ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
ABU ABDULLOH RUDAKIY IJODIY MEROSI VA UNING ADABIYOTDA
TUTGAN O‘RNI
Toʻrayeva Sumbula Asomiddin qizi
CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi
1-bosqich talabasi
tel:+88.553.20.06
sumilaturaeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15544046
Annotatsiya
:Ushbu maqolada fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy
ijodi tahlil qilinadi. Shoirning badiiy merosi, she’riyatidagi asosiy g‘oyaviy yo‘nalishlar, badiiy
uslubi hamda Sharq adabiyoti tarixidagi o‘rni yoritilgan. Rudakiy asarlarida insoniylik,
go‘zallik, tabiat va hayotga muhabbat kabi mavzular markaziy o‘rin egallaydi. Uning soddaligi,
musiqiyligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan ajralib turadigan ijodi keyingi asrlar adabiyoti
uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilgan. Maqola Rudakiy she’riyatining hozirgi
zamon madaniy-ma’naviy qadriyatlar tizimidagi ahamiyatini ham ko‘rsatib beradi.
Annotation
: This article explores the literary legacy of Abu Abdallah Rudaki, recognized
as the founder of classical Persian-Tajik literature. It examines the main thematic directions of
his poetry, his artistic style, and his significant place in the history of Eastern literature.
Rudaki's works emphasize themes such as humanity, beauty, nature, and love for life. His
poetic expression is marked by simplicity, musicality, and deep philosophical content. The
article also highlights the enduring cultural and moral value of Rudaki's poetry and its
influence on subsequent generations of poets.
Аннотации
: В данной статье рассматривается литературное наследие Абу
Абдаллаха Рудаки — основоположника классической персидско-таджикской
литературы. Анализируются основные тематические направления его поэзии,
художественный стиль и значительное место в истории восточной литературы. В
произведениях Рудаки центральное место занимают темы человечности, красоты,
природы и любви к жизни. Его поэзия отличается простотой изложения,
музыкальностью и глубокой философской наполненностью. В статье также
подчеркивается культурная и нравственная ценность творчества Рудаки и его влияние
на последующие поколения поэтов.
Kalit soʻzlar:
Rudakiy, fors-tojik adabiyoti, she’riyat, falsafiy fikrlar, badiiy uslub, Sharq
adabiyoti, axloqiy g‘oyalar, adabiy meros, qasida, ruboiy
Keywords:
Rudaki, Persian-Tajik literature, poetry, philosophical ideas, literary style,
Eastern literature, moral values, literary heritage, qasida , ruba'i.
Ключевыие
слова
:Рудаки,
персидско-таджикская
литература,
поэзия,
философские идеи, художественный стиль, восточная литература, нравственные
ценности, литературное наследие, касыда, рубаи.
Abu Abdulloh Rudakiy (taxminan 858–941) — fors-tojik adabiyotining asoschisi,
Sharqning buyuk shoiri hisoblanadi. U Panjikent yaqinidagi Rudak qishlog‘ida tug‘ilgan va
yoshligidan she’rga qiziqqan. Rudakiy dunyoviy va falsafiy ruhdagi she’rlari orqali o‘z
davrining eng yirik adabiy siymosiga aylangan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
Rudakiy ijodi ko‘p qirrali bo‘lib, u qasida, g‘azal, ruboiy, qit’a va doston janrlarida ijod
qilgan. U she’riyatga soddalik, tabiiylik va hayotiylik olib kirgan. Shoirning ko‘plab asarlarida
insonparvarlik, sabr-toqat, dunyoviy go‘zallik, tabiatga mehr kabi g‘oyalar ilgari surilgan.
“Bo‘y keldi, bahor keldi...” kabi mashhur qasidalari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini
yo‘qotmagan.Afsuski, Rudakiyning boy adabiy merosining katta qismi yo‘qolgan, biroq yetib
kelgan namunalar uning betakror iste’dod egasi bo‘lganini tasdiqlaydi. U saroy shoiri sifatida
ham mashhur bo‘lgan va ko‘plab ijodkorlarga ta’sir ko‘rsatgan. Rudakiy ijodi Nizomiy,
Firdavsiy, Sa’diy, Umar Xayyom kabi keyingi avlod shoirlariga zamin yaratgan.Rudakiy
nafaqat adabiyot tarixida, balki madaniyat va axloqiy tafakkur rivojida ham muhim o‘rin
tutadi. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlarni ezgulikka, hayotga muhabbat bilan
qarashga chorlaydi. Shu bois, Rudakiy merosi abadiy qadriyat hisoblanadi.
Rudakiyning adabiy merosidan bizgacha 2 qasida, 50 ruboiy, she’rlar, doston va
boshqalar yetib kelgan. Ammo XII asr shoiri Rashid Samarqandiyning ta’kidlashicha, bironta
shoir Rudakiy singari ko‘p asar yozgan emas. Muhammad Avfiyning xabar berishicha, Rudakiy
yuzta to‘plam (daftar) yozgan. Qadimgi manbalarda Rudakiyning "Oftob davroni", "Arois an-
nafois" ("Nafis kurtaklar") va "Sinbodnoma" dostonlari bo‘lganligi haqida ma’lumotlar
uchraydi. Uning qasidalaridan "Mening onam", "Buxoro vasfi" va "Qarilikdan shikoyat" kabilar
bizgacha yetib kelgan. Rudakiyning ijodida X asrning ijtimoiy hayoti o‘z aksini topgan. Uning
hamma asarlarida xalqning orzu-umidlari, manfaatlari ifoda qilingan. Faylasufning tabiat
go‘zalliklarini ifoda etgan asarlari juda jozibalidir.Buyuk mutafakkir kishilar o‘rtasidagi
do‘stlik va o‘zaro hamkorlik kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanini bir necha
bor ta’kidlab o‘tgan:
Jahonning shodligi yig‘ilsa butun,
Do‘stlar diydoridan bo‘lolmas ustun.
Rudakiy hayotni ustoz deb hisoblaydi va undan ta’lim olishga undaydi:
Har kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.
Rudakiy asarlarida inson aqlu zakovatiga ishonch kuchli. Asarlarining tili, badiiy ifoda
vositalari sodda va tushunarli qilib yozilgan. Tabiatni, vatanni vasf qilish, axloqiy pandu
nasihatlar bilan asarni bezash keyingi mutafakkirlarga Rudakiydan an'ana bo‘lib qoldi.
Biroq, keksa yoshida Rudakiy ko‘p narsadan ayriladi. Qari va ko‘zi ojiz, ba’zi manbalarda
ko‘rsatilishicha, ehtimol, Ballar bilan do‘stlashib, karmanlar harakatiga qo‘shilib qoladi va
qiynoqlar sababli ko‘z nuridan qolgan. Oqibatda, saroydan quvilib, o‘z ona yurtiga
qaytgan.Shundan so‘ng Rudakiy ko‘p umr ko‘rmagan. Somoniy o‘zining “Al-Ansab” kitobida
yozishicha, shoir 941 yil (boshqa manbalarga ko‘ra 952 yil) o‘zining ona qishlog‘ida vafot
etgan.
Bizning davrimizgacha Rudakiyning 2000 baytdan ziyod asarlari yetib kelgan.
Rudakiyning saqlanib qolgan she’rlaridan o‘z davrining barcha she’riy janrlarda yuqori
mahorat ila ijod qilganligi namoyon bo‘ladi. U qasidalar, nasriy g‘azallar, katta didaktik
dostonlar (“Kalila va Dimna” va boshqa mashhur dostonlar majmuidan tashkil topgan
to‘plamlar), satirik she’rlar hamda matamona qasidalar yozgan.
Rudakiy oddiygina saroy qasida yozuvchisi bo‘lmagan. Uning qasidalari tabiatni yorqin
tasviri, hayot hursandchiliklari va sevgini kuylash, aql va idrok, oliyjanoblik va hayot
tashvishlari, inson va uning mehnatini ulug‘lash bilan boshlanadi. O‘z qasidalarida shoir hayot
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
tajribasini ustun qo‘yodi va uni eng katta ustoz deb biladi. Rudakiy ijodida diniy mavzular,
deyarli mavjud emas. Uning ko‘plab she’rlarining ma’nosi ostida chuqur falsafiy o‘ylar mavjud.
Rudakiy kirib kelgan qarilikning sababi nedur, deya so‘raydi va quyidagicha javob beradi:
Ko‘z ochqucha to‘zitar u qayerda yangi esa
Dam o‘tmayin tuzatar u qaydaki vayron edi.
Talaycha bog‘ning o‘rnini cho‘l etib qo‘ydi,
Va qancha bog‘lar o‘rni burun biyobon edi.
O‘z ijodi orqali Rudakiy butun tojik-fors she’riyatiga asos soldi, asosiy janrlar va ularning
shakllarini ishlab chiqdi; uning she’rlarida, deyarli barcha she’riy o‘lchamlar hamda timsol
tizimlari aniq shakllandi. Rudakiy she’rlari keyingi tojik shoirlar avlodi uchun namuna
bo‘ldi.Rudakiy hayotning o‘zini birinchi ustod hisoblaydi va undan ta’lim olishga undaydi:
Har kishi olmasa hayotdan ta’lim,
Unga o‘rgatolmas hech bir muallim.
Rudakiy asarlarida inson aql-u zakovatiga ishonch kuchli. Asarlarining tili, badiiy ifoda
vositalari sodda va tushunarli qilib yozilgan. U birinchi bo‘lib, X asrdayoq fors mumtoz
adabiyotiga asos solganligi uchun ko‘pgina Eron olimlari, jumladan professor Sayyid Nafisiy
fors she’riyatining vatanini Movarounnahr deb hisoblaydi.
Tabiatni, vatanni vasf qilish, axloqiy pand-u nasihatlar bilan asarni bezash keyingi
mutafakkirlarga Rudakiydan qolgan an’ana edi. Jumladan, buyuk shoir vafotidan keyin yana
50 yil yashagan mashhur tarixchi Abulfazl Bayhaqiy (995–1077) uning g‘oyalarini o‘z tarixiy
asarlarida davom ettirdi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rudakiy, T., 1957; Injular ummoni, T., 1988.
2.
Ad., Abdurahmon Jomiy, Bahoriston, T., 1997;
3.
Davlatshoh Samarqandiy, Shoirlar boʻstoni, T., 1981;
4.
Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967;
5.
Shomuhamedov Sh., Odamiylik inshosi, T., 1984.
6.
Mirxamidovna, M. G. (2022). Maqol Va Matallarning Kommunikativ Xususiyati.
Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
,
2
(2), 125-129.