1]. Mazkur
tushunchaning muhim komponentlari: Axloqiy tamoyillar: Vijdon, halollik, adolat,
xushmuomala bo‘lish, hamkorlarga hurmat, ijtimoiy mas’uliyat.

Me’yor va talablar: Kasb doirasida belgilangan ichki nizom, kasbiy kodeks, qonunchilikka

sodiqlik, o‘z ustidan nazorat.

Psixologik omillar: Shaxsiy xulq-atvorni boshqarish, o‘zini tuta bilish, nizolarga madaniy

yondashish, stresslarga chidamlilik.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

137

Kasbiy axloq talabalarga nega kerak? Talaba endigina o‘qishni tugallab, amaliy faoliyatni

boshlashi bilanoq ish jamoasiga qo‘shiladi, mijozlar yoki ish beruvchi bilan munosabatda
bo‘ladi, axloqiy va huquqiy mas’uliyat bilan yuzma-yuz keladi. Agar unda kasbiy axloq
yetarlicha shakllanmagan bo‘lsa, qonunbuzarlik, ma’nan nopok xatti-harakatlar, korrupsiyaga
moyillik, jamoadagi nizolar, mijozlar bilan muammolar kuchayishi mumkin. Shu sababli,
talabalarni to‘g‘ri kasbiy xulq me’yorlariga yo‘naltirish – oliy ta’limning bosh ustuvorlaridan
biri [2].

Zamonaviy talimdagi o‘ziga xos yondashuvlar. Zamonaviy ta’lim asosiy e’tiborni ijtimoiy

va pedagogik hamkorlik muhitiga, interfaol metodlarga, loyiha va muammoli ta’lim shakllariga
qaratadi. Talabalarning kasbiy axloqini rivojlantirishda ham aynan shu yondashuvlar yanada
samarali bo‘lib, ular nazariy bilimni hayotiy va real kasbiy vaziyatlarda sinab ko‘rish, ijtimoiy-
axloqiy dilemma va mas’uliyatni idrok etish imkonini beradi. Talabalarda kasbiy axloqni
rivojlantirish metodikasini takomillashtirish zarurati. An’anaviy yondashuvlarning
cheklanganligi. O‘qish jarayonida faqat ma’ruzalar, kitoblardan “axloq tushunchasi” haqida
o‘qish, bir-ikki umumiy ma’ruzaga tiqin qilish orqali talabaning kasbiy axloqi shakllanishiga
ishonish – hozirgi davr talablari nuqtayi nazaridan yetarli emas. Talabaning shaxsiy “axloqiy
men”i, xulq-atvori, psixologik-didaktik tayyorgarligi amaliy mashg‘ulotlarda, loyihalarda,
jamoaviy ishda, real hayotiy situatsiyalarda aniq namoyon bo‘ladi. Shu bois, an’anaviy ma’ruza
va nazariy fanlar bilan cheklanib qolmasdan, zamonaviy metodik yondashuvlarni
takomillashtirish zarur [3].

Raqobatbardosh kadrlar tayyorlash. Globallashuv sharoitida xalqaro bozorda ham

raqobatbardosh, mas’uliyatli, halol, chukur bilimli, umuminsoniy qadriyatlarga mos
mutaxassisga talab ortib bormoqda. Bunday kadrlarni tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasasi
esa kasbga oid texnik yoki gumanitar bilimlarni bermak bilan birga, talabaning shaxs sifatida
axloqiy jihatdan ham komil bo‘lishiga e’tibor qaratishi lozim. Kasbiy axloqni shakllantirish
metodikasini takomillashtirish – shunga xizmat qiladi.

Ijtimoiy barqarorlik va mas’uliyatli munosabat. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari

jamiyatning turli sohalarida ishlashadi: davlat xizmati, biznes, ishlab chiqarish, ta’lim, tibbiyot
va boshqalar. Agar har bir sohada kasbiy axloq printsiplariga sodiq, ijodiy va halol ish tutadigan
xodimlar ko‘paysa, ijtimoiy barqarorlik, qonuniylik, etika me’yorlari mustahkamlanadi. Demak,
talabalik davrida bu masalaga jiddiy e’tibor qaratsa, jamiyat rivojiga ham katta hissa qo‘shilishi
mumkin [4].

Talabalarda kasbiy axloqni rivojlantirishning takomillashtirilgan metodikasi.
Kasbiy axloqni rivojlantirishning takomillashtirilgan metodikasi bir necha mustahkam

negizga asoslanadi. Quyida bunday negizlarning har biri tahlil qilinadi.

Interfaol o‘qitish va bahs-munozaralar. Munozara, bahs va “aqliy hujum”. Talaba kasbiy

axloq masalasini faqat kitobdan “axloq qoidalari”ni o‘qib emas, balki o‘zi bahs etib, muqobil
fikrlarni eshitib, “Bu vaziyatda nechun bunday xulq to‘g‘ri, boshqasi esa xato?” kabi savollarga
javob izlash orqali chuqurroq tushunadi. Interfaol metodlar bahslarni jonlantiradi, talaba
tanqidiy fikrlash, dalil keltirish, tanqidga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, boshqalarning nazarini
inobatga olish kabi fazilatlarni egallaydi.

Rol oʻyinlari (role-playing). Bu yondashuvda talabalar kasbiy faoliyatdagi turli axloqiy

dilemmalarni simulyatsiya qiladi. Masalan, “ish beruvchi – ishchi” munosabati, “mijoz – xodim”
mojarosi yoki “tejamkorlikmi yoki sifat?” kabi muammolarni jonli sahna ko‘rinishi tarzida ijro


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

138

etishadi. Bunda kasbiy axloq bo‘yicha qaror qabul qilishda halollik, odillik, mas’uliyat kabi
tamoyillarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshdan kechiradilar.

Loyiha (Project-based) usuli. Mazkur usulda talabalar kasbiy axloq bilan bog‘liq real

vazifalarni jamoaviy ravishda bajaradilar, masalan, “Korrupsiyaga qarshi xatti-harakatlar
konsepsiyasi”, “Xodimlar uchun axloq kodeksi loyihasi”, “Ko‘ngilli (volontyor) faoliyat etikasini
rivojlantirish” kabi mavzularda ijodiy ishlashlari mumkin. Bu jarayonda nafaqat mazmun, balki
loyihaning halollik, adolat va jamoaviy manfaat tamoyillariga mosligi ham baholanadi [5].

Muammoli vaziyatlar (case-study). Talabalarga real yoki shunga yaqin amaliy holatni

ko‘rib chiqish, tahlil qilish, tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. Muammoning
mohiyatida kasbiy axloq bo‘yicha qaror qabul qilish zarurati bo‘lishi mumkin: masalan, ishlab
chiqarishdagi texnik nosozliklarni yashirish yoki oshkor qilish, mijozga noto‘g‘ri ma’lumot
berish yoki rostini aytish kabi. Talabalar guruh bo‘lib masalani o‘rganishadi, me’yoriy hujjatlar
va axloqiy tamoyillarga tayangan holda yechim taklif qilishadi.

Mentorlik va axloqiy tarbiya mashg‘ulotlari. Har bir talabaning kasbiy o‘sishini nazorat

qiluvchi, yo‘naltiruvchi mentor (yoki ustoz) bo‘lsa, u muntazam ravishda talabaning ahloqiy
qarashlari, kasbiy mahoratini baholab, kerakli maslahat va ko‘makni berib turadi. Mentor
nafaqat ilmiy, balki ma’naviy-axloqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul bo‘ladi.

Ma’naviy treninglar va davra suhbatlari. Maxsus tashkil etiladigan 2-3 soatlik

treninqlarda kasbiy axloq masalalari, adolat, korrupsiyaga qarshi kurash, burch va mas’uliyat,
jamoaviy birdamlik, atrof-muhitga e’tibor kabi mavzular muhokama qilinadi. Talabalar o‘z
fikrini erkin bildirib, bahsda qatnashadi, murakkab vaziyatlarda ustoz, psixolog yoki
amaliyotchi mutaxassisning izohlarini eshitishadi. Bunday jarayon talabalarning shaxsiy xulq-
atvorini boshqarish, ichki e’tiqodni mustahkamlash uchun yordam beradi.

Onlayn trening va vebinarlar. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda kasbiy

axloq mavzusida onlayn seminarlar, masofaviy treninglar, vebinarlar uyushtirish mumkin. Bu
usul ayniqsa pandemiya yoki masofaviy ta’lim sharoitida hamkasblar bilan tajriba almashish,
xorijiy mutaxassislarni jalb qilishda qulay.

Axborot-resurs markazlari. Talabalar uchun zamonaviy platformalar, elektron

kutubxonalar, videoroliklar, kasbiy etika bo‘yicha qo‘llanmalar, kasbiy kodekslar jamlangan
onlayn-resurslar tayyorlash maqsadga muvofiq. Bu resurslardan mustaqil foydalanish,
taqqosiy tahlil qilish, muhokama qilish natijasida talaba o‘z “kasbiy axloq pasporti”ni
rivojlantirishi mumkin.

Xulosa.

Yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilish mumkinki, talabalarda kasbiy axloqni

rivojlantirish, uni zamon talablariga mos ravishda takomillashtirish metodikasi – hozirgi ta’lim
jarayonining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. An’anaviy ma’nodagi “axloq
darslari” yoki “etika fanlari”ning doirasi torligi bu jarayonni samarasiz qilishi mumkin.
Zamonaviy yondashuvlar – interfaol metodlar, loyihaviy o‘qitish, muammoli ta’lim, mentorlik,
onlayn platformalar va ijtimoiy-faol muhit – kasbiy axloqni shakllantirishda ta’sirchan
vositalardir. Shunday qilib, talabaning jamiyat oldidagi burchi, kasbga oid o‘z mas’uliyati, odil
va halol faoliyat yuritish istagi – bularning barchasi puxta nazariy va amaliy tayyorgarlik,
metodik yondashuvlarning takomillashuvi natijasida ro‘yobga chiqadi. Takomillashtirilgan
metodika shu jarayonda asosiy “kalit” bo‘lib xizmat qiladi. Ilm-fan, o‘qituvchilar malakasi,
talabalarning faolligi, mehnat bozorining real ehtiyojlari uyg‘unlashgan holda olg‘a borgan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

139

taqdirda, kasbiy axloq ham kuchli shakllanadi, jamiyat farovonligi va barqaror taraqqiyotiga
yo‘l ochiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Aliqulova Nilufar Bahodir qizi. "Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar."

Конференция состоялась 5 марта 2022 года на базе Ташкентского государственного
стоматологического института по адресу: Республика Узбекистан, 100047,
2.

Maxmudov R. "Yoshlarda kasbiy ma’naviyat va huquqiy madaniyatni rivojlantirishning

pedagogik asoslari." harbiy pedagog 1.2 (2024): 1-6.
3.

Sobitjonova Kamola. "Ommaviy madaniyat" va milliy qadriyat." International Conference

on Economics, Finance, Banking and Management. 2025.
4.

Yulchiyeva Dildora Xabibullayevna. "Oiladagi barqaror ijtimoiy muhit shakllanishiga

ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillar." models and methods for increasing the efficiency of
innovative research 4.37 (2024): 60-65.
5.

Mehmonov Mashhurbek and Yuldoshov Og‘abek "Loyihaga asoslangan o‘qitish usuli

orqali ta’lim jarayonlarini olib borish." ta’lim, tarbiya va innovatsiyalar jurnali, 1.5 (2025): 106-
110.

Библиографические ссылки

Aliqulova Nilufar Bahodir qizi. "Shaxsning kasbiy etikasi va individual xususiyatlar." Конференция состоялась 5 марта 2022 года на базе Ташкентского государственного стоматологического института по адресу: Республика Узбекистан, 100047,

Maxmudov R. "Yoshlarda kasbiy ma’naviyat va huquqiy madaniyatni rivojlantirishning pedagogik asoslari." harbiy pedagog 1.2 (2024): 1-6.

Sobitjonova Kamola. "Ommaviy madaniyat" va milliy qadriyat." International Conference on Economics, Finance, Banking and Management. 2025.

Yulchiyeva Dildora Xabibullayevna. "Oiladagi barqaror ijtimoiy muhit shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillar." models and methods for increasing the efficiency of innovative research 4.37 (2024): 60-65.

Mehmonov Mashhurbek and Yuldoshov Og‘abek "Loyihaga asoslangan o‘qitish usuli orqali ta’lim jarayonlarini olib borish." ta’lim, tarbiya va innovatsiyalar jurnali, 1.5 (2025): 106-110.