Authors

  • Yulduz Inoyatova
    Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi
  • F.J Yormatov
    tarix fanlari nomzodi dots

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.siad.63332

Abstract

Dunyo halqlari tarixini o‘rganar ekanmiz,  eng qadimgi davrdanoq har bir xalqda o‘ziga xos madaniyat shakllanganligining guvohi bo‘lamiz. Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri hisoblanadi. Avvaliga har bir so’z rasm ko’rinishida yozilgan.Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishida foydalanishgan. Shuning uchun ham uni muqaddas yoki yoki Xudolar kalomi deb nomlashgan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo’lgan. Har bir so’z o’zida bir qancha razmlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o’rganish ancha qiyin ish bo’lgan. Iyerogliflarni qamish, qil qalam bilan papirusga ya’ni papirus poyasidan ishlangan qogozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo’yoqlar siyoh vazifasini o’tagan edi. Ta’lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozishgan [1].


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

143

Synapses:

Insights Across the Disciplines

PODSHOLIKLAR DAVRIDA QADIMGI MISR MADANIYATI

Inoyatova Yulduz Qaxramon Qizi

Termiz iqtisodiyot va servis unversiteti tarix yo’nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar

: tarix fanlari nomzodi dots:

F.J.Yormatov

Kirish

Dunyo halqlari tarixini o‘rganar ekanmiz, eng qadimgi davrdanoq

har bir xalqda o‘ziga xos madaniyat shakllanganligining guvohi bo‘lamiz.

Qadimgi

misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri hisoblanadi. Avvaliga har bir so’z
rasm ko’rinishida yozilgan.Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishida
foydalanishgan. Shuning uchun ham uni muqaddas yoki yoki Xudolar kalomi deb
nomlashgan. Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo’lgan. Har bir so’z o’zida bir
qancha razmlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o’rganish ancha qiyin ish
bo’lgan. Iyerogliflarni qamish, qil qalam bilan papirusga ya’ni papirus poyasidan
ishlangan qogozga yozishgan. Turli rangdagi mineral bo’yoqlar siyoh vazifasini
o’tagan edi. Ta’lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozishgan
[1].

Taniqli fransuz olimi Jak- Frantsua Shampolyon 1822 yilda birinchi bo’lib,

misr matnlarini o’qishga erishdi. Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan
ko’plab matnlar, ibodatxonalar va piramida devorlardagi bitiklar ko’p asrlar jim –
jidlikdan so’ng tilga kirdi. Tarixchilar esa Qadimgi Misr svilizatsiyasini o’rganish
uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo’lishdi. Bugungi kunda Rozett bitiktoshi
Londondagi

Britaniya muzeyiga saqlanmoqda. Ilk podsholik davri sugʻorish

tarmoqlarining rivojlanishi, tosh va mis qurollarining mukammallashuvi, kulolchilik
charxining paydo boʻlishi, ayirboshlash savdosining taraqqiy etishi bilan harakterlidir

Ilohiylashtirilgan firʼavnlarning mutlaq hokimiyati gʻoyasi mahobatli

maqbaralar -ehromlar qurilishida mujassamlantirilgan. Bu ayniqsa III-IV sulolalar
davrida (Snofru, Xeops, Xefren, Mikerin ehromlari) avj olgan [2].

Din va ilohiylashtirilgan firʼavn kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim boʻlgan.

Misr sanʼati oʻz gʻoyalarini qatʼiy belgilangan shaklda ifodalagan. Meʼmorchlik
firʼavnlar hokimiyatining qudratini, ulugʻvorligini va mashhurligini koʻrsatishga
qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom, ibodatxona, saroy va boshqalar) larning ulkan,
hashamatli boʻlishiga ahamiyat berildi.


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

144

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Oʻrta podsholik davrida M. sanʼatida bir qator yangi xususiyatlar paydo boʻlgan.

Firʼavnlarning maqbaralari oʻz mahobatini yoʻqotgan, ular koʻpincha qoya toshlarga
oʻyib ishlangan, irrigatsiya inshootlari (kanallar, toʻgʻonlar, dambalar, Fayyum
tevaragidagi suv omborlari) qurilgan, shaharlarning roli oshgan. Shahar qismlari
tabaqaviy boʻlinish asosida qurilib, ular devor bilan ajratilgan. Oʻrta podsholik tasviriy
sanʼatida realistik tendensiyalar kuchaygan [7]. Nomarxlarning maqbaralaridagi
devoriy rasmlardagi maishiy koʻrinishlari jonli ishlashga, oʻsimlik, hayvon, qushlarni
jozibador koʻrsatishga, haykallarda modelning harakterini, yoshini va boshqalarni
ifodalashga ahamiyat berildi (firʼavnlar Giksoslar istilosi (miloddan avvalgi 1700-
taxminan 1580-yillar)dan keyin Misr sanʼati tushkunlik davrini boshidan kechirib,
Yangi podsholik davrida katta ravnaq topdi [3]. Osiyoga qilingan zafarli yurishlar, Misr
boyligini orttirdi, binolarda hasham koʻpaydi. Rasmlar va devoriy rasmlarda ziyofatlar,
tantanalar, ov manzaralari aks ettirildi, manzara janriga alohida eʼtibor berildi (Rexmir,
Naxt, Jes-serkaraseneb maqbaralaridagi devoriy rasmlar, miloddan avvalgi 15-asr
oxiri). Yangi podsholik davri meʼmorligida ochiq tipdagi ibodatxona-sajdagohlar keng
tarqalgan. Bu ibodatxona devorlariga firʼavnlarning gʻalabalari aks etgan devoriy
rasmlar ishlangan (Amonra maʼbudning Karnakdagi, miloddan avvalgi 16-12-asrlar va
Luqsordagi ibodatxonasi, miloddan avvalgi 15-13-asrlar). Firʼavn Exnaton
hukmronligi davrida eski maʼbudlarga sigʻinish bekor qilingan, yangi maʼbud -Atonga
sigʻinish joriy qilingan. Yangi poytaxt-Axetaton qurilgan. Haykaltarosh Tutmes
yaratgan firʼavn va uning xotini Nefertiti portretlari Qad. M. sanʼatining nodir
namunalari sifatida hozirgigacha yetib kelgan. Miloddan avvalgi 14-asrning 1-yarmida
tasviriy sanʼatda quruq dekorativlik koʻproq koʻzga tashlandi (firʼavn Tutanhamon
maqbarasidan topilgan oltin niqob va boshqalar). Miloddan avvalgi 14-asrning 2-
yarmidan ibodatxonalar kurilishi kengaygan bu davrda binolarning dabdabali va
mahobatli boʻlishiga eʼtibor qaratildi (Karnakdagi 134 kolon nali, devor va
kolonnalariga rangdor relyeflar ishlangan ibodatxona). Qoya ibodatxonalari ham
koʻplab qurilgan (Abu Simbaldagi Ramses II ning katta ibodatxonasi) [4].

Meʼmorlik, tasviriy va amaliy-bezak sanʼati. Din va ilohiylashtirilgan firʼavn

kulti ehtiyojlariga xizmat qilishi lozim boʻlgan M. sanʼati oʻz gʻoyalarini qatʼiy
belgilangan shaklda ifodalagan. Meʼmorlik firʼavnlar hokimiyatining qudratini,


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

145

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ulugʻvorligini va mashhurligini koʻrsatishga qaratilgan, shu maqsadda bino (ehrom,
ibodatxona, saroy va boshqalar) larning ulkan, hashamatli boʻlishiga ahamiyat berildi.

Nil daryosi vodiysidagi badiiy madaniyat yodgorliklari qadimdan maʼlum.

Miloddan avvalgi 5-4ming yilliklarda loy va qamishdan qurilgan turar joylar oʻrniga
asta-sekin yogʻoch va xom gʻishtdan toʻgʻri toʻrtburchak tarxli turar joylar qurilgan.
Ilk podsholik davrida qad. M. sanʼati tamoyillari, turlari va janrlari shakllangan. Bu
davrda diniy meʼmorlikning asosiy turi-mastabalar toʻgʻri toʻrtburchak tarxda koʻplab
qurilgan. Haykaltaroshlikda geometrik uygʻunlik, simmetriya va statistikaga eʼtibor
berilgan (firʼavn Xasaxem xaykali, miloddan avvalgi 3ming yillik boshlari) [5].

Qadimgi. podsholik davrida badiiy usullar takomillashgan, yangi meʼmoriy

tiplar paydo boʻlgan. Meʼmor Imxotep exromning meʼmoriy tipini yaratadi. U firʼavn
Joser uchun Sakkarada marhumlar ruhiga bagʻishlab marosimlar oʻtkaziladigan
majmua bunyod etadi, uning markazida pogʻonali maqbara — ehrom (balandligi 60
m., asosi 109,2x121 m) qurgan. Keyinchalik Qad. podsholik meʼmorlari faqat ehrom
shakllarini takomillashtirganlar [6]. Gizada meʼmor Xemnun firʼavn Xeops uchun
qurgan ehrom (balandligi 146,59 m, asosi 233x233 m), shuningdek, firʼavnlar Xefren
(balandligi 143,3 m, asosi 215,25x215,25 m), Mi-kerin (balandligi 62 m, asosi
108,4x108,4 m) ehromlari (barchasi Gizada) shunday inshootlar qatoriga kiradi.
Qadimgi podsholik davrida ibodatxonalarning yangi tipi paydo boʻlgan, ular odatda
Misr.ning bosh maʼbudi Quyosh maʼ-budi Raga bagʻishlangan. Toʻgʻri toʻrtburchak
tarhli bunday ibodatxonani, odatda, ochiq qovlisi boʻlib, uning chekkalarida
sajdagohlar va uchiga oltin qoplangan obelisk joylashgan. Maqbara va ibodatxonalar
devoriy rasmlar, relyef va haykallar bilan bezatilgan. Bu davrda haykal portretlar
sanʼati taraqqiy etdi [8]. Misirliklar tasavvuricha haykal portretlar marhumlarning
qiyofadoshi rolini oʻtab, marhumlarning ruxlari joylashgan joy vazifasini
oʻtashgan.

Xulosa qilib : aytganda podsholiklar davrida misrda o‘ziga hos madaniyati

shakillanib, jahon sivilizatsiyasida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi


background image

SYNAPSES:

Insights

Across the Disciplines

Volume 1, Issue 3

146

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Г. Редера, М., 1963; Струве В. В., Қадимги Шарқ тарихи, Т., 1956

2. Тураев Б. А., Египетская литература, т. И, М., 1920

3. Мате М. Э., Искусство Древнего Египта, М., 1958;

4. Всеобшая история архитектури, т. И, М., 1970

5. Культура Египта, в кн.: Музикальная культура древнего мира, |Сб.

статей|, Л., 1937;

6. Лауер Ж. Ф., Загадки египетских пирамид, пер. с франс., М., 1966

7. Boynazarov F.A. Qadimgi dunyo tarixi Toshkent 2004

8.Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009

9.Qosimov E. Jahon tarixi. Qadimgi va o’rta asrlar tarixi Toshkent 2013

References

Г. Редера, М., 1963; Струве В. В., Қадимги Шарқ тарихи, Т., 1956

Тураев Б. А., Египетская литература, т. И, М., 1920

Мате М. Э., Искусство Древнего Египта, М., 1958;

Всеобшая история архитектури, т. И, М., 1970

Культура Египта, в кн.: Музикальная культура древнего мира, |Сб. статей|, Л., 1937;

Лауер Ж. Ф., Загадки египетских пирамид, пер. с франс., М., 1966

Boynazarov F.A. Qadimgi dunyo tarixi Toshkent 2004

Rajabov R. Qadimgi dunyo tarixi. Toshkent 2009

Qosimov E. Jahon tarixi. Qadimgi va o’rta asrlar tarixi Toshkent 2013