Authors

  • Jalilbek Sharifjonov
    O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 2 bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63319

Keywords:

Abdurazzoq Samarqandiy

Abstract

Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim tarixiy asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari etnik jarayonlar tarixi ham batafsil aks etgani bilan bu davrdagi boshqa manbalardan ajralib turadi. Manbani bu davr boshqa manbalari bilan qiyosiy taqqoslab o’rganish mazkur davr tarixiy jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishimizga katta yordam beradi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

80

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ABDURAZZOQ SAMARQANDIYNING “MATLAI SA’DAYN VA MAJMAI

BAHRAYN” ASARIDA ETNO-SIYOSIY MA’LUMOTLAR

Sharifjonov Jalilbek Anvarovich

O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti

Xalqaro jurnalistika fakulteti 2 bosqich talabasi

Annotatsiya:

Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai

bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim tarixiy
asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari etnik
jarayonlar tarixi ham batafsil aks etgani bilan bu davrdagi boshqa manbalardan
ajralib turadi. Manbani bu davr boshqa manbalari bilan qiyosiy taqqoslab o’rganish
mazkur davr tarixiy jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishimizga katta yordam
beradi.

Kalit so’zlar:

Abdurazzoq Samarqandiy, "Matlayi sa'dayin va majmai

bahrayn", Movarounnahr, Xuroson, etno-siyosiy ma'lumotlar, Temuriylar.

Temuriylar davrining yirik tarixchilaridan Kamoliddin Abdurazzoq ibn

Jaloliddin Is’hoq Samarqandiy (1413-1482) Hirotning badavlat xonadonlarining
biriga mansub bo’lib, otasi Shohrux huzurida qozi, askar va imomlik lavozimida
faoliyat yuritgan. 1463 yilga qadar Abdurazzoq Samarqandiy dastlab Shohrux,
so’ngra Abulqosim Bobur va boshqa Temuriy shahzodalarning saroyida xizmat
qilgan. Abdurazzoq Samarqandiy asosan boshqa davlat bilan olib boriladigan
yozishmalar, shuningdek elchilik ishlari bilan shug’ullangan. Jumladan, u 1441 yilda
Janubiy Hindostonga elchi qilib yuboriladi. Temuriylar davlatining Hindiston bilan
munosabatini mustahkamlash va rivojlantirishda Abdurazzoq Samarqandiy katta rol
o’ynaydi.

Abdurazzoq Samarqandiy yirik tarixshunos olim sifatida nom qoldiradi. U Eron

va O’rta Osiyoning XIV-XV asrdagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotidan,
shuningdek Temuriylar davlatining qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy-siyosiy madaniy


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

81

Synapses:

Insights Across the Disciplines

aloqalari tarixidan bahs yurituvchi «Matlai sa‘dayn va majmai bahrayn» (Ikki saodatli
yulduzning chiqishi va ikki dengizning qo’shilishi o’rni) deb ataluvchi asari bilan
mashhur bo’lgan. Asar ikki qismdan iborat: 1) Elxon Abu Said (1317-1335) davridan
to Amir Temurning vafoti va Xalil Sultonning Samarqand taxtiga o’tirishigacha
bo’lgan davr (1304- 1405) tarixi; 2) Shohruxning Temuriylar saltanatining oliy
hukmdori deb e‘lon qilinishidan (1405) to Temuriy Abu Said Mirzoning
o’ldirilishigacha (1469) bo’lgan davr tarixi yozilgan. Asarda voqealar xronologik
tartibda keltirilgan. Bu asardan foydalanishda katta qulayliklar tug’diradi.
Abdurazzoq Samarqandiy va uning mazkur asari rus va xorijiy mamlakatlar olimlari
tomonidan o’rganilgan. Jumladan, B.A.Dori, V.F.Minorskiy, A.YU.Yakubovskiy,
I.P.Petrushevskiy, B.G.Gafurov, A.U.O’rinboyevlar asarga yuqori baho berishgan.

“Matlai sa’dayn va majmai bahrayn” asarida Markaziy Osiyo minqasidagi ento-

siyosiy jarayonlar masalasi bu davr manbalariga qaraganda birmuncha mufassalroq
yoritilgan. Xususan, bu davrda mavjud qabilalar va ularning yetakchilari, ular
yashagan hududlar, qabilalarning mintaqa ijtimoiy- siyosiy hayotida o’rni kabi
masalalar o’rin olgan.

Manbada barlos qabilasi to’g’risida ham ko’plab ma’lumotlar keltirilgan. Amir

Temur davrida barloslarning mavqeyi yuqori bo’lgani Amir Temur davri yoritilgan
manbalarda keltiriladi. Bunda ayniqsa, Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin
Shomiylarning “Zafarnoma”lari alohida o’rin tutadi. Amir Temur vafotidan keyingi
davrlardagi tarixiy voqealar Abdurazzoq Samarqandiyning asarida batafsil yoritilgan,
bunda muarrixning Temuriylar saroyiga yaqin lavozimlarda faoliyat yuritgani va
elchilik vazifasini bajargani ham yaqindan yordam bergan.

Abdurazzoq Samarqandiy asarida bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat

qilgan aholi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, Shohruh Mirzoning
amirlari – Shayx Luqmon barlos, amir Cherkas nomlari tilga olinadi. Manbada
Mirzo Abu Bakrning amirlari – amir Husayn barlos, Umarshayx Mirzoning o’g’li
mirzo Rustamning amir Said barlos, Mironshohning amiri To’kal barlos, Mirzo
Iskandarning Hurqujoq qavchin degan amirlari bo’lgani haqida eslatiladi. Bu
ma’lumotlardan Temuriylar davri harbiy-siyosiy hayotida barlos va qavchin etnoslari
yetakchi mavqeiga ega bo’lganini ko’rishimiz mumkin.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

82

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Manbada qavchin etnosi haqida yana quyidagi ma’lumotlar o’rin olgan. Amir

Jahonmulk qauchin (qavchin) bo’lib, amir Milkatning o’g’li, amir Xoriyning
amakivachchasi edi. Jahonmulk qavchin Shohruhning bolalik chog’laridan mulozimi
bo’lgan. Amir Temur o’lgandan keyin Jahonmulk isyon ko’taradi.

Abdurazzoq Samarqandiyning asarida keltirilishicha, Mirzo Ulug’bek

qo’shinining asosini qavchinlar tashkil qilgan. Mirzo Ulug’bekning Mo’g’ulistonga
qilgan harbiy yurishlarida ham bir nechta harbiy amaldorlar qavchinlar ekani aytiladi.

Manbada qavchinlarning ayrim amirlari Temuriylarga hiyonat qilgani

to’g’risida ham soz yuritiladi. Domg’onning dorug’asi Saodat qavchin yovuz niyatli
kishi bo’lib, 1447 yilda Abdullatifga qarshi chiqqn. Abdullatif Domg’onni olgach,
Saodat qavchinni qavchinlar uchun omon qoldirganini yozadi Abdurazzoq
Samarqandiy.

Manbada barloslar etnosi to’g’risida ham muhim ma’lumotlar o’rin olgan.

Temuriylar mansub bo’lgan barlos qabilasi va uning mintaqa ijtimoiy-siyosiy
hayotida tutgan o’rni xususida manbada quyidagi ma’lumotlar keltirilgan. Barloslar
Temuriy shahzodalar bilan iliq munosabatda bo’lgan. Faqatgina Abdullatif Mirzo
hokimiyatni qo’lga olgandan keyin barlos amirlarining katta qismi uning hokimiyatini
tan olishni istamaydi. Natijada, hukmdor bilan barloslar o’rtasida munosabatlar
keskinlashib ketadi. Natijada, Abdullatif bir guruh barlos va tarxon amirlarini qatl
etadi. Sababi ular Sultonshoh barlos va uning o’g’li amir Jaloliddin Muhammad barlos
Abdullatif yoniga kelayotgan paytda ularni o’g’ir yaralaydi.

Abdurazzoq Samarqandiy asarida eslatilgan yana bir etnos arlot qabilasi

hisoblanadi. Arlotlar Amir Temur davridan boshlab mintaqa ijtimoiy-siyosiy hayotida
muhim o’rinni egallaydi. Xususan, Amir Temurning opasining eri amir Muayyad arlot
bo’lib, Movarounnahrdagi arlot amirlarining yetakchisi bo’lgan. Temuriylar davrida
ham arlotlar Movarounnahr va Xuronda yetakchi siyosiy kuchlardan biri sifatida
mamlakat etno-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etishadi. Abdurazzoq
Samarqandiyning asarida arlotlar to’g’risida shunday deyiladi. Shohruh Mirzoning
yirik amirlaridan biri Yodgorshoh arlot bo’lib, hukmdor vafotidan keyin boshqa
Temuriy shahzodalar hizmatiga kiradi. Jumladan, Mirzo Alouddavla Maymana va
Faryobga borganda arlotlar amiri Yodgorshoh arlot va Jaloliddin Sulton Mahmud arlot


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

83

Synapses:

Insights Across the Disciplines

yordamida hukmronlikni qo’lga oladi. Bu paytda Maymana va Faryob arlotlarga
qarashli edi. Alouddavla Mirzo arlotlar bilan munosabatni yanada yaqinlashtirish
maqsadida Yodgorshoh arlotning qiziga uylanadi va qarindoshlik aloqalarini
bog’laydi. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, bu nikohdan bir o’g’il farzand
tug’ilgan bo’lib, unga Boysunqur Mirzo deb ism berishgan. Ammo, shahzoda tug’ma
soqov bo’lgani manbada ta’kidlanadi.

Alouddavlaga yordam bergan arlot qabilasi vakillari Husayn Bayqaroga ham

yordam beradi. Bu paytda arlot eliga Yodgorshoh arlotning farzandlaridan amir Pir
Muhammad arlot, Ja’far arlot va Zaynulobidin arlotlar boshchilik qilayotgan edi.
Abdurazzoq Samarqandiy ko’p marta tilga olgan etnoslardan yana biri arg’unlar
bo’lib, manbada arg’un, arg’uniy shakllarida uchraydi. Masalan, Abu Said Mirzoning
Nur Sa’id va amir Sulton Arg’uniy degan amirlari bo’lib, Mirzo Muhammad Jo’kiy
tomoniga o’tib ketadi. Abu Said Mirzoni amir Sayid Asil Arg’uniy degan amiri ham
bo’lib, hukmdor uni Xurosonga yuborganini yozadi Abdurazzoq Samarqandiy.

Xulosa o’rnida aytganda, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va

majmai bahrayn” asari XV asr Movarounnahr va Xuroson tarixini yoritishda muhim
tarixiy asar sifatida nafaqat ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlardan tashqari
etnik jarayonlar tarixi ham batafsil aks etgani bilan bu davrdagi boshqa manbalardan
ajralib turadi. Manbani bu davr boshqa manbalari bilan qiyosiy taqqoslab o’rganish
mazkur davr tarixiy jarayonlarini yanada chuqurroq o’rganishimizga katta yordam
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъ ус-саъдайн ва мажмаъ ул-

баҳрайн./ Форс тилидан таржима, кириш сўз ва изоҳли луғатлар муаллифи А.
Ўринбоев. II/1. – Т.: Фан, 1969. – 463 б.; II/1. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 632 б.;
II/2, 3. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 832 б.

2.

Абулғозий. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – 189 б.

3.

Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 287 б.

4.

Давлатшоҳ Самарқандий.

“Тазкират уш-

шуаро”дан

//

Амир

Темур

ва Улуғбек


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

84

Synapses:

Insights Across the Disciplines

замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 8-15.

5.

Мирхонд. “Равзат ус-сафодан” // Амир Темур ва Улуғбек

замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 100-135.

6.

Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т.: Фан, 1961. – 360 б.

7.

Хондамир, Ғиёсиддин ибн Хумомиддин. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори

башар (Башар аҳли сийратидан хабар берувчи дўст) / Масъул муҳаррир А.
Аҳмедов; Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари: И. Бекжонов, Ж.
Ҳазратқулов. – Тошкент: Ўзбекистон, 2013. – 1272 б.

8.

Ҳофизи Абру. “География”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси)

// Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев,
О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 62-75.

9.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев

таржимаси) // Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар:
А.Ўринбоев, О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 81-83.

10.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев

таржимаси) // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи,
1996. – Б. 298-310.

11.

Фасиҳ ал-Хавофий. Мужмали Фасиҳий / Таржима, кириш, изоҳлар

ва кўрсаткичлар Д.Ю. Юсупованики. – Т.: Фан, 2018. – 542 б.

References

Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъ ус-саъдайн ва мажмаъ ул-баҳрайн./ Форс тилидан таржима, кириш сўз ва изоҳли луғатлар муаллифи А. Ўринбоев. II/1. – Т.: Фан, 1969. – 463 б.; II/1. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 632 б.; II/2, 3. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 832 б.

Абулғозий. Шажарайи турк. – Т.: Чўлпон, 1992. – 189 б.

Бобур. Бобурнома. – Т.: Ўзбекистон, 2008. – 287 б.

Давлатшоҳ Самарқандий. “Тазкират уш-шуаро”дан // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 8-15.

Мирхонд. “Равзат ус-сафодан” // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 100-135.

Муҳаммад Солиҳ. Шайбонийнома. – Т.: Фан, 1961. – 360 б.

Хондамир, Ғиёсиддин ибн Хумомиддин. Ҳабиб ус-сийар фи ахбори башар (Башар аҳли сийратидан хабар берувчи дўст) / Масъул муҳаррир А. Аҳмедов; Форс тилидан таржима, муқаддима муаллифлари: И. Бекжонов, Ж. Ҳазратқулов. – Тошкент: Ўзбекистон, 2013. – 1272 б.

Ҳофизи Абру. “География”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 62-75.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Темурийлар бунёдкорлиги давр манбаларида. Тузувчилар: А.Ўринбоев, О.Бўриев. – Тошкент, 1997. – Б. 81-83.

Ҳофизи Абру “Зубдат ат-таворих”дан (форс тилидан О.Бўриев таржимаси) // Амир Темур ва Улуғбек замондошлари хотирасида. – Т.: Ўқитувчи, 1996. – Б. 298-310.

Фасиҳ ал-Хавофий. Мужмали Фасиҳий / Таржима, кириш, изоҳлар ва кўрсаткичлар Д.Ю. Юсупованики. – Т.: Фан, 2018. – 542 б.