Том 3 № 18 (2025)

Том 3 № 18 (2025)
Опубликован: 29-05-2025

Статьи

4-6 46 19

NAVOIY VILOYATIDA ICHKI TURIZM SOHASIDA QONUN USTUVORLIGINI TA'MINLASH YO‘LLARI

Ozodbek Islomov

O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni huquqiy tartibga solish masalasi so‘nggi yillarda strategik ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu sohada qonunchilik bazasini shakllantirishda asosiy qonunlar va Prezident farmonlari muhim ahamiyat kasb etadi, shu bilan birga, hududiy darajadagi normativ-huquqiy hujjatlarning roli sezilarli darajada oshmoqda. Har bir viloyatning turistik salohiyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bu esa lokal darajadagi moslashtirilgan yondashuvlar va qarorlarning ichki turizmni samarali rivojlantirishda muhimligini ta’kidlaydi. Mahalliy hujjatlar turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda turistik mahsulotlarni diversifikatsiya qilishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi.

7-8 55 30

“O‘ZBEKISTONDA ICHKI TURIZM SOHASIDA QONUN USTUVORLIGI”

Ozodbek Islomov

O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ichki turizmni rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mazkur sohaning rivojida qonun ustuvorligi, ya’ni soha faoliyatini aniq huquqiy asoslarda tashkil etish, turizm faolchilarining huquqlari va majburiyatlarini belgilash, shaffof va adolatli munosabatlarni ta’minlash alohida ahamiyatga ega. Shu maqsadda 2016–2024 yillar davomida O‘zbekistonda turizm sohasini huquqiy tartibga solish, uni rivojlantirish, ichki turizmni davlat siyosatining alohida yo‘nalishi sifatida shakllantirishga qaratilgan bir qator muhim qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Yangi O’zbekistonda turizm sohasida qabul qilingan asosiy huquqiy-me’yoriy hujjatlar va ularning ijrosiga yuzlanadigan bo‘lsak quyidagilarni sanab o‘tsak bo‘ladi:

9-11 45 24

ULUG'BEK HAMDAM ASARLARIDA MILLIY-MADANIY KONSEPTLARNING TIL VOSITALARI ORQALI IFODALANISHI

Dilruxsor Ro’ziboyeva

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakili Ulug‘bek Hamdam ijodidagi milliy-madaniy konseptlar til vositalari orqali qanday ifodalanganligi tahlil qilinadi. Muallifning badiiy matnlarida o‘zbek xalqining tarixiy xotirasi, urf-odatlari, qadriyatlari, dunyoqarashi va ijtimoiy-madaniy ongini aks ettiruvchi lingvokulturologik birliklarning roli o‘rganiladi. Shuningdek, Ulug‘bek Hamdam asarlarida uchraydigan milliy timsollar, an’anaviy tushunchalar va ularning til strukturasi bilan uyg‘unlashuvi misollar asosida tahlil qilinadi.

12-13 39 20

KOREYS TILIDA NEOLAGIZMLAR VA ULARNING QO‘LLANILISH USULLARI

Muhabbat Sagatova

Ushbu maqolada koreys tilidagi neolagizmlar (yangi so‘zlar) va ularning tilga kirib kelish, shakllanish hamda qo‘llanilish usullari tahlil qilinadi. Neolagizmlar tilning rivojlanishi, zamonaviy jamiyatdagi yangiliklar, texnologiya va madaniyat o‘zgarishlari natijasida yuzaga keladi. Maqolada neolagizmlarning asosiy shakllanish yo‘llari – so‘z birikmalari, qisqartmalar, o‘zlashtirish va yangi so‘z yasash jarayonlari o‘rganiladi. Shuningdek, neolagizmlarning kommunikativ muhitda qanday qo‘llanilishi, ularning tilga moslashuvi hamda so‘z boyligini boyitishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari koreys tilining zamonaviy o‘zgarishlarini tushunishda hamda til o‘rgatishda yangi so‘zlarni o‘z vaqtida va samarali qabul qilishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

14-16 27 10

KOREYS TILIDA O‘LCHOV BIRLIKLARI NOMLARINING TARKIBIY TUZILISHI VA HOSIL BO‘LISH XUSUSIYATLARI

Jasur Haydarov

Ushbu maqolada koreys tilidagi o‘lchov birliklari nomlarining tarkibiy tuzilishi va hosil bo‘lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Koreys tilida o‘lchov birliklari maxsus leksik birliklar bo‘lib, ular sonlar bilan birga ishlatilganda aniq o‘lcham va miqdorni ifodalaydi. Maqolada ushbu birliklarning morfologik va sintaktik jihatlari, ularning so‘z yasashdagi o‘rni, shuningdek, turli o‘lchov turlariga (masofa, hajm, vazn, vaqt va boshqalar) qarab hosil bo‘lish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, koreys tilining o‘ziga xosligi, xususan, birlik nomlarining ko‘pligi va ularning aniq kontekstga bog‘liqligi ham yoritiladi.

17-19 45 26

R-FUNKSIYALAR YORDAMIDA MURAKKAB SHAKLDAGI JISMLARNI GEOMETRIK MODELLASHTIRISH: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY YONDASHUVLAR

Mirzayor Inoyatov

Ushbu maqolada R-funksiyalar (Rvachev funksiyalari) asosida murakkab shakldagi jismlarni grafik modellashtirishning nazariy asoslari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. R-funksiyalar yordamida murakkab geometrik shakllarning analitik ifodalarini yaratish, ularni kompyuter grafikasi tizimlarida vizualizatsiya qilish va turli dasturiy vositalar orqali modellashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, funksional ifodalar asosida shakllarni yaratishning afzalliklari va ularni grafik interfeyslar bilan integratsiyalash masalalari muhokama qilinadi.

20-23 52 107

PARADIGMATIK / SINTAGMATIK MUNOSABATLARNING CHET TILINI O‘QITISHDAGI AHAMIYATI

Maftuna Karshibayeva

Mazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda chet tilini o‘qitish jarayonidagi metodik ahamiyati yoritilib,  maqolada interaktiv metodlar asosida dars jarayonida mazkur munosabatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Paradigmatik munosabatlar doirasida til birliklarining tanlanish imkoniyati, sintagmatik munosabatlar esa ularning ketma-ketlikda bog‘lanishi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari chet tilini o‘qitishda til birliklari orasidagi munosabatlarni ongli ravishda anglatish orqali til kompetensiyalarini samarali shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatadi.

24-26 45 33

PHRASEOLOGICAL UNITS

Rayxona Bekurzayeva , Saida Gaziyeva

This article explores the nature and classification of phraseological units in the English language. It discusses their structural and semantic characteristics, types, and roles in enriching language and communication. Attention is also paid to the cultural and idiomatic specificity of phraseological units and their importance in language learning and translation.

27-29 54 26

CONVERSION, AFFIXATION

Ziyada Iuldashova , Saida Gaziyeva

This article explores two fundamental methods of word formation in the English language: conversion and affixation. Conversion involves a shift in a word's grammatical category without changing its form, while affixation modifies words by adding prefixes or suffixes. The paper analyzes the linguistic mechanisms, usage, and productivity of these processes and their impact on English vocabulary expansion.

30-32 60 34

MAIN TYPES OF ENGLISH DICTIONARIES

Muxlisa Tolibjonova , Saida Gaziyeva

This article explores the main types of English dictionaries, focusing on their structure, purpose, and usage. Dictionaries are essential tools for language learners, educators, translators, and writers, offering a variety of information including definitions, pronunciations, grammar, and usage. The paper classifies English dictionaries into several categories, such as monolingual, bilingual, learner’s, specialized, and historical dictionaries. Each type serves a distinct function and caters to different user needs. Understanding these categories enables users to select the most appropriate dictionary for their linguistic and academic tasks. The article also briefly discusses the evolution of dictionaries and the growing role of digital and online formats in modern language learning.

33-35 43 230

STIGMA VA DISKRIMINATSIYA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNI BARTARAF ETISH

Barno Eshboboyeva

ushbu maqolada stigma va diskriminatsiya tushunchalarining mohiyati, ularning asosiy ko‘rinishlari va ijtimoiy hayotga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Maqolada ayniqsa sog‘liqni saqlash, gender, milliy va nogironlik asosidagi diskriminatsiya misollarida ijtimoiy tengsizlikning salbiy oqibatlari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida stigma va diskriminatsiyani kamaytirishga qaratilgan huquqiy va ijtimoiy tashabbuslar tahlil etilgan. Maqola yakunida stigma va diskriminatsiyani bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berilgan.

36-41 31 28

AGRAR SEKTORDA “AQLLI QIShLOQ XO‘JALIGI” VA “QIShLOQ XO‘JALIGI - 4.0” KONSEPSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Muxiddin Yusupov

Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‘zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligiga yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra еr sharida 820 milliondan ortiq kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga еtishi mumkin.  BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga еtishi mumkin va bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligiga yaroqli еrlarning degradatsiyaga uchrashi kuchayayotgan (52 %), qurg‘oqchilik va cho‘llashuv jarayonlari natijasida har yili 12 million gektar еr (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan,  ekinlar hosilini yig‘ishtirib olish, tashish, saqlash va iste’molchilarga еtkazib berishdagi nuqsonlar tufayli har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari nobud bo‘layotgan bir sharoitda dunyo aholisini еtarli miqdorda va sifatdagi oziq-ovqatlar bilan ta’minlash vazifasini murakkablashtiradi [1].

42-45 36 19

THE COMPARISON OF HUMAN TRANSLATION AND MACHINE TRANSLATION. WHAT IS THE DIFFERENCE BETWEEN MACHINE TRANSLATION AND HUMAN TRANSLATION?

Munojaat Urolova

In  the age of technology, many people prefer  using   machines to translate various  types of texts. Even  person who  knows  English very well also tend to  use these type of machines. Because these kinds  of devices are  user-friendly, fast and accessible.  Moreover, it takes time just a few minutes. But It might not be always perfect and lead some translation errors.   This article  shows  the advantages  and disadvantages  of human translation and machine translation.

46-50 112 49

AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI

Shukrullo Agoyev , Asadbek Ochilov

Mazkur maqolada "aybsizlik prezumpsiyasi" tamoyili huquqiy tizimdagi asosiy prinsiplardan biri sifatida tahlil qilinadi. Aybsizlik prezumpsiyasi shuni anglatadiki, ayblanuvchi shaxs jinoyat sodir etganligi isbotlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Bu prinsip huquqiy himoya va adolatni ta’minlashda muhim rol o'ynaydi, chunki u ayblovning og'irligi bilan taqqoslaganda, shaxsning erkinligi va huquqlarini saqlab qolish zaruriyatini e'tiborga oladi. Maqolada, aybsizlik prezumpsiyasining xalqaro huquqdagi, xususan BMTning inson huquqlari to'g'risidagi umumjahon deklaratsiyasi va Yevropa inson huquqlari sudining qarorlaridagi o'rni tahlil qilinadi.

51-57 33 21

ТАНИБ ОЛИШ УЧУН КЎРСАТИШ ТЕРГОВ ҲАРАКАТИ ЎТКАЗИЛАДИГАН ХОНАЛАРНИНГ ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШИ

Ахроржон Аширбоев, Дилбар Сафарова

Мамлакатимизда суд-ҳуқуқ тизимини ислоҳ қилиш борасида амалга оширилган тизимли ислоҳотлар натижасида жиноятлар ва бошқа ҳуқуқбузарликлар профилактикаси, фуқароларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш борасида муайян натижаларга эришилди.

58-62 30 21

HODISA SODIR BO'LGAN JOYNI VIDEOYOZUV ORQALI QAYD ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Azamat Tadjiev , Ramazon Suyarov

Ushbu ish voqea joyini hujjatlashtiradigan videoning o'ziga xos fazilatlarini o'rganadi.  Saytning texnik to'g'riligi va iqlim sharoiti, kameraning joylashuvi, videoni olishning texnologik jihatlari hal qiluvchi omillardir.  Maqolada qo'shimcha ravishda video kontentni ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan texnik va axborot xavfsizligi masalalari ko'rib chiqiladi.  Bundan tashqari, video yozuvlarda voqealarni aniq va vizual tasvirlashning afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqiladi.

63-68 86 41

ТЕРГОВГА ҚАДАР ТЕКШИРУВ ЎТКАЗИШ БОСҚИЧИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Шахзодбек Суюнов , Баходир Турғуналиев

Мақолада терговга қадар текширувни ўтказиш тартиби, асослари, ўтказишнинг ўзига хос хусусиятлари, терговга қадар текширувнинг жиноят процессуал аҳамияти, терговга қадар текширувнинг ижтимоий-сиёсий аҳамияти ёритилган.

69-74 47 30

TALABALARGA INGLIZ TILI O‘RGATISHDА MUSTAQIL TA’LIM JARAYONIDA ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Sayyora Inamova

Mazkur maqolada ingliz tilini o‘rgatishda mustaqil ta’limning ahamiyati, talabalarni mustaqil ishlashga yo‘naltirish usullari va samarali o‘qitish strategiyalari tahlil etilgan. Mustaqil ta’lim ko‘nikmalarini shakllantirish orqali talabalar o‘z bilimlarini chuqurlashtirish, til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish va zamonaviy ta’lim jarayoniga moslashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Hamda ushbu maqolada chet tilini o‘rganishda mustaqil taʼlimning roli, uning afzalliklari, mustaqil taʼlim nega kerakligi haqidagi olimlarning fikri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi; chet tillarni o‘qitish va o‘rganishda mamlakatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar, qonunlar va ularning ahamiyati haqida ham so‘z yuritiladi. Qolaversa, bo‘lajak pedagoglar uchun uchun aynan xorijiy tillarni egallashning ahamiyati, xorijiy tillarni egallashda mustaqil ta’limdan nega foydalanish kerakligi borasidagi bir necha olimlarning qarashlari nazariy jihatdan solishitirilib, tahlil qilinadi. Kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishning ahamiyati, uning mustaqil ta’limdagi tutgan roli haqida mulohazalar beriladi. Natijada talabalar mustaqil ta’lim orqali orttirilgan bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, chet tilida  hujjatlarni mustaqil tuza olish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

75-79 44 20

MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI ORQALI TALABALARNING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH (INGLIZ TILI O’RGATISH MISOLIDA)

Sayyora Inamova

Ushbu maqolada оliу ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida o‘qitish, chet tillarni o‘qitish sifatini oshirish,  mustaqil ta’limni o‘zlashtirish  (mastering independent learning) va o‘z ustida mustaqil ishlash (learning autonomy) kompetensiyasini rivojlantirish, chet tillarga oid nutqiy va lingvistik rivojlantirishda mustaqil ishlash (work self-sufficiently) ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan hamda  mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkillash orqali iqtidorni shakllantirish, rivojlantirish haqida fikr yuritilgan.

80-82 32 30

ABDULLA QAHHOR IJODINING TARIXIY-ADABIY ASOSLARI VA SOTSIOLOGIK TALQINI

Iroda Mamatova

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandasi Abdulla Qahhor ijodi psixologik realizm va postkolonial nazariyalar nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot asarlarining badiiy tahlili orqali muallifning qahramonlari ichki ruhiy kechinmalari va mustamlakachilik davrining ijtimoiy-siyosiy holati qanday ifodalanganligi yoritiladi. Natijalar Qahhor ijodida shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, milliy o‘zlik va ozodlik tushunchalarining badiiy badiiy ifodasi ekanini ko‘rsatadi.

83-86 35 22

FLIP IT TO FIX IT: A NEW LOOK AT TEACHING ENGLISH DIFFERENTLY

Guzalkhon Khaydarova

This article explores the flipped classroom model as a transformative method in English language teaching, specifically within EFL (English as a Foreign Language) contexts. Through an in-depth reflection on classroom practices, theoretical frameworks, and practical results, it argues that flipped instruction not only improves learner engagement but also fosters greater independence and critical thinking. The study examines six weeks of implementation in Food Technology and Engineering international institute in Fergana, Uzbekistan, where flipped methods were used to enhance reading and speaking instruction among A2–B1 students. Key outcomes included improved learner motivation, vocabulary retention, and speaking fluency. However, digital access and homework compliance presented recurring challenges. The paper concludes with pedagogical recommendations for gradual implementation and teacher preparedness.

87-88 48 12

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING AHAMIYATI VA VAZIFALARI

Ayjahon Abdirazakova

Bu maqolada boshlang‘ich ta’limning ahamiyat va o‘qituvchining roli va zamonaviy kompetensiyalari haqida ma’lumotlar berilgan.

89-92 34 27

PROFESSIONAL DEVELOPMENT OF FOREIGN LANGUAGE TEACHERS: THE ROLE OF SOCIAL MEDIA IN PROFESSIONAL DEVELOPMENT

Barnoxon Numonjonova , Mirjalol Mirzaahmedov

The article explores the evolving role of social media as a dynamic tool in the professional development of foreign language teachers, emphasizing its potential to support continuous learning, peer collaboration, and reflective practice. It highlights how platforms such as Twitter, Facebook, and LinkedIn offer accessible spaces for educators to engage in informal learning, share teaching resources, and participate in professional discussions across borders. The integration of social networking tools into professional development programs has redefined traditional models, making them more flexible, learner-centered, and relevant to current educational contexts. By engaging with online communities, foreign language teachers can broaden their pedagogical knowledge, stay informed about emerging trends, and develop professionally through meaningful interaction and knowledge exchange. The article concludes that social media, when used thoughtfully and strategically, contributes to building professional identity and autonomy, encouraging lifelong learning and fostering a sense of global community among language educators.

93-96 44 37

MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH: YO‘L QURILISH TASHKILOTLARI MISOLIDA

Dilshodjon Raximov

Hozirgi iqtisodiy sharoitda yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda risklarni boshqarish muhim strategik vazifalardan biri sanaladi. Infratuzilma loyihalari ko‘pincha yirik sarmoyalar, uzoq muddatli majburiyatlar va tashqi omillarga yuqori darajada bog‘liq bo‘lib, bu holat moliyaviy risklarni samarali boshqarishni talab qiladi. Tadqiqotda yo‘l qurilish sohasida keng tarqalgan moliyaviy risklar – likvidlik, kredit, foiz stavkalari, valyuta kurslari, inflyatsiya va loyiha kechikishlariga oid xavflar tahlil qilinib, ularni boshqarishning zamonaviy usullari: diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedjing, moliyaviy monitoring va raqamli texnologiyalar asosida baholandi. O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, integratsiyalashgan risk boshqaruvi strategiyasining mavjudligi investitsion loyihalarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari sohaga aloqador mutaxassislar, moliyaviy menejerlar va infratuzilma rejalashtiruvchilari uchun amaliy tavsiyalar beradi.

97-100 37 28

YO‘L QURILISH KORXONALARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNING AHAMIYATI

Dilshodjon Raximov

Yo‘l qurilish sohasida barqaror rivojlanishni ta’minlashda moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri yuritilishi va tahlil qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy hisobotlar korxona faoliyatining haqiqiy holatini ko‘rsatadi, qaror qabul qiluvchilar uchun ishonchli ma’lumotlar manbai bo‘lib xizmat qiladi hamda investorlar va moliyaviy institutlar bilan samarali hamkorlik uchun zamin yaratadi. Mazkur tezisda yo‘l qurilish korxonalarida moliyaviy hisobotlarning vazifalari, asosiy turlari (balans, foyda va zarar hisobi, pul oqimlari hisobi), ularning tahlil qilish metodlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekiston tajribasi asosida ayrim yo‘l qurilish korxonalarining hisobot yuritishdagi kamchiliklari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tadqiqotda tahliliy va solishtirma metodlardan foydalanilib, moliyaviy axborotlarning korxona ichki boshqaruvi, strategik rejalashtirish va davlat nazoratida tutgan o‘rni yoritilgan.

101-103 32 11

ETIOLOGY OF HYPOVITAMINOSES A AND D IN YOUNG ANIMALS

S.J. Qosimov , K.Sh. Usmanova

This in the article Age animals A and D hypovitaminosisI with sick animals growth and from development stay , lose weight, slime floors pale, skin dry, wool cover glitter loss, bones mortification with passing substance exchange etiology according to information cited .

104-107 49 14

“DEVONU LUG‘OTIT TURK” ASARIDA KELTIRILGAN O‘RTA OSIYO XALQLARINING URF-ODATLARI VA AN’ANALARI TAHLILI

Maftuna Ibragimova

Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu Lug‘otit Turk” asari XI asr turkiy xalqlarining til, madaniyat, urf-odat va an’analarini yorituvchi eng muhim manbalardan biridir. Bu asar nafaqat turkiy tillarning ilk lug‘ati sifatida muhim ahamiyatga ega, balki O‘rta Osiyo xalqlari hayotining turli jabhalarini, ularning ijtimoiy tuzilishi, diniy e’tiqodlari va kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi muhim tarixiy hujjatdir. Ushbu tezisda “Devonu Lug‘otit Turk” asarida keltirilgan O‘rta Osiyo xalqlari urf-odatlari va an’analari tahlil qilinadi. Tahlil asosan turkiy xalqlarning ijtimoiy munosabatlari, diniy marosimlari, oilaviy an’analari va adabiy-badiiy tafakkuriga qaratilgan bo‘lib, asardagi misollar va ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

108-110 28 15

MAKTABGACHA TAYYORLOV GURUHI BOLALARI MULOQOTCHANLIGINI TEATR FAOLIYATI ASOSIDA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Feruza Tadjiyeva

Mazkur tezisda maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarining muloqotchanligini teatr faoliyati asosida rivojlantirish metodikasi yoritilgan. Teatr mashg‘ulotlari orqali bolalarning og‘zaki nutqi, emotsional ifodasi, rolli o‘yinlardagi ishtiroki orqali muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllantirilishi asoslab berilgan. “Ilk qadam” dasturi, davlat qarorlari va amaliy tajriba natijalari asosida teatr faoliyatining pedagogik ahamiyati ochib berilgan.

111-114 28 24

ASSESSMENT OF RISK MANAGEMENT EFFICIENCY IN COMPANIES: ANALYSIS, METHODS AND SOLUTIONS

Farrukh Turdikulov

The process of identifying and assessing risks within a company is an integral and essential component of strategic management. This process encompasses the identification of existing or potential threats in the company's operations, the evaluation of their likelihood and impact, and the development of appropriate mitigation measures. This section provides an in-depth analysis of the key principles, methodologies, and practical approaches to risk identification and assessment at the corporate level.

115-117 31 10

METODOLOGIYANI TATBIQ ETISHDA AHAMIYAT BERILADIGAN JIHATLAR

Sarvinoz Komiljonova

Ushbu maqolada ilmiy tadqiqot jarayonida metodologiyani to‘g‘ri tanlash va uni amaliyotda samarali tatbiq etishning muhim jihatlari tahlil qilinadi. Metodologik yondashuvlar turli ilmiy sohalarda qanday rol o‘ynashi, ularni tanlash mezonlari va qo‘llashdagi asosiy tamoyillar yoritilgan. Shuningdek, metodologiyaning tadqiqot sifati va ilmiy asoslanganlikka ta’siri ilmiy dalillar asosida ko‘rsatib o‘tiladi.

118-121 30 33

ETIOLOGY, CLINICAL SIGNS AND DIAGNOSIS OF SUBCLINICAL KETOSIS IN PRODUCTIVE CATTLE

S. J. Qosimov , Sh. Bakhtiyarov , K. Sh. Usmanova

In the article productive sub clink in cattle from ketosis to the patient animals milk amount decreasing , in content acidity increase, food digestion to do in the process one how much problems to be, mucus curtains yellowing such as clinical signs with you passing of the disease etiology, clinical signs and diagnostics according to  your information analytical  statement made.

122-125 61 27

THE ECONOMIC IMPORTANCE OF LANGUAGE IN INTERNATIONAL TRADE AND BUSINESS NEGOTIATIONS

Fariza Kholdarova

Language plays a crucial role in facilitating successful international trade and business negotiations. Effective communication ensures mutual understanding, builds trust, and supports the development of long-term partnerships across diverse cultural and linguistic backgrounds. This study explores the economic significance of language skills in international business contexts, emphasizing the need for linguistic competence and intercultural communication abilities. The research investigates how language proficiency impacts negotiation outcomes, conflict resolution, and cooperation in global markets. The findings highlight the importance of integrating language training with business education to enhance competitive advantage in international trade.

126-128 84 36

ABU ABDULLOH RUDAKIY IJODIY MEROSI VA UNING ADABIYOTDA TUTGAN O‘RNI

Sumbula Toʻrayeva

Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijodi tahlil qilinadi. Shoirning badiiy merosi, she’riyatidagi asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlar, badiiy uslubi hamda Sharq adabiyoti tarixidagi o‘rni yoritilgan. Rudakiy asarlarida insoniylik, go‘zallik, tabiat va hayotga muhabbat kabi mavzular markaziy o‘rin egallaydi. Uning soddaligi, musiqiyligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan ajralib turadigan ijodi keyingi asrlar adabiyoti uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Maqola Rudakiy she’riyatining hozirgi zamon madaniy-ma’naviy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi.

129-135 79 20

AUDIO MA'LUMOTLARGA RAQAMLI ISHLOV BERISH USULLARINI TAHLIL QILISH

A.A. Berdiyev , J.D. Xudayberganov

Maqolada tovush (audio) signallarini raqamli shaklga aylantirish jarayonlarining matematik modellari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda analog signallarni raqamlashtirish bosqichlari Kotelnikov (Nyquist-Shennon) teoremasi asosida diskretlash, kvantlash va kodlash jarayonlari orqali ko‘rib chiqiladi. Tovush signalining diskretlash chastotasini aniqlashda Nyquist chastotasi tushunchasi asosiy mezon sifatida foydalaniladi. Jarayon davomida yuzaga keladigan asosiy muammo — aliasing (taxallusiy chastotalar) hodisasi va uni bartaraf etish yo‘llari tavsiflanadi. Bundan tashqari, kvantlash jarayonida yuzaga keladigan xatolikning (kvantlash shovqini) matematik ifodasi keltiriladi. Tadqiqot natijalari asosida audio signal sifatini yaxshilash va signallarni qayta ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar beriladi. Annotatsiyada olingan natijalar va ularning amaliy ahamiyati ham ta'kidlangan.

136-139 35 14

TALABALARDA KASBIY AXLOQNI RIVOJLANTIRISHNING TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI

Raufjon Xalilov

Ushbu maqola, talabalar orasida kasbiy axloqni rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini o‘rganishga bag‘ishlangan. Axloqiy qadriyatlar, kasbiy faoliyatda muhim rol o‘ynaydi va talabalar uchun professional muvaffaqiyatning asosi hisoblanadi. Maqolada, talabalarning kasbiy axloqiy me’yorlari, ularning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamiyatning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.  Shuningdek, kasbiy axloqni rivojlantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interaktiv ta’lim uslublari va psixologik treninglarning roli ko‘rsatilgan. Soha mutaxassislari va olimlar tomonidan ishlab chiqilgan yangi metodikalar va innovatsion yondashuvlar yordamida talabalar orasida axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha misollar keltirilgan.

140-142 23 6

КЛЮЧЕВЫЕ ПОДХОДЫ К РАЗВИТИЮ УНИВЕРСИТЕТСКИХ КАМПУСОВ В ГОРОДЕ ТАШКЕНТ

Индирахон Саидрасулова

В статье рассматриваются основные подходы к развитию университетских кампусов в городе Ташкент. Анализируются современные методы градостроительного планирования, интеграции образовательной инфраструктуры в городскую среду, а также вопросы транспортной доступности и экологической устойчивости. Особое внимание уделяется созданию комфортных и функциональных пространств для студентов и преподавателей, способствующих развитию образовательного процесса и социальной активности. Результаты исследования направлены на формирование рекомендаций по эффективному развитию кампусов с учётом специфики Ташкента.

143-146 94 19

ONA TILI TA’LIMIDA AKT (INTERAKTIV DOSKA, TEST PLATFORMALARI)DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Surayyo Xo‘jayeva

Ushbu maqolada ona tili darslarida zamonaviy test platformalari — Kahoot, Quizizz, Wordwall kabi raqamli vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Global raqamlashtirish jarayonlari fonida interaktiv vositalarning o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, bilimni mustahkamlash va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada eksperimental va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan tajriba natijalari taqdim etilib, interaktiv vositalarning ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’siri amaliy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Yakunda metodik tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.

147-150 23 14

THE BENEFITS OF TEACHING ENGLISH THROUGH GAMES

Madinabonu Xolmatova

This article explores the benefits of using games as a method of teaching English. Games can play a crucial role in helping students develop a positive connection with the language. It is important for teachers to shift their role from being authoritative figures to becoming facilitators who assi st, guide, and encourage students in their journey of acquiring a new language.

151-153 39 12

INDIVIDUAL TA'LIM YONDASHUVI ASOSIDA GEOGRAFIYA OʻQITISH METODIKASI

Robiya Turgʻunova , Noila Baxtiyorova, Zulfiya Jumaniyazova

Ushbu maqolada individual ta'lim yondashuvi asosida geografiya fanlar tizimini oʻqitish mobaynida oʻquvchi-talabalarning bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish. Individual tartibda o'qitish mobaynida metodlarni toʻgʻri tanlash. Individual ta'lim yondashuvi asosida Geografiyada individual tartibda o'qitishning toʻgaraklar va ustoz -shogird an'anasining samarali va oʻziga xos jihatlari haqidagi bilimlarga ega boʻlish mumkin.

154-156 42 24

KOʻZI OJIZ VA ZAIF KOʻRUVCHI BOLALARNI OILAVIY QOʻSHNICHILIK MUNOSABATLARIGA MOSLASHTIRISH

Lola Turgʻunboyeva , Goʻzal Xabibullayeva , Zulfiya Jumaniyazova

Ushbu maqolada koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarning ijtimoiy moslashuvi, ayniqsa ularning oilaviy va qoʻshnichilik munosabatlaridagi oʻrni va ahamiyati yoritib berilgan. Bolalarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, oilaviy tarbiya jarayonida ularni qoʻllab-quvvatlash, qoʻshnilar bilan ijobiy munosabatlar oʻrnatishdagi psixologik va pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan. Maqolada oilaning, qoʻshnilar va jamiyat a’zolarining nogiron bolalarga nisbatan mehr-shafqatli va tushunishli bo‘lishi, ularni faollikka undash va mustaqil hayotga tayyorlashdagi roli ochib beriladi. Shuningdek, muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.