Mazkur maqolada paradigmatik va sintagmatik munosabatlarning lingvistik mohiyati, ularning til tizimidagi o‘rni hamda chet tilini o‘qitish jarayonidagi metodik ahamiyati yoritilib, maqolada interaktiv metodlar asosida dars jarayonida mazkur munosabatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Paradigmatik munosabatlar doirasida til birliklarining tanlanish imkoniyati, sintagmatik munosabatlar esa ularning ketma-ketlikda bog‘lanishi asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari chet tilini o‘qitishda til birliklari orasidagi munosabatlarni ongli ravishda anglatish orqali til kompetensiyalarini samarali shakllantirish imkonini berishini ko‘rsatadi.