Authors

  • Faxriddin Kurbonov
  • Farzona Usanova
    Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti
  • Sherzod Ochildiyev
    Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti
  • Lola Sharifova
    Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63324

Keywords:

Tabiiy suvlar rentgenfluoressent tahlili umumiy qattiqligi nitratlar ioni sulfatlar ioni nitritlar ioni inversion voltampermetriya.

Abstract

Surxondaryo viloyatidagi tabiiy suvlar tarkibidagi elementlar miqdori energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometri tahlili bilan aniqlandi, inversion voltampermetriya usulida aniqlangan natijalar bilan solishtirildi. Tabiiy suv tarkibining umumiy qattiqligi, nitratlar ioni, sulfatlar ioni, nitritlar ioni miqdori spektrofotometrik usullarda o‘rganildi. Viloyatning turli hududlardagi suvlar mavsumiy monitoring o‘tkazildi hamda solishtirish natijalari o‘rganildi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

100

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tabiiy suvlar tarkibini energiya dispersion rentgenfluoressent tahlili

Kurbonov Faxriddin Bobomuratovich

1

Usanova Farzona Beknazar qizi

1

,

Ochildiyev Sherzod Sherali o‘g‘li

2

Sharifova Lola Baxodirovna

2

Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti

E-mail:

vxdjmxzh@gmail.com

sharifovalola601@gmail.com

Annotasiya:

Surxondaryo viloyatidagi tabiiy suvlar tarkibidagi elementlar

miqdori energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometri tahlili bilan aniqlandi,
inversion voltampermetriya usulida aniqlangan natijalar bilan solishtirildi. Tabiiy suv
tarkibining umumiy qattiqligi, nitratlar ioni, sulfatlar ioni, nitritlar ioni miqdori
spektrofotometrik usullarda o‘rganildi. Viloyatning turli hududlardagi suvlar
mavsumiy monitoring o‘tkazildi hamda solishtirish natijalari o‘rganildi.

Kalit so‘zlar: Tabiiy suvlar, rentgenfluoressent tahlili, umumiy qattiqligi,

nitratlar ioni, sulfatlar ioni, nitritlar ioni, inversion voltampermetriya.

Aннотация: Количество элементов в природных водах Сурхандарьинской

области определяли методом энергодисперсионного рентгенофлуоресцентного
анализа и сравнивали с результатами, определенными методом инверсионной
вольтамперометрии. Спектрофотометрическими методами изучена общая
жесткость состава природной воды, количество нитрат-иона, сульфат-иона,
нитрит-иона. Проведен сезонный мониторинг воды в разных районах области и
изучены результаты сравнения.

Ключевые слова: Природные воды, рентгенофлуоресцентный анализ,

общая жесткость, нитрат-ион, сульфат-ион, нитрит-ион, инверсионная
вольтамперометрия.

Annotation: The amount of elements in natural waters of the Surkhandarya

region was determined by the method of energy-dispersive X-ray fluorescence analysis
and compared with the results determined by the method of stripping voltammetry.
Spectrophotometric methods were used to study the total hardness of the natural water
composition, the amount of nitrate ion, sulfate ion, nitrite ion. Seasonal water


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

101

Synapses:

Insights Across the Disciplines

monitoring was carried out in different areas of the region and the results of the
comparison were studied.

Keywords: Natural waters, X-ray fluorescence analysis, total hardness, nitrate

ion, sulfate ion, nitrite ion, stripping voltammetry.


Kirish. Bugungi kunda insonlar va tabiatdagi tirik organizmlar yashashi hamda

rivojlanishi uchun suv eng muhim resurs hisoblanadi. Mintaqamizda iqlim o‘zgarishi,
yog‘ingarchilik miqdori, еr osti suvlari sathining kamayishi, suvga bo`lgan ehtiyoj
ortishi sababli, bir qancha muammolar yuzaga kelmoqda. Tabiiy suvlar zahirasi,
tozaligini saqlash, zararli kimyoviy moddalar bilan zararlanishini oldini olish, tabiiy
suvlarning iste’molga yaroqliligini belgilash uning fizik-mexanik va fizik-kimyoviy
xususiyatlarini saqlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Tabiiy suvlar
tarkibidagi mikroelementlar miqdorining ortishiga sabab suv oqimi, tezligi, muhiti,
harorati va eruvchanlikning ta’siri bo‘lsa, sanoat korxonalari oqova suvlarini еtarli
darajada tozalanmasdan daryo suviga qo‘shilishidir. Demak, oqova suvlarining
zararlanganlik darajasini aniqlash, suvdagi mikroelementlar miqdorini kamaytirish
usullarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.

Ushbu tadqiqot ishlarida ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari tavsiflangan va

sement ishlab chiqarishni ekologik modernizasiya qilishning asosiy yo‘nalishlari sanab
o‘tilgan, mualliflarning fikriga ko‘ra, sement changining miqdorini kamaytirish,
ifloslantiruvchi moddalar miqdorini kamaytiradigan yopiq suv ta’minoti tizimini
yaratish, chang va boshqa ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarilishini oldi
olingan [1,2].

Olimlar o‘z ishlarida tabiiy va issiq suvni iste’mol qilish uchun

hisoblagichlardan foydalanish iste’molchini suv iste’molini nazorat qilishga undaydi
va belgilangan me’yorlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘lash bilan solishtirganda
xarajatlarni 30-40% ga kamaytiradi deb hisoblaydilar [3,4].

Ushbu tadqiqot ishida suvdagi temir miqdori o‘simliklar va odamlar uchun uning

asosiy manbalaridan biri ekanligi hamda еr usti va vodoprovod suvlarida temir
tarkibini monitoring qilish yildan-yilga dolzarb vazifa hisoblanishi aytib o‘tilgan.
Tadqiqot ob’ektlari daryodan olingan suv namunalari va Krasnoyarsk yaqinidagi


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

102

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Yenisey, shuningdek, Krasnoyarskning uchta turli tumanlarining kranlaridan olingan
quvur suvi tarkibidagi temir ionlarini spektrofotometrik usul bilan aniqlangan [5].

Sanoat korxonlarning oqova suvlarini o‘rganish juda muhim hisoblanib, tabiiy

suvlar ifloslanishi tirik organizmlar va atrof-muhitga salbiy ta'siri ortib bormoqda.
Surxondaryo viloyatidagi Xandiza koni oqova suvlari tarkibidagi mikroelementlar,
og‘ir metallar va uning muhiti spektrofotometrik usulda o‘rganildi. Suvlarning
tarkibida temir, qo‘rg‘oshin, rux, mis metallari ionlarining miqdori yuqori ekanligi
aniqlandi. Aniqlangan ko‘rsatgichlarga asoslanib keyingi ishlarni amalga oshirish
uchun vazifalar belgilanib olindi. [6].

Er osti suvlari va okean sho'r suvlari turli tuzlarning yuqori konsentratsiyasini

o'z ichiga oladi va unda mavjud bo'lgan yod ionlari asosan kaliy yodid shaklida bo'ladi.
Ular birinchi navbatda maxsus oksidlovchilar ta'sirida oksidlanadi. Chiqarilgan yod
geksametilentetramin asosida cho‘ktirilib, uning tarkibi rentgen-fluoressensiya usulida
kuzatildi. Ushbu tahlil natijalari tahliliga ko'ra, birikma tarkibidagi aminokislotalar
orqali yodid bilan kompleks birikma hosil bo'lganligi taxmin qilingan. [7].

Materiallar va usullar. Tadqiqot ishida Batometr M-1 uskunasi yordamida

suvdan namuna olindi, suyuq shisha yordamida sorbsiya, rentgenfluoressent
spektroskopiyasi usulida ayrim metallar miqdori aniqlandi.

Suv namunalarini olish usuli. Suvdan namuna olishda uziga xos uslubda olinadi

agar oqar suv xavzalaridan namuna olinadigan bo‘lsa u holda namuna olish asbobi
batometr yordamida aniq belgilangan teng oraliq vaqtda namuna olinadi. Tabiiy suv
havzalaridan suv namunasi olishga mo‘ljallangan Batometr M-1 uskunasi yordamida
suv namunasi olinib, tahlil ishlari olib borildi.

Ochiq suv havzalaridan suv namunalari maxsus namuna oluvchi uskuna

yordamida namuna hajmi belgilangan tartibda tahlillarni barchasiga еtarli darajada
olinishi shart.

Namunaga bayonnoma rasmiylashtirilib, unda manbaning nomi va uning

joylashgan joyi, namuna olish sanasi (yil, oy, sana va soat), namuna olish joyi va
nuqtasi, ob-havo sharoiti, suv harorati, tekshirish maqsadi keltirib o‘tiladi.

Tahlil ishlari energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometrida olib borildi.
EDX-8100 energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometri termoelektrik

sovutilgan kremniy drift detektorlari asosidagi, mukammal sezuvchanlik va aniqlikni


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

103

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ta'minlaydi, turli ilmiy va sanoat maqsadlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin,
materiallarning atrof-muhit nazoratidan tortib, yuqori quvvat talab qiladigan
tahlillargacha aniqlikda, yuqori sezgirlikda o’lchovlarni amalga oshiradi.

Rentgen-fluoreseans spektrometri aniqlanadigan namunaning elementar

tarkibini aniqlashda identifikatsiyalash elementning xarakterli nurlanishining spectral
chiziqlari energiyasi va ularning nisbiy intensivliklari jadvalli qiymatlar bilan mos
kelishiga asoslanadi. La ga qadar yorug‘lik elementlarini aniqlash uchun K
seriyasining spectral chiziqlari, og’ir elementlar uchun esa L seriyasining spectral
chiziqlari qo’llaniladi.


1-rasm. tabiiy suvning rentgen spektral taxlili

Zamonaviy spektrometrlarning dasturiy ta’minoti olingan ma’lumotlarni

avtomatik ravishda dekodlash imkonini beradi. Tabiiy suv namunasida topilgan
kimyoviy moddalar qatori ro‘yxati keltirib o‘tildi.

2-rasm.Tabiiy suvining rentgen spektral taxlili


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

104

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Tabiiy suvlarni energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometrida kimyoviy

elementlar miqdori sifat tarkibi aniqlandi (2-rasm).

Tahlil natijalariga ko’ra, Tabiiy suv birinchi namunasida Ca+2 0.016% (3.70

keV) K+ 0.011%(3.32 keV), Zn+2 0.001%(8.64 keV), ikkinchi namunasida Ca+2
0.002% (3.68 keV) , uchinchi namunasida Zn+2 0.002%(8.66 keV), to`rtinchi
namunasida Ca+2 0.012% (3. 69 keV) , Zn+2 0.001%(8.64 keV), beshinchi
namunasida Al+3 48.903% (76.982 keV), S 48.592%(21.674 keV), Cu+2
1.535%(0.672.64 keV), Fe+3 0.971 %(0.672 keV) elementar natijalari 10 mm
colimatorda foizini hamda har bir elementning ionlanish energiyasi natijalari ko’rsatib
o’tilgan.

Xulosa. Tabiiy suvlarini energiya dispersli rentgen-fluoresans spektrometrida

tahlili o‘tkazilda, natijalarga ko‘ra shaxta suvidan olingan suv namunalarida metall
ionlarining miqdori yuqori ekanligi shuningdek suvning qattiqligi o‘rganilganda
umumiy qattiqligi davlat standarti talabidan 1.2 barobar yuqori ekanligi aniqlandi,
o`rganilgan nitratlar ioni, sulfatlar ioni, nitritlar ioni miqdori element taxlil analizi
natijalari bilan solishtirilib, belgilangan mayor darajasidan oshmaganligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


1.

Коробова О.С., Ткачева А.С. Экологические аспекты цементного

производства //Горный информасионно-аналитический бюллетен (научно-
технический журнал). ИССН 0236-1493. 2016 №7. С.42-46.

2.

Романовский В.И., Гуринович А.Д., Бахмат А.Б. Отсенка

эффективности исползования осадков сточных вод г. Минска в производстве
цементного клинкера //

Журнал «Вода Магазине», №6 (94), 2015 г.

ҳттпс://реп.бнту.бй/битстреам/ҳандле/дата/31208/ 156-162с

3.

Кабулов А.В., Сейтов А.Ж., Кудайбергенов А.А. Критерий

управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов
водохозяйственных систем //ИЛИМ ҳáм ЖÁМИЙЕТ. 2021 г. С. 6-8.

4.

Кутенкова Я.А., Панова А.Л., Дениско В.В. “Определение ионов меди

в водопроводных и поверхностных водах методом спектрофотометрии”


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

105

Synapses:

Insights Across the Disciplines

//“Краснояр.науч.сентр

Сибирского

отделения

Российской

Академии

наук”.Междитсиплинарная конференция молодых учёных. 2021 г. 109 с.

5.

Кулижников А., Рыжов К., Ленин В. Спектрофотометрическое

определение ионов железа в поверхностных и водопроводных водах г.
Красноярска //“Краснояррский Научный Центр Сибирского отделения
Российской Академии наук”. Междициплинарная конференция молодых учёных
ФИЦ КНЦ СО РАН 2021 г. 108 с.

6.

Kurbonov F.B., Safarova R.T., Jumaeva Z.E., Eshonqulova H. (2023).

“Surxondaryo viloyati ochik suv xavzalarini ifloslanish manbalari va suv
manbalarining xozirgi ekologik xolati”,

Journal of Universal Science Research

, 1(4),

pp. 368–372.

Available at:

https://universalpublishings.com/index.php/jusr/article/view/506

7.

Uralov N.B, Turayev Kh.Kh, Normurodov B.A, Karimov M.U, Kasimov

Sh.A., Kurbanov F.B, & Kadirova M. (2024). CONCENTRATION AND ANALYSIS
OF IODINE CONTAINED IN GROUND SALINE WATERS ON THE BASE OF
HEXAMETHYLENETETRAMINE.

Multidisciplinary Journal of Science and

Technology

,

4

(3),

276–280.

Retrieved

from

https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/1025




References

Коробова О.С., Ткачева А.С. Экологические аспекты цементного производства //Горный информасионно-аналитический бюллетен (научно-технический журнал). ИССН 0236-1493. 2016 №7. С.42-46.

Романовский В.И., Гуринович А.Д., Бахмат А.Б. Отсенка эффективности исползования осадков сточных вод г. Минска в производстве цементного клинкера // Журнал «Вода Магазине», №6 (94), 2015 г. ҳттпс://реп.бнту.бй/битстреам/ҳандле/дата/31208/ 156-162с

Кабулов А.В., Сейтов А.Ж., Кудайбергенов А.А. Критерий управления задач оперативного управления водными ресурсами объектов водохозяйственных систем //ИЛИМ ҳáм ЖÁМИЙЕТ. 2021 г. С. 6-8.

Кутенкова Я.А., Панова А.Л., Дениско В.В. “Определение ионов меди в водопроводных и поверхностных водах методом спектрофотометрии” //“Краснояр.науч.сентр Сибирского отделения Российской Академии наук”.Междитсиплинарная конференция молодых учёных. 2021 г. 109 с.

Кулижников А., Рыжов К., Ленин В. Спектрофотометрическое определение ионов железа в поверхностных и водопроводных водах г. Красноярска //“Краснояррский Научный Центр Сибирского отделения Российской Академии наук”. Междициплинарная конференция молодых учёных ФИЦ КНЦ СО РАН 2021 г. 108 с.

Kurbonov F.B., Safarova R.T., Jumaeva Z.E., Eshonqulova H. (2023). “Surxondaryo viloyati ochik suv xavzalarini ifloslanish manbalari va suv manbalarining xozirgi ekologik xolati”, Journal of Universal Science Research, 1(4), pp. 368–372.

Uralov N.B, Turayev Kh.Kh, Normurodov B.A, Karimov M.U, Kasimov Sh.A., Kurbanov F.B, & Kadirova M. (2024). CONCENTRATION AND ANALYSIS OF IODINE CONTAINED IN GROUND SALINE WATERS ON THE BASE OF HEXAMETHYLENETETRAMINE. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(3), 276–280. Retrieved from https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/1025