ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
AGRAR SEKTORDA “AQLLI QIShLOQ XO‘JALIGI” VA “QIShLOQ XO‘JALIGI -
4.0” KONSEPSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Yusupov Muxiddin Soatovich
Oriental universiteti, prof. v.b., PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.15535279
KIRISH
Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‘zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligiga
yondoshuvlarni tubdan o‘zgartirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra еr sharida 820 milliondan ortiq
kishi to‘yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu ko‘rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga
еtishi mumkin. BMT prognozlariga ko‘ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga
еtishi mumkin va bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligiga yaroqli еrlarning degradatsiyaga uchrashi
kuchayayotgan (52 %), qurg‘oqchilik va cho‘llashuv jarayonlari natijasida har yili 12 million
gektar еr (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan, ekinlar hosilini
yig‘ishtirib olish, tashish, saqlash va iste’molchilarga еtkazib berishdagi nuqsonlar tufayli har
yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari nobud bo‘layotgan bir sharoitda dunyo aholisini
еtarli miqdorda va sifatdagi oziq-ovqatlar bilan ta’minlash vazifasini murakkablashtiradi [1].
Ko‘pchilik olimlar va soha mutaxassislarining fikricha, bunday murakkab vaziyatda global
oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligini ta’minlash masalasini tarmoqqa raqamli texnologiyalar va
innovatsion еchimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, “
Aqlli qishloq xo‘jaligi
” va “
Qishloq
xo‘jaligi 4.0
” konsepsiyalarini joriy etish orqaligina hal etish mumkin. Jumladan, “Future
Market Insights” tahlilchilariga ko‘ra, dunyoda “aqlli qishloq xo‘jaligi”ga o‘tish sekinlik bilan,
ammo ishonchli tarzda amalga oshirilyapti. Bozorning katta qismi (53 %i) Shimoliy Amerikada
joylashgan. Bu AQSh fermerlari tomonidan aqlli innovatsiyalarga bo‘lgan kuchli qiziqish bilan
bog‘liqdir. IT-texnologiyalar еr maydonlarida asosan don ekinlari еtishtirishda faol
qo‘llanilyapti va bu “aniq dehqonchilik” nomi bilan atalyapti. Umuman olganda, “Goldman Sachs
Group” tahlilchilari ko‘plab mamlakatlar “analog”dan “aqlli”ga o‘tish orqali o‘z qishloq
xo‘jaligini faol rivojlantirib borayotganini ta’kidlashgan. Ularning prognoziga ko‘ra, yangi
texnologik еchimlarni joriy etish bilan 2050 yilga borib dehqonchilikni dunyo bo‘yicha 70
foizga oshirishga erishish mumkin. Bu deyarli 800 mlrd. dollarlik qo‘shimcha mahsulot
demakdir
[2].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-
2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-6079-sonli, 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-
5853-sonli farmonlari, 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng
joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui
va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-
sonli qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda mavjud еr, suv va boshqa tabiiy
resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga
asoslangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy shakllarini qo‘llash, agrar ishlab
chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish, shuningdek,
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar,
ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish borasida vazifalar belgilab berilgan. Shu munosabat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
bilan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va “Qishloq xo‘jaligi 4.0” konsepsiyalarini rivojlantirishning ilmiy-
uslubiy asoslarini takomillashtirish, shuningdek, sohani raqamli texnologiyalar asosida
innovatsion rivojlantirishga oid muammolar еchimlarini yaratish hamda amaliyotga joriy etish
yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb bo‘lib bormoqda.
ASOSIY QISM
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO UN) tadqiqotlariga ko‘ra barqaror
rivojlanish maqsadlari yo‘lida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish yoki “aqlli qishloq xo‘jaligi”ni
joriy etish resurslardan foydalanishni optimallashtirish, kommunikatsiyalarni kengaytirish va
yuqori inklyuzivlik hisobiga agrar sektorda unumdorlikni va ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish hamda yangilanayotgan bozor sharoitlariga moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Ammo
tarmoqda raqamli transformatsiyani amalga oshirishning tayanch shart-sharoitlari mavjud
bo‘lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin [3]:
- raqamli texnologiyalarni qo‘llashga imkon yaratuvchi minimal sharoitlar: raqamli
texnologiyalarning mavjudligi; ularga jismoniy va moliyaviy jihatdan ulanish imkoniyatlari;
aholining kompyuter savodxonligi darajasi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida
ta’lim berish darajasi; raqamli texnologiyalar sohasidagi siyosiy chora-tadbirlar (elektron
hukumat va boshq.);
- raqamli texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi (yo‘ldosh) sharoitlar: Internet, mobil
aloqa va ijtimoiy tarmoqlarning tarqalganligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari; raqamli
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalari; tadbirkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-
quvvatlanishi (biznes-inkubatorlar, startaplar va boshqa innovatsion dasturlar).
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligiga raqamli texnologiyalarga
asoslangan “aqlli qishloq xo‘jaligi”ni joriy etish orqali “Qishloq xo‘jaligi 4.0” innovatsion
rivojlanish fazasiga kirib borilmoqda. Ishlab chiqarishga raqamlashtirilgan innovatsion
texnologiyalarni, xususan: keng tarmoqli internet, mobil aloqa, axborot texnologiyalari
(axborot ma’lumotlari, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan boshqarish platformasi), mashina
va asbob-uskunalar (haydovchisiz boshqariladigan o‘ziyurar traktor va mashinalar,
uchuvchisiz boshqariladigan dronlar, tamg‘a, kontroller, sensorli datchiklar, boshqarish
elementlari) qo‘llash natijasida “Agrosanoat majmui boshqaruvida raqamlashtirilgan
texnologiyalar”, “Aqlli dehqonchilik”, “Aqlli dala”, “Aqlli bog‘”, “Aqlli issiqxona”, “Aqlli
ferma”kabi ilg‘or va samarali xo‘jalik yuritish usullari kirib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi taraqqiyotidagi global o‘zgarishlar sharoitida O‘zbekiston Respublikasi
agrar sektorini rivojlanish ko‘rsatkichlari, mehnat unumdorligi, ekinlar hosildorligi va chorva
mollari mahsuldorligi bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlardan ortda qolmoqda. Xususan:
tarmoqda band aholining jami bandlarga nisbatan salmog‘i rivojlangan mamlakatlarda 1,3-5
%ni tashkil etsa, respublikamizda bu ko‘rsatkich 26 %dan yuqori va bu holat mamlakatimizni
rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiritilishiga sabab bo‘lmoqda; tarmoqda mehnat
unumdorligi (2247 doll./bir ishlovchi, 2017 y.) ilg‘or mamlakatlardan bir necha barobar past
(Isroilda 95243 doll./bir ishlovchi; Fransiyada 49475 doll./bir ishlovchi, 2017 y.) [4];
sug‘orishda eski an’anaviy usullardan foydalanilishi suv taqchilligi sharoitida ortiqcha suv
sarflanishiga, sug‘oriladigan ekin maydonlarining 45 foizdan ortig‘ini u yoki bu darajada
sho‘rlanishiga va natijada ekinlar hosildorligining pasayib ketishiga olib kelmoqda; tarmoqni
yuqori unumli hamda resurs tejamkor texnika va texnologiyalar bilan ta’minlanish
(mexanizatsiyalashuv va avtomatlashuv) darajasi past; qishloq xo‘jaligi foydalanilayotgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
texnika va agregatlarning aksariyat qismi 15 yildan ortiq xizmat qilmoqda va ularni yangilanish
darajasi past; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari agrokimyoviy tuproq tahlili, ekinlarni
sputnik navigatsiya tizimlari orqali optimal joylashtirish, vegetatsiya davrida avtomatik
oziqlantirish va kuzatib borish (monitoring qilish) bo‘yicha elektron platformalarga ega emas;
chorvachilikda aksariyat ish jarayonlari qo‘l kuchi yordamida amalga oshiriladi, chorva
mollarini oziqlantirish va ular organizmini kuzatib borish hamda chorvachilikdagi boshqa ish
jarayonlarini avtomatik rejimda amalga oshiradigan ilg‘or texnologiyalar deyarli qo‘llanimaydi.
Bular oqibatida respublikamiz aholisini o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda oziq-ovqat
mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, qishloq
aholisining bandligi, moddiy farovonligini oshirish hamda ular uchun munosib turmush tarzini
shakllantirish masalalari еtarlicha o‘z еchimini topmasdan qolmoqda.
Respublikamiz agrar sektoriga “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va “Qishloq xo‘jaligi 4.0”
Konsepsiyasini joriy etish ishlari endi boshlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020 yil 17 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va
qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 794-
sonli qarori bilan tasdiqlangan “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini rivojlantirish
strategiyasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
- qishloq xo‘jaligi еrlaridan foydalanishda raqamli axborot texnologiyalarini joriy etish;
- zamonaviy kompyuter texnologiyalarini tatbiq etish orqali suv resurslarini boshqarish
va undan foydalanish;
- intensiv bog‘larni tashkil etish va bog‘dorchilik mahsulotlarini еtishtirishda
avtomatlashtirilgan boshqarish texnologiyalarini joriy etish;
- issiqxona xo‘jaliklarida avtomatlashtirilgan, kompyuterlash-tirilgan intellektual
texnologiyalarni joriy etish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bilan
jihozlangan logistika va savdo markazlarini tashkil etish;
- qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlari uchun “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari
bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirib borish;
- “Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etishning normativ-huquqiy bazasini
shakllantirish.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bugungi kunda respublikamiz agrar sektoriga raqamli
texnologiyalarga asoslangan innovatsion texnologiyalarni qo‘llash ko‘lami o‘ta tor doirada
bo‘lib, bu strategiya doirasida qo‘yilgan maqsad va vazifalarning nafaqat respublikamiz, balki
dunyo miqyosida ham endigina kengayib borayotganligi va nisbatan yangiligi bois, zaruriy
axborot manbalari va boshqa vositalarni olish imkoniyati cheklanganligi, raqamli
texnologiyalarni joriy etishda murakkab IT texnologiyalar, sun’iy intellekt vositalari hamda
yuqori malakali mutaxassislardan foydalanishni talab etishi bilan bog‘liq. Masalan, raqamli
texnologiyalarni qo‘llash asosan Internet tarmog‘ining rivojlanganligiga bog‘liq bo‘lib, “dunyo
aholisining 40 foizdan undan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan bir paytda, sust rivojlangan
mamlakatlarda bu imkoniyat har еtti kishidan bittasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, hozirgi
kunda internet tarmog‘iga bog‘lanishda asosiy texnologiya sifatida 4G qaralayotgan, hamda
jahon bo‘ylab 90 foiz abonet 3G dan kam bo‘lmagan texnologiya bo‘yicha bog‘lanish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
imkoniyatiga egaligiga qaramay, sust rivojlangan mamlakatlarda qishloq aholisining uchdan bir
qismigina 3G texnologiyali tarmoqdan foydalanadi [4].
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
zanjirida raqamli texnologiyalarga asoslangan “aqlli sanoat” va “aqlli qishloq xo‘jaligi”ni joriy
etish orqali “Sanoat 4.0” va “Qishloq xo‘jaligi 4.0” innovatsion rivojlanish fazasiga kirib
borilmoqda. Ishlab chiqarishga raqamlashtirilgan innovatsion texnologiyalarni, xususan: keng
tarmoqli internet, mobil aloqa, axborot texnologiyalari (sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan
boshqarish platformasi), mashina va asbob-uskunalar (haydovchisiz boshqariladigan o‘ziyurar
traktor va mashinalar, uchuvchisiz boshqariladigan dronlar, sensorli datchiklar, boshqarish
elementlari) qo‘llash natijasida “aqlli sanoat”, “aqlli fabrikalar” (intelligent manufacturing),
“ulkan ma’lumotlar” (Big Data), “bulut”li texnologiyalar (cloud technologies), “aqlli qishloq
xo‘jaligi”, “aqlli bog‘”, “aqlli issiqxona”, “aqlli ferma” kabi ilg‘or xo‘jalik yuritish usullari kirib
kelmoqda (1-jadval) .
1-jadval
Oziq-ovqat mahsulotlari еtishtirish zanjirini raqamlashtirish bo‘yicha xorijiy
tajribalar
Мamlakatlar
Oziq-ovqat mahsulotlari еtishtirish zanjirini raqamlashtirish
yo‘nalishlari va natijalari
Niderlandiya
Raqamli texnologiyalar yordamida ishlab chiqarish jarayonlarini
optimallashtirish, samarali logistika tizimi va yuqori mehnat unumdorligi
Niderlandiyani bu borada еtakchi pozitsiyaga olib chiqdi. Vageningin
universiteti g‘oyasi asosida “oziq-ovqat vodiysi”ni yaratilishi mamlakatni
oziq-ovqat eksporti va raqamli texnologiyalar bo‘yicha еtakchilardan
biriga aylantirdi. 2020 yil natijalari bo‘yicha Niderlandiya axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi darajasini ifodalovchi
tarmoq tayyorgarligi indeksida birinchi o‘rinni egalladi.
Germaniya
Germaniya oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida fan va biznes
vakillaridan tashkil topgan ekspert guruhlari va “raqamli maydon”ni
shakllantirish orqali turli tajribalar olib borilmoqda. Asosiy e’tibor
qishloq hududlarida raqamli infratuzilmalar va keng polosali internetni
rivojlantirishga qaratilmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
rivoj-lanishi darajasini ifodalovchi tarmoq tayyorgarligi indeksida
Germaniya 12 o‘rinni egallaydi
Isroil
Raqamli texnologiyalarning asosiy farqli xususiyati raqobatbardoshlik
muammosini hal etishga fanlararo yondashuvning mavjudligidir.
Innovatsion tadqiqotlar boshida Vulkani tadqiqot markazi turadi.
Raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro reytinglarda yuqori pozitsiyalarni
egallab keladi. Masalan global innovatsion indeksda Isroil 15 o‘rinni
egallagan
Polsha
Polshada agrosanoat majmuasini raqamlashtirish borasidagi davlat
siyosatining o‘ziga xosligi raqamli texnologiyalar vositasida byurokratik
to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat tomonidan ishlab chiqarishni
tartibga solishni soddalashtirishga qaratilgan. Mamlakatda fermerlar
uchun “yagona darcha” elektron platformasi mavjud bo‘lib, u orqali
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
fermerlarga kerakli yordam va servis xizmatlari ko‘rsatish amalga
oshiriladi. Elektron hukumatni rivojlantirish indeksida Polsha 24 o‘rinni
egallaydi
Manba: Международный опыт развития цифровизации в АПК: государственная
поддержка, регулирование, практика. Евразийская экономическая комиссия. Москва,
2018. https://eec.eaeunion.org/upload/medialibrary/d62/. –S. 8-9.
Yuqorida keltirilgan jadvaldan ma’lumki, raqamli texnologiyalardan foydalanish va
raqamli infratuzilmalarni rivojlantirish qishloq xo‘jaligida hosildorlik va samaradorlikni
oshirishga olib keladi.
XULOSA VA TAVSIYALAR
Tadqiqot doirasida olingan natijalar asosida quyidagi xulosa tavsiyalarni ilgari suramiz:
- raqamli texnologiyalarga asoslangan “Qishloq xo‘jaligi 4.0” va “Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni
qo‘llashning ahamiyati hamda nazariy-uslubiy asoslarini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy
izlanishlarni kengaytirish;
- avtomatlashtirilgan raqamli texnologiyalarni qo‘llashga asoslangan “agrosanoat majmui
boshqaruvida raqamlashtirilgan texnologiyalar”, “aniq dehqonchilik”, “aqlli bog‘”, “aqlli
issiqxona” va “aqlli chorva fermasi” kabi innovatsion usullarni joriy etish mexanizmlarini
ishlab chiqarish va ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini baholash;
- O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida raqamli agrotexnologiyalarni joriy etilishi, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning hozirgi holatini tahlil etish asosida bu
borada mavjud muammolar, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash hamda ularning
еchimini topish ustida izlanishlar olib borish;
- uzoq muddatli iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
optimal joylashtirish, oziq-ovqat va resurslar bozorlari kon’yukturasini prognozlashning
balanslashgan muvozanatlik va iqtisodiy-matematik modellariini tuzish va prognozlash;
- rivojlangan mamalakatlarda “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va raqamli texnologiyalar tizimini
qo‘llash tajribalarini o‘rganish asosida ularning maqbullarini tanlash hamda respublikamiz
sharoitlariga moslashtirib qo‘llash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- agrar ishlab chiqarishni samarali tashkil etishda zamonaviy intellektual texnologiyalar,
jumladan: haydovchisiz boshqariladigan o‘ziyurar texnika va mashinalar, kamera va sensorlar
bilan ta’minlangan navigatsiya dronlari, chorva mollari va ekinlar organizmi, tuproq namligi va
mikroklimatni kuzatib boruvchi datchiklar, chorva fermalarini boshqarishning
avtomatlashtirilgan tizimlari, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqarish platformalari kabi aqlli
еchimlarni ishlab chiqishda neyrotarmoq dasturini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha amaliy
yo‘riqnomalar yaratish;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini еtishtirish, saqlash, birlamchi va chuqur qayta ishlash
hamda sotish jarayonlarini yagona raqamli platformaga bog‘lash orqali “qo‘shilgan qiymat
zanjiri”ni kuzatib borish va tizimda mahsulotlar nobud bo‘lishi bilan bog‘liq yo‘qotishlarni
kamaytirish borasida tavsiyalar ishlab chiqish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
41
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
FAO,
(2015).
FAO
and
the
17
Sustainable
Development
Goals.
http://www.fao.org/3/i4997e/i4997e.pdf.1
2.
Endi qishloq xo‘jaligi tizimi ham “aqlli” bo‘ladi. https://www.xabar.uz/texnologiya/endi-
qishloq-xojaligi-tizimi-ham-aqlli-boladi.
3.
Н.М.Трендов, С.Варас, М.Сзен. Цифровые технологии на службе сельского хозяйства
и
сельских
районов
(справочный
документ).
Продовольственная
и
сельскохозяйственная организация Объединенных Наций (ФАО). Рим, 2019. –с. 8.
4.
“BUYUK KELAJAK” XNNT. O‘zbekiston Respublikasini 2035 yilgacha rivojlantirish
Strategiyasi.
https://uzbekistan2035.uz/uz/uzbekistan-2035. 107
5.
Международный опыт развития цифровизации в АПК: государственная
поддержка, регулирование, практика. Евразийская экономическая комиссия. Москва,
2018. https://eec.eaeunion.org/upload/medialibrary/d62/. –S. 8-9.