SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
114
Synapses:
Insights Across the Disciplines
QUDUQ STVOLINING MUSTAHKAMLIGINI USHLAB TURISH UCHUN
INGIBIRLANGAN BURG‘ILASH ERITMALARINI QO‘LLASH VA UNI
ASOSLASH
Mirzayev Ergash Safarovich
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti dotsenti
O‘zbekiston Respublikasi,
Qashqadaryo viloyati,
Annotatsiya:
Burg‘ilash jarayonida har xil turdagi geologik tuzilishga ega
bo‘lgan qatlamlar uchraydi. Har bir geologik qatlam uchun mos bo‘lgan burg‘ilash
eritmalari tanlanadi. Ushbu maqolada quduq devorining mexanik mustahkamligi tog‘
jinsining mexanik xossalari va qo‘llaniladigan burg‘ilash eritmasining tarkibi
o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
gorizontal uchastka, kontaktlashish, quyqum, eroziyalanish,
kollektor xossalari, namlanish, tog‘ jinsi xossalari, gidratatsiyalanish.
ПРИМЕНЕНИЕ И ОБОСНОВАНИЕ ИНГИБИРОВАННОГО
БУРОВОГО РАСТВОРА ДЛЯ ПОДДЕРЖАНИЯ ПРОЧНОСТИ СТУДОВ
СКВАЖИНЫ
Мирзаев Эргаш Сафарович
Доцент Каршинского инженерно-экономического института
Республика Узбекистан,
Кашкадарьинская область,
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
115
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Аннотация:
В процессе бурения обнаруживаются пласты с различным
типом геологического строения. Для каждого геологического пласта
подбираются подходящие буровые решения. В данной статье исследованы
механическая прочность стенки скважины, механические свойства породы,
состав используемого бурового раствора.
Ключевые слова:
горизонтальная участка, контакт, отложение, эрозия,
коллекторские свойства, смачивание, свойства горных пород, гидратация.
APPLICATION AND JUSTIFICATION OF INHIBITED DRILLING
MUD TO MAINTAIN THE STRENGTH OF WELL JOINTS
Mirzaev Ergash Safarovich
Associate Professor of the Karshi Engineering and Economics Institute
Republic of Uzbekistan,
Kashkadarya region,
Abstract:
During drilling, layers with different types of geological structure are
detected. Suitable drilling solutions are selected for each geological layer. This article
examines the mechanical strength of the borehole wall, the mechanical properties of
the rock, and the composition of the drilling fluid used.
Keywords:
horizontal section, contact, accumulation, erosion, reservoir
properties, wetting, rock properties, hydration.
Hozirgi vaqtda quduqlarni qiya-yo‘naltirilgan burg‘ilash jarayoni amaliyotda
keng qo‘llanilmoqda ya’ni, ayniqsa tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan quduqning
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
116
Synapses:
Insights Across the Disciplines
konstruksiyasidan amaliyotda keng foydalanilmoqda. Bu turdagi quduqlarni qurish
usullari tik quduqlarni burg‘ilashga nisbatan ekspluatatsiyaga berilgandan keyin juda
samarali va tejamkor hisoblanadi. Bunday turdagi quduqning konstruksiyasida
mahsuldor qatlam bilan kontaktlashish yuzasi katta bo‘ladi hamda quduqning debiti
ham yuqori bo‘ladi [1].
Ko‘p holatlarda gorizontal uchastka bilan tugallanadigan quduqlar kollektorlarni
qatlamlashish tekisligiga parallel burg‘ilanadi. Boshqacha qilib aytganda kollektor
bilan katta kontakt sohasi shakllanadi. O‘z navbatida tik quduqlarga baho beradigan
bo‘lsak – bu quduq, qatlamlashgan kollektorlarning tekisligini 90
0
burchak ostida kesib
o‘tadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda quduqlarni gorizontal uchastka bilan
loyihalashtirish maqsadga muvofiqdir yoki tiklikdan katta og‘ish burchagi bilan
tugallash hisoblanadi. Bunday turdagi quduqlarni qurish kollektorlar tik joylashganda
to‘g‘ri keladi, quduqning trayektoriyasi to‘liq tikkasiga bir nechta burg‘ilanadigan
zonani qirqib o‘tadi. Burg‘ilash nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, quduqning
trayektoriyasi ustidan nazorat qilish eng samarali amalga oshiriladi.
Quduqlarning qurilishi gorizontal uchastka bilan tugallanganda quduq
devorining mustahkamligi, quduqning gorizontal yoki qiya qismini quyqumlardan
tozalash jarayoni va qo‘yqumlarning yer ustiga olib chiqish muommolari bilan bog‘liq
bo‘ladi. Bu muommolarni yechimi topish bo‘yicha katta tadqiqot ishlari olib
borilmoqda.
Quduq devorining barqarorligi (mustahkamligi) quyidagi jarayonlar bilan
bog‘liqdir: quduq devorining nurashi, quvurlarni qisilishi, suyuqlik sirkulyatsiyasining
yo‘qolishi. Bu sanab o‘tilgan jarayonlar umumiy mahsulli vaqtning 40 – 44%ni
egallaydi ya’ni, shu vaqt davomida jins parchalovchi asboblar loyihada ko‘rsatilgan
vaqt davomida harakatlanmaydi. Bunday moliyaviy holatlar katta xarajatlarni keltirib
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
117
Synapses:
Insights Across the Disciplines
chiqaradi hamda servis va shaxsiy kompaniyalar oldindan buni qoplash uchun 10-20%
xarajatlarni tasdiqlaydi.
Tog‘ jinslarini mustahkamligini parchalaydigan va mustahkamligini
pasaytiradigan uchta omilni ko‘rib chiqamiz.
Yuvuvchi suyuqlikning oqimi bilan tog‘ jinslarini mexanik yuvilishi. Bu
jarayonda burg‘ilash eritmasining ta’sirida kuchsiz tog‘ jinslari va ularning sementlari
yuviladi ya’ni, quduq devorining buzilishi sodir bo‘ladi.
Quduq stvoli atrofi zonasida kuchlanish holatining o‘zgarishi. Gorizontal, tik,
yon (tog‘) bosimi ularni ochilishida tog‘ jinslarini deformatsiyalashga sabab bo‘ladi
ayniqsa, qirqimlarda ho‘llangan va plastik loylar mavjud bo‘lganda.
Quduq tubi zonasida quduqning stvolidagi tog‘ jinslariga yuvuvchi
suyuqlikning fizik-kimyoviy va kimyoviy ta’siri. Kimyoviy eroziya fizik-kimyoviy
jarayonlar bilan aniqlanadi, qaysiki, devorlarda eritmaning filtrati bilan o‘zaro
ta’sirlanganda sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar parametrlarning turiga, qo‘llaniladigan
burg‘ilash eritmasining tarkibiga, tog‘ jinsining mineralligi tarkibiga, qatlam
suyuqliklarining kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi [2].
Bu muommolarni yechish tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan quduqlarning
qurilish samaradorligini oshirish, moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, ishlab
chiqarishga kirmagan vaqtni qisqartirish bilan bog‘liqdir.
Quduq devorining mustahkamlik muommolari. Quduq devorining mexanik
mustahkamligi tog‘ jinsining mexanik xossalari bilan to‘g‘ri bog‘langan. Tog‘ jinslar
yer bag‘rida zich yoki yumshoq agregatlar ko‘rinishida joylashadi.
Tog‘ jinslari kelib chiqishiga ko‘ra metamorfik, magmatik va qoldiq (cho‘kindi)
turlariga bo‘linadi. Asosiy jins shakllantiruvchi minerallar quyidagilar hisoblanadi:
gidrofilli loyli minerallar (montmorillonit, kaolinit va boshqalar), silikatlar (dala
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
118
Synapses:
Insights Across the Disciplines
shpatlari, slyuda, piroksenlar, amfibollar), kvarslarni guruhi (kvars, kremen, xalsedon
va boshqalar.), karbonatlar (kalsit, dolomit) va suvda eriydigan materiallar (gips, galit
va boshqalar.) [1].
Bu ishda asosiy yo‘nalish cho‘kindi tog‘ jinslarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Cho‘kinda tog‘ jinslari – tog‘ jinslarining asta-sekin cho‘kindilarning to‘planishi
natijasida shakllanadi. Bu turdagi tog‘ jinslariga qumoqtosh, slanslar, ohaktoshlar,
torf, lignit, qo‘ng‘ir va toshko‘mir, antratsit, tosh tuz va boshqalar mansubdir. Neft va
gaz quduqlarini burg‘ilashda ko‘pincha quyidagi minerallardan tashkil topgan tog‘
jinslari uchraydi: karbonatli (kalsit, dolomit), oksidli (kvars va boshqalar.), loyli
(kaolinit, montmorillonit va boshqalar.), sulfatli (gips, angidrit, barit). Loyli minerallar
- suvli alyuminiy silikatlari qaysiki, kichik o‘lchamga ega ekanligi va tangachali
tuzilishni tavsiflaydi.
Tog‘ jinslari o‘zining tuzilishiga muvofiq kristalli, amorf va bo‘lakchali turlarga
sinflanadi. Kristalli tog‘ jinslari kimyoviy reaksiyalar natijasida shakllanadi va yer
bag‘rida hosil bo‘ladi yoki suvli eritmalardan to‘shadi. Bu turdagi tog‘ jinslariga tuz,
gips, bo‘r, dolomitlar, angidritlar, ohaktoshlar va organogenli tog‘ jinslari mansubdir
qaysiki, ular organizmlarning hayot faoliyatidagi eng oxirgi mahsulot hisoblanadi.
Tog‘ jinslari bir jinsli (yaxlit), noyaxlit, izotrop va anizotrop turda bo‘ladi.
Izotrop tog‘ jinslari hamma yo‘nalishlarda bir xossalarga ega bo‘ladi hamda o‘z
navbatida anizotroplar – har xil yo‘nalishlarda bir xil bo‘lmagan xossaga ega bo‘ladi.
Tog‘ jinslarining mustahkamlik va elastiklik xossalari qatlamlashish tekisligiga ta’sir
qiluvchi kuchning yo‘nalishiga bog‘liq holda bir – biridan farq qiladi.
Tog‘ jinslarining xususiyati tashqi ta’sir qiluvchi kuchlarni shaklining
o‘zgarishi, butunligini sezishi va o‘lchamlari esa mexanik xossalariga mansubdir.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
119
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Mexanik xossalariga quyidagi tushunchalar mansubdir: tog‘ jinsining
mustahkamligi (nazariy va texnik), qattiqligi, elastikligi, plastikligi.
Tog‘ jinslarining mustahkamligi – tuzilishi buzilmasdan aniq sharoitlarda
kuchning ta’sirini qobul qilish xususiyatidir.
Tog‘ jinsining qattiqligi – begona jismlarni tadbiqiga qarshilik xususiyati.
Elastik – tog‘ jinsining shaklini va kuch ta’sir qilganda hajmini o‘zgartirish
xususiyati hamda undan kuch ta’siri olingandan keyin birlamchi holatining tiklanishi.
Plastiklik - tog‘ jinsining shaklini va kuch ta’sir qilganda hajmini o‘zgartirish
xususiyati hamda undan kuch ta’siri olingandan keiyn qoldiq deformatsiyani saqlashi.
Tog‘ jinslarini oddiy sharoitlarda murt va plastiklarga bo‘lish qobul qilingan.
V.S.Fedorovning fikri bo‘yicha bu parametrlarni jismning material xossasi emas holati
sifatida qaraladi. Tog‘ jinsining holati tushunchasi quyidagilar: tuzilmasi,
kamchiliklari va siljishi donalarning o‘ziga mansubdir (panjariga), ularning yuzasi va
moddasining donalarini, haroratni va ularga kuchlarning ta’sirini hamda ularning
qiymatini bog‘laydi. Tog‘ jinslarining aniq omillarini biriktirganimizda ular o‘zlarini
murt va plastik jism kabi olib boradi [3].
Murt parchalanishi – tog‘ jinsning bir zumda ko‘tilmasdan parchalanish
jarayonidir. Jarayon qattiq tog‘ jinslari uchun mansubdir.
Plastik deformatsiya – kuchlanish katta bo‘lmagan holda oshirilishi yoki
pasaytirilganda tezda deformatsiyaning oshish jarayoni bo‘lib, eng oxirgi hisobda
parchalanishga olib keladi. Bu turdagi parchalanishlar plastik tog‘ jinslari qaysiki, tosh
tuzi va loyli slanslarga tavsiflidir.
Tektonik kuchlanish – yotgan tog‘ jinslaridan yuqori bo‘lgan bosim bo‘lib, tog‘
jinslarini sinashda ko‘rib chiqiladigan holati gravitatsion kuchlar ta’sirida kuchlanish
holatlarini chaqiradi [2]. Bu omillarning umumiy jamlanmasi Р
gr
tog‘ bosimini
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
120
Synapses:
Insights Across the Disciplines
aniqlaydi qaysiki, u yuqorida joylashgan tog‘ jinslarining ρ
0
zichligiga bog‘liq holda
aniqlash qobul qilingan (hajmiy zichligidir).
Р
gr
= ρ
0
gH, (1)
bu yerda g- erkin tushish tezlanishi; H- ko‘rib chiqiladigan chuqurlik.
Tog‘ bosimlari yon bosimlarga ta’sir qiladi qaysiki, ajratilgan tog‘ jinsi
hajmining massivning radial deformatsiyasiga qarshilik qilishga asoslangan.
Zichlikning ρ
0
ning qiymati odatda 2,3 g/sm
3
qobul qilingan, shuning uchun geostatik
bosimning gradiyenti S / H= 22,6 kPa/m. Nisbatan yaqin davrlarda shakllangan
cho‘kindi basseynlarda yuza qismida tog‘ jinsining hajmiy zichligi kichik bo‘ladi va
chuqurlashganda uning zichligi oshib boradi.
Р
b
= J / (1 - μ) -Р
г
, (2)
bu yerda μ – Puasson koeffitsiyenti.
Keyin esa qoldiq tog‘ jinslari yetarli darajada zichlanadi, donalar oralig‘ida
kontakt shakllanadi, qattiq skelet va flyuid bo‘lishiga bog‘liq bo‘lmagan tog‘ bosimini
qobul qiladi.
P
f
= ρ
f
g H, (3)
Bu yerda ρ
f
- g‘ovaklik muhitidagi flyuidning zichligi; H- chuqurlik.
Tog‘ jinslari o‘zining holatiga ko‘ra qovushqoq elastik, tik kuchlanishlar
gorizontal tashkil etuvchilarni keltirib chiqaradi. Itonning fikriga ko‘ra gorizontal
tashkil etuvchilar bir tekis taqsimlangan va Puasson koeffitsiyenti yordamida
aniqlanadi:
W= С
р
/
C
v
, (4)
Bu yerda С
р
- nisbiy ko‘ndalang deformatsiya; C
v
- nisbiy bo‘ylama deformatsiya.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
121
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Bu ifodaning asosida bir xil yo‘l qo‘yish mavjud ya’ni, qoldiq tog‘ jinslari yopiq
qattiq hajmda joylashadi, unda hech qanday yon tomonga siljish sodir bo‘lmaydi.
Bunda yer bag‘rida katta tashlanmalarning sodir bo‘lishi teskarisini omillarni
ko‘rsatadi. Uillis va Xabbert o‘zlarining ishlarida gorizontal kuchlanishlar butun
geologik tarixining ta’sir qilish davomida tektonik kuchlar o‘zining ko‘rinishini
o‘zgartiradi. Ular tog‘ jinslarida uchta teng bo‘lmagan tashkil etuvchi kuchlanishlar
to‘g‘ri burchak ostida bir-biriga ta’sir qiladi va haqiqatdan bir nuqtaga birlashadi: eng
katta asosiy yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lmagan kuchlanish – az, amplituda bo‘yicha asosiy
oraliqdagi kuchlanish – au, eng kichik kuchlanish – ax. Qachonki, az va au
oralig‘idagi farq tog‘ jinsining mustahkamligidan oshib ketganda kuchlanishni
tashlanishi va pasayishi sodir bo‘ladi, keyin esa uni sekin asta o‘sadi.
1-rasm. Yer bag‘rida bosh kuchlanishlarni paydo bo‘lish sxemalari
Tog‘ jinsining holatini hamma tomonlama suyuqlik va suv ta’sirida siqilishini
ko‘rib chiqish asosiy omillardan hisoblanadi. Shreyner L.A. va Baydyuk B.V.
kuchlanish holatini va namlikni quduqlardagi loyli tog‘ jinslarining mustahkamligiga
ta’sir qilishlarini o‘rganishgan. Ular plastik tog‘ jinslari o‘zining mustahkamligini aniq
chuqurlikkacha namlanish mavjud bo‘lmaganda saqlaydi degan xulosa chiqarishgan.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
122
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Hozirgi vaqtda eritmalarning parametrlarini o‘shlab turish va quduqlarni
qo‘yqumlardan samarali tozalashda eritmaga sirt faol moddalar (SFM) qo‘shiladi. Suv
asosidagi burg‘ilash eritmasi SFM bilan eritilganda tog‘ jinsining yuzasidagi
energiyani amalda pasaytiradi va uning mustahkamligi va qattiqligini tushirib yuboradi
(P.A.Rebinderning effekti) [4].
Quduqlarni yo‘naltirilgan burg‘ilashda quduqni qo‘yqumlardan sifatli
tozalashda va yuqori tezlikda qazishni olib borish uchun katta bosimdagi sirkulyatsiya
talab qilinadi. Ammo yuqori natijalarga erishish uchun quyidagi omillar hisobga
olinadi: qazish o‘tish tezligi, fazoviy burchakni o‘zgartirish (egrilanish), qisib qolish
va burg‘ilash asboblarini kutiladigan abraziv yeyilish, bosimni boshqarish.
Quduqlarni tiklikdan katta og‘ish bilan loyihalashtirishda burg‘ilash
eritmasining zichligini aniqlash juda muhim hisoblanadi ya’ni, ochiq stvolda
devorning mustahkamligini ta’minlaydi. Ko‘p holatlarda tik qidiruv va baholash
quduqlarida barqarorlashtirish uchun talab qilinadigan burg‘ilash eritmasining zichligi
bunday stvolda muommolarni bartaraf qilishda qo‘llaniladigan zichliklardan farq
qiladi.
Burg‘ilash eritmasining asosiy vazifalari – to‘xtovsiz quduq tubini
qo‘yqumlardan tozalash, uni yer yuzasiga olib chiqish, jins parchalovchi asboblarning
ishchi fazosini tozalash hisoblanadi. Burg‘ilash eritmasining asosiy vazifasiga
burg‘ilash asboblarini sovutish va moylash (doloto, burg‘ilash kolonnasini), quduqning
devoridagi ishqalanish kuchlarini kamaytirish, asboblarni o‘z muddatidan oldin
yoyilishining oldini olish hisoblanadi.
Bundan tashqari burg‘ilash eritmasi eng muhim vazifa quduqning devoriga
qarshi bosim hosil qiladi qaysiki, quduqqa keraksiz bo‘lgan flyuidlarning kirib
kelishini va quduq devorining buzilishini oldini oladi. Shuni takidlab o‘tish kerakki,
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
123
Synapses:
Insights Across the Disciplines
burg‘ilash eritmasi hosil qiladigan bosimning kattaligi qatlamning gidravlik yorish
bosimidan oshib ketmasligi kerak.
Yuqorida keltirilgan burg‘ilash eritmasining bajarishi kerak bo‘lgan vazifalari
va ularning burg‘ilanadigan tog‘ jinslarining holatiga mos kelishi, barqarorlik,
korroziyaga qarshilik, asoratlarni keltirib chiqarmasligi va boshqa shartlari fizik-
kimyoviy xossalari bilan aniqlanadi: zichligi, reologik xossalari, filtratsiya -
sig‘imliligi, solishtirma elektrik qarshiligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va solishtirma
issiqlik sig‘imdorligi.
Filtratsiya va kolmatatsiya xossalari. Yuqorida mulohaza qilganimizdek
burg‘ilash eritmasi qatlam flyuidi oqimlarini quduq stvoli orqali kirib kelishining
oldini oladi. Buning evaziga eritmani o‘tkazuvchan qatlamlarga bostirib kirib borish
holati, lekin eritmaning qattiq fazasi g‘ovakliklarga va stvol devorining yoriqlariga
kirib boradi hamda loyli qobiqlarni shakllantiradi. Bu qobiq past o‘tkazuvchanlik
xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun u orqali faqat filtratlar o‘tadi. Filtrsiya ikki turga
bo‘linadi: statik va dinamik. Birinchisi sirkulyatsiya bo‘lmaganda bo‘lib o‘tadi ya’ni,
burg‘ilash eritmasi filtratsiya qobiqlarini o‘sishiga to‘sqinliq qilmaydi. Ikkinchi turdagi
tavsifi qaysiki, sirkulyatsiya sodir bo‘ladi, burg‘ilash eritmasi oqimining eroziya ta’siri
tufayli filtratsiya qobig‘ining o‘sishi chegaralangan.
Hamma gidrooksidlar loyli minerallar bilan 95
0
C dan yuqori haroratda
reaksiyalanadi. Kam ishqorli eritmalarning reologik xossasiga kuchsiz ta’sir qiladi
ammo,
qachonki
ishqorligi
kamayganda
qovushqoqlikni
pasaytirgichning
samaradorligi kamayadi hamda teskari bog‘lanish ham kuzatiladi. Gidrooksiddagi
metallning ion turiga bog‘liq holda bu hodisa kuchli ishqorlangan eritmalarga katta
ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
124
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Harorat oshirilganda har qanday elektrolitning ionli faolligini va har qanday
erituvchilardagi tuzda eriydigan tuzlarning ionlarini o‘sishi sodir bo‘ladi.
Har xil turdagi burg‘ilash eritmalarining holati yuqori haroratda kuchli farq
qiladi. Minerallashgan suvda tayyorlangan eritmalar nisbatan barqaror ya’ni, uning
tarkibidagi yuqori elektrolitlar loyni dispergirlanishinining oldini oladi. Ohaktoshli
eritmalar gidrooksid va loyli minerallar oralig‘idagi reaksiyaning evaziga yuqori
chegaralangan statik siljish kuchlanishiga ega bo‘ladi, lekin SFM bilan ishlangan
kalsiyli eritmalar 180
0
C haroratda to‘liq barqaror qoladi.
Tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan quduqlarda sirkulyatsiya jarayonida
zichlikning tebranishi tik tugallanadigan quduqlarga nisbatan jadal xossalarga ega
bo‘ladi.
Muhandislar sirkulyatsiyadagi ekvivalent zichlik (SEZ) ning tebranish kattaligi
oldin rejalashtirilgan qiymatlardan katta farq qiladi. SEZgining burg‘ilash faoliyatida
foydalanish tushunchasi qo‘shimcha bosimni ta’sir qilishini hisobga olishda qaysiki,
har qanday holatlarda burg‘ilash eritmasining sirkulyatsiyasini vaqt bo‘yicha paydo
bo‘lishi quduq ustida bosim mavjud bo‘lishi bilan bog‘liqdir.
Ekvivalent zichlik sirkulyatsiyasi tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan
quduqlarda katta xavfni chaqiradi, shuning uchun tebranish qiymati katta va ruxsat
etilgan og‘ish katta qiymatga kichikdir.
Tebranish qiymati katta bo‘lganda flyuidlarni o‘tishi uchun masofa ham katta,
tiklik bo‘yicha chuqurligi esa ancha kichik. Ayniqsa, burg‘ilash eritmalarining
parametri quduq stvolini sifatli tozalash jarayonini ushlab turish uchun juda
jadallashgan bo‘lishi, bu vaqtda burg‘ilash eritmasi tizimi parametrlarni boshqarish
uchun kichik imkoniyatga ega bo‘ladi. Tiklikdan katta egilishga ega bo‘lgan
quduqlarda burg‘ilash eritmasining parametrlariga harorat va bosim katta ta’sir qiladi.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
125
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Gidravlik yuvishni sifatli rejalashtirish tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan
quduqlarda oqim tezligini va nasosning bosimida chegaralanishning mavjudligi juda
muhim hisoblanadi. Bu tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan katta uzunlikdagi
quduqlarda va katta bo‘lmagan uzunlikdagi quduqlarda burg‘ilash qurilmasining
imkoniyatiga bog‘liq holda qo‘llaniladi.
Tiklikdan katta og‘ishga ega bo‘lgan quduqlarda odatdagidek katta bo‘lmagan
chuqurlikdagi quduqlar uchun ham qo‘llash mumkin. Bunday quduqlar katta
bo‘lmagan chuqurlikda joylashish muommolari ekvivalent zichlik sirkulyatsiyasi
(EZTS) bilan tasdiqlangan, qaysiki, qatlamlar asboblar bilan burg‘ilanadi, ko‘pincha
kichik chuqurlikda joylashadi, shu bilan birgalikda mos tog‘ jinslari kichik zichlikka
(yaxlitlilik) ega bo‘ladi.
Natijada bunday quduqlarda egilish muommosini oldini olish uchun katta
diametrdagi burg‘ilash quvurlaridan foydalanishga olib keladi.
Sirkulyatsiyaning ekvivalent zichligining doimiy tebranishi quduqning
mustahkamligini buzadi ya’ni, bunday holat nasosni doimiy ravishda qo‘shish va
ajratish bilan bog‘langan va quduqning stvolida bosim doimiy tebranib turadi. Bunday
holat tog‘ jinslari murt bo‘lganda ko‘p paydo bo‘ladi.
Quduqning stvoli charchashdan deformatsiyalanadi masalan, uni qirg‘ich kabi
egadi va bo‘kadi. Qirg‘ichning tuzilmasiga shikast yetkazmasdan uni bir necha marta
egish va bo‘klash mumkin. Xuddi shunga o‘xshash holatlar quduqning stvolida va
ekvivalent zichlik sirkulyatsiyasida sodir bo‘ladi. Quduqning stvoli litologiyasiga,
o‘lchamlari va ekvivalent zichlik sirkulyatsiyasining tebranish chastotalarida
deformatsiyalanadi.
Quduqning stvolining nomustahkamligi burg‘ilash eritmasi bilan loyli slanetsli
qatlamlar o‘zaro ta’sirida paydo bo‘ladi.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
126
Synapses:
Insights Across the Disciplines
Quduq stvolining nomustahkamligi burg‘ilash va parchalash ishlarini
muvozanatlanmagan holda olib borishda, loyli tog‘ jinslarining bo‘kishi qaysiki,
gidrotatsiya jarayonlarida sodir bo‘ladi. Gidratatsiya jarayonlari bir holatda tog‘
jinsining hajmini oshirishga olib keladi, boshqa holatda esa - tog‘ jinsining butunligini
uzilishga olib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Басарыгин Ю.М., Будников В.Ф., Булатов А.И., Герасъкин В.Г.
Строителъство наклонных и горизонталъных скважин. — М.: Недра, 2000.
2.Габидуллин Н.З., Юмашев Р.Х. и др. Опыт строителъства скважин на
месторождениях АНК "Башнефтъ"//Строителъство нефтяных и газовых скважин
на суше и на море. — 1998. — № 3—4. — С. 11—13.
3.Дияшев Р.Н. Некоторые принципиалъные вопросы оценки эффективности
применения горизонталъных скважин // Разработка нефтяных месторождений
горизонталъными скважинами. Материалы семинара-дискуссии, Алъметъевск,
24-26 июня 1996 г. - Казанъ: Новое знание, 1998. - C. 72-81.
4.Дородное И.П. Формирование ствола скважины в процессе бурения. —
Краснодар, изд-во «Просвещение-Юг», 2002.
5.Ерохин В.П., ЕЦавелев Н.Л. и др. Опыт и проблемы строителъства
горизонталъных скважин//Нефтяное хозяйство.—1997.
—
№
9.—
С.
32-35.
6.Муслимов Р.Х., Сулейманов Э.И., Фазлыев Р.Т. и др. Проектирование и
применение горизонталъной технологии на месторождениях Татарстана //
Материалы семинара-дискуссии, Алъметъевск, 24-26 июня 1996 г. - Казанъ:
Новое знание, 1998. - С. 3-18.
7.ОвчинниковВ.П.
Современные
составы
буровых
промывочных
жидкостей. В.П. Овчинников, Н.А. Аксенова, Т.В. Грошева, О.В. Рожкова.
Учебно-справочное пособие. Тюменъ: ТГНГУ, 2013г.-156с.
8.Yuldashev T.R. Qiya yo‘naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg‘ilash.
//Toshkent. – “Fan va texnologiya” . 2015. – 352 b.
9.Yuldashev T.R. Qiya yo‘naltirilgan va gorizontal quduqlarni burg‘ilash.
//Toshkent. – “Voris nashriyoti” . 2021. – 510 b.
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
127
Synapses:
Insights Across the Disciplines
10. Quduqlarni burg‘ilashda avaraiya va asoratlar – 70721803-Neft va gaz
quduqlari burg‘ilash. Qarshi – “Intellekt”nashriyoti – 2022. 110 bet.
11. Qatlamlarning uglevodorod beraolishligini oshirish – 5A311901 – “Neft va
gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish”. Toshkent. Voris nashriyoti .
2020, 534 bet.
12. Mahsuldor qatlamlarni ochish va quduqlarni o‘zlashtirish - 5A311903- “Neft
va gaz quduqlarini burg‘ilash”. Toshkent. Voris nashriyoti . 2020, 473 bet.
13. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilsha jihoz va uskunalari – 5320300 –
“Texnologik mashinalar va jihozlar”- Qarshi – “Intellekt”nashriyoti – 2022. 590 bet.
14. Quduqlarni burg‘ilashda avaraiya va asoratlar – 70721803-Neft va gaz
quduqlari burg‘ilash. Qarshi – “Intellekt”nashriyoti – 2022. 316 bet.
15. Tuzli qatlamlarni burg‘ilashdaga avariya va asoratlarni keltirib chiqaradigan
muammalarni o‘rganish va ularni ilmiy asoslash- 70721803-Neft va gaz quduqlari
burg‘ilash. Qarshi – “Intellekt”nashriyoti – 2022. 105 bet.
16. Neft va gaz ishi asoslari – 5311900 – “Neft va ishi asoslari”
17. Mirzayev E.S. Improving the technological quality of cementing of horizontal
wells. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIRJ) SJIF Impact
factor: 7.472, June 2021, volume 9, issue 6, ISSN (E): 2347-6915.
18. Raxmatov X.B., Mirzayev E.S., Nomozov B.Yu. DEVELOPMENT OF AN
OIL AND GAS SEPARATOR FOR SEPARATING FOAMING OILS. International
journal for innovative engineering and management research. Impact factor: 7.819,
January 2021, Hyderabad. India.
19. Mirzayev E.S. Samadov A.X. Применение ингибированной буровых
смесей для поддержания прочности скважины. Экономика и социум.
Электронное научно-практическое, периодическое издание. №4 (83), ISSN 2225-
1545 апрел 2021, Саратов, Россия.
20. Eshkabilov X.K., Mirzayev E.S., Berdiyev Sh.A. Structure and phase
composition of the nitride-oxide coating after nitrooxidation. Asian journal of
multidimensional research (AJMR) Impact factor SJIF 2021: 7.699, Volume 10, Issue
10, ISSN (Online): 2278-4853, October 2021, India.
21. Mirzayev E.S. Past bosimli qatlamlarni burg‘ilashda qo‘llaniladigan
yengillashtirilgan burg‘ilash eritmalarining qo‘llanilishini asoslash. “Kimyoviy
SYNAPSES:
Insights
Across the Disciplines
Volume 1, Issue 3
128
Synapses:
Insights Across the Disciplines
texnologiyalar va nanotexnologiyalar – yuqori molekul’yar birikmalar kimyosi hamda
organik moddalar va kompozitsion materiallar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar-
muammolar va yechimlar” mavzusidagi V-Xalqaro Konferensiya—Simpozium, TIK-
TITI. 25-noyabr 2021yil Toshkent shahri.
22. Mirzayev E.S. Quduqning stvoli mustahkamligini ushlab turish uchun
ingibirlash, burg‘ilash eritmalarini qo‘llash va uni asoslash. “Kimyoviy texnologiyalar
va nanotexnologiyalar – yuqori molekulyar birikmalar kimyosi hamda organik
moddalar va kompozitsion materiallar yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlar-muammolar va
yechimlar” mavzusidagi V-Xalqaro Konferensiya—Simpozium, TIK-TITI. 25-noyabr
2021yil Toshkent shahri.
23. Mirzayev E.S. Технология повышения качество цементирования для
крепление горизонтальных скважин. Экономика и социум. Электронное научно-
практическое, периодическое издание. №2 (93), ISSN 2225-1545, февраль 2022,
Саратов, Россия.
24. Mirzayev E.S., Karimov Yo.L., Latipov Z.Yo., Boymurodov N.A.
Технология
повышения
качество
цементирования
для
крепление
горизонтальных скважин. Universum: Технические науки. Научный журнал. №1
(94) часть 2, ISSN 2311-5122, январ 2022, Москва, Россия.
25. Mirzayev E.S. Samadov A.X. Обоснование применения облегченной
буровой смеси, используемой при бурении пластей низкого давления.
Экономика и социум. Электронное научно-практическое, периодическое
издание. №2 (93), ISSN 2225-1545, февраль 2022, Саратов, Россия.
26. Mirzayev E.S. Technological foundations for drilling rapal deposits under
difficult conditions. Texas Journal of Engineering and Technology. Volume 5, pages
6-11, ISSN: 2770-4491, February 17, 2022, Texas, USA.
27. Yuldashev T.R. Mirzayev E.S. Technological foundations for drilling rapal
deposits under difficult conditions. International journal of progressive Sciences and
Technologies (IJPSAT). ICV 2018 = 79.77 SJIF 2020 = 5.616 IFSIJ = 7.625, Volume
31, № 1, pages 191-196, ISSN: 2509-0119, March 2022.
28. Mirzayev E.S. Солестойкие буровые растворы. Международный
академический вестник. Научный журнал. (г.Уфа, 10-11-декабрь 2019 г) №2 110-
112 ст. Info .ISSN 2312-5519.
