Авторы

  • Surayyo Xo‘jayeva
    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 304-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.98849

Ключевые слова:

ona tili raqamli ta’lim test platformalari Kahoot Quizizz interaktiv dars AKT o‘quv samaradorligi motivatsiya zamonaviy o‘qitish

Аннотация

Ushbu maqolada ona tili darslarida zamonaviy test platformalari — Kahoot, Quizizz, Wordwall kabi raqamli vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilingan. Global raqamlashtirish jarayonlari fonida interaktiv vositalarning o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi, bilimni mustahkamlash va mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada eksperimental va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan tajriba natijalari taqdim etilib, interaktiv vositalarning ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’siri amaliy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Yakunda metodik tavsiyalar va foydalanilgan adabiyotlar keltirilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

143

ONA TILI TA’LIMIDA AKT (INTERAKTIV DOSKA, TEST

PLATFORMALARI)DAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Xo‘jayeva Surayyo Oybek qizi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

Ona tili va adabiyoti ta’limi fakulteti 304-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15550677

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ona tili darslarida zamonaviy test platformalari —

Kahoot, Quizizz, Wordwall kabi raqamli vositalardan foydalanishning samaradorligi tahlil
qilingan. Global raqamlashtirish jarayonlari fonida interaktiv vositalarning o‘quvchilarning
darsga bo‘lgan qiziqishi, bilimni mustahkamlash va mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Maqolada eksperimental va nazorat guruhlarida o‘tkazilgan
tajriba natijalari taqdim etilib, interaktiv vositalarning ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’siri
amaliy dalillar asosida ko‘rsatib berilgan. Yakunda metodik tavsiyalar va foydalanilgan
adabiyotlar keltirilgan.

Abstract:

This article examines the effectiveness of using modern test platforms such as

Kahoot, Quizizz, and Wordwall in mother tongue (Uzbek language) lessons. Against the
backdrop of global digitalization, the role of interactive tools in increasing students' interest
in lessons, reinforcing knowledge, and developing independent thinking skills is highlighted.
The paper presents the results of an experiment conducted with control and experimental
groups, demonstrating the positive impact of interactive platforms on educational
effectiveness through practical evidence. The article concludes with methodological
recommendations and a list of references.

Kalit so‘zlar:

ona tili, raqamli ta’lim, test platformalari, Kahoot, Quizizz, interaktiv dars,

AKT, o‘quv samaradorligi, motivatsiya, zamonaviy o‘qitish

Keywords:

mother tongue, digital education, test platforms, Kahoot, Quizizz, interactive

lesson, ICT, learning effectiveness, motivation, modern teaching

XXI asrda jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan, taʼlim tizimida ham

raqamlashtirish jarayonlari jadal kechmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-
yil 6-noyabrdagi "Raqamli taʼlim texnologiyalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida"gi PQ-4884-son qarorida ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etishning muhimligi alohida ta’kidlangan. Bu esa o‘qituvchilardan
an’anaviy uslublar bilan bir qatorda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni talab qiladi.

Bugungi kunda xalqaro miqyosda keng qo‘llanilayotgan Kahoot, Quizizz, Wordwall,

Google Forms kabi interaktiv test platformalari o‘quvchilar bilimini samarali baholashda, dars
jarayonini qiziqarli va jonli tashkil etishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu platformalar
orqali o‘quvchi testga faollik bilan javob beradi, o‘z xatosini darhol ko‘ra oladi, reyting orqali
o‘z bilim darajasini boshqa tengdoshlar bilan solishtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ona tili fanini o‘qitishda bu kabi texnologik vositalar, ayniqsa, imlo, morfologiya,

leksikologiya va matn ustida ishlash kabi mavzularni mustahkamlashda qo‘l keladi. Biroq, test
platformalarining darsdagi real samaradorligi, o‘quvchilarning qiziqishiga, o‘zlashtirish
darajasiga qanday ta’sir qilishi bo‘yicha o‘rganishlar yetarli darajada emas. Shu nuqtai
nazardan, ushbu maqolada ona tili darslarida interaktiv test platformalaridan foydalanish
samaradorligi o‘rganiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — zamonaviy raqamli vositalarning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

144

dars jarayonidagi afzalliklarini ilmiy jihatdan asoslash, tajriba asosida ularning o‘quvchilarga
ta’sirini tahlil qilish va pedagogik tavsiyalar berishdan iborat.

Ona tili darslarida AKT vositalari – interaktiv doska, onlayn testlar, virtual resurslardan

foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Shu bilan birga o‘qituvchiga
darsni samarali tashkil qila olishda bir qancha imkoniyatlar beradi.

Interaktiv doska — bu zamonaviy raqamli ta’lim vositasi bo‘lib, o‘qituvchining darsni

vizual, qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tkazishiga imkon yaratadi. Interaktiv doskadan
foydalanish dars jarayonida vizual, eshitish va kinestetik ta’lim usullarini uyg‘unlashtirishga
yordam beradi.

Jumladan:
matn tahlili vaqtida rangli ajratmalar, diagramma va sxemalar orqali tushunchalar

aniqroq yoritiladi;

mashq bajarishda o‘quvchilar faol ishtirok etadi;
darsda jonli muhit yaratiladi.
Test platformalari — bu o‘quvchilarning bilimini baholash va mustahkamlash uchun

mo‘ljallangan raqamli onlayn tizimlar bo‘lib, ular darsni jonlantirish, faollikni oshirish va
natijalarni tezda tahlil qilish imkonini beradi. Interaktiv test platformalari ta’limda bir qator
ustunliklarga ega. Avvalo, ular darslarni qiziqarli va jonli tashkil qilishga xizmat qiladi.
Masalan, Kahoot dasturida har bir test savoliga berilgan to‘g‘ri javoblar uchun ball to‘planishi,
real vaqtda reyting e’lon qilinishi o‘quvchilarda sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Bu esa
bilimlarni yanada faol egallashga undaydi. Quizizz platformasida esa har bir savoldan so‘ng
izoh va natijani ko‘rsatish funksiyasi mavjud bo‘lib, o‘quvchi o‘z xatolarini darhol ko‘rib
chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, bu platformalar o‘qituvchiga statistik ma’lumotlar taqdim etadi: har

bir savol bo‘yicha nechta o‘quvchi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javob bergani, kimlar testni
muvaffaqiyatli bajargani va qaysi bilim sohalarida muammolar borligi aniq ko‘rinadi. Bu esa
o‘qituvchiga darsni individual yondashuv asosida tashkil qilishga yordam beradi.

Ona tili darslariga tatbiq qilish usullari: Ona tili darslarida test platformalaridan

foydalanish juda qulaydir. Imlo va punktuatsiyaga oid topshiriqlarni Kahoot orqali test
ko‘rinishida taklif qilish, o‘quvchilarda bu mavzuga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Ayniqsa,
o‘zbek tilining murakkab bo‘g‘inli so‘zlari, qo‘shimchalar bilan bog‘liq qoidalar yoki leksik
birliklar (frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar)ni mustahkamlashda interaktiv testlar
samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Matn ustida ishlashda esa Quizizz yoki Wordwall platformasida matn asosida savollar

tuzilib, o‘quvchilar asosiy g‘oya, mavzu, ifoda vositalari va muallif nuqtai nazarini aniqlashi
mumkin. Bu esa ularning analitik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, bu
vositalar darsdan tashqari mustaqil ta’limni tashkil qilishda ham qo‘l keladi. O‘qituvchi onlayn
test yaratib, uni guruhga yuboradi. O‘quvchi testni uyda mustaqil bajaradi, natijasi esa
avtomatik tarzda tahlil qilinadi. Bu vaqt va resurslarni tejaydi.

Tajriba asosidagi kuzatuv. Test platformalari yordamida ta’lim samaradorligini aniqlash

(Toshkent shahridagi “Blitz” nemis tili markazi misolida). Toshkent shahrida faoliyat
yuritayotgan “Blitz” nomli nemis tilini o‘rgatuvchi nodavlat o‘quv markazida test
platformalarining o‘quvchilarning bilimiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan amaliy tajriba


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

145

sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqotga 15 nafar 18 –20 yoshdagi o‘quvchi jalb qilindi. Ular tasodifiy
ikki guruhga ajratildi:

Nazorat guruhi — an’anaviy metod (savol-javob va qog‘oz variantli test)lar bilan

o‘qitildi.

Eksperimental guruh — Kahoot, Quizizz, va Wordwall kabi interaktiv test platformalari

asosida mashg‘ulotlarda ishtirok etdi.

Tajribaning maqsadi: Test platformalaridan foydalanish o‘quvchilarning: bilim sifati,

darsga qiziqishi, baholash jarayoniga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi mumkinligini
aniqlash.

Tajribadan oldin o‘tkazilgan test sinovida o‘quvchilarning bilim ko‘rsatkichi quyidagicha

edi: Nazorat guruhi o‘quvchilarining o‘rtacha bilim ko‘rsatkichi – 54%, eksperimental
guruhning o‘rtacha ko‘rsatkichi – 56% .

Bir oylik tajriba yakunida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, nazorat guruhida

o‘quvchilarning bilim darajasi 66%, darslardagi faollik 62% va darsga qatnashish ko‘rsatkichi
80%ni tashkil etdi. Eksperimental guruhda esa yakuniy test natijalari 86%, darsdagi faollik
94% va qatnashuv davomati 97% darajasida qayd etildi. Bu ko‘rsatkichlar interaktiv
texnologiyalar qo‘llanilgan darslarning o‘quvchilarning bilim o‘zlashtirishi va motivatsiyasiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatganini anglatadi.

Bundan tashqari, o‘quvchilar orasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnoma natijalari ham

interaktiv metodlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Respondentlarning 90 foizi testlarning
o‘yin ko‘rinishida tashkil etilgani sababli darslardan zerikish holatlari kuzatilmaganini,
aksincha, darsga bo‘lgan qiziqish kuchayganini bildirgan. Xususan, reyting tizimi, vizual
grafiklar orqali taqdim etilgan natijalar va xatolar ustida ishlash imkoniyati bilimlarni
mustahkamlashga xizmat qilgani alohida e’tirof etilgan.

Toshkent shahridagi “Blitz” nemis tili o‘quv markazida o‘tkazilgan amaliy kuzatuvlar

natijalariga ko‘ra, test platformalari (Kahoot, Quizizz, Wordwall)dan foydalanish o‘quv
jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Bunday platformalar o‘quvchilarda
darsga bo‘lgan motivatsiyani oshirish, faol ishtirokni rag‘batlantirish, shuningdek, bilimlarni
chuqurroq anglash va mustahkamlash imkonini beradi. Mazkur tajriba shuni ko‘rsatdiki,
raqamli texnologiyalarga asoslangan interaktiv testlar nafaqat chet tillari ta’limida, balki ona
tili va boshqa umumta’lim fanlarida ham keng qo‘llanilishi mumkin. O‘quvchilarning faolligi,
darsga qatnashish darajasi hamda yakuniy bilim natijalari bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Interaktiv doskalar matnlarni tahlil qilish, grammatik topshiriqlarni vizual ko‘rinishda

bajarish, video va audio materiallar orqali ko‘rgazmalilikni ta’minlaydi. Test platformalari esa
o‘quvchilarning bilimini tez va aniq baholash, xatolar ustida ishlash, real vaqt reytingini
ko‘rsatish kabi imkoniyatlari bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Xulosa qilib aytganda, ona tili darslariga AKT vositalarini to‘g‘ri integratsiyalash orqali

nafaqat ta’lim sifati oshadi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, tahliliy yondashuvi va
texnologik savodxonligi ham rivojlanadi. Shu bois, bunday yondashuvni tizimli ravishda ta’lim
jarayoniga joriy etish zamon talabi hisoblanadi..


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

146

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi. - T., 2021 y.
2.

Kasb-hunar ta’limi: ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal. — 2023-yil, 1-son.

3.

Kahoot! Official Website —

https://kahoot.com

(Interaktiv testlar va o‘yinlar yaratish

platformasi haqida ma’lumot)
4.

Quizizz —

https://quizizz.com

(O‘quvchilar uchun interaktiv testlar va o‘yinlar

platformasi)
5.

Wordwall —

https://wordwall.net

(O‘qituvchilar uchun o‘z testlarini va interaktiv

o‘yinlarni yaratish imkoniyati)
6.

Toshpulatova, M., & Ilhomjonova, R. (2023). Teaching and learning English through

digital technology.

Engineering problems and innovations

.

Библиографические ссылки

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T., 2021 y.

Kasb-hunar ta’limi: ilmiy-uslubiy, amaliy, ma’rifiy jurnal. — 2023-yil, 1-son.

Kahoot! Official Website — https://kahoot.com (Interaktiv testlar va o‘yinlar yaratish platformasi haqida ma’lumot)

Quizizz — https://quizizz.com (O‘quvchilar uchun interaktiv testlar va o‘yinlar platformasi)

Wordwall — https://wordwall.net (O‘qituvchilar uchun o‘z testlarini va interaktiv o‘yinlarni yaratish imkoniyati)

Toshpulatova, M., & Ilhomjonova, R. (2023). Teaching and learning English through digital technology. Engineering problems and innovations.